Lekin tarix bizga shundan darak beradiki, yaxlit, tizimli ijtimoiy psixologik qarashlar tizimi
22
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi xususida o`tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri N.
Soginovning o`zbek oilasiga xos bo`lgan nikoh va oila munosabatlari - nikohdan qonikish,
nikoh motivlari, oila qurishning o`zbeklarga xos bo`lgan yosh xususiyatlari, yosh o`zbek
oilalaridagi psixologik mojarolar va ajralishlarning sabablarini tizimli tarzda o`rgangan
ilmiy ishidir. Bu tadqiqotda ilgari hech o`rganilmagan ilmiy ma
’lumotlar to`plandiki, ularga
ko`ra:
2.8-rasm.
N. Soginovning to`plagan ma
’lumotlari yosh oilalar, mojaroli oilalar va yoshlar
tarbiyasi bilan mashg`ul bo`lganlar uchun muhim ilmiy yo`l-yo`riqdir.
Bundan tashqari, oxirgi yillarda katta guruhlar psixologiyasiga oid qator tadqiqotlar
o`tkazildi va o`tkazilmoqda. Masalan, E. Usmonovning o`zbek ayollarining suisidal (ya
’ni
o`z joniga qasd quyish) xulq-atvorining ijtimoiy-psixologik sabablarini o`rganishga
bagishlangan tadqiqoti (1993), Fargona Davlat universiteti psixologiya kafedrasida amalga
oshirilayotgan qator ilmiy tadqiqot ishlari, Ye. Nu
’monovaning "O`zbek oilalaridagi
reproduktiv ustanovkalarning xususiyatlari" ga bag`ishlangan, M.
Zokirovning erkak va
ayollardagi rollar haqidagi tasavvurlarning o`ziga xosligini o`rganishga bag`ishlangan ilmiy
tadqiqoti, M. Toshpo`latovning o`zbek yoshlaridagi ijtimoiy xulq-atvorning bozor
iqtisodiyoti sharoitidagi o`ziga xos qirralarini o`rganishga qaratilgan ishlari va boshqalar
shular jumlasidandir. Bu tadqiqotlar natijasida yaqin kelajakda yangi etnopsixologik
konsepsiya shakllanadi va bu Respublikamizdagi ilmiy ishlarning rivojiga o`z hissasini
qo`shadi.
Lekin O`zbekistonda ijtimoiy psixologlar oldida juda muhim tadqiqot mavzulari mavjudki,
ularda hozirgi mustakillik sharoitida shaxs va turli ijtimoiy guruhlar psixologiyasida ruy
berayotgan o`zgarishlar,
turli yosh, demografik, etnik, professional guruhlarga mansub
bo`lgan kishilarning ijtimoiy tasavvurlari, ular asosida ijtimoiy xulq-atvorni ilmiy
boshqarish asoslari ishlab chiqilmog`i lozim. Ya
’ni, ishlab chiqarish ijtimoiy psixologiyasi,
boshqarish psixologiyasi, guruhlar psixologiyasi hamda ommaviy
psixik jarayonlarning
ta
’siri masalalari o`zbek psixologlaridan o`z yechimini kutmoqdaki, ularda ilg`or fan
yutuqlaridan foydalanilgan holda hududning milliy o`ziga xos qirralari ishlab chiqilishi
kerak.
Dostları ilə paylaş: