O zbek isto n respublikasi sog liqni saqlash



Yüklə 3,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə380/383
tarix22.03.2024
ölçüsü3,38 Mb.
#182704
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   383
Ahmedov. anatomiya 2 jild

Teri hosilalari
Ter bezi 
(glandula sudorifera) 
oddiy naysimon bez bo‘lib, 
dermaning chuqur qavatida yotadi. Ulaming uzun chiqaruv nayi 
teri yuzasiga ter teshigi bo‘lib ochiladi. Ter bezlari terida bir xil
407


tarqalmagan. Ular qo'ltiq osti, chov sohalari, qo‘l va oyoq kaftida 
ko‘p bo‘lsa, erlik olatining boshchasida va lab jiyaklarida bo‘lmaydi. 
Ter bezlari suyuqlik bilan birga turli modda almashinuvda hosil 
bo‘lgan moddalami ajratadi va termoregulatsiyada katta ahamiyatga ega.
Yog‘ bezi 
(glandula sebacea) 
tuzilishi jihatidan oddiy alveolar 
bezlar turkumiga kirib, so'rg'ichsimon va to‘r qavat chegarasida 
yotadi. Ulaming naylari soch qopchasiga ochiladi. Q o'l va oyoq 
kaftida moy bezlari yo'q.
Sut bezi 
(mamma) 
juft a ’zo bo‘lib, ter bezlaridan takomil etgan 
sut ishlab chiqarishiga moslashgan. U III-VI qovurg'a sohasida katta 
ko'krak mushagining ustida joylashgan. Bezning o‘rta qismida sut 
bezining so'rg'ichi 
(papilla mammaria) 
bo‘lib, uchida 10 - 15 ta 
sut naychasi 
(ductus lactiferi) 
bo'ladi. So'rg'ich atrofidagi soha sut 
bezi so'rg'ichi atrofidagi doirada 
(areola mammae) 
va so'rg‘ichda 
pigment ko'p bo‘ladi. Sut bezining tanasi 
(corpus mammae) 
15- 
20
ta sut bezining bo'laklaridan 
(lobi glandulae mammariae)
iborat bo'lib, ular o'zaro yumshoq tolali biriktiruvchi to‘qima va 
yog' to'qimasi bilan ajragan. Bulami sut bezini ko‘tarib turuvchi 
boylam 
(lig. suspensoria mammaria) 
deb ataladi. Bez bo'laklari 
murakkab alveolar bez tuzilishiga ega bo'lib, so‘rg‘ichga nisbatan 
radiar joylashgan. Ulaming chiqaruv nayi sut bezi so‘rg‘ichi uchiga 
ochiladi. Yangi tug'ilgan qiz bolaning sut bezi uncha takomil 
etmagan bo‘ladi. U qiz bola balog'atga yetgan davrida kattalashadi. 
Homiladorlik davrida bez to‘qimasi о‘sib takomillashadi.

Yüklə 3,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   383




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə