O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94

127
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Namunaviy topshiriqlar
Mo'jizakor tabiat ko'rinishlarini idrok etish. Shahar ko'chalarini
idrok etish. Hayvon va qushlarni, baliqlarni idrok etish. "Yozgi ishlar"
mavzusida suhbat o'tkazish.
Naturaga qarab tasvirlash (13 soat)
Naturaga qarab tasvirlash mashg'ulotlarining vazifalari quyidagilardan
iborat:
a) Naturaga qarab rasm ishlash (7 soat)
 Alohida narsalarning rasmini ishlashda uni qog'oz yuzasida to'g'ri
joylashtirishga doir bilim va malakalarni mustahkamlash, o'rgatish;
narsalarning asliga qarab rasm ishlashda imkoni boricha ko'proq rang va
ularning tuslaridan foydalanishga odatlantirish; simmetrik shakldagi
narsalarni chizishda o'q chizig'idan foydalanishga o'rgatish; turli shakldagi
narsalarning tuzilishini ko'ra bilishga o'rgatish; rasm ishlash malakalarini
rivojlantirish; naturaning shakli, rangi, o'lchovlari, o'lchov nisbatlari,
narsa bo'laklarining o'zaro bog'liqligini ko'ra bilishga va ularning xarakterli
tomonlarini rasmda tasvirlay bilishga o'rgatish.
Namunaviy topshiriqlar
Olma, uzum, anor, behi kabi mevalarni, momaqaymoq, binafsha,
lolaqizg'aldoq kabi gullarni, shuningdek kapalak, ninachi, tillaqo'ng'iz,
kabi hashorotlarni, qaldirg'och, sa'va kabi qushlarni o'ziga qarab alohida
rasmini ishlash. 2-3 mevalardan tashkil topgan oddiy natyurmortlarning
rasmini ishlash.
b) Naturaga qarab haykal ishlash (6 soat)
Naturaning (narsa, qush, hayvonlar) shakli, hajmi, tuzilishidagi
o'ziga xos muhim tomonlarini ko'ra olish va ularni loy yoki plastilindan
tasvirlash yuzasidan malakalarni mustahkamlash; loy va plastilin, stek
bilan ishlashni yanada rivojlantirish; naturaning xarakterini nazarda tutib
haykal ishlashning u yoki bu usulidan foydalanish, qo'l bilan paypaslash
(butun bo'lakdagi loydan ortiqcha joylarini olib tashlash, ayrim bo'laklarni
ulash) yuzasidan olingan malakalarni mustahkamlash.
Namunaviy topshiriqlar
O'yinchoq kosmonavt, qo'chqor, qo'y, turna, ot, xo'tik, ho'kiz
kabilarning haykali va releflarini ishlash.


128
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Kompozitsion faoliyat (18 soat)
Kompozitsiya mashg'ulotlarining vazifalari quyidagilardan iborat:
a) Rangtasvir kompozitsiyasi (6 soat)
Turli ko'rinish va voqealarni tasvirlaganda obraz va ob'yektlarni
bo'rttirib ko'rsatish uchun ranglardan o'rinli foydalanish; hayvon va
odamlarning holatlarini ifodali tasvirlay olish; bir narsani ikkinchisi
panalab turgan holda tasvirlash; mazmunli rasmlarda planlikni tasvirlashga
oid olingan bilimlarni yanada mustahkamlash; mazmunli rasmlardagi
ob'yektlarni o'lchov nisbatlarini to'g'ri olish; undagi asosiy va ikkinchi
darajali ob'yektlarni ajratib ko'rsatish malakalarini mustahkamlash;
o'quvchilarni axloqiy jihatdan tarbiyalashga ko'maklashish.
Namunaviy topshiriqlar
"Kuzgi ishlar", "Qishgi o'yinlar", "Shimoldagi bug'ular",
"Akvariumdagi baliqlar", "Fantastik daraxt", "Dorboz bola",  "Yomg'irli
kun", "Jonajon o'lka", "Tog'da kuz", "Tog'larning bahorgi ko'rinishi",
"Qishgi o'yinlar", "Hayvonot bog'ida" mavzularida jamoa bo'lib va yakka
holda rasmlar ishlash.
b) Dekorativ kompozitsiya (6 soat)
 Ijodiy qobiliyat va badiiy didni yanada o'stirish; to'rtburchak va doira
shaklidagi naqshlarning xususiyatlari bilan yaqindan tanishtirish, hamda
ana shunday naqshlardan namuna ko'chirish va mustaqil ravishda ijodiy
ishlashga o'rgatish; dekorativ amaliy san'atga doir iboralar va ularning
ma'nosi bilan yaqindan tanishtirish; naqshlarda (yo'lsimon, to'rtburchak,
doira) shakllar bilan birga ranglarning almashinib kelishi haqida
tushunchalar berish; o'quvchilarning dekorativ ishlarda qo'llaniladigan
materiallarning turli xususiyatlari haqidagi bilimlarini yanada
kengaytirish; o'zbek xalq amaliy san'ati namunalari asosida loydan
o'yinchoqlar yasashga doir bilim va malakalarni yanada mustahkamlash;
o'quvchilarning rang tuslari va ularning nomlari haqidagi tushunchalarini
yanada boyitish.
Illyustrativ rasm ishlashda rangtasvir mashg'ulotlaridagi kabi hayvon
va odamlarning holatlarini ifodali tasvirlay olish; ertak va hikoyadagi
biron bir vaqtni rasm uchun tanlay bilish, rasmda asosiy va ikkinchi
darajali ob'yektlarni ajratib ko'rsata bilishga oid bilim va malakalarni
rivojlantirish.
Namunaviy torshiriqlar
Meva va gullar tasviridan yo'lsimon, kvadrat, to'rtburchak shaklda


129
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
naqsh namunalaridan ko'chirish. Ijodiy tarzda naqshlar ishlash. Hayvonlar
tasvirini tabiiy materiallardan (barglar, o't-o'lanlar va hokazo)
applikatsiya yo'li bilan ishlash. "Toshbaqa bilan chayon" masali, o'zbek
xalq ertaklaridan "Sham ko'targan mushuk", "Bo'ri bilan mergan",
"Echki va uning bolalari" va "Tulki bilan tovus" ertaklari asosida rasm
ishlash. "Navro'z" bayramiga atab tabriknoma eskizini tayyorlash.
v) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi (6 soat)
 Harakatdagi odam, hayvonlarning asosiy va tana qismlari, harakatdagi
holatlarini, xalq ustalarining o'yinchoq yasash texnikasi bilan yaqindan
tanishishtirish va bu texnikada ishlash malakalarini hosil qilish; tasvirlashga
o'rgatish; tasvirlanayotgan obrazning kayfiyatini haykalda ifodalay olish,
obraz yoki detallarning o'zaro bog'liqligini hisobga olib tasvirlashga o'rgatish.
Namunaviy topshiriqlar
"Tuyalar karvoni" (jamoa ish),  "Sirk sahnasidagi tomosha", "Xo'tik
yetaklagan bola" mavzusida, shuningdek, "Bo'ri bilan mergan" ertagi
asosida haykallar ishlash.
Foydalanish uchun tavsiya etiladigan tasviriy san'at asarlarining
ro'yhati:
G.Kazakov "Qovun bozori"; U.Mo'min "Xirmon","Anorlar";
M.Jo'raboev "Hosil"; P.Benkov "Dugonalar"; P.Leviskiy "Susambil"ga
ishlangan illyustrasiyalar; R.Ahmedov "Dam olish"; Ye.Melnikov
"Anorlar"; Yu. Yelizarov "Tarvuzli natyurmort"; O'.Tansiqboev
"Sirdaryo", "Tog'da kuz", "Chorvoq qurilishida"; A.Mahkamov
"Dorbozlar", "O'zbekiston ko'chma sirki" seriyasidan. Q.Basharov
"O'zbekiston kuzi", "Shaftolilar", "Shohimardon yo'li"; N.Karaxan "Sari-
Chelak ko'li"; D.Mursalimov "Eski shaharda"; N. Kashina "Childirma
ushlagan qiz"; T.Muhamedov "Sham ko'targan mushuk" nomli xalq
ertagiga ishlangan illyustrasiya. S.Abdullaev "Olmali natyurmort".
4-sinf
Borliqni  idrok  etish (3 soat)
Borliqni idrok etish mashg'ulotlarining vazifasi quyidagilardan iborat:
san'at, transport, qurilish va qishloqlardagi kishilar mehnatining o'ziga
xos tomonlari bilan tanishtirish; kuzatilgan mehnat jarayonlaridan
olingan taassurotlardan tasviriy faoliyatlarda foydalanishga o'rgatish;
o'quvchilarning kuzatuvchanligi va xotirasini, obrazli tafakkurini yanada
o'stirish.


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə