O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 7,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/64
tarix11.12.2023
ölçüsü7,54 Mb.
#147970
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64
O\'quv qo\'llanma

Nazorat savollari 
1.
Bolg’alash va xajmiy shtamplashda qanday materiallar va zagotovkalar 
qo’llaniladi? 
2.
Bolg’alash va xajmiy shtamplash uchun boshlang’ich materiallarni 
tayyorlash ketma-ketligini gapirib bering. 
3.
Bolg’alash va xajmiy shtamplashdan oldin nuqsonlarni qanday 
aniqlashadi va bartaraf etishadi? 


38 
4.
Bolg’alash va xajmiy shtamplashdan oldin zagotovkalarni bir-xil 
o’lchamda kesganda yuzaga keladigan metall chiqindilar haqida ma’lumot bering. 
5.
Issiq holda xajmiy shtamplashda qanday zagotovkalar qo’llaniladi? 
6.
Issiq holda xajmiy shtamplashdan oldin zagotovkalar yuzini shtamplashga 
tayyorlashning qanday usullari bilasiz? 
7.
Issiq holda xajmiy shtamplash texnologik jarayonining asosiy sxemalarini 
keltiring? 
8.
Issiq holda xajmiy shtamplash uchun o’lchami bir xil bo’lgan 
zagotovkalarni olish usullarini ta’riflab bering? 
9.
Issiq holda xajmiy shtamplashda qo’llaniladigan termik ishlov berish 
turlari? 
10.
Issiq holda xajmiy shtamplashda nima sababdan fosfatlash qo’llaniladi? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


39 
II-bob. BOLG’ALASHNING MOHIYATI, ASOSIY VA YORDAMCHI 
ASBOBLAR
2.1. Bolg’alashning asosiy va yordamchi operatsiyalari 
Bolg’alangan pokovkalar shakllari bo’yicha shartli ravishda 9 ta guruhga 
bo’linadi (2.1-rasm). Xar biri uchun o’ziga xos bolg’alash operatsiya ketma-ketligi 
mavjud. 
Masalan, 1 guruhga shakli oddiy bo’lgan, uzunligi bo’yicha doimiy ko’ndalang 
kesimga ega bo’lgan pokovkalar kiradi. 2 guruhga uzunligi bo’yicha ko’ndalang 
kesimi doimiy bo’lmagan pokovkalar kiradi. Bunday pokovkalarni yoki bolg’alab-
cho’zish, yoki cho’ktirish va bolg’alab-cho’zish operatsiyalari orqali olishadi. Eng 
murakkab pokovkalar 6-9 guruhlarda mujassamlashgan. Bunday pokovkalarni 
tayyorlashda bir necha operatsiyalardan foydalaniladi. 
Bolg’alash asosiy operatsiyalariga cho’ktirish, teshish, bolg’alab-cho’zish, 
bolg’alab-kengaytirish, 
bukishlar 
kiradi. 
Bolg’alashning 
qo’shimcha 
operatsiyalariga burchaklarni urish, aylantirish va bolg’alashdagi payvandlash 
kiradi. Ishlov berish operatsiyalari – chetlarni kesish, tekislash, to’g’irlash, 
kalibrlash va naqsh qo’yish. Bolg’alashning asosiy terminlari va tushunchalari 
GOST 18970–84 da keltirilgan. 
Odatda zagotovkadan pokovkani tayyorlash uchun sapfani bolg’alash bilan 
boshlanadi. Patron bolg’alash jarayonida yarim maxsulot yoki quymani ushlab 
qolish uchun xizmat qiladi. Sapfani bolg’alarning zarblari yoki pressning bosimlari 
natijasida bolg’alab, uning ko’ndalang kesik joyi patronga o’rnatilishi lozim bo’ladi. 
Sapfaga patronga yukka qarama – qarshi og’irlik o’rnatilib, u bolg’alovchi 
ko’prikli kran ilmog’idagi yuklarni qirrasiga ko’tarilib, burab siljituvchiga osilgan 
bo’ladi. Patron – bu katta diametrdagi truba bo’lib, unga kichik diametrdagi truba va 
yakunida yukka qarama – qarshi og’irlik payvandlangan bo’ladi (2.2-rasm). Quyma 
– truba – yukka qarama – qarshi og’irlik tizimi og’irlik markazini shunday 
rostlashadiki, bunda tizim o’qi xar doim gorizontal holatda bo’lishi kerak. Odatda 


40 
quymalar uchun sapfa uzunligi uning diametrining 1,5÷2 barobarini tashkil qiladi. 
Sapfa bundan uzunroq bo’lgan xollarda ortiqcha metall kesib tashlanadi. 
2.1-rasm. S.N. Xrjanovskiy talqiniga ko’ra o’sish bo’yicha pokovkalar guruhlari 
(1-9) 
2.2-rasm. Patron uchun sapfani bolg’alash sxemasi:
1,7 – yuqorigi va pastki boyoqlar; 2 – patron kallagi; 3 – yuklarni qirrasiga ko’tarib burab 
siljituvchi zanjiri; 4 – patron tanasi; 5 – yukka qarama – qarshi og’irlik; 6 – stopor xalqasi 


41 
Sapfa diametri quyma massasiga qarab tanlanadi (2.3-rasm). Sapfaning 
dumaloq kesimi unga patronni o’rnatishda juda qulay hisoblanadi. Bunday shaklni 
dumaloqlatishga mo’ljallangan boyoqlar yordamida yasashadi. Juda og’ir va uzun 
pokovkalarni ikkita kran yoki patron yordamida tayyorlashda ikkita sapfa 
tayyorlanadi.
2.3-rasm. Quyma massasidan kelib chiqqan holda patron uchun sapfa diametrini 
aniqlash grafigi
Quyishning va sovutishning o’ziga xosligidan kelib chiqib, quymalarni 
vertikal o’qqa nisbatan konussimon va ko’ndalang kesim bo’yicha ko’p qirrali qilib 
quyishadi. Bunda qirralar quyma ichiga bukilgan bo’lganligi uchun quymalarni 
dumaloqlatishadi. Dumaloqlatish – bu zagotovkani o’zining o’qi atrofida 
aylantirgan holda deformatsiyalab, unga dumaloq shaklni berishdir (2.4-rasm).
Dumaloqlatish yuqori legirlangan po’latlardan yasalgan quymalarga, hamda 
yuza sifati past bo’lgan barcha turdagi markadagi po’latlarga nisbatan qo’llaniladi. 
Amalda uglerodli va o’rtacha legirlangan po’latlarni dumaloqlatishmaydi. 


42 
2.4-rasm: Zagotovkani dumaloqlatish sxemasi: 
a – dumaloqlatilgangacha bo’lgan quyma; b – dumaloqlatilgandan so’ng holati 
Dumaloqlatishni amalga oshirish uchun pastki kesuvchi va yuqorigi yassi 
boyoqlardan foydalaniladi. Dumaloqlatish jarayonida darzlarni oldini olish 
maqsadida boyoqlarning ishchi qismlari dumaloqlantiriladi. Birinchi o’tishda 
quymaning qovurg’alari siqiladi, ikkinchi o’tishda esa quymaning yon tomonlari 
siqiladi. Keyingi o’tishlarda kuchlanish oshiriladi.
Kesib olish – bu zagotovkaning bir qismini ochiq kontur bo’yicha asbobning 
singdirilishi bilan olib tashlash (2.5-rasm). 
Bo’lish – zagotovkani ochiq kontur bo’yicha asbobning singdirilishi bilan 
qismlarga ajratish.
Kombinatsiyalangan yoki kesuvchi boyoqlarda dumaloq kesikli pokovkani 
bolg’alaganda bo’lish jarayoni uchta tomondan muayyan ketma – ketligida amalga 
oshiriladi (2.6-rasm). Boltani boyoqning markaziga o’rnatib, pokovkani kesik 
o’ratisdan kesishadi. Zagotovkani 120° gradusga aylantirgandan so’ng, uni yana 
o’sha bolta bilan xuddi birinchi holatdagidek kesishadi; qolgan joyi kichik 
trapetsiyasimon bolta bilan kesiladi. Kesuvchi boyoqlarda bo’lishda maxsus boltalar 
qo’llaniladi.


43 
2.5-rasm. Zagotovkani kesish turlari 
Zagotovka va quyma massasidan, ko’ndalang kesik o’lchami va shakli, hamda 
bolg’alash uchun qo’llaniladigan bolg’alash jihoziga qarab bir necha turdagi kesib 
olishlar qo’llaniladi. Shunday qilib xarakatlanuvchi stolga ega bo’lgan presslarda 
xajmi katta bo’lgan pokovkalarni kesish bitta yo’nalishli baland boltalarda amalga 
oshirish mumkin. Buning uchun bolta yoki uchqirralik bilan boshlang’ich doiraviy 
o’yiqlar xosil qilinadi. Shundan so’ng pastki boyoqni schetga shunday surishadiki, 
uning yon bo’shlig’i yuqorigi boyoq o’rtasining tagida joylashishi lozim bo’ladi. 
Shundan keyin boltani o’rnatishadi va yuqorigi boyoqning bosimi bilan pokovkani 
metalldan kesib olishadi. Agarda bolta balandligi yetarlicha bo’lmasa, qo’yimlardan 
foydalaniladi. 
2.6-rasm. Kesuvchi boyoqlar bilan bo’lish: 
a – boyoq bilan; b – qo’yim qo’ygan holda boyoqdan foydalanib
Zagotovkalarni bolg’alarda bo’lishda bir necha turi mavjud. Tepadonsiz ikki 
tomondan bo’lganda (2.7-rasm), zagotovka balandligini yarimigacha kesib olishadi, 


44 
so’ngra boltani chiqarish zagotovkani 180° aylantirishadi. Shundan so’ng yuqorigi 
boyoqning asta sekinlik bilan berilgan zarbi natijasida zagotovkani to’g’irlashadi. 
Toretsdagi qolgan zausenetsni shakliga qarab kvadrat yoki bir tomonli bolta bilan 
olib tashlashadi (2.8-rasm). 
2.7-rasm. Ikki tomonlama tepadonsiz bolg’ada zagotovkani bo’lish sxemasi: 
a – boltani zagotovkaga kirgazish; b – boltani zagotovkadagi kesimga qarama-qarshi joyga 
o’rnatish; d – bo’lish ishlarini yakunlash: 1 – bolta; 2 – zausenets
2.8-rasm. Bo’lib olingandan so’ng zausenetslarni olib tashlash:
a – kvadrat bilan; b – bolta bilan; 1 – kvadrat; 2 – bir tomonli bolta 
Bitta tepadonga ega bo’lgan zagotovkani bo’lishda ikki tomonli boltadan 
foydalaniladi. Uni zagotovkaning deyarli butun balandligiga qirgazadi (2.9a-rasm). 
Shundan so’ng boltani chiqarib, kesilgan joyning tagiga kvadrat qo’yiladi (2.9b-
rasm) va zagotovkaga yuqorigi boyoq bilan zarb bergan holda, uni bo’lishadi. 
Boshqa holatda esa zagotovkadagi kesikni aylantirib, uning ustiga kvadratni qo’yib, 
unga zarb berishadi va zagotovkani bo’lishadi (2.9d-rasm). 


45 
2.9-rasm. Bolg’alarda kvadratdan foydalangan holda bo’lish sxemasi:
a – bolta bilan kesim xosil qilish; b – kvadratda bo’lish; d – kvadrat bilan bo’lish: 1 – bolta; 2 – 
kvadrat 
Bolta uzunligidan oshadigan ko’ndalang kesimga ega bo’lgan to’rtburchak 
zagotovkalarni to’rt tomonlaridan kesik xosil qilgan holda bo’lishadi. Oldin kichik 
tomonlardan ikkita kesiklarni xosil qilinadi, so’ngra qolgan ikki katta tomonlardan 
kesiklar xosil qilinadi. Qolgan tepadonni boltaning muhrasini pastga qaratib, 
pressning yuqorigi boyoqi bilan zarb berilib, olib tashlanadi (2.10-rasm). Tepadonli 
bo’lishning qolgan barcha turlarida zagotovka toretsida zausenets xosil bo’lmaydi. 
Dumaloq va ko’p qirrali ko’ndalang kesimga ega bo’lgan zagotovkalarni 
bo’lishni presslarda amalga oshirishadi. Bunda zagotovkalar pastki kesib oluvchi 
boyoqga uch tomonlama (2.11-rasm) va bir tomonlama (2.12-rasm) qilib qo’yiladi. 
Uch tomonli bo’lishda birinchi kesik zagotovka dimametridan 0.4 mm chuqurlikda 
bajariladi. Xar kesik xosil qilingandan so’ng zagotovkani 120° dan kam bo’lmagan 
burchakka aylantirishadi. Yakuniy bo’lish uchun esa uchlari kesilgan 
trapetsiyasimon bolta ishlatiladi. Bunday boltani ishlatilishi pastki kesuvchi 
boyoqda pachoq xosil bo’lishini oldini oladi. 


46 
2.10-rasm. To’rtta tomondan tepadonga ega bo’lgan pressda bo’lish sxemasi: 
1 – zagotovka; 2 – boyoq; 3 – bolta
2.11-rasm. Kombinatsiyalashgan boyoqlarda uch tomonli bo’lish sxemasi 
Bir tomonli bo’lish zagotovkadan kichik qismni ajratishda qo’llaniladi.
Bu holatda pastki kesuvchi boyoq yuqorigi yassi boyoqqa nisbatan siljigan 
bo’ladi (2.12-rasm). 
Presslarda yirik zagotovkalarni bo’lish kerak bo’lsa, yukka qarama – qarshi 
og’irlikka ega bo’lgan boltalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. 


47 
2.12-rasm. Quymani belgilanishi (a) va uni pressda yumalatilgandan keyingi 
bo’linishi (b):
1, 4 yuqorigi va paski boyoqlar; 2 – bolta; 3 – dumaloqlatilgandan keyingi quyma 
Yirik zagotovkalarni pressda bo’lishda yukka qarama – qarshi og’irlikga ega 
bo’lgan boltalardan foydalanish tavsiya etiladi (2.13-rasm). 
2.13-rasm. Yukka qarama – qarshi og’irlikka ega bo’lgan boltalarda bo’lish: 
1 – ushlagich; 2 – bolta; 3 – monorels 


48 

Yüklə 7,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə