O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   94

165
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
5-sinf
Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega
bo`lishlari kerak:
- Orkestr, ansambl va xor tuzilishini bilish;
- xor turlari - bolalar xori, xotin-qizlar xori, erkaklar xori,
aralash xor;
- ovoz turlari - bolalar ovozi (alt, soprano, diskant), ayollar ovozi
(alt, soprano),  erkaklar ovozi (tenor, bariton, bas)ni bilish;
- simfonik orkestr;
- vokal simfonik asarlar - syuita, kantata; raqs san`ati (xoreografiya),
balet;
- sahnaviy musiqa asarlari; xalq qo`g`irchoq teatri,  musiqali drama
va komediya;
- opera san`ati, o`zbek musiqasida opera janri;
- opera ijodkorlari - J. Verdi, V. A. Motsart, N. Rimskiy-Korsakov,
A.Xachaturyan, P.I.Chaykovskiy va boshqalar;
- o`zbek musiqasida opera va drama ijodkorlari - M.Ashrafiy, R. Gliyer,
S.Vasilenko, T.Jalilov, Yu.Rajabiy, S.Yudakov, S.Jalil, S.Boboyev,
M.Leviyev;
- vokal-cholg`u syuita va kantata ijodkorlari - S.Yudakov, M.Nasimov;
- drama musiqasi ijodkorlari - T.Jalilov, Yu.Rajabiy, S.Jalil;
- atoqli o`zbek dirijorlari - M.Ashrafiy, D.Zokirov, M.Bafoyev,
N.Xalilov, B.Umidjonov, A.Sultonov, A.Hamidov;
- bolalar xor jamoasi dirijori - Sh.Yormatov;
- musiqaning san`at turlari bilan o`zaro bog`liqligi (kino, tasviriy
san`at, adabiyot va boshq).
Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega
bo`lishlari kerak:
Tinglash madaniyati:
- Cholg`u ansambli va xalq cholg`u orkestrini audiokasseta, radio va
televidenie orqali tinglab, ularni tembr va cholg`u tovushlari tarkibidan
ajrata bilish;
- simfonik orkestr, estrada simfonik orkestri va duxovoy orkestrlari
cholg`ular tembrini  tovushlaridan ajrata bilish;
- xor va orkestr ijrosidagi asarlarni idrok etib, ulardagi obrazlarni
anglab olish;
- xor turlari (bolalar xori, xotin-qizlar xori, erkaklar xori, aralash


166
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
xor)ni audio yozuvdan tinglab ajrata olish;
Ijro madaniyati:
- Bilgan cholg`u asbobida chalib o`qituvchi ijrosiga jo`r bo`lish;
- mashq va ayrim qo`shiq parchalarini ikki ovozda mustaqil kuylay
olish;
- berilgan qo`shiqlarni  mahorat bilan ijro eta olish.
Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega
bo`lishlari kerak:
Tinglash madaniyati:
- Cholg`u ansambli va xalq cholg`u orkestrini audiokasseta, radio va
televidenie orqali tinglab, ularni tembr va cholg`u tovushlari tarkibidan
ajratish;
- xor va orkestr ijrosidagi asarlarni idrok etib, ulardagi obrazlarni
anglash;
- xor turlari (bolalar xori, xotin-qizlar xori, erkaklar xori, aralash
xor)ni audio yozuvdan tinglab ajratish;
Ijro madaniyati:
- Bilgan cholg`u asbobida chalib o`qituvchi ijrosiga jo`r bo`lish;
- mashq va ayrim qo`shiq parchalarini ikki ovozda mustaqil kuylash;
- berilgan qo`shiqlarni  mahorat bilan ijro etish.
6-sinf
Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega
bo`lishlari kerak:
- Xalq musiqa janrlarida mumtoz musiqani;
- Sharq xalqlari mumtoz musiqasi bilan tanishish;
- buyuk rus kompozitorlari M.Glinka, P.Chaykovskiy, Yevropa klassik
musiqasi, simfoniya janri I.S.Bax, L.Betxoven, V.Motsart, F. Shubert,
Y.Gaydn asarlarining klassikligi;
- ushbu kompozitorlar ijodi bilan qisqacha tanishuv;
- o`zbek zamonaviy musiqasida bastakor va kompozitor ijodini bilish;
o`zbek xalq musiqasining Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq xalqlari
musiqasi bilan o`xshashligi va farqini bilish;
- jiddiy va yengil musiqaning ifoda vositalari, mazmuni va kuyining
ohangini ajratishni;
- bastakorlik ijodida an`anaviylik va zamonaviy ijod uslublarining
mujassamligini bilish;


167
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
- estrada qo`shiqlarida milliylik va baynalminallik xususiyatlari
tushunchasiga ega bo`lish;
- milliy estrada qo`shiqlarini badiiy idrok etish va uning ijro mahoratini
farqlay bilish;
- rok, janri, uning asl vatani;
- o`zbek musiqasida  estrada janri, kino musiqasi, uning o`ziga xos
xususiyatlarini;
- mumtoz musiqani, ustozona (kasbiy) musiqani, xalq musiqa
janrlarini ongli ravishda o`zlashtirib farqlashni bilish.
Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega
bo`lishlari kerak:
Tinglash madaniyati:
- Xalq va ustozona mumtoz musiqani shakl, mazmun va ijro mahoratiga
qarab ajrata olish;
- zamonaviy milliy musiqada mumtozlikka xos badiiy yuksaklikni
ajrata olish;
- Sharq xalqlari milliy usulini ohanglaridan ajrata bilish;
- Sharq xalqlari uchun mushtarak bo`lgan cholg`u asboblarida ijro
etilgan asarlarni tinglab, ular  qaysi millatga xosligini aniqlay olish.
Ijro madaniyati:
- Qo`shiqlarning so`z ma`nolarini  jarangdor va ifodali kuylay
olish;
- ayrim qo`shiqlarni doira usullari boshqaruvida kuylay olish;
Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega
bo`lishlari kerak:
Tinglash madaniyati:
- Xalq va ustozona mumtoz musiqani shakl, mazmun va ijro mahoratiga
qarab ajratish;
- Sharq xalqlari uchun mushtarak bo`lgan cholg`u asboblarida ijro
etilgan asarlarni tinglab, ular  qaysi millatga xosligini aniqlash.
Ijro madaniyati:
- Qo`shiqlarning so`z ma`nolarini  jarangdor va ifodali kuylash;
- ayrim qo`shiqlarni doira usullari boshqaruvida kuylash;


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə