O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 7,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/64
tarix11.12.2023
ölçüsü7,54 Mb.
#147970
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64
O\'quv qo\'llanma

Glossariy 
Bolg‘alash
– metallarga bosim bilan ishlov berish texnologik jarayonlarining 
biri bo‘lib, bunda zagotovka qizdiriladi va boyoq deb nomlanadigan universal asbob 
bilan deformatsiyalanadi. 
Shtamplash
– metallarga bosim bilan ishlov berish texnologik jarayonlarining 
biri bo‘lib, bunda zagotovka shtamp deb nomlanadigan uskuna ishchi bo‘shlig‘idan 
deformatsiyalanadi va zagotovka shtamp ishchi bo‘shlig‘ining shakliga keladi. 
SHtamplash hajmiy va listli turlariga bo‘linadi. 
Shtamp
– shtamplash texnologik jarayonida qo‘llaniladigan uskuna 
hisoblanadi. 
Boyoq
- bolg‘alash texnologik jarayonida qo‘llaniladigan universal asbob 
hisoblanadi. 
Hajmiy shtamplash
- metallarga bosim bilan ishlov berish texnologik 
jarayonlarining biri bo‘lib, bunda hajmiy zagotovka shtamp deb nomlanadigan 
uskuna ishchi bo‘shlig‘idan deformatsiyalanadi va zagotovka shtamp ishchi 
bo‘shlig‘ining shakliga keladi. 
Deformatsiya
– bu jismning tashqi ta’sir natijasida o‘zining shaklini 
o‘zgartirishi. 
Zagotovka
– pokovkalarni olish uchun ishlatiladigan, boshlang‘ich 
materialdan kesib olinadigan bo‘lak 
Pokovka
– bu tayyor mahsulot geometrik shakliga ega bo‘lgan, biroq uning 
o‘lchamlaridan kattaroq bo‘lgan yarim tayyor mahsulot hisoblanadi. 
Pokovkalarning barcha yuzalari bo‘ylab pripusk beriladi. 
Boshlang‘ich material
– zagotovkalar olinishida ishlatiladigan prokat ishlab 
chiqarishning 
texnologik 
jarayonining 
tayyor 
mahsulotlari 
hisoblanadi. 
Boshlang‘ich materiallarga prutok, shtanga, turli ko‘ndalang kesimga ega bo‘lgan 
sortli prokat mahsulotlari misol bo‘la oladi. 
Qizdirish
– zagotovkalarga issiqlik yordamida ta’sir etib, ularning plastikligini 
oshirish uchun hizmat qiladi. 


217 

Yüklə 7,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə