O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti


Bolg’alash va xajmiy shtamplash uchun zagotovkalarni qizdirish xarorati



Yüklə 7,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/64
tarix11.12.2023
ölçüsü7,54 Mb.
#147970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
O\'quv qo\'llanma

Bolg’alash va xajmiy shtamplash uchun zagotovkalarni qizdirish xarorati 
va usulini tanlash 
Bolg’alash va xajmiy shtamplashda zagotovkani qizdirish, uning plastikligini 
oshirish va deformatsiyaga qarshiligini kamaytirish uchun qo’llaniladi. 
Bolg’alashning xarorat intervali deganda metallning pechdagi maksimal qizdirilish 
xarorati va bolg’alash yakunlangandagi xarorat tushuniladi. Bu holatda quyidagini 
ham farqlashimiz lozim bo’ladi: bitta material uchun bolg’alash xarorati va 
shtamplash xarorati turlicha bo’lishi mumkin. Sababi bolg’alash jarayoni bir necha 
bolg’alar zarblari va press o’tishlarida amalga oshiriladi. Shtamplash esa mexanik 
presslarda yoki avtomatlarda bitta o’tishda bajariladi.
Bolg’alashdan oldin pechdagi metall qizdirish xaroratiga mos keluvchi 
bolg’alash xarorat intervalining yuqorigi chegarasi, bolg’alashning boshlang’ich 
xaroratiga to’g’ri kelmaydi. Odatda u yuqoriroq bo’ladi. Buni quyidagicha izphlash 
mumkin: qizdirilgan metallni pechdan ish joyigacha ko’chirish vaqtida qizdirilgan 
metallning yuza qismi ochiq xavoda biroz soviydi va shu sababli metallning xarorat 
pastroq bo’ladi. 
Bolg’alashning xarorat intervali materialning kimyoviy tarkibi, zagotovka 
strukturasi (quyma yoki deformatsiyalangan), deformatsiya tezligi (bolg’a yoki 
press), deformatsiya darajasi va turi (yagona yoki qismli), bolg’alash 


17 
operatsiyasining turi (cho’ktirish, bolg’alab-cho’zish va xokazo), quymaning 
massasiga bog’liq bo’ladi.
Kimyoviy tarkib qancha murakkab bo’lsa, bolg’alashning xarorat intervali 
shuncha kichik bo’ladi. Rejalashtirilayotgan siqish darajasi oshsa, qizdirish xarorati
ham oshadi. Agarda bolg’alash jarayoni ikki va undan ko’proq zarblarda amalga 
oshirilsa, u holda oxirgi zarbdan oldingi qizdirish xarorati undan oldingi zarblar 
xaroratidan farq qiladi, sababi zagotovkaning oxirgi deformatsiyasi strukturani xosil 
qiladi. Demak pokovkaning termik ishlov berishdan oldingi va termik ishlov 
berishdan 
keyingi 
mexanik 
xossalarini 
ham 
shakllantiradi. 
Bolg’alash 
operatsiyasining turi bolg’alashning xarorat intervaliga quyidagicha ta’sir qiladi: 
masalan, siqilish kuchlanishlari bilan tavsiflanuvchi cho’ktirish operatsiyasi uchun 
xarorat intervalini cho’zilish kuchlanishlari bilan tavsiflanuvchi bolg’alab-cho’zish 
operatsiyasidagi xarorat intervaliga qaraganda pastroq olishimiz mumkin.
Pokovkalar massasi ortishi bilan bolg’alashning issiqlik effekti xam ortadi, 
bunga zagotovkaning erkin yuzalari maydoni uning xajmiga nisbati kamayishi 
sababidan bunday holat kuzatiladi. Shuning uchun asbob va atrof muhitga issiqlik 
tarqalishi kamayadi, hamda deformatsiya ishining oshishi bilan yirik pokovkalarni 
bolg’alashda ulardagi xajmning ichida issiqlik ishlab chiqishi ortadi. Bu holat yirik 
pokovkalarning o’qidagi soxalarida xarorat ortishini ta’minlaydi (kichik 
pokovkalarning shunday soxalaridan farqli ravishda). 
Quymalarning qizdirish xarorati oshishi plastiklikning oshishiga olib keladi. 
Plastiklikning oshishini kimyoviy tarkib va strukturani gomogenezatsiyasi, qayta 
kristallanish va quyish jarayonidagi turli xil ko’rinishda bo’lgan nuqsonlarni oldini 
olishni ta’minlovchi jarayonlarning diffuzion tezlanishi bilan tavsiflash mumkin. Bu 
holat bizga pressning bitta yurishida bolg’alashni katta siqish bilan amalga oshirish, 
qayta qizdirish sonini kamaytirish, pokovkalarning sifatini oshirish va bolg’alash 
koeffitsientini oshirish imkoniyatini beradi. 
Bolg’alashning pastki xarorat chegarasiga o’rnatilganda pokovkaning 
massasini, keyinchalik termik ishlov berilish mavjugligi, sovutish usuli va 
xokazolarni e’tiborga olish kerak. Masalan, pokovkaning massasi kattaligida va 


18 
bolg’alash yoki shtamplash jarayoni yakuniy xarorati yuqoriligida pokovka sekin 
soviy boshlaydi, va deformatsiya paytida maydalangan donacha qaytadan o’sishni 
boshlaydi. Pokovka massasi kichikligida sovush tezligi yuqoriligi bo’lgani uchun 
donacha maydalangan xolida qoladi. Va nihoyat, bolg’alashning past xaroratlarida 
puxtalanish sababli metall mustahkamlanadi. 
Bolg’alashning ruxsat etilgan va ratsional xarorat intervallari farqlanadi. 
Ruxsat etilgan interval – metallarga bosim bilan ishlov berishda berilgan po’lat yoki 
qotishmaning shunday tavsifiki, bunda u pokovka o’lchamlari va shakli, operatsiya 
turlari, qo’llanilayotgan jihoz va boshqalarga bog’liq emas. Bu xarorat qayta 
kristallanish jarayonlarini tadqiqotlagan va namunalarda mexanik xossalarni sinash 
yo’li bilan aniqlaniladi. Ratsional xarorat intervalni berilgan sexning muayyan 
sharoitida ko’rib, chiqarilayotgan pokovkani tayyorlash texnologik jarayonini 
o’zlashtirishda yig’ilgan tajriba va ruxsat etilgan intervalni e’tiborga olgan holda 
o’rnatiladi (bolg’alash va qizdirish jihozining turi, asbob va hokazo), hamda 
olinayotgan zagotovkalar xossalariga qo’yilgan talablarga asosan tanlanadi. 
Qizdirish xaroratini belgilayotganda kuydirib yuborish ehtimolini e’tiborga 
olish zarur. Kuydirib yuborish donalar chegarasining erib ketishi bilan kuzatiladi. 
Metall kuydirib yuborilganda bolg’alanmaydi. Chunki bunday turdagi nuqsonni 
tuzatib bo’lmaydi. Ammo ayrim kuydirib yuborish xaroratidan pastroq xaroratda 
ayrim turdagi qotishmalarda donachalarning jadal o’sishi kuzatiladi, va zagotovka 
yirik donali hisoblanadi. Bunday strukturaviy holat o’ta qizdirib yuborish deyiladi. 
Yirik donachali tuzulishni xar doim ham bolg’alash orqali maydalab bo’lmaydi va 
shuning uchun ham pokovkalar mexanik xossalari pasaygan holda yirik donachali 
bo’ladilar. Shuning uchun oldindan donachalarni qizdirish xaroratida o’zlarining 
xajmini o’zgarish xususiyatini o’rganish lozim va keyingina kuydirib yuborish va 
o’ta qizdirib yuborishni e’tiborga olgan holda bolg’alash xarorat intervalining yuqori 
chegarasini belgilash lozimdir. Yuqorida keltirilgan omillarni tahlil qilib, muayyan 
pokovkani texnologik jarayonini ishlab chiqishda bolg’alashning ratsional xarorat 
intervali o’rnatiladi. Bu interval shu bolg’alash sexning sharoitlarini, berilgan 
pokovkaning shakl va o’lchamlarini, qabul qilingan texnologik jarayonni, 


19 
keyinchalik amalga oshiriladigan termik ishlov berish va pokovkaga qo’yilgan 
texnik shartlarni e’tiborga oladi.
Qizdirish usuli bizga berilgan ishlab chiqarish xajmlarini kamaytirmagan holda 
zagotovkaning kerakli xaroratini olishni, oqsillanishga ketadigan metallni 
kamaytirishni va zagotovka yuzasida legirlovchi elementlarni kuyib ketishini oldini 
olishni ta’minlashi zarur. Xajmiy shtamplash va bolg’alashda qo’llaniladigan 
qizdirish qurilmalari farqlanadi. Bolg’alash uchun odatda kamerali pechlar yoki tag 
qismi chiqariladigan pechlar qo’llaniladi. Muayyan rejim bo’yicha quymalarni 
qizdirish, yirik pokovkalarni isitish va sovutish uchun quduqli pechlardan 
foydalaniladi.
Xajmiy shtamplash jarayonida zagotovkalarni qizdirishda qo’llaniladigan 
qizdirish usuli va qurilmasi xilma-xilligi bilan bolg’alash jarayonidan farqlanib 
turadi. Lekin ko’p xollarda yarim metodik pechlar va yuqori chastotali toklarda 
ishlaydigan induktsion pechlardan foydalaniladi. 
Bir xil o’lchamdagi zagotovkalarni oynasi yopiladigan kamerali pechlarda, 
prutokli va bir xil o’lchamli zagotovkalar darchaga ega bo’lgan kamerali pechlarda 
qizdiriladi. Tez qizdirish pechlari barcha turdagi zagotovkalarni qizdirishda 
qo’llaniladi. Diametri 150-200 mm li zagotovkalarni qizdirish uchun yuqori 
chastotali tokda ishlaydigan induktsion pechlardan foydalaniladi. Katta diametrdagi 
zagotovkalarni esa sanoat chastotali toklarida qizdirishadi. Yuqoridagi ikkita turdagi 
zagotovkalarni qizdirish uchun kombinatsiyalangan induktsion elektrqizdirishni 
ham qo’llash mumkin. Diametri 60-70 mm bo’lgan uzun zagotovkalarni qizdirishda 
kontaktli qizdirishdan foydalaniladi. Ayrim xollarda zagotovkalar elektrolitlarda 
qizdiriladi. Xuddi shunday legirlangan zagotovkalarni tuz yoki shisha eritmalarida 
qizdirish mumkin. 

Yüklə 7,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə