O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   94

109
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
Quyidagi malakalarga ega bo'lishlari lozim:
-tasvirlanayotgan buyumlar guruhi (natyurmort)ni plastik yaxlitlikda
ifodalash;
- haykaltaroshlikda odam va hayvonlarni obrazli tasvirlash, unda
ob'yektning o'ziga xos xususiyatlari, xarakteri, nisbatlarini to'g'ri talqin
etish;
- miniatyura san'ati usulida rasm (illyustratsiya) ishlay olish;
- tasviriy faoliyatda Sharq miniatyura san'atining tasviriy usullarini
tatbiq eta olish;
- kompozitsiya yaratishda eskiz variantlarini ishlash va ularni
umumlashtira olish;
- o'z ijodiy faoliyatlarida dramatizm va lirizm kayfiyatlarini tasvirlay
olish;
- o'z "asari" uchun material to'plash va ulardan tasviriy faoliyatda
foydalana olish;
- tasvirlanayotgan buyumlar guruhi (natyurmort)ni plastik yaxlitlikda
ifodalash;
-   haykaltaroshlikda odam va hayvonlarni obrazli tasvirlash;
- syujetli kartina yaratish usullarini o'z tasviriy faoliyatiga tatbiq eta
bilish.
7- sinf
San'atshunoslik asoslari:
- san'atdagi oqim va yo'nalishlar, ularning kelib chiqish sababi,
asosiy omillari;
- oqim va yo'nalishlar (impressionizm, postimpressionizm, fovizm,
kubizm, puantelizm, syurrealizm, abstraksionizm) nomlanishining
mazmuni va mohiyati;
- XIX asr oxiri XX asr boshlaridan Yevropa tasviriy san'atidagi
oqimlarning yirik namoyondalari (K.Mone, O.Renuar, K.Pisarro,
A.Matiss, P.Sezann, A.Sinzyak, Van Gog, Pol Gogen va b.);
- zamonaviy O'zbekiston tasviriy san'atida oqim va yo'nalishlarning
tasviriy talqini (A.Mirsoatov, A.Yunusov, O.Qozoqov, A.Nuriddinov,
S.Alibekov, B.Jalolov);
- tasviriy san'at tarixida ramziylik tasviri, geraldika;
- O'zbekiston amaliy bezak san'atida qo'llaniladigan shakllarning
ramziy ma'nolari (o'simlik va hayvonot dunyosi misolida);


110
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
- dizayn san'atining tarixi, uning maishiy turmushni
madaniylashtirishdagi o'rni, buyumlar, jihozlar, katta va yirik o'lchamdagi
texnika vositalari (avtomobil, samolyot va h.z.)ni, binolar va ularning
inter’yerlari va boshqalarni badiiy loyihalashtirish;
- qadimiy O'zbekiston madaniyati va san'ati (me'morlik san'ati
misolida, unda san'at turlarining sintezi);
- me'moriy ansambl va atrof muhit landshafti;
- kitobat san'ati, Sharq kitobat san'atining nodir namunalari;
- jahon va O'zbekiston kitobat san'atining yirik namoyondalari
(O.Domge, G.Dore, Ye.Kibrik, D.Shmarinov, V.Favorskiy, D.Bisi;
I.Ikromov, T. Muhamedov, A.Bobrov).
Tasviriy faoliyat:
- namuna asosida naqsh elementlari, kompozitsiyalarni chizish va
bo'yash;
- naturadan (namunadan) manzara ishlash, unda turli oqim va
yo'nalishlar usullarini qo'llash;
- turli mavzuda kubizm usulida natyurmort ishlash;
- me'moriy ansambl (jamoaviy ish) maketini yasash hamda unga
badiiy ishlov berish.
Kompozitsion faoliyat:
- tabiiy shakllarni stillizatsiyalash vositasida naqsh elementlarini
hosil qilish, ulardan mustaqil ravishda naqsh kompozitsiyasini yaratish;
- turli shakllarni badiiy loyihalash (texnikaviy dizayn, libos dizayni,
me'morlik dizayni, jihozlar, anjomlar dizayni);
- shakl va mazmun mutanosibligi. Kulolchilik namunalari
shakllarining variantlarini yaratish (grafik yechim);
- me'moriy ansambl kompozitsiyasi (jamoa ishi). Uning maketini
karton va qog'ozdan yasash, unda shakl, nisbat, masshtab, simmetriya,
atrof-muhit bilan uyg'unligi);
- geraldika (ramzlar, muhrlar, gerblar) bo'yicha kompozitsiya
variantlarini yaratish;
- me'moriy mavzuda manzara-kompozitsiya ishlash (akvarel, guash
bo'yoqlari, oddiy va rangli qalamlar, flomaster, pastel va boshqa yumshoq
grafik materiallar);
- ixtiyoriy manbalar (ertak, hikoya, rivoyat, qissa, roman, doston,


111
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
badiiy va video yoki multfilm) asosida kitobat san'ati elementlari (muqova,
titul varag'i,  badiiy harf,  fronti ptis,  illyustratsiya v.b.)ni ishlash.
O'quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo'lishlari kerak:
- san'atning  ijtimoiy mohiyati va inson shaxsiy kamolotidagi
ahamiyatini anglash;
- tasviriy san'atdagi oqim va yo'nalishlarni, uning yirik vakillari
asarlarini bilish;
- hozirgi zamon san'atida sodir bo'layotgan badiiy jarayonlar haqida
tassavurga ega bo'lish;
- dizayn san'ati va uning turmushdagi ahamiyatini bilish;
- o'zbek amaliy bezak san'ati tarixi, uning taniqli ustalari, ularning
asarlar xususiyatlarini bilish. Amaliy bezak san'ati buyumlarining dizayn
yechimini, ularning funksional mohiyatiga mosligini tushunish;
- amaliy bezak san'atining mazmun va shakl mutanosibligi
xususiyatlarini bilish;
- badiiy bezak motivlari, ramzlari, tasviriy-ifodaviy vositalarini to'g'ri
talqin eta bilish;
- me'morlik tarixiga oid bilimlarga ega bo'lish hamda uni sintetik
san'at turi sifatida idrok etish;
- badiiy loyihalash, maket yasashning texnologik  xususiyatlarini
bilish;
- kitob san'atining tarixi, uning o'ziga xos xususiyatlari, tasviriy
usul va vositalari, kitob bezovchi rassomlar haqida ma'lumotga ega bo'lish;
- kitobat san'atini yaxlit kompozitsiya, sintetik san'at asari sifatida
idrok etish;
- tasviriy san'atning  geraldika sohasi va uning ma'nosini bilish;
-o'rganilgan san'at turlariga oid atama va  tushunchalarlarni talqin
etish.
Quyidagi ko'nikmalarni egallashlari zarur:
- Tasviriy faoliyatni tashkil etishda tozalik va xavfsizlik qoidalariga
amal qilish;
- tasviriy faoliyatning turlari, uning bosqichlarini bilish va o'z faoliyatiga
uning talablarini tatbiq etish;
- tasviriy vosita va texnikalarni berilgan topshiriq xususiyatiga mosligini
ta'minlay bilish;


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə