O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   94

153
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Chizma asboblari va o`quv qurollarning ro`yhati mashq daftariga
yozib qo`yiladi. Chizma chiziqlarning asosiy beshta turi haqida keng
ma`lumot berib, ularning bir-biridan farqi va vazifalari to`la bayon
etiladi. O`lcham qo`yish qoidalari va chizma shriftlarning yozilishi
ko`rsatib beriladi. Bu harflar va raqamlarning o`lchamlari (5,7,10)
haqida to`la ma`lumot berilib, ularning yozilishi, konsruktiv tuzilishi
bo`yicha guruhlarga ajratilib tushuntiriladi.
Dasturda geometrik yasashlar uchun ajratilgan soatlardan unumli
foydalanilgan holda har bir mavzu yuzasidan o`quvchilarning mashq
bajarishlariga imkoniyat yaratiladi. Mazkur mavzular bo`yicha amaliy
ishlar ko`proq mashq daftarida bajariladi.
Proyeksiyalash usullari mavzusini bayon etishda ko`rgazmali qurollar,
maketlar, geometrik jismlar, modellar, detallar va o`quv plakatlardan
keng foydalanish zarur. Oktant va epyur haqida ma`lumot berilgandan
so`ng, nuqta, to`g`ri chiziq va tekis shakllarning birinchi oktantdagi va
epyurdagi proyeksiyalari ko`rsatib beriladi. Geometrik jismlarning
proyeksiyalari haqida ma`lumot berilganda ularning modellaridan ko`proq
foydalaniladi. Geometrik jismlarga detallarning tarkibiy elementi sifatida
qaraladi.
Ko`rinishlar mavzusini bayon etishda proyeksiyalash usullari
takrorlanib, mustahkamlanadi. O`quvchilar har bir ko`rinish
nomlarini xotirada chuqur saqlab qolish uchun qisqa muddatli
mashqlardan foydalanish tavsiya etiladi. Oddiy detallarning asliga qarab
uning ko`rinishlari bajarilishi zarur. Detalning bosh ko`rinishi bo`yicha
va zaruriy ko`rinishlar sonini aniqlash yuzasidan ko`nikmalar hosil
qilinadi.
Chizmalarni o`qish mavzusida dastlab oddiy modellarning, ya`ni
ishlov berilmagan detallar chizmalari tahlil qilinadi va geometrik jismlarga
ajratiladi. Bunda o`quv detallarda foydalaniladi. O`quvchilar chizmalarni
o`qish tartibi va qoidalarini yod olishlari lozim.
Aksonometrik proyeksiyalar haqida umumiy ma`lumotlar berilib,
ularning o`qlarini hosil qilish  va elli pslarini qurish  ko`rsatib beriladi.
Izometrik va dimetrik proyeksiyalar yasash tushuntirilgandan so`ng, texnik
rasm bajarish tartib-qoidalari bayon etiladi. O`qituvchi tomonidan sinf
doskasida bajarilgan chizmalar mashq daftariga ko`chirilishi bilan barobar
o`quvchilar mavzu mazmunidan kelib chiqib  qisqa muddatli mashqlar
bajarishi va o`tilgan materiallarni mustahkamlab borishlari lozim.


154
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Sakkizinchi sinf o`quvchilarining dastur o`quv materiallari yuzasidan
egallangan bilimlari baholanadi va nazariy bilimlar test savollari orqali,
amaliy bilimlar esa grafik torshiriq yordamida sinaladi.
Dastur mazmunida sakkizinchi sinflar uchun 8 ta grafik ish bajarilishi
mo`ljallangan bo`lib, har chorakka 2 tadan to`g`ri keladi. Grafik
ishlarning bajarilishi majburiy bo`lib, ularning mazmuni quyidagilardan
iborat:
1. Grafik ishda chizma chiziqlarning 5 ta asosiy turlari aks ettirilib,
ularning qalinligi, o`lchamlari ko`rsatiladi. Detal chizmasi misolida
ularning vazifasi  ifodalanadi va yozuvlari chizma shriftda (5,7) bajariladi.
2. Grafik chizmachilik shriftlari yuzasidan bajarilib, A4 format chizma
qog`oziga hoshiya, asosiy yozuv bilan birga 10 shriftda bosh va yozma
harflar hamda raqamlar yoziladi.
3. Grafik ish mazmunida tutashmalar bajariladi va o`lcham qo`yish
qoidalari aks ettiriladi. Bunda oddiy tekis shakllardan foydalaniladi.
Mazkur format  qog`ozda qiyaliklar va konusliklar ham chiziladi.
4. Grafik ishda lekalo va sirkul yordamida egri chiziqlar bajarilib,
bunda   oval va    elli ps  chiziladi.  Mazkur  grafik ishlarning 2 tasi
bajarilib, qabul qilingandan so`ng, o`quvchilarning bitta chorakdagi
grafik faoliyatiga yakun yasaladi va hulosa qilinadi.
Ikkinchi yarim yil davomida ham 4 ta grafik ish bajariladi va dastlab
5-grafik ish geometrik jismlarning proyeksiyalariga bag`ishlanadi. Bunda
ko`pyoqli va aylanish sirtli geometrik jismlarning (bittadan) uch
ko`rinishi chiziladi. Geometrik jismlar proyeksiyalarining birida
o`qituvchi tomonidan belgilangan nuqtaning yetishmaydigan
proyeksiyalari topiladi.
6-grafik ishda o`quvchilar chizma tarkibidan mahsus olib tashlangan
chiziqlarni to`ldiradilar. Mazkur ish oddiy simmetrik detal chizmalari
yordamida bajarilib, to`g`ri burchakli proyeksiyalarning yetishmaydigan
chiziqlari to`ldiriladi.
7-grafik ish modelning asliga qarab eskizini bajarishga mo`ljallangan
bo`lib, bunda katak daftar yoki millimetrovkalarga bo`lingan qog`ozga (
A4 format ) oddiy detalning ko`rinishlarini chizish tavsiya etiladi.
8-grafik ishda detalning uch ko`rinishiga asosan izometrik yoki dimetrik
proyeksiyalari yasaladi.
O`lcham qo`yish tartib qoidalari 5-7 grafik ishlar mazmunida o`z
ifodasini topishi lozim. O`quvchilar tomonidan bajarilgan barcha grafik


155
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
ishlar o`qituvchi tomonidan ball qo`yib qabul qilinadi va amaliy
bilimlarni o`zlashtirilishi yuzasidan hulosa yasaladi. Har chorak davomida
o`tilgan materiallar yuzasidan o`quvchilarning egallagan nazariy bilimlari
test savollari yordamida sinab ko`riladi.
9-sinf dasturi mazmunidan o`rin olgan o`quv materiallarini bayon
etishdan oldin 8-sinfda o`tilgan o`quv materiallar takrorlab
umumlashtiriladi.
Kesimlar va qirqimlar mavzusiga ajratilagan soatlar sonidan unumli
foydalanilgan holda chizmalarda materiallarning grafik belgilanishi kesim
yuzasining shtrixlanishi tushuntirib o`tiladi. Kesim va qirqim turlari
to`la tushuntiriladi. Qiya qirqim hamda uning kesilgan yuzasini haqiqiy
kattaligi yasaladi. Aksonometriyada qirqim bajariladi.
Chizmalardagi shartliliklar va soddalashtirishlar haqida ma`lumot
berilib, mazkur mavzu yuzasidan daftarga mashqlar bajariladi. Buning
davomida eskiz bajarish qoidalari o`rganiladi va texnik rasm bajarish
mustahkamlanadi.
Loyihalash elementlari haqida tushuncha berilgandan so`ng, mashq
daftariga mazkur mavzu yuzasidan detalning shaklini va fazoviy holatini
o`zgartirishga oid torshiriqlar bajariladi. Kompyuter imkoniyatlaridan,
foydalanib o`quvchilar format rom chizig`i shtampi va oddiy geometrik
modelning chizmasini bajaradilar.
Mashinasozlik chizmalari haqida umumiy ma`lumotlar berib,
buyumlarning hamda hujjatlarning turlari bo`yicha tushuncha beriladi.
Yig`ish chizmalari yuzasidan ma`ruza qilinib, ajraladigan va ajralmaydigan
birikmalar bilan tanishtirib, ularning vazifalari bo`yicha ma`lumot
beriladi. Rezba turlari bayon etiladi va ularni chizmalarda belgilanishi
ko`rsatiladi. Rezbali detallar va ularning birikmalari mashq daftariga
chiziladi.
Qurilish chizmachiligi va sxemalar haqida umumiy ma`lumot berilib,
mavzu yuzasidan chizmalar mashq daftariga bajariladi hamda chizmalarni
o`qish yuzasidan torshiriqlar beriladi. Dastur mazmunida 9- sinflar
uchun 8 ta grafik ish bajarish nazarda tutilgan bo`lib, ularning mazmuni
quyidagilardan iborat:
1-2 grafik ishda kesimlar va qirqimlar talab qiluvchi detallar zaruriy
ko`rinishlarda chizmalar bajarilishiga mo`ljallangan bo`lib, bunda tanlab
olingan detal oddiy bo`lishi lozim. Har ikki grafik ish mazmunida ham
o`lchamlar qo`yish bo`yicha ko`nikmalar hosil qilish nazarda tutilishi kerak.


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə