O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94

168
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
7- sinf
Musiqa madaniyati fanidan quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari
kerak:
-Milliy musiqa amaliyotida mahalliy uslublar haqida tushunchaga ega
bo`lish;
-har bir vohaga mansub mahalliy musiqiy uslubga xos mashhur
musiqa janrlari (doston, katta ashula, yallachilik va b.)ni bilish;
-har bir mahalliy uslubning o`ziga xos ijrochilik uslublari va yetakchi
cholg`u asboblarini bilish;
-Farg`ona-Toshkent, Samarqand-Buxoro, Surxondaryo-
Qashqadaryo, Xorazm mahalliy uslublaridagi xususiyatlarini; ularning
mashhur ijrochilari  (ashulachilar, yallachilar, xalfalar va b.)ni bilish;
-Shashmaqom, uning cholg`u va ashula yo`llarini bilish;
-Farg`ona-Toshkent-Xorazm maqomlarining cholg`u va ashula
yo`llari haqida tasavvurga ega bo`lish;
-mahalliy musiqiy an`analarining zamonaviy musiqa ijodiyoti,
xususan bastakorlik va kompozitorlik sohasida namoyon bo`lishini;
-estrada va milliy estrada haqida tushunchaga ega bo`lish;
-hozirgi badiiy jamoalar, ta`sis etilgan ko`rik-tanlovlari haqida bilish;
-O`zbekiston Markaziy Osiyo, jahon musiqasi va hozirgi zamon
musiqa san`atining o`ziga xos jihatlarini bilish, bu san`atning ayrim
namoyondalarini hamda ularning mashhur asarlarini tinglab umumiy
tasavvurga ega bo`lish.
Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega
bo`lishlari kerak:
Tinglash madaniyati:
-Shashmaqom, Xorazm hamda Farg`ona-Toshkent maqomlarining
ohang xususiyatlarini usul va uslublariga ko`ra ajrata bilish;
-to`rt lokal mintaqada mavjud musiqiy mahalliy uslublarni ijro
uslublariga ko`ra farqlay bilish;
- Farg`ona - Toshkent, Samarqand - Buxoro, Surxondaryo -
Qashqadaryo va Xorazm vohalaridagi baxshilar ijrolarini cholg`u jo`rlari
(dombra, dutor, tanbur, tor) va ovoz ishlatish (bo`g`iq va ochiq)
uslublariga ko`ra ajrata bilish;
-Sharq, mumtoz, estrada va jahon  musiqalarini tinglab farqlay bilish;
-Festivallar va ko`rik-tanlovlarni farqini aniqlay bilish.


169
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
Ijro madaniyati:
-Turli tuzilishdagi ikki ovozli qo`shiqlarni ansamblda kuylash;
-major va minor ladlarini ifodali kuylash;
-kuylashda forte va piano dinamik tuslarini bajarish:
- o`zi va o`rtoqlari ijro etgan qo`shiqlarni ijrochilik saviyasi va badiiy
sifatini baholay bilish;
-bilgan cholg`u asboblarida chalish, sinf xoriga jo`rnavozlik qilish.
Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega
bo`lishlari kerak:
Tinglash madaniyati:
-Shashmaqom, Xorazm hamda Farg`ona-Toshkent maqomlarining
ohang xususiyatlarini usul va uslublariga ko`ra ajratish;
-Sharq, mumtoz, estrada va jahon  musiqalarini tinglab farqlash;
-Festivallar va ko`rik-tanlovlarni farqini aniqlash.
Ijro madaniyati:
-Turli tuzilishdagi ikki ovozli qo`shiqlarni ansamblda kuylash;
-major va minor ladlarini ifodali kuylash;
-kuylashda forte va piano dinamik tuslarini bajarish:
-bilgan cholg`u asboblarida chalish, sinf xoriga jo`rnavozlik qilish.


170
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
MUSIQA MADANIYATI FANIDAN O`QUV
DASTURI
Uqtirish xati
Mazkur dasturning asosiy mohiyati quyidagilar bilan belgilanadi:
avvalo, darslarning muayyan mavzulari har bir chorak uchun
belgilangan bosh mavzulardan kelib chiqadi va saboq chog`ida musiqaning
muayyan mohiyatini tushunishga yordam beradi. ikkinchidan, musiqa
tinglash, qo`shiq kuylash va musiqa savodi mashg`ulotlari darsning
mustaqil qismi emas, balki dars mavzusini ochib beruvchi musiqa faoliyati
sifatida qabul etiladi. uchinchidan, dars mavzusining qiziqarli bo`lishi va
ta`lim samaradorligini oshirish maqsadida raqs va musiqali ritmik
harakatlar, chorak va bolalar cholg`u asboblari-shiqildoq, doiracha,
qoshiq va boshqalarda musiqaga jo`r bo`lish hamda musiqa ijodkorligi
kabi musiqa faoliyatlari qo`llaniladi. Ushbu faoliyatlar zamirida o`yin
xususiyatlari mavjudligi tufayli ular o`quvchilarda katta qiziqish uyg`otadi.
Mashg`ulotlarda qo`llaniladigan barcha musiqa faoliyatlari dars mavzusining
ajralmas qismi va mantiqan uzviy bo`lagi sifatida amal qiladi. Bu jihatdan
"Musiqa madaniyati" o`quv fani kompleks (integral-aralash) dars turiga
kiradi va unda darsning umumiy mavzusiga bo`ysunuvchi, o`zaro mantiqan
bog`lanuvchi quyidagi musiqa faoliyatlariga amal qilinadi; musiqa idroki
(tinglash), kuylash, musiqa savodi, raqs va ritmik harakatlar, chapak va
cholg`u asboblarida chalish  hamda musiqa ijodkorligi.
Musiqa idroki dars mashg`ulotlarida yetakchi faoliyat sifatida muhim
ro‘l o`ynaydi. U ikki holatda amalga oshadi: birinchi holatda ma`lum
asar tinglanib, idrok etiladi va uning badiiy tavsiflari dars mavzuiga doir
oddiy musiqiy-pedagogik tahlil etiladi. Eshitish orqali asarni tushunish
va ongli idrok etish, asarning musiqiy xususiyatlari (janri, tuzilishi,
ifoda vositalari, ijrochiligi) hamda badiiy mazmuni haqida ma`lum
bilimlarga ega bo`linadi. Ikkinchi holatda musiqa asarlari avval tinglanib
(idrok etilib), so`ng u yoki bu faoliyati ko`proq kuylash orqali
o`rganiladi, uning badiiy mazmun xususiyatlari amaliy faoliyatda
ifodalanadi. Masalan, o`rganiladigan qo`shiq avval o`qituvchi ijrosida
(tasma orqali ham) bir-ikki martta tinglanadi, asar xususiyati haqida
suhbat qilinadi, so`ng o`rganishga kirishiladi; raqs musiqasi avval
tinglanadi, kuy tavsiflari anglab olingandan so`ng, raqs harakatlari


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə