O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   94

171
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
ifodasi o`rganiladi. Ko`pincha asar bir necha faoliyat uyg`unligida
(tinglash, kuylash, raqs harakati va boshq.) o`rganiladi. Bunday
mashg`ulot usuli asarni puxta o`rganish va ayni holda kompleks
malakalarning rivojlanishi uchun imkon yaratadi, "Musiqa madaniyati"
darsida barcha faoliyatlar muayyan mavzu zamirida mantiqan o`zaro
bog`lanadi, natijada darsning mantiqan bir butunligi vujudga keladi.
Musiqa savodi barcha faoliyatlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida
muhimdir. Darsda qaysi faoliyat mashg`uloti (tinglash, kuylash, raqs va
h.k) qo`llanilmasin, uning amaliyotida foydalanilayotgan asar
o`rganiladi va uning xususiyatlari (janri, tuzilishi, ijrochiligi va h.k)
haqida  yangi tushunchalar hosil bo`ladi. Shu bois, musiqa  savodi
faqatgina nota savodi uslublaridan iborat bo`lib qolmay, balki
o`quvchilarning umumiy musiqiy bilim doirasini tarkib toptiruvchi,
umumiy bilim-tushunchalar majmuasini (musiqa shakllari, janrlari,
cholg`uchilar ijrochiligi, xalq, bastakorlik musiqasi, ularning farqlari,
milliy musiqaning mahalliy uslublari, klassik musiqa, nota savodi va
boshq.) singdirib borishdan iborat.
Shuni alohida e`tiborga olmoq zarurki, musiqa idroki  (tinglash) va
musiqa savodi faoliyati o`zaro uzviy bog`lanishi bilan qolgan barcha
faoliyatlar amaliyotiga yetakchilik qiladi. Kuylash faoliyati o`quvchilarning
musiqa -o`quv qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish
uchun zarurdir. Sinfda jamoa bo`lib kuylash jarayonida o`quvchi o`z
ovoz-ijrosini boshqaradi, o`rtoqlari ijrolarini eshitib kuzatadi va ular
bilan birga jo`r  bo`lib kuylashga intiladi.
Zotan, tinglash va kuylash o`quv materiallari ta`lim mazmunini
tashkil etadi. Ularni  tinglash va kuylash faoliyatlari vositasida o`rganish
bilan birga, musiqali harakatlar hamda ijodkorlik faoliyatlari bilan ham
har tomonlama o`zlashtirish va musiqiy tavsiflarni ushbu faoliyatlar
vositasida ifodalash imkoniyatlarini yaratadi.
Dasturda raqs va musiqali harakatlarga alohida o`rin berilgan. Bu
faoliyatlar o`quvchilarning  musiqiy qobiliyatlari, xususan, ritm-usul
tuyg`usi va asar badiyatini ifodalash malakalarini rivojlantirish bilan
birga, ularning jismoniy rivojlantirish uchun ham muhimdir. Bu ayniqsa,
boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun nihoyatda zarur. Darsda
o`rganiladigan raqs va harakatlar boshqa dars chog`ida (jismoniy tarbiyada,
tanaffuslarda) keng qo`llanishi maqsadga muvofiqdir.
Chapak va cholg`u asboblarida chalish faoliyati ham raqs va musiqali


172
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
harakatlar singari o`quvchilarning musiqa (o`quv qobiliyatlari) hamda
ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun foydalidir. Bu faoliyat
boshlang`ich sinflarda milliy cholg`u asboblar bilan tanishish va ularning
tovush tembrlarini anglab olish bilan uzviy bog`lanib amalga oshirilishi
zarur. Bunda doiracha, qayroq, qoshiq, kichik sopol kabi urib chalinadigan
cholg`u asboblaridan foydalanib, o`qituvchi ijrosi yoki CD va DVD
disklar orqali taraladigan kuylarga jo`r bo`lish malakalari rivojlantiriladi.
Musiqa ijodkorligi faoliyati bolalarda musiqiy tafakkur, izlanish va
ijodkorlik malakasini o`stira borish uchun ahamiyatga egadir. Bu faoliyat
o`qituvchi ijrosida doira chertib jo`rnavozlik qilish, sinf ijrosiga "Dirijorlik"
qilish, kuy ohangiga mos harakatlar (xususan, raqs) topish, she`r
parchasiga kuy "Bastalash" kabi ijodkorlik amaliyotlari bilan bajariladi.
Musiqali harakatlar, cholg`uchilik va ijodkorlik faoliyatlarini amalga
oshirishda o`yin metodlaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. Zotan,
ushbu faoliyatlar ko`proq o`yin xususiyatlari bilan bog`liq. Dasturda
tinglash va kuylash uchun asarlar talab darajasidan ortiq berilgan. Bu
o`qituvchiga asarlarni sinf imkoniyatlari va o`quv yilining muhim
sanalariga muvofiq tarzda tanlab o`qitish imkoniyatini beradi. Ayni paytda,
o`qituvchiga dasturga kiritilmagan, ammo badiiy yuksak, tarbiyaviy
jihatidan muhim va o`quvchilar idrok-amaliyotiga mos bo`lgan yangi
asarlardan keng foydalanish huquqini ham beradi.
Unda chorak mavzulariga moslab asarlarni deyarli ikki hissa miqdorda
tanlash va lozim bo`lganda dasturdan tashqari asarlardan ham foydalanish
mumkin.
Nota savodi, cholg`uchilik, raqs va harakatlar, shuningdek, musiqa
ijodkorligi faoliyati mazmunida tavsif etilgan asarlar ham shartli ravishda
beriladi. Dars sharoitiga qarab ularni almashtirish mumkin.
Bu esa darslarni rejalashtirishda va darslarga tayyorgarlik ko`rishda ijodiy
yondoshishni taqazo etadi. Bunda shu narsaga e`tiborni kuchaytirmoq
lozimki, garchi dasturda asarlar va mashg`ulotlar mazmuni har bir
faoliyat turiga doir alohida-alohida ko`rsatilgan bo`lsada, ammo darslarni
rejalashtirishda va ularni o`tishda musiqa faoliyatlari dars mazmunidan
kelib chiqishi va uning mohiyatini ochib berishi lozim bo`ladi. Shunday
qilib, darsda musiqa faoliyatlari mantiqan birlashib, mazmunan bir
butunlikni tashkil qiladi.
Dastur yakunida yil davomidagi musiqa ta`limi mazmunidan
o`quvchilarning olishi zarur bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarining
aniq mezonlariga asoslanib ish tutishga imkon beradi.


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə