O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   94

162
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
- asarlarni ifoda tavsiflari orqali farqlash;.
- musiqa tovushlarini farqlash;
- kuy va qo`shiqlarga tavsif berish;
- dirijorning ishoralariga qarab kuylash.
2-sinf
Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega
bo`lishlari kerak:
- Asarning nomi, ijodkorlari va badiiy mazmuni haqida umumiy
tasavvurga ega bo`lish;
- musiqaning ifoda tili-kuy, registr va dinamik tuslari haqida
tushunchaga ega bo`lish,
- nota yo`lida yetti asosiy bosqichning joylashuvini bilish;
- cholg`u asboblari, g`ijjak, qashqar rubobi, nog`ora bilan tanishish;
- yakkanavoz, yakkaxon, cholg`uchilar va xonandalar ansambili
haqida tushunchaga ega    bo`lish;
kuyning tuzilishi, uning ifoda vositalari haqidagi tushunchalarni bilish.
Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega
bo`lishlari kerak:
- Asarning musiqiy tavsiflari tahlilida qatnashish va o`z nuqtai nazarini
bayon eta olish;
- cholg`u asboblarini tovush  tembridan ajrata olish;
-  tinglash orqali musiqaning  ijro turlari yakkanavoz, yakkaxon
dasta yoki orkestr ekanligini  ajrata bilish;
- dirijorlik ishoralari yordamida xor bo`lib  kuylay olish.
Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega
bo`lishlari kerak:
- Asarning musiqiy tavsiflari tahlilida qatnashish va o`z nuqtai nazarini
bayon etish;
- cholg`u asboblarini tovush  tembridan farqlash;
- tinglash orqali musiqaning  ijro turlari yakkanavoz, yakkaxon,
ansambl ekanligini bir-biridan farqlash;
- dirijorlik ishoralari yordamida xor bo`lib  kuylash.
3-sinf
Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega
bo`lishlari kerak:


163
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
- Ansambl, orkestr va xor haqida umumiy tushunchaga ega bo`lish.
- o`rganilgan qo`shiqlarning mazmuni va mualliflari haqida
tushunchaga ega bo`lish;
- musiqa savodiga doir kuy, usul, ritm, sur`at, o`lchov notalar
shakli va pauzalar cho`zimi, nota yo`lidagi o`rni; major va minor lad
(tuzuk) lari xususiyatlari, ularning uch tovushliklari;
- oddiy musiqa shakllari volta, repriza haqida umumiy tushunchaga
ega bo`lish;
- tinglangan musiqa asarlarining mazmuni, janri (qo`shiq, marsh,
raqs) va mualliflari haqida umumiy bilimlarga ega bo`lish.
Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega
bo`lishlari kerak:
-Qo`shiqlar kuylash va ularning janri, shakli, ifoda vositalari haqida
fikr bildira olish;
-mashq va qo`shiqlar kuylaganda o`qituvchining dirijorlik ishoralariga
qarab ansambl bo`lib kuylay olish;
- o`z o`rnida nafas olish, qo`shiq so`zlarini to`g`ri talaffuz qilish,
dinamik belgilarga rioya etib kuylay olish;
-musiqa asarini diqqat bilan tinglash, uning shakli, qismlari
(jumlalari), qaytarish va tugatish joylari, janr (qo`shiq, raqs, marsh)
undagi major yoki minor tavsifi, ijro turi va asboblar ishtirokini aniqlay
olish;
-oddiy nota yozuvlaridan o`rganilgan nota belgilarini topib aniqlay
olish;
-musiqa tavsifini raqs, turli harakatlarda ifodalab ko`rsata olish;
-chapak va bolalar kichik urma cholg`u asboblarida chalib musiqaga
ritmik jo`r bo`la olish;
Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega
bo`lishlari kerak:
-Qo`shiqlar kuylash va ularning janri, shakli, ifoda vositalari haqida
fikr bildirish;
-mashq va qo`shiqlar kuylaganda o`qituvchining dirijorlik ishoralariga
qarab ansambl bo`lib kuylash, o`z o`rnida nafas olish, qo`shiq so`zlarini
to`g`ri talaffuz qilish, dinamik belgilarga rioya etib kuylash;
-musiqa asarini diqqat bilan tinglash, uning shakli, qismlarini
(jumlalari), qaytarish va tugatish joylari, janr (qo`shiq, raqs, marsh)
undagi major yoki minor tavsifi, ijro turi va asboblar ishtirokini aniqlash;


164
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
-ijrochilik turlarini ijro sadolaridan farqlash;
-chapak va bolalar kichik urma  cholg`u asboblarida musiqaga ritmik
jo`r bo`lish.
- cholg`u asboblarini tembridan ajratish.
4-sinf
Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega
bo`lishlari kerak:
- Xalq musiqa ijodi haqida tushunchaga ega bo`lish;
- o`zbek xalq musiqasining ommaviy janrlari: qo`shiq, alla, lapar,
yalla, terma, bolalar qo`shiqlari, ommaviy kuylar haqida tushunchaga
ega bo`lish;
- o`zbek musiqasida bastakorlik uslubi hamda kompozitorlik ijodi
haqida umumiy tushunchaga ega bo`lish;
- rus, dunyo xalq musiqasi va O`zbekistonda yashovchi xalqlarining
musiqasi haqida umumiy tushunchaga ega bo`lish.
Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega
bo`lishlari kerak:
- Xalq musiqa janrlarini ohang va ifoda tavsiflariga ko`ra ajrata bilish;
- bastakorlik va kompozitorlik uslubiga mansub asarlarning tuzilishi va
ijro uslubidan ajrata olish:
- ommaviy xalq musiqa janrlarini kasbiy musiqa (ashula, katta ashula)
dan farqlay olish;
- mashq va qo`shiqlarni nota yozuviga qarab kuylay olish;
- kichik cholg`u asboblarida chalib, musiqaga ritmik jo`r  bo`la olish;
- ma`lum she`r parchalariga kuy bastalay olish.
Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega
bo`lishlari kerak:
- Tinglash va kuylash orqali asarning major va minor ladini  farqlash;
- musiqa tinglash orqali damli, zarbli va torli cholg`u asboblarining
ovoz tembridan farqlash;
- nota yozuvlariga qarab kuylash;
- musiqiy cholg`u asboblarida kuy  va qo`shiqlar xarakteriga mos
ritmik jo`r bo`lish.


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə