O zbek isto n respublikasi sog liqni saqlash



Yüklə 3,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə378/383
tarix22.03.2024
ölçüsü3,38 Mb.
#182704
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   383
Ahmedov. anatomiya 2 jild

Teri va uning hosilalari
Teri 
(cutis) 
organizmning tashqi ta’sirdan saqlabgina qolmay
balki muhim sezgi a’zosi vazifasini ham bajaradi. Teri orqali odam 
haroratni, atmosfera bosimini, og‘riqni va biror narsa tegib turganini 
sezadi. Bundan tashqari, teri modda almashinuvi, nafas olish va 
suyuqlik ajratish faoliyatlarida ham ishtirok etadi. Odam terisining 
umumiy sathi 1,5 - 2 m
2
bo‘lib, tana olchamiga bevosita bog‘liq. 
Odamda teri sezuvchanligi juda yaxshi takomil etgan bo‘lib, sezgi 
retseptorlari terining hamma yerida bir xil tarqalmagan. Lab, burun 
va barmoqlaming uchlarida sezgi retseptorlari juda ko‘p. Terida 
yuza qavat epidermis va chuqur qavat derma tafovut qilinadi.
Epidermis 
(epidermis) 
ektodermadan takomillashgan bo‘lib, 
ko‘p qavatli yassi epiteliydan tuzilgan. Epiteliyning tashqi qavati 
shox qavatga aylanib, ko‘chib yangilanib turadi. Epidermis son
yelka, bilak, bo‘yin, yuz sohalarida yupqa (0,02-0,05 mm), qo‘l 
va oyoq kafti sohalari ko‘p ta’sirlangani uchun qalin (0,5-2,4 mm) 
bo‘ladi.
Derma 
(dermis) 
mezodermadan rivojlanib, tolali biriktiruvchi 
to‘qimadan tuzilgan. Unda elastik tolalar va silliq mushak to‘qimasi 
bo‘lib, terining elastikligini ta’minlaydi. Dermaning qalinligi bilak 
sohasida 1-1,5 mm bo‘lsa, orqada 2,5 mm bo‘ladi. Derma ikki 
qavatdan iborat.
Epidermisga tegib turgan yuza so‘rg‘ichli qavat 
(stratum
papillare) 
yumshoq biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan so‘rg‘ichlar 
(papillae) 
hosil qiladi.
Ulaming ichida qon, limfa tomirlari va nervlar bo‘lib, so‘rg‘ichlar 
epidermis yuzasida qirralar hosil qiladi, ular o‘rtasida egatlar bor. Bu
406


egatlar qo'l kafti sohasida yaxshi ko‘ringan bo‘lib, har bir odamda 
o‘ziga xos xususiy atga ega.
To‘r qavati 

Yüklə 3,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   383




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə