O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   94

137
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
standartlarda qabul qilingan shartli va simvolik belgilar bilan
muvofiqlashtirishga yo`naltirish.
3. Maktab chizmachilik ta`limi mazmuniga ajratilgan tasvirlash metodiga
tegishli chizmalarni tanlashda, materiallarni texnik va amaliy mohiyati,
hayotda qo`llanish ko`lami kengligi hal qiluvchi rol o`ynashini e`tiborga
olish.
Bunday tasvirlash metodi chizmachilikda asosiy hisoblangan to`g`ri
burchakli proyeksiyalash (kompleks chizma) va aksanometrik
proyeksiyalar metodidir. Bulardan tashqari, bolalarni tasvirlarni
almashtirish, texnologik, arxitektura-qurilish va sxema-chizmalarning
asoslari bilan tanishtirish.
4. Chizmachilik ta`limi mazmunini tuzishda politexnik ta`lim
vazifalari, turdosh predmetlar va mehnatga tayyorgarligi talablarini hisobga
olish.
"Politexnik ta`lim" tushunchasini  quyidagicha izohlash mumkin.
O`quvchilarga faqat politexnik bilim va malakalar beradigan alohida o`quv
predmeti yo`q. O`quvchi maktabdagi barcha ta`lim-tarbiya vositalari,
ayniqsa, grafik ta`lim orqali politexnik ma`lumotga ega bo`ladi.
Ta`limdagi politexnik prinsi p  o`quvchilarni o`quv  va mehnat
faoliyati ob`ektlarining  politexnik mazmuni hamda uning o`quvchi
tomonidan ochib berilishi va o`quvchilarning qabul qilish tizimlarini
ifodalaydi.
5.  Grafik ta`lim mazmunida bolalarni har tomonlama  rivojlantirish
va tarbiyalash  uchun O`zbekistonning mustaqillik davri prinsi plaridan
biri bo`lgan ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy-nazariy  meroslaridan
faxrlanish tuyg`ularini tarkib toptirishdan iborat.
  Binobarin, fan va madaniyatning mumtoz namoyondalari qoldirgan
ilmiy-nazariy meros bugungi va kelgusi avlod tafakkuri doirasini
kengaytirishga  bevosita yordam  beradi.  Yuqorida ko`rsatib o`tilgan
asosiy prinsi plardan tashqari quyidagi shart-sharoitlarga:
-
hozirgi  zamon fan va texnikasi, ishlab chiqarish taraqqiyoti
vazifalari bilan uzviy bog`langan asosiy yo`nalishlarni o`zida aks
ettiradigan bilimlar, ko`nikmalar va malakalar tizimi;
-
o`quv materiallari rivojlangan xorijiy mamlakatlar grafik ta`lim
mazmuni tajribalariga mutanosibligi;
-
o`quv predmetni o`rganish uchun tanlangan mazmunning
belgilangan  vaqt doirasiga singishi;


138
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
-
grafik ta`lim mazmunining hozirgi va istiqboldagi maktablar
moddiy-texnika hamda didaktik vosita imkoniyatlariga mos kelishiga amal
qilinishi lozim.
Grafik ta`lim hajmining majburiy minimumi umumiy o`rta ta`lim
maktablarida o`quvchilarga berilishi zarur bo`lgan ta`lim mazmuni
minimumini ifodalaydi. Maktab grafik ta`limi me`yorlarini belgilashda
o`quvchilar texnikaviy garafikaning asoslaridan standart doirasida amaliy
va nazariy ko`nikmalarga ega bo`lishlari nazarda tutiladi.
Bular quyidagi bloklarda ifodalanadi:
-
chizmalarni taxt qilish qoidalari ;
-
chizmachilik shriftlari;
-
geometrik yasashlar;
-
proyeksiyalash usullari;
-
chizmalarni o`qish va bajarish;
-
texnik rasm va eskizlar;
-
kesim va qirqimlar, chizmalarda shartlilik, soddalashtirishlar;
-
loyihalash elementlari bo`lgan ijodiy grafik masalalar;
-
mashinasozlik chizmalari;
-
qurilish chizmalari;
-
sxemalar;
-   kompyuter yordamida oddiy chizmalar yasash.
III. O`quvchilarning tayyorgarlik darajasiga
qo`yiladigan zaruriy talablar
Chizmalarni taxt qilish qoidalari
Chizma buyumlar, asboblar va o`quv qurollari. Ish o`rnini tashkil
etish. Chizmalarni taxt qilishga qo`yilgan talablar. Chizma qog`ozlarning
o`lchamlari, bichimlar (formatlar), uning hoshiyasi va asosiy yozuvi.
Masshtablar. Chiziq turlari. O`lcham qo`yish qoidalari.
Chizma  shriftlar
Shrift o`lchamlari. Bosh harflar hamda raqamlarning tuzilishi va
yozilishi. Yozma harflarning yozilishi.
Geometrik  yasashlar
Parallel va perpendikulyar to`g`ri chiziqlarni o`tkazish. To`g`ri chiziq
kesmasini teng bo`laklarga bo`lish. Burchak yasash va ularni teng


139
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
bo`laklarga bo`lish. Aylanani teng bo`laklarga bo`lish. Girix (naqsh)
hosil qilish. Qiyaliklar va konusliklar. Mustaqil ko`p burchaklar yasash.
Tutashmalar yasash. Ikki to`g`ri o`tmas va o`tkir burchak tomonlarini
tutashtirish. Aylana va to`g`ri chiziqni tutashtirish. Ikki aylanani to`g`ri
chiziq va yoy yordamida tutashtirish. Shuningdek, ikki aylanani yoy
yordamida tashqi, ichki va aralash tutashtirish. Sirkul va lekalo yordamida
bajariladigan ovallar  va elli ps egri chiziqlar.
Proeksion chizmachilik
Proyeksiyalash usullari. Markaziy va parallel proyeksiyalash. To`g`ri
burchakli proyeksiyalar. Oktant va epyur haqida umumiy tushuncha
(Nuqta, to`g`ri chiziq va tekis shakllarning proyeksiyalari). Narsaning
o`zaro perpendikulyar uchta proyeksiyalar tekisliklariga (1-oktant)
proyeksiyalash va tekis chizma (epyur) hosil qilish. Geometrik jismlar
va ularning proyeksiyalari.
Ko`rinishlar va chizmalarni o`qish
Bosh va asosiy ko`rinishlar. Mahalliy va qo`shimcha  ko`rinishlar.
Modelning o`ziga qarab uning ko`rinishlarini chizish.
Oddiy detal chizmalarini tahlil qilish, geometrik jismlarga ajratish va
chizmalarni o`qish tartibi, qoidalari. Detalning berilgan ikki proyeksiyasi
bo`yicha uchinchi proyeksiyasini yasash.
Aksonometrik  proyeksiyalar
Aksonometrik proyeksiyalar haqida umumiy ma`lumotlar va ularni
hosil qilish. Aksonometrik o`qlar va ularni yasash. Yassi shakllar va
aylananing aksonometriyasini yasash. To`g`ri burchakli izometrik
proyeksiyalar. Qiyshiq burchakli dimetrik proyeksiyalar. Texnik rasm.
Detalning eskizi va texnik rasmini bajarish
Eskiz va texnik rasm haqida tushuncha va uni chizish bosqichlari.
O`quv modellarning eskizlarini bajarish. Detallarning eskizi va texnik
rasmlarni bajarish.
Kesimlar va qirqimlar
Kesimlar ustiga chizilgan va chiqarilgan kesimlar. Kesimlarni belgilash
va joylashtirish. Oddiy qirqimlar  (frontal, gorizontal, profil va og`ma),


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə