O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

 
 
 
 


35 
3.4. Jismoniy tayyorgarlik 
 
Jismoniy tayyorgarlik - bu sportchini mashg’ulot jarayonining 
asosiy qismi hisoblanib, yuqori sport natijalariga erishishga asos bo’lib 
xizmat qiladi. U avvalombor sportchining har tomonlama va maxsus 
jismoniy rivojlanishini ta’minlaydigan jarayondir. Shunga muvofiq 
jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka 
bo’linadi. 
Umumiy jismoniy tayyorgarlik sportchining butun a’zolarini har 
tomonlama rivojlanishiga; hamma harakat mushaklarini rivojlantirish
organizm a’zolari va bo’limlarini mustahkamlash va ularni funksional 
imkoniyatlarini oshirish, harakat koordinatsiyasini yaxshilash qobiliyati, 
kuchni, tezkorlikni, chidamlilikni, chaqqonlikni va egiluvchanlikni 
oshirish, gavda tuzilishidagi va qomatdagi kamchiliklarni tuzatishga 
yo’naltirilgandir. Bu vazifalarning echilishi har tomonlama jismoniy 
rivojlanishni ko’proq ta’minlaydi. Bunga erishish uchun har xil harakat 
faoliyatida ishtirok etuvchi tananing hamma qismlariga, a’zolariga, 
bo’limlariga jismoniy mashqlarni tizimli ravishda yaxshi ta’sir etishini 
ta’minlash zarur. 
Maxsus jismoniy tayyorgarlik - organizmni basketbol o’ynashdagi 
ish faoliyatida bevosita zarur bo’ladigan organizmni butun a’zolari va 
bo’limlari, hamma funksional imkoniyatlari juda ham yuqori 
rivojlanishga yo’naltirilgandir. Tabiiyki buning uchun mashqlardan 
foydalaniladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun har tomonlama 
ta’sir qiladigan mashqlardan foydalaniladi. Har bir jismoniy mashq 
organizmga har xil ta’sir qiladi. Bu ko’pincha sport mashg’ulotini bir 
nechta vazifasini echishda qo’l keladi. Misol uchun kross yordamida 
chidamlilik rivojlantirilib, tirishqoqlikni, qiyinchilikni engish irodasi 
tarbiyalanadi. 
Maxsus 
jismoniy 
tayyorgarlikka-maxsus 
yo’naltirilgan 
mashqlardan ko’proq foydalaniladi. 
Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikda asosiy o’rinni kuchga, 
tezkorlikka, chidamlilikka va boshqa sifatlar qaratilgan mashqlar 
egallaydi. Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni mana shu 
tomonlari jismoniy rivojlanishni har tomonlamaligini hamda yuqori 
natijalarga erishishni ma’lum darajada belgilaydi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə