O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 7,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/64
tarix11.12.2023
ölçüsü7,54 Mb.
#147970
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64
O\'quv qo\'llanma

l
s
 – 
sterjen uzunligi
l
kat.k.
,l
kich.k

– mos ravishda katta va kichik kallak uzunligi; 
l
1
,l
2
 – 
o’tish soxalarining uzunliklari; 
l
v.z.
 – 
jo’valangan zagotovka uzunligi


207 
Jo’valash jarayonida qisgichlar bilan zagotovkaning uchini ushlab qolish uchun 
jo’valash jarayonida siqilmaydigan soxa bo’lishi lozim. Bu soxaning uzunligi 
zagotovka diametridan 0.4÷0.5 dan kichik bo’lmasligi kerak. 
Jo’valangan zagotovkalar uchlarida kallaklar mavjud bo’lsa, u holda metallni 
iqtisod qilish maqsadida aynan kallaklar siqish joyi sifatida ishlatiladi (3.74-rasm).
3.74-rasm. Bitta kallakli jo’valangan zagotovkalar 
Agarda jo’valangan zagotovkaning ko’ndalang kesimining eng katta qismi 
uning o’ratsida joylashgan bo’lsa, u holda zagotovkani aylantirib jo’valash amalga 
oshiriladi (3.75-rasm). 
Jo’valash uchun zagotovka o’lchamlari hisoblab olingandan so’ng, sortament 
bo’yicha yaqin bo’lgan kattaroq profil tanlanadi, so’ngra boshlang’ich 
zagotovkaning yakuniy ko’ndalang kesimini e’tiborga olgan holda, jo’valanadigan 
zagotovkaning siqilmaydigan soxalari uzunliklariga o’zgartirish kiritiladi. 
3.75-rasm. Zagotovkani aylantirgan holda jo’valash sxemasi: 
a – boshlang’ich zagotovka; b – 1 o’tish; v – 2 o’tish 
Jo’valash uchun boshlang’ich zagotovkaning xajmi va o’lchamlari quyidagi 
formula orqali aniqlanadi: 
𝑉
𝑧
= 𝑉
𝑝
100+𝜘
100
. (3.23) 
𝑙
𝑧
=
𝑉
𝑧
𝐹
𝑣
,
(3.24) 


208 
bu yerda 
𝐹
𝑣
– boshlang’ich zagotovkaning ko’ndalang kesimi maydoni; 
𝜘
– 
kuyindiga chiqib ketadigan metall hajmi, %; 
𝑉
𝑝
– pokovka hajmi. 
Jo’valash va keyinchalik amalga oshiriladigan shtamplash orasida siqilishlarni 
oldini olish maqsadida, alohida jo’valanadigan soxalar orasida o’tish soxalari 
(odatda, α
1
va α

burchaklari 45÷60º teng va uzunliklari l
1
,l
2
soxalar) mavjud bo’lishi 
kerak.
O’tish soxalarida R

= 5 - 10 mm aylana radiuslari ko’zda tutiladi va ular 
ingichka qismga oxistalik bilan o’tishni ta’minlaydi. 
Jo’valash bilan ko’ndalang kesimi doimiy va o’zgaruvchan pokovkalarni olish 
mumkin. Zagotovkalarni profillashda, odatda zagotovkalarni doimiy ko’ndalang 
kesimga ega bo’lgan ariqchalarda amalga oshirishadi.
Doimiy kesimga ega bo’lgan kalibrlardan foydalanganda, jo’valashdagi 
o’tishlarning tahminiy soni η
v
ko’ndalang kesim maydonining umumiy maksimal 
kichrayishidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bu ko’rsatkich cho’zilishning 
umumiy maksimal koeffitsientidan va xar bir o’tishning o’rtacha cho’zilish 
koeffitsienti λ
o’rt 
bilan tavsiflanadi:
𝜆
𝑢𝑚.𝑚𝑎𝑘𝑠.=
𝐹𝑣
𝐹𝑚𝑖𝑛
.
(3.25) 
𝑛
𝑣
=
𝜆
𝑢𝑚.𝑚𝑎𝑘𝑠
𝜆
𝑜′𝑟𝑡
, (3.26) 
𝐹
𝑚𝑖𝑛
– kesimlar epyurasi bo’ylab jo’valangan zagotovkaning ko’ndalang kesim 
minimal maydoni 
U yoki bu o’tishdagi cho’zilish koeffitsienti tanlangan kalibrlar tizimiga 
bog’liq, ya’ni ularni qo’llash ketma – ketligi, shu jumladan tanlangan kalibr 
o’qlarining nisbati va zagotovkaning o’qlari nisbatiga bog’liq.
Tanlangan kalibrda jo’valashgacha tasma ko’ndalang kesim o’qlarining nisbati 
𝑎
0
=
𝑏
0

0
. (3.27) 
Jo’valangandan so’ng
𝑎
1
=
𝑏
1

1
.
(3.28) 


209 
bu yerda 
𝑏
0

0
va 
𝑏
1

1
– jo’valanishdan oldingi va jo’valangandan keyingi tasma 
kengligi va balandligi. 
Zagotovkalarni profillashda kalibrlarning turli ketma – ketligi va ulardagi 
siqishni turfa ko’rinishlari qo’llaniladi. 
Bir ariqchali jo’valashda eng oson usul bo’lib silliq jo’valarda jo’valash 
hisoblanadi. Bunda xar bir o’tishdan so’ng zagotovka 90º aylantiriladi va jarayon 
ikkita yoki bir nechta o’tishlarda amalga oshiriladi (3.76a-rasm). 
3.76-rasm. Zagotovkani jo’valash:
a – silliq ariqchada; ikki marttali rombsimon ariqchada 
Shtampli jo’valash 
Shtampli jo’valash diametri 500÷1000 mm bo’lgan shtamplovchi jo’valarda 
900÷1150º xaroratda olib boriladi va oddiy va murakkab shakldagi katta va o’rta 
kattalikdagi pokovkalarni (bolg’alar, kulachoklar va hokazolarni) jo’valarda 
shtamplash qo’llaniladi. 
Jo’valab shtamplash jarayonida jo’valarning bitta aylanishida to’rt va undan 
ortiq kichik pokovkalarni olish mumkin. O’rtacha detallardan esa ikkita pokovkalar 
olish mumkin. 


210 
Jo’valab shtamplashning keng qo’llanilishidan faqatgina olinadigan 
mahsulotlarning uzunligi va torets qirralarining noaniqligi bilan cheklanib turibdi. 
Bu holat keyinroq ko’rib chiqiladigan “ilgarilanish” jarayoni bilan bog’liq. 
Jo’valarning diametri qancha kichik bo’lsa, ilgarilanish jarayonining kattaligi 
ham shuncha katta bo’ladi. Shuning uchun olinayotgan mahsulot talab etilgan 
o’lchamlarda bo’lishi uchun diametri katta jo’valardan foydalaniladi.
Jo’valashdagi ilgarilanishga boshqa omillar ham ta’sir ko’rsatadi. Ularga nisbiy 
siljigan maydon, shtamplash xarorati, ishqalanish shartlari, asbobning moylash 
materiali, deformatsiya tezligi, jo’valarning tezligi va tezlanishi, zagotovka 
qismlarining siqishlar farqi kiradi. 
Ilgarilanish jarayoniga quyidagi omillar jadal ta’sir ko’rsatadi: siqish rejimlari, 
moylash – sovutish moddalarini optimal tanlanishi va polosa ko’ndalang kesimining 
kuchli va kuchsiz siqilish nisbati. 
Pokovkalarni kalibrlash 
Pokovkalarni kesish jarayonlaridan xoli qilish, pokovka yuza g’adir – 
budurligini kamaytirish, pokovkalarni shakl va o’lchamini aniqligini oshirish uchun 
kalibrlash qo’llaniladi. Yassi va xajmiy kalibrlash (3.77-rasm) va xarorat jihatidan 
sovuq va issiq holdagi shtamplash turlari farqlanadi. 
Yassi kalibrlash (3.77a-rasm) turli xil balandliklardagi tekisliklarda yotgan bir 
yoki bir necha soxalaridagi pokovkalarning aniq vertikal o’lchamlarini olishda 
qo’llaniladi. Yassi kalibrlashda pokovkaning ayrim joylarigina deformatsiyalanadi. 
Metallning gorizontal yo’nalishida oqishi chegaralanmaydi va bu yo’nalishdagi 
pokovkalarning o’lchamlari kattaraveradi. Siqilayotgan pokovkaning gorizontal 
o’lchamlarining ortishi uning yon yuzasida bo’rtiqlik xosil bo’lishi bilan kuzatiladi. 
Pokovka o’lchamlarini kengligi bo’yicha o’sishini chegaralash maqsadida 
shtamplashda shu o’lchamlarni kichraytirish lozim. Sovuq holda yassi kalibrlash 
vintli va krivoship – tirsakli presslarda amalga oshiriladi.
Xajmiy kalibrlashda (3.77b-rasm) metallning butun hajmi deformatsiyaga 
uchraydi. Gorizontal yo’nalishda metallning oqishi shtampning devorlari bilan 
chegaralanadi. Oxirigacha shtamplanmaslik natijasida vujudga keladigan metallning 


211 
ortiqchasi kalibrlash jarayonida pitraga chiqib ketadi va kesib olish shtampi 
yordamida kesib tashlanadi. Pitraning xosil bo’lishi metallda sezilarli darajada 
kuchlanishlarni vujudga keltiradi va kalibrlash uchun talab etiladigan kuchlanish 
ham ortadi. Natijada pressning elastik deformatsiyasi ortadi va xajmiy kalibrlash 
aniqligini pasayadi. Xajmiy kalibrlash odatda issiq holda amalga oshiriladi. Uni 
shtamplovchi bolg’alash jihozlarida, vintli friktsion va issiq holda shtamplovchi 
krivoship presslarda olib borish mumkin. Kalibrlash natijasida yuzaga keladigan 
pitra sovuq holda kesib tashlanadi. Kalibrlash jihozi shtamplash jihozidan keyin 
joylashtiriladi. 
3.77-rasm. Kalibrlashning asosiy usullari: 
a – yassi; b – xajmiy 
Bundan tashqari kombinatsiyalangan kalibrlash mavjud va u o’zida yassi va 
xajmiy kalibrlash operatsiyalarini mujassamlashtirgan. Boshida pokovka xajmiy 
kalibrlanadi. Natijada uncha katta bo’lmagan shaklo’zgarish amalga oshadi va 
pokovka silliq yuzaga ega bo’ladi, so’ngra pokovkaning ayrim tekisliklari orasidagi 
aniq o’lchamlarni olish uchun yassi kalibrlash ishlari amalga oshiriladi. 
3.78-rasmda yassi kalibrlashda ishlatiladigan kalibrlovchi shtamp ko’rsatilgan. 
Xajmiy kalibrlash shtampi esa 3.79-rasmda ko’rsatilgan. 


212 
3.78-rasm. Yassi kalibrlash uchun kalibrlovchi shtampning umumiy ko’rinishi:
1 – boshmoq; 2,8 – oraliq plitalar; 3,13,15 – pastki; 4 – tayanch; 5 – tayanch bolti; 6,10,12 – 
yuqorigi kalibrlovchi plitalar; 7,14 – oraliq plita bolti; 9 – ushlagich; 11 - vint 
3.79-rasm. Ugolnik pokovkasini xajmiy kalibrlovchi shtamp: 
1 – yuqorigi va pastki plitalar; 2 – oraliq plita; 3 – ishchi plitalar

Yüklə 7,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə