O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   94

146
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
7. Yig`ish chizmalarini o`qiy olish.
8. Yig`ish chizmalarini detallarga ajrata olish.
9. Oddiy va murakkab almashtirishlarni  bajara olish.
10.Qurilish chizmalarini o`qiy olish.
11.O`z yashash joyining plani, fasadi, qirqimini bajara olish.
12.Elektr va kinematik sxemalarni o`qiy olish.


147
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
CHIZMACHILIK FANIDAN O`QUV
DASTURI
Uqtirish xati
Mazkur chizmachilik dasturi O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim
to`g`risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablariga
muvofiq umumiy o`rta ta`lim tizimida  o`quv dasturlariga qo`yilgan
talablar asosida yaratildi.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarining amaldagi o`quv rejasiga binoan
grafik ta`lim 8-9 sinflarda berilib, bunda oliy o`quv yurtlarida o`tiladigan
"Chizmachilik" kursi dasturining soddalashtirilgan shaklidan foydalanildi,
ya`ni chizmachilik fani  bo`yicha ta`lim konsentrik dastur asosida olib
borildi. Amalda qo`llanilayotgan bunday dastur chizmachilik kursining
barcha bo`limlarini o`z tarkibiga olgan bo`lib, unda o`quvchilar o`quv
rejada belgilangan 68 soat hisobiga geometrik, proeksion, mashinasozlik
va qurilish chizmachiligi o`quv materiallarini o`zlashtirish ko`zda tutilgan.
Dasturni qayta ishlash jarayonida chizmalarni taxt qilish, chizmachilik
shriftlarini o`rganish, geometrik yasashlar sohasidagi mavzularning
mazmuni takomillashtirildi.
Bulardan tashqari proyeksiyalash asoslari va aksonometrik
proyeksiyalar bo`yicha nazariy qismi grafik ishlarning mazmuni bilan
boyitildi va kompyuterda chizma bajarishga alohida e`tibor qaratildi.
O`quvchilarning fazoviy tasavvurini, ya`ni, xotira, tasavvur hayolini
va grafik tafakkurini rivojlantirish butun kursning asosiy o`zagini tashkil
qiladi.
Respublikamiz ta`lim tizimida uzliksiz ta`limning tashkil etilishi
barcha fanlar qatori grafik ta`lim mazmuniga ham yangicha yondoshish
va mazkur sohada izchillik tamoyillarini amalga oshirish imkoniyatlarini
yaratadi. Shu nuqtai nazardan mazkur dastur umumiy o`rta ta`lim
maktablarining 8-9 sinflariga mo`ljallangan.
"Chizmachilik" o`quv dasturining maqsadi o`quvchilarni murakkab
bo`lmagan texnik chizmalarni bajarishga, o`qishga va o`z fikrini grafik
tasvirlar vositasida ifoda etishga, shuningdek, kompyuter yordamida
oddiy chizmalarni yasashga o`rgatishdan iborat.
Dastur "Chizma geometriya elementlari bilan chizmachilikni
integratsiyalash" bo`yicha yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga


148
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
tatbiq etishga qaratilgan.
Chizmachilik dasturi quyidagi o`quv vazifalarni bajarishni o`z oldiga
maqsad qilib qo`yadi:
1. O`quvchilarga konstruktorlik yagona tizim (YeSKD) qoidalari
to`g`risida umumiy tushuncha berish.
2. Geometrik yasashlar bo`yicha ko`nikmalar hosil qilish.
3. Proyeksiyalash asoslarini o`rgatish bo`yicha bilimlarni shakllantirish.
Geometrik modellar va sodda detallarning to`g`ri burchakli hamda
aksonometrik proyeksiyalarini yasash malakalariga erishish.
4. Chizmalarni o`qish malakalarini hosil qilish.
5. Bolalarning fazoviy tasavvurlari hamda grafik tafakkurini rivojlantirish.
6. Chizmalarda qirqim, kesim, shartliliklar va soddalashtirishlardan
to`g`ri foydalanishga o`rgatish.
7. Mashinasozlik chizmalari bo`yicha va sxemalar haqida umumiy
tushunchalar berish.
8. Loyihalash elementlari bo`yicha ilk ko`nikmalarni shakllantirish.
9. Qurilish chizmalarining asoslari bilan tanishtirish.
10. Kompyuter yordamida oddiy chizmalar yasash ko`nikmalarini
shakllantirish.
Chizmachilik dasturining vazifalari nazariy va amaliy bilimlarni
integratsiya asosida mashqlar, grafik hamda amaliy ishlar majburiy
minimumini bajarish yo`li bilan amalga oshiriladi va unga o`quv vaqtining
60-70 foizi ajratilishi lozim. Bu ishlarning mazmuni chizmalar, eskizlar,
aksonometrik proyeksiyalash, texnik rasmlarni bajarish va ularni o`qiy
olishdan iborat bo`lish kerak.
Mazkur o`quv dastur tarkibidan o`rin olgan mavzularning ketma-
ketlik tartibi saqlangan holda o`quv materiallar va ular uchun ajratilgan
soatlar hajmi o`zgartirilmasligi tavsiya etiladi.
Dasturning 8-sinflar uchun belgilangan o`quv materiallari sakkizta
bo`limdan iborat bo`lib, "Kirish" qismi ma`ruza shaklida tashkil etilishi
nazarda tutiladi.
"Chizmalarni taxt qilish qoidalari"ni ifoda etuvchi ikkinchi bo`lim
o`quv materiallari o`quvchilar tomonidan yoddan bilishlariga
mo`ljallangan.
"Chizma shriftlari" o`quv materiallari yordamida o`quvchilar standart
shriftlarda harflar hamda raqamlarning yozilishi bo`yicha maksimal bilim,
ko`nikmalarga ega bo`lishi ko`zda tutilgan. Mazkur materiallar yuzasidan


149
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
egallanishi zarur bo`lgan malakalar kurs davomida hosil qilinadi.
"Chizma shriftlari" mavzusi dasturda ilova qilingan "Taqvimiy-mavzuiy
reja" asosida o`lcham qo`yish qoidalaridan oldin o`rganilishi maqsadga
muvofiq.
To`rtinchi bo`limdagi "Geometrik yasashlar" samarali o`rganilishi
uchun o`quvchilar chizma asboblar bilan to`la qurollangan bo`lishlari
zarur.
"Proyeksiyalash asoslari". "To`g`ri burchakli proyeksiyalar" va
"Ko`rinishlar" dasturning asosiy negizini tashkil etadi. Mazkur bo`limlar
mazmuniga murakkablashtirilmagan holda, chizma geometriya elementlari
singdirilishi hamda oktant va epyur haqidagi umumiy tushunchalarning
kiritilishi, nuqta, to`g`ri chiziq va tekis shakllarning proyeksiyalarini
tushuntirilishida ko`proq o`quv plakatlaridan foydalanishi nazarda tutiladi.
"Aksonometrik proyeksiyalar" bo`limidagi o`quv materiallarni to`g`ri
burchakli proyeksiyalar bilan parallel o`rganilishi o`quvchilarning
fazoviy tasavvurini o`stirish imkonini yaratadi.
"Chizmalarni o`qish" bo`limida aksonometrik va to`g`ri burchakli
proyeksiyalarni taqqoslash va tahlil qilish ishlariga alohida e`tibor berilishi
kerak.
9-sinf dasturi sakkizta bo`limdan iborat. "Kesimlar va qirqimlar" deb
nomlangan bo`limda kesimlar va qirqimlar yuzasidan o`quvchilarga
kengroq bilim, ko`nikma berishni nazarda tutib ko`proq vaqt ajratiladi.
Og`ma qirqim geometrik jism yoki oddiy detal misolida bajarilishi kerak.
"Chizmalarda  shartlilik va soddalashtirishlar" bo`limida belgilangan
ko`rinishlar hamda qirqimlardan foydalaniladi.
"Tasvirlari   kesimlar va qirqimlar  talab qiluvchi detallarning eskizi
va texnik rasmini bajarish" mavzusidagi bo`limda oddiy detal va
chizmalardan foydalanish nazarda tutiladi.
"Tarkibida loyihalash elementlari bo`lgan ijodiy grafik masalalar
yechish" deb nomlangan bo`lim mazmunida  detallarning shakl va fazoviy
holatini o`zgartirishga oid  mashqlarning bajarilishi ko`zda tutilgan.
"Mashinasozlik chizmalari", hamda "Sxemalar va qurilish chizmalari"
bo`limlari mazmunida mazkur mavzular yuzasidan umumiy
ma`lumotlar berilishi ko`zda tutiladi. Mashinasozlik chizmalari yuzasidan
nazariy bilimlar bilan chegaralanib qolmay, o`quvchilar rezbalarni
chizmalarda tasvirlay olish ko`nikmalariga ega bo`lishlari zarur.
Sxemalar tushuntirilganda dastur mazmunida belgilangan soatni


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə