O’. A. Farmanov


Jismoniy mashqlarni turkumlash



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

 
2.3. Jismoniy mashqlarni turkumlash 
 
Jismoniy mashqlarni turkumlamok deb, ularni muayyan belgilariga 
qarab guruh va guruxchalarga bo’lgan holda mantiqan tartibga 
keltirishga aytiladi. 
Jismoniy tarbiyaning nazariyasi va uslublarida jismoniy mashqlarni 
turkumlashni qator xillari yaratilgan. Bulardan ba’zilari jismoniy 
tarbiyaning barchayo’nalish va xillari uchun umumiy ahamiyat kasb 
etadi, boshkalari uzviy ahamiyatga egadir. (masalan, texnikaviy 
harakatlarni turkumlash). 
Hozirgi davrda jismoniy mashqlarni turkumlashning keng tarqalgan 
shakli shundan iboratki, bular insonning jismoniy sifatlari va ba’zi 
qo’shimcha belgilariga qarab qo’yiladigan talablarning xususiyatlariga 
qarab guruhlarga bo’linadi: 
1.
Maksimal tezkorlik yoki harakat quvvatiga qarab belgilanadigan 
mashqlarning tezlik va kuch bilan bog’liq bo’lgan turlari (yugurish, 
sakrash, uloqtirish va h.k.). 
2.
Surunkali harakatlarda asosan chidamlilikni talab qiluvchi mashq 


23 
xillari (yugurish, suzish, yurish va h.k.). 
3.
Harakatlarning aniq berilgan dasturi sharoitida hamohanglik va 
boshqa salohiyatlarning ko’rinishini talab qiluvchi mashq xillari 
(gimnastik mashqlar). 
4.
Harakat faoliyati rejimi o’zgaruvchan bo’lganida, vaziyat va 
harakatlar shakli uzluksiz o’zgarib turgan sharoitda jismoniy 
sifatlarning majmui ko’rinishini talab qiluvchi mashq xillari (o’yinlar). 
Ushbu xildagi umumiy turkumlash bilan bir qator va bunga 
qo’shimcha ravishda bir necha maxsus fanlarda jismoniy mashqlarning 
juzviy turkumlanishi ham qo’llaniladi. Harakatlanish jarayonlarining 
tuzilishiga qarab ham jismoniy mashqlarni turkumlash ancha keng 
qo’llaniladi. Jismoniy mashqlar o’z navbatida 3 guruhga bo’linadi: 
stiklik, astiklik va aralash. 
Bulardan tashqari aniq maqsadni ko’zlab bajariladigan mashqlarni 
guruhlarga bo’lish va bundan kelib chiqqan holda kuzatiladigan 
o’xshashlik yoki tafovutlar ham ahamiyatga egadir. Bu borada 
tayyorlov, asosiy maqsadga muvofiq mashqlar aloxida ajratiladi
bulardan birinchilari esaumumiy tayyorgarlik va maxsus mashqlarga 
bo’linadi.Mashqlarni turkumlashda har qanday holda ham shu narsa 
ko’zda tutiladiki, bulardan har bittasi nisbatan doimiy belgilarga egadir 
va shu jumladan mashqlarni bajaruvchiga bo’lgan ta’sir kuchiga qarab 
ham. 
Biroq shunday bo’lsada, har qanday mashqning muayyan ta’sir 
kuchi uni bajarish bilan bog’liq bo’lgan katr shartlarga bog’liqdir. 
Boshqacha qilib aytganda, uning ta’sir kuchidagi haqiqiy xarakter 
jismoniy mashqqa xos bo’lgan sifatlargagina bog’liq bo’lmasdan, u kim 
tomonidan bajarilishi, qanday bajarilishi hmada kim tomonidan 
rahbarligida va qay sharoitida mashg’ulotlar olib borilishiga ham 
bog’liqdir. Binobarin, u yoki bu mashqning imkoniy ta’sir kuchi haqida 
to’g’ri fikr yuritish uchun turkumlashda uning o’rnini aniqlay bilishgina 
etarli emas, balki har bir mashqni uni bajarish uslubi va qo’llash boshqa 
sharoitlari bilan birgalikda qaramoq darkor. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə