O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 7,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/64
tarix11.12.2023
ölçüsü7,54 Mb.
#147970
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64
O\'quv qo\'llanma

Cho’ktirish uchun bolg’alash jihozini tanlash 
Cho’ktirish uchun bolg’alash jihozini ohirgi zarb uchun talab etilgan 
deformatsiya ishi bo’yicha aniqlashadi, chunki bolg’alash jihozining xar bir 
zarbidan keyin kontakt maydon va zagotovka materialining deformatsiyaga 
qarshiligi ortib boraveradi. 
Ohirgi zarb uchun talab etilgan deformatsiya ishini quyidagi formula orqali 
aniqlashimiz mumkin 
𝐴 = 𝑅
𝑦𝑎𝑘.𝑐ℎ𝑜’𝑘.
𝜀𝑉
𝑧𝑎𝑔
,
(2.6) 
bu yerda A – deformatsiya ishi, MJ; 
𝑅
𝑦𝑎𝑘.𝑐ℎ𝑜’𝑘.
- yakuniy momentdagi 
cho’ktirishning solishtirma kuchlanishi, Mpa; 
𝜀
– oxirgi zarbdagi deformatsiya 
darajasi; 
𝑉
𝑧𝑎𝑔
– zagotovka xajmi, m
3

A kattaligi bolg’alash jihozining zarb quvvati 
W
mos kelishi kerak va uni 
quyidagicha aniqlaymiz 
𝑊 =
𝐴
𝜂
𝑧𝑎𝑟𝑏
,
(2.7) 
bu yerda 
𝜂
𝑧𝑎𝑟𝑏
- bolg’alash jihozi zarbining foydali ish koeffitsienti. 
Yakunda bolg’alash jihozining zarbini, MJ quyidagich aniqlash mumkin 
𝐿 =
𝜎
𝑠
𝜂
𝑧𝑎𝑟𝑏
[ln
𝐻
𝑁
𝑐ℎ𝑜’𝑘
+
1
9
(
𝐷
𝑐ℎ𝑜’𝑘
𝑁
𝑐ℎ𝑜’𝑘

𝐷
𝐻
)] 𝑉
𝑧𝑎𝑔
.
(2.8) 
Zarblar soni n quyidagicha aniqlanadi 
𝑛 =
𝐴
𝑊𝜂
𝑧𝑎𝑟𝑏
.
(2.9) 
Bolg’alash jihozining tushuvchi qismlarini massasini tanlashdagi hisob – 
kitob ishlarini osonlashtirish maqsadida 2.18-rasmda keltirilgan diagrammadan 
foydalanish mumkin
Diagramma cho’ktirilgan zagotovkaning balandligi 
𝑁
𝑐ℎ𝑜’𝑘
va diametri 
𝐷
𝑐ℎ𝑜’𝑘
bo’yicha bolg’alash jihozlari tushuvchi qismlarining massalarini aniqlash imkonini 
beradi. 


54 
2.18-rasm. Bolg’alash jihozining tushuvchi qismlarini tanlash diagrammasi:
I – bolg’alash jihozlarida tayyorlanadigan pokovkalar soxasi; II – gidravlik presslarda 
tayyorlanadigan pokovkalar soxasi
Cho’ktirish usullari 
Cho’ktirishning asosiy turlari bo’lib quyidagilar xizmat qiladi: yassi 
boyoqlarda (plitalarda) dumchasiz cho’ktirish, dumcha bilan cho’ktirish, qo’yimli 
xalqalarda cho’ktirish, qisman cho’ktirish va xaydash bilan cho’ktirish. 
Yassi boyoqlar (plitalar)da dumchasiz cho’ktirishni disk turidagi pokovkalarni 
olish uchun yoki keyinchalish teshish sharti bilan zagotovkalarni olishda 
qo’llaniladi. Bu usul yuqorida 2.15-rasmda ko’rib chiqilgan. 
Dumchali cho’ktirish quymalardan xajmi katta bo’lgan pokovkalarni olishda 
qo’llaniladi, so’ngra ular bolg’alanib cho’ziladi. Quymani yumalatishdan olingan 
dumcha yoki sapfani cho’ktirish jarayonida pastki plitaning teshigiga 
joylashtirishadi (2.19-rasm). Keyingi ishlarda bu dumcha manipulyator qisqichlari 
bilan zagotovkani ushlash uchun yoki bolg’alab – cho’zish jarayonida zagotovkani 
ushlab turish joyi sifatida xizmat qiladi. Plitalarning ishchi toretsi R radiusli sharli 
yuza shakliga ega bo’lib, u quymani cho’ktirish jarayonida oson markazlashtirishni 
ta’minlaydi.
Qo’yimli xalqalarda cho’ktirish (2.20-rasm) ikkita variant bo’yicha amalga 
oshiriladi: 


55 
-
dumchalarni oldindan tortib olingan holda 
-
metallni xalqalarning teshigiga oqib kirishi bilan 
Metallni xalqalarning teshigiga oqib kirish usulidagi cho’ktirishni bir tomoni 
yopiq shesternya, bo’rtiqqa ega bo’lgan disklar yoki flanetslarga o’xshash bo’lgan 
maxsulotlarni olishda qo’llaniladi. 
2.19-rasm. Dumchaga ega bo’lgan quymani cho’ktirish: 
1 – yuqorigi cho’ktiruvchi plita; 2 – dumchaga ega bo’lgan quyma; 3 – pastki cho’ktiruvchi 
plita; 4 – press stoliga o’rnatiladigan plita 
 
2.20-rasm. Qo’yimli xalqalarda cho’ktirish: 
a – oldindan tortilgan bo’rtiqlar bilan:1 – yuqorigi boyoq; 2 – yuqorigi qo’yim xalqasi; 3 – 
cho’ktirishgacha bo’lgan zagotovka; 4 – cho’ktirishdan keyingi zagotovka; 5 – pastki qo’yim 
xalqasi; 6 – pastki boyoq; 7 – bo’rtiqliklar; b - metallni teshiklarga oqishi bilan 


56 
Qisman cho’ktirish (visadka) – bu zagotovkaning biron – bir qismini 
cho’ktirishdir (2.21-rasm). Bu operatsiya zagotovka yoki pokovkaning bitta 
tomonida bo’rtiq xosil qilishda qo’llaniladi. Qisman cho’ktirish uchun xam yassi 
boyoqlarda cho’ktirishdagi kabi balandlikni diametriga nisbat tavsiyalari mavjud: 
bo’ylama bukilish sodir bo’lmasligi uchun balandlik diametrdan 3 barobar ortiq 
bo’lmasligi talab etiladi. Bunda zagotovkaning qisman cho’ktirilmaydigan joyini 
chegaralash uchun maxsus asbobdan foydalaniladi yoki deformatsiyalanadigan joy 
o’zigina qizdiriladi. 
Uzun va og’ir pokovkalarda flanetsni xosil qilish uchun qisman cho’ktirish 
kran zanjiriga osilgan shtanga 4 yordamida amalga oshiriladi (shtanga “roman” yoki 
“sokol” deb nomlanadi) (2.22a-rasm). Qisman cho’ktirishdan oldin zagotovka uchi 
lokal qizdiriladi, so’ng “sokol” bilan zarb berilgandan keyin qizdirilgan soxa 3 
qisman cho’ktiriladi. O’rtacha massaga ega bo’lgan pokovkalarni qisman 
cho’ktirilishda ponasimon asbobdan foydalaniladi (2.22b-rasm). Bu usul bilan 
qisman cho’ktiriladigan bo’lsa, zagotovkaning qizdirilgan qismi moslama korpusiga 
joylashtiriladi va yuqorigi boyoq 2 orqali pona 9 yordamida qisman cho’ktirish 
jarayoni amalga oshiriladi. Bu usul bilan uzunligi ikkita diametrdan kichik bo’lgan 
zagotovka qismini qisman cho’ktirish mumkin. Bu ikkita usul faqatgina zagotovka 
balandligi bo’yicha ikkita boyoq orasiga sig’maganidagina qo’llaniladi. Xozirgi 
paytda gidravlik bolg’alash presslari mavjud. Bu presslar qo’shimcha gorizontal 
silindrga ega va uni yordamida qisman cho’ktirishni amalga oshirish mumkin.
Balandlikni 
kamaytirish 
va 
cho’ktirilgan 
zagotovkaning 
diametrini 
kattalashtirishda xaydash yo’li bilan cho’ktirishdan foydalaniladi (2.23-rasm). Bu 
operatsiya asbob va zagotovka orasidagi kontakt maydonini keskin kamayishi 
hisobiga kichik kuchlanishlarni talab qiladi. Oldin zagotovka bolg’alash jihozi yoki 
pressda ma’lum diametrgacha jihozning quvvati yetkuncha cho’ktiriladi, so’ngra 
xaydash (xaydash) yo’li orqali zagotovka cho’ktiriladi.
2.23-rasmda uncha katta bo’lmagan pokovkalarni xaydash yordamida 
cho’ktirish sxemasi ko’rsatilgan. Xaydash uchun yarim dumaloq yoyuvchi (2.23a-
rasm) kerak bo’ladi. Bu yoyuvchi zagotovka diametri bo’yicha o’rnatiladi va xar bir 


57 
siqishdan so’ng vertikal o’q atrofida muayyan burchakka aylanadi. To’lqinsimon 
yuzalarini tekislash maqsadida yassi yoyuvchilardan foydalaniladi. 
2.21-rasm. Qisman cho’ktirish qilish sxemasi: 
1 – yuqorigi boyoq; 2 – qisman cho’ktirishgacha bo’lgan zagotovka; 3 –qisman cho’ktirishdan 
keyingi zagotovka; 4 – qo’yimli xalqa; 5 – pastki boyoq
2.22-rasm. Uzun zagotovka qizdirilgan qismini qisman cho’ktirish qilish:
a – “sokol” bilan; b – ponasimon moslama; 1 – tayanch; 2 – yuqorigi boyoq; 3 – qisman 
cho’ktirish qilinuvchi soxa; 4 – “sokol”; 5 – kran zanjiri; 6 – pastki boyoq; 7 – pokovka; 8 – 
qo’yim; 9 – pona; 10 – moslama korpusi; 11 – press stoli 
2.23b-rasmda zagotovkani pastki boyoq va qo’yimga o’rnatiladi va xar 
bolg’alash jihozining zarbidan so’ng zagotovkani vertikal o’qi bo’ylab aylantiriladi. 
2.23d-rasmda press ostida yirik disk tasmasini bo’rtiqlik uchun mo’ljallangan 
o’yiqlikka ega bo’lgan ingichka boyoq yordamida xaydash amalga oshirilmoqda. 


58 
Xar bir siqilishdan so’ng qo’yimli plitaga ega bo’lgan zagotovka yoki ingichka 
yuqorigi boyoq o’zining o’qi bo’ylab muayyan burchakka aylantiriladi. 
2.23-rasm. Xaydash yo’li bilan cho’ktirish:
a – yoyuvchi yordamida; b – boyoqlar yordamida; d – o’yiqlikka ega bo’lgan ingichka boyoq 
bilan; 1 – yoyuvchi; 2 – boyoq; 3 – qo’yim 
Cho’ktirishdan so’ng ishlov berish operatsiyalarini bajarishadi. Ularga diametri 
bo’yicha dumaloqlatish (2.24-rasm) va toretslarni tekislash (2.25-rasm) kiradi. 
Diametr bo’yicha dumaloqlatishni zagotovka yoki pokovkalarda bochkasimonlikni 
bartaraf etish maqsadida qo’llanilib, ularni silindrik shaklga keltiradi. 
Deformatsiyalanish yengil zarblar yoki bosimlar bilan amalga oshiriladi. Bunda 
zagotovka o’zining o’qi bo’lab aylantirib turiladi.
2.24-rasm. Diametr bo’yicha dumaloqlatish:
a – boyoqlar bilan; b – qo’yimlar bilan 


59 
Dumaloqlashtirishdagi yengil siqishlar disk qirrasi bo’ylab zagotovka 
qalinligini oshirganda, bu operatsiyadan so’ng toretslarni tekislash amalga 
oshiriladi. Toretslar tekislash diskni butunlay siqish yo’li bilan amalga oshiriladi. 
2.25-rasm. Toretslarni tekislash: 
a – boyoqlar bilan; b – yassi yoyuvchi bilan 

Yüklə 7,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə