O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   94

115
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
amalga oshiriladi. 3-sinfdan boshlab esa san'atni idrok etish bo'yicha
maxsus darslar tashkil etiladi.
Naturaga qarab tasvirlash
Naturaga qarab tasvirlash ikki turga bo'linadi:
a) naturaga qarab rasm ishlash; b) naturaga qarab haykal ishlash.
a) Naturaga qarab rasm ishlash o'quvchilarda narsa va hodisalarning
hajmi va fazoda joylashuvi, ularning bir muncha tirik belgilari haqida
tasavvurga ega bo'lish imkonini beradi, tasvirlash malakalarini o'stiradi.
Naturaga qarab rasm chizish vazifalari 1-2 dars davomida va qisqa
muddatli (5-15 daqiqa davomida bajaradigan lavha va chizgilar) bo'lishi
mumkin. Xomaki ish va chizgilar darsning muayyan mavzusidan kelib
chiqib, darsning boshlanish qismi, o'rtasi yoki oxirida bajarilishi mumkin.
O'quvchilarning ko'rib, eslab qolish qobiliyatini, makon haqidagi
tasavvurlarini rivojlantirish uchun ularga eslab va tasavvur qilib rasm
chizish bo'yicha ko'proq vazifa berish kerak bo'ladi.
b) Naturaga qarab haykal ishlash darslarida o'quvchilar naturani
ko'ra bilish, uning shaklini, hajmini, tuzilishi va o'lchov nisbatlarini
to'g'ri olishga o'rgatadi. Haykallarni alohida-alohida va yaxlit loy
bo'laklaridan ishlash yo'llarini ham o'rganadilar. Bunday darslarda
o'quvchilar hajmi va relefli haykallar ishlaydilar.
Haykaltaroshlik ishlarida natura hajmdor qilib tasvirlanayotganligi
tufayli ish jarayonida turli tomonlarga aylantirib turiladi. Dars
o'tkazilayotgan xonada naturaning shakli yaqqol ko'rinib turishi maqsadga
muvofiqdir.
Kompozitsion faoliyat
Kompozitsion faoliyat bo'limi quyidagi qismlardan tashkil topadi:
a) rangtasvir kompozitsiyasi;
b) dekorativ kompozitsiya;
v) haykaltaroshlik kompozitsiyasi.
a) Rangtasvir kompozitsiyasi mavzu asosida, xotira va tasavvurdan
rasmlar ishlash  tarzida tashkil etiladi. Bunda tanlangan mavzuga ko'ra,
uning elementlari qog'oz yuzasida bir-biriga bog'liq holda joylashib, yaxlit
kompozitsiyani hosil qiladi.
Kompozitsiyada asar yaratishning muayyan qoidasini simmetriya,


116
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
nosimmetriya, muvozanat, detallarning o'lchovi, shakli, rangi kabilarga
rioya qilinadi.
Rangtasvir kompozitsiyasi mashg'ulotlari asosan tevarak-atrofdagi
hayotni aks ettiruvchi mavzularda rasm ishlashga asoslanadi. O'quvchilar
mashg'ulotning bu turida rasmni naturadan emas, balki xayoldan va
tasavvurdan ishlaydilar.
Rangtasvir kompozitsiyasi mashg'ulotlarining asosiy vazifalari
o'quvchilarga narsalarning shakli, rangi, ularning tuzilishi haqidagi
tushunchalar berish, eng qiziq mavzu tanlay olish, qog'ozda rasmini
to'g'ri joylashtirishga o'rgatish kabilardan iboratdir.
Kompozitsiya qonuniyatlarini o'quvchilar ongiga yetkazishda tasviriy
san'at asarlarining reproduksiyalaridan foydalanish va ularni tahlil
qilishning ahamiyati katta.
Adabiy asarlarga illustrasiyalar ishlash esa o'quvchilarning eng qiziqarli
mashg'ulotlaridan bo'lib, unda bolalar ertak, hikoya, masaldagi
qahramonlarning obrazlarini o'z rasmlarida ifodalashga harakat qiladilar.
Zamonaviy mavzulardagi asarlarga yoki dostonlarga hamda ertaklarga
kompozitsiya ishlash uchun avvalo, bolalar mavzuga oid odam, hayvon
rasmlari va ba'zi bir narsalarning o'ziga qarab rasmini chizib oladilar.
b) Dekorativ kompozitsiya turli shakldagi naqshlarning namunasidan
ko'chirish, mustaqil ijodiy naqsh ishlash hamda dekorativ-bezak ishlarini
qamrab oladi.
1-4 sinflarda dekorativ tarzda qayta ishlangan tabiiy va geometrik
shakllarga asoslangan yo'lsimon, kvadrat, doira, to'rtburchak shaklllardagi
naqshlar chizdiriladi.
Rangshunoslik bo'yicha o'quvchilar 2 sinfda "Asosiy va hosila ranglar"
bilan tanishadilar. Bo'yoqlarni o'zaro aralashtirish orqali yangi rang
tuslarini hosil qilish bilan amaliy ravishda shug'ullanadilar. Asosiy (qizil,
sariq va ko'k) ranglar va ularning o'zaro aralashuvidan hosil bo'lgan
hosila (yashil, binafsha va zarg'aldoq) ranglardan o'z ish faoliyatlarida
to'g'ri foydalana olishni o'rganadilar. O'quvchilar 2 sinfda "Iliq va sovuq
ranglar","Rang tuslari va ularning nomlari" kabi mavzularda nazariy
bilimlarni ham egallab boradilar. O'quvchilar "Ranglar xalqasi" bilan
yaqindan tanishadilar va tevarak-atrofdan ana shunday rang tuslarini
topishni o'rganadilar.
O'quvchilarda atrof-muhitdagi, borliqdagi rang tuslarning boyligi va
xilma-xilligi haqida tushuncha hosil qilish uchun "Tabiatda rang" mavzusi


117
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
kiritilgan. O'quvchilar sayohat paytida darsda o'rgangan ranglarni va ularning
tuslarini tabiat qo'ynidan topishga harakat qiladilar.
v) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi real haykaltaroshlik va dekorativ
haykaltaroshliklarga bo'linadi.
Real haykaltaroshlikda o'quvchilar o'qituvchi tomonidan tavsiya etilgan
mavzularda haykallarni asliga o'xshatib ishlaydilar. Bunda o'quvchilar
tasviriy san'at mashg'ulotlarining boshqa turlarida orttirgan bilim, ko'nikma
va malakalarga tayanadilar.
Dekorativ haykaltaroshlik - haykaltaroshlikning turlaridan biri bo'lib,
u o'quvchilarda turli dekorativ bezakli releflar va o'yinchoqlar ishlash
orqali maxsus bilim hamda malakalar hosil qiladi.
Amaliy va tasviriy san'at darslari ko'rgazmali qurollar va zamonaviy
texnika vositalari bilan jihozlanishi kerak. O'qituvchi o'quvchilarning
ish joyini mashg'ulotga tayyorlash va ish tugagach, uni yig'ishtirib
qo'yishga, ish jarayonida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishga
odatlantirib borishi lozim.
Dastur tuzilishiga ko'ra 5-7 sinflarda mujassamlashtirilgan olti
yo'nalishdan iborat.
1. Suhbat.
2. Rangtasvir.
3. Grafika (qalamtasvir)
4. Haykaltaroshlik.
5. Me'morlik
6. Amaliy va dizayn san'ati.
Bu yo'nalishlarning o'quv-tarbiya vazifalari quyidagi faoliyat turlarida
amalga oshiriladi:
- tasviriy san'at vositasida o'quvchilarning atrof - muhitdagi, san'atdagi
go'zalliklarni ko'ra bilishga va ularga estetik munosabat bildirishga, san'atning
ijtimoiy mohiyatini va ahamiyatini teran anglagan holda me'moriy
yodgorliklarni, tasviriy, amaliy va dizayn san'ati asarlarini milliy iftixor,
qadriyat sifatida e'tirof etish va muhofaza qilishga o'rgatish;
-o'quvchilarni tasviriy, amaliy va dizayn san'ati, me'morchilikning
tasviriy vositalari, ifodaviy-obrazli vositalari bilan tanishtira borib, ulardagi
tasviriy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, san'at bilan muntazam
shug'ullanish ehtiyojini tarkib toptirish;
- o'quvchilarni san'at bilan muloqot jarayonida olgan taassurotlarini
tasviriy va amaliy san'at, dizayn san'atining (rangtasvir, qalamtasvir,


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə