O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   94

121
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Bayroqcha, soat, baliqcha, havo sharlari, tandir non, o'rik, tol,
shaftoli, olcha barglari, mevali daraxtlarning gullari, bahorgi gullarning
o'ziga qarab rasmini ishlash.
b) Naturaga qarab haykal ishlash (5 soat)
-  haykaltaroshlikda ishlatiladigan materiallar va asboblar bilan
tanishtirish;
-
o'quvchilarning narsalarni (shakli, hajmi, o'lchovlarini) o'zaro
taqqoslash orqali loy va plastilin bilan ishlash malakalarini shakllantirish;
-
haykaltaroshlikka doir maxsus atamalar bilan tanishtirish.
Namunaviy topshiriqlar
O'yinchoqlar-tuya, echki, o'rdakcha, toychoq, xo'roz, buzoqcha,
jo'jalarning haykalchasini va baliq relefini o'ziga qarab haykalini yasash.
Kompozitsion faoliyat (17 soat)
Kompozitsiya mashg'ulotlarining vazifalari quyidagilardan iborat:
a) Rangtasvir kompozitsiyasi (5 soat)
-    o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlari va fantaziyasini o'stirish;
-
rasm chizishda bolalarni qog'ozdan maqsadga muvofiq ravishda
foydalana olishga o'rgatish;
-
rasmda tasvirlanayotgan narsalarning ko'rinishlarini mazmunan
bir-biriga bog'lay bilish va ularni qog'oz yuzasida tasvirlay olishga o'rgatish;
-
 mazmunli rasmda tasvirlanayotgan qismlarni shakl va rang
jihatidan muvozanatini saqlay bilishga o'rgatish;
-
 odamlar, hayvonlar, daraxt va boshqa shu kabilarning tana
tuzilishini hamda ularning o'zaro bog'liqligini, ulardagi go'zalliklarni
rasmlarda tasvirlay olishga o'rgatish;
-
bolalarni axloqiy, estetik jihatdan tarbiyalashga ko'maklashish.
Namunaviy topshiriqlar
"Kuz sahovati", "Bahorgi ishlar", "Kapalaklar raqsi", "O'rik gulladi",
"Elkanli qayiqlar", "Kuzgi shudgor", "Qahraton qish", "Varrak uchirish",
"Ikki echki", "Sholg'om", "Mosh boshqa maqtanmaydi" nomli hikoyalar
asosida rasm ishlash.
b) Dekorativ kompozitsiya (6 soat)
- o'quvchilarning tasviriy malaklarini o'stirish; yo'lsimon
naqshlarning xususiyati bilan tanishtirish;
-
bo'yoqni suv bilan eritish va u bilan kerakli yuzalarni tekis
bo'yash;


122
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
-
 mo'yqalamning uchi bilan ishlashga o'rgatish; naqsh unsurlarining
takrorlanishi yoki qaytarilishi (shakli va rangi jihatidan) to'g'risida
ma'lumot berish; ertak va hikoyalarning mazmuniga mos holda rasm
ishlash yuzasidan dastlabki tushunchalar berish va amaliy ishlarni
bajarishga o'rgatish;
- o'quvchilarda shakl va rangni sezish hislarini o'stirish;
- naqshlarning go'zalligini his qilishni rivojlantirish; tabiiy materiallar
va rangli qog'ozlardan kesish, qirqish va yopishtirish orqali turli dekorativ
bezaklar, naqshlar tuzishga o'rgatish.
Rangshunoslik yuzasidan esa quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
- o'quvchilarni asosiy va hosila ranglar bilan tanishtirish; asosiy va
hosila ranglar haqida tushuncha berish, asosiy ranglarning tuslarini
(masalan, och qizil, qizg'ish, to'q qizil va h.k.) suv bilan aralashtirish
orqali rang hosil qilishga o'rgatish;
- asosiy ranglarni o'zaro aralashtirish orqali hosila ranglarni (yashil,
binafsha, zarg'aldoq ranglar) topa bilish malakalarini rivojlantirish;
- asosiy va hosila rang tuslarini tevarak-atrofdagi narsalardan topa
bilish va nomlarini ayta bilishga o'rgatish;
Namunaviy topshiriqlar
 Geometrik shakllardan, barglar, gullarning tasvirlaridan yo'lsimon
va kvadrat shaklida naqshlar ishlash. Qog'ozdan yasalgan (bolalar
uchiradigan) "Laylak"ni badiiy bezash. Tabiiy materiallardan (barglar,
o't-o'lanlar, gullar, meva va sabzavot urug'lari va h.k.) hayvon va qush
tasvirlarini ishlash, naqshlar tuzish. Mo'yqalam bilan ishlash yuzasidan
mashqlar bajarish.
v) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi (6 soat)
-    o'quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni o'stirish;
-
loy va plastilin bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
-
 narsalarning hajmi, shaklini his qilish hamda ularni tasvirlash,
chamalash qobiliyatlarini o'stirish;
-
ma'lum bir mazmunni haykaltaroshlikning ifodalilik vositalari
yordamida tasvirlashga o'rgatish.
Namunaviy topshiriqlar
"Tovuq va jo'jalar", "O'rdak va o'rdakchalar" mavzusida kompozitsiyalar
ishlash. "Sabzavot va mevalar", "Ajdarho", "O'yinchoq toychoq", puflab
chalinadigan "O'yinchoq hushtak" mavzularida dekorativ haykallar ishlash.


123
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Foydalanish uchun tavsiya etiladigan tasviriy san'at asarlarining
ro'yxati: N. Karaxan "Oltin kuz"; B. Jalolov "Usta ayol"; I. Haydarov
"Oltin kuz"; O'. Tansiqboev "Tog'da kuz";  "O'zbekistonda mart";
"Yusufxona"; "Jonajon o'lka"; K. Bogoduxov "Qorasuvda bahor"; P.
Temirov "Bibixonim hovlisida bahor"; Z. Inog'omov "Bahor"; "Choyga".
2 - sinf
Borliqni idrok etish (3 soat)
Borliqni idrok etish mashg'ulotlarining vazifalari quyidagilardan iborat:
-
o'quvchilarning borliq haqidagi tasavvurlarini boyitish hamda
chuqurlashtirish, yil fasllaridagi manzara va kayfiyatga (quvonchli,
g'amgin, hayolchan, tashvishli) nisbatan sezgirligini oshirish;
-
bolalarda jonajon tabiatga bo'lgan muhabbat tuyg'usini rivojlantirishga
erishish; uning go'zalliklarini qadrlash tuyg'usini tarkib topdirish;
-
 yil fasllarining o'ziga xos go'zalligini ko'ra bilishga o'rgatish;
-
 hayvonot olamining turli-tumanligi bilan tanishtirish.
O'quvchilarning borliq haqidagi tasavvurlari va tushunchalarini boyitish
maqsadida turli fasllarda tabiat qo'yniga sayrlar tashkil etiladi. Sinfda yil
fasllariga doir slaydalar, reproduksiyalar ko'rsatiladi. Kuzatilgan tabiat
manzaralarini xotiradan rasmlarini chizadilar. Tabiatni kuzatish jarayonida
bolalarning e'tibori odamlar, daraxtlar, uylar, bulutlar, hayvonlar,
qushlar va ularning o'ziga xos shaklga ega ekanligiga, qaratiladi. Hayvonlar,
qushlar, baliqlarning slayd va suratlarini kuzatish orqali ularning rasmlari
chizdiriladi. Bular o'z navbatida o'quvchilarning mavzu asosida rasm
chizish borasidagi tasavvurlari, tushunchalarini boyitib boradi.
Namunaviy topshiriqlar
Tabiatning kuz, qish, bahor, yoz faslidagi ko'rinishlarini, gullar,
dekorativ qushlar, parrandalar, baliqlar, shahar ko'rinishlarini idrok
etish. Borliqni idrok etish jarayonida tanlangan mavzuga oid ob'yektlarning
xomaki rasmlarini ishlash. "Yozgi ishlar" mavzusida suhbat.
Naturadan rasm ishlash (13 soat)
Naturaga qarab tasvirlash mashg'ulotlarining vazifasi quyidagilardan
iborat:
a) Naturaga qarab rasm ishlash (8 soat)
Tasvirlanadigan narsalarning shakli, ularning taqsimlari, konstruktiv


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə