O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   94

118
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
haykaltaroshlik, amaliy san'at, badiiy loyihalashtirish va b.) turlarida
ularga xos tasviriy-ifodaviy vositalar, qonuniyatlar asosida o'zlarining
ijodiy faoliyatlarida qo'llay bilishga o'rgatish;
- tasviriy san'atning nazariy va amaliy asoslarini o'rganish jarayonini
o'quvchilarda estetik did, estetik ong, badiiy tasavvur va tafakkurni tarkib
toptirish hamda rivojlantirishga yo'naltirish orqali ma'naviy barkamol
avlod tarbiyasiga zamin yaratish;
- ijodiy-tasviriy faoliyatga moilligi bor o'quvchilarning badiiy
iste'dodlarini takomillashtirish, ularni badiiy kasb va hunarlarga yo'llash.
1. San'atshunoslik asoslari (faoliyati).
2. Tasviriy faoliyat (naturaga qarab tasvirlash).
3. Kompozitsion faoliyat (mavzuli va bezak kompozitsiyasi).
Rangtasvir yo'nalishi dasturdagi eng salmoqli qism bo'lib, unda
o'quvchilar tasviriy faoliyatning oddiy ko'rinishlari (nuqtaga qarab
tasvirlash)dan tortib, murakkab shakllari (eskizlar asosida tematik kartina,
dastgoh rangtasviri namunasini yaratish)da o'zlarini sinab ko'radilar;
manzara va portret janrlarida rang orqali kayfiyatni ifodalash, miniatyura
usulida illyustrativ  kompozitsiyalar ishlashni amalda bajaradilar; turli
oqim yo'nalishida ishlangan asarlarning talqinini o'rganadilar va amaliy
mashqlar bajaradilar; rangshunoslik va uning texnologik jarayonlariga
oid nazariy va amaliy bilimlarini boyitadilar.
Grafika (qalamtasvir) yo'nalishidagi mashg'ulotlar ham keng qamrovli
materiallarni o'qitishni nazarda tutadi. Eng muhimi, o'quvchilarda
qalamtasvir badiiy ijodning barcha turlarining asosi ekanligini amaliy-
tasviriy faoliyatda his etishga imkon yaratadi.
Haykaltaroshlik mashg'ulotlarining salmog'i boshlang'ich sinfdagiga
nisbatan kamaygan bo'lsada, uning mazmuni, shakl va kompozitsion
"yuklamalari" ancha murakkablashganligi bois o'qituvchidan har bir
darsga puhta tayyorgarlik ko'rishni talab etadi.
Dasturda haykaltaroshlik mashg'ulotlari mavzularining umumiyligi
(rangtasvirda portret, qalamtasvirda portret, haykaltaroshlikda portret),
o'zaro bog'liqligi bilan bir qatorda xususiyligi (haykaltaroshlikda lirizm
va dramatizm), uning o'ziga xos turlari (dastgoh, monument, xiyobonlar
uchun ishlanadigan dekorativ haykallar, hajmli haykaltaroshlik, yarim
qabariq ((relef) haykaltaroshlik), haykaltaroshlikning ifodaviy vositalari
kabi komponentlariga alohida e'tibor berish lozim.
Me'morlik san'atiga oid materiallarni o'tishda ham kompleks


119
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
yondashuv talab etiladi. 5-sinfda asosan me'morlik tarixiga oid materiallar,
6-7-sinflarda  me'moriy ko'rinishlar aks ettirilgan manzara, me'moriy
mavzuda tarixiy xarakter kasb etuvchi kompozitsiyalar va nihoyat,
me'morlik  obidalarining elementlarini yasash va ularni yaxlit
kompozitsion ansamblga yig'ish.
Amaliy va dizayn  san'ati  o'z mazmuni, mohiyatiga ko'ra bir yo'nalishga
birlashtirildi. Boisi, dizayn san'ati bo'yicha dasturda berilgan mavzu  va
topshiriqlarda (milliy zamonaviy libos eskizi, inter’yer eskizi) amaliy
san'at elementlaridan foydalanish ko'zda tutilgan.
Dizayn san'ati nisbatan yangi san'at turi. Shuning uchun o'ziga xos
terminologiyasini o'quvchilarga tushuntirib berish lozim. Zero, dizayn
turmushning barcha jabhalarida mavjud. Shu jihatdan dizayn san'ati  bo'yicha
nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'quvchilarda yuksak madaniyatni
shakllantirib boradi.
San'atshunoslik asoslari bo'yicha faoliyat turi san'at  tarixi va
nazariyasining oddiydan murakkabga o'tish tamoyiliga asosan quriladi.
Bu faoliyat turi o'quvchilarning nazariy jihatdan tasviriy va kompozitsion
faoliyatga, shuningdek, badiiy  obrazlarni umumlashtirish, professional
san'at asarlaridagi obrazlar yechimini sharhlay bilish malakalarini hosil
qila borib, ularga badiiy tanqidchilik asoslaridan elementar bilimlar
beradi. Shu tariqa o'quvchilar bu faoliyat turlarida tasviriy, amaliy
san'atninig badiiy-ifodaviy vositalari va qonuniyatlarining (rang, mazmun,
shakl, faktura, nisbat, perspektiva, kompozitsion markaz, muvozanat,
tasvirlash texnikasi, texnologiyasi va h.k.) mavzu va mazmunga monand
tarzda qo'llay  bilish, unda eskizlardan foydalanish kabi vazifalarni hal
etishni o'zlashtira boradilar.
Dasturda milliy va umuminsoniy badiiy qadriyatlarni hamohang tarzda
o'rgatishga alohida e'tibor qaratilgan. Milliy san'atga oid o'quv materiallari
doirasida Sharq va G'arb san'ati  tarixi, miniatyurachi rassomlarning
hayoti va ijodini o'rganish, san'at turining tasviriy talqini (qutichaga
naqsh va rasm ishlash, Sharq va o'zbek xalq ertaklariga miniatyura usulida
illyustrasiya ishlash va h.k.) ham o'quv vazifasi sifatida tavsiya etiladi.
1 - sinf
Borliqni idrok etish (3 soat)
Borliqni idrok etish mashg'ulotlarining vazifalari quyidagilardan iborat:
O'quvchilar e'tiborini borliqdagi ajoyib narsa, ko'rinish va hodisalarga


120
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
qaratish orqali (shuningdek, shakllar, ranglar va boshqalar) ularda
borliqqa nisbatan qiziqish uyg'otish, ularda chizish istagini hosil qilish
va rivojlantirish, tabiatning turli fasllaridagi o'ziga xos go'zalligini ko'ra
bilishga o'rgatish;
-
tabiat go'zalligini idrok etishda asosiy tasavvurlar va fantaziyani
qo'llashga o'rgatish (daraxt, shox-shabbalarda, qor uyumlarida turli
shakllarni ko'rish va boshqalar);
-
o'quvchilarni tabiatdagi, hayotdagi, ijtimoiy hodisalardagi
(mahallalardagi, shaharlardagi va qishloq maydonlarining badiiy
bezagidagi) go'zallikni ko'ra bilishga va idrok etishga o'rgatish;
-
o'quvchilarda tasviriy san'atning hayot bilan, atrof-muhit bilan
bog'liqligi haqida tushuncha berish.
Borliqni idrok etish darslarida bolalar tabiat quchog'iga sayrga olib
chiqiladi va u yerda kuzatish bilan birga turli daraxtlarning shoxlari,
ildizlari, barglari hamda boshqa tabiiy materiallar to'plab boriladi.
Borliqni idrok etish mashg'ulotlarida sinfda mavzu bilan bog'liq bo'lgan
filmlar, slaydlar, san'at asarlarining reproduktsiyalari namoyish etiladi.
Musiqa asarlari tinglanadi, she'rlar o'qiladi. Shuningdek, badiiy
materiallar, o'quv asboblari, rassomlarning faoliyatlari bilan ham
tanishtiriladi.
 Namunaviy topshiriqlar
"Oltin kuz", "Bahor keldi", "Kumush qish", "Yozgi ishlar" haqida
suhbat.
Naturaga qarab tasvirlash (13 soat)
a) Naturaga qarab rasm ishlash (8 soat)
  -   o'quvchilarda qalam bilan turli yo'nalishlarda erkin to'g'ri, egri,
to'lqinsimon, qiya va aylana shaklidagi chiziqlar o'tkazish malakalarini
hosil qilish;
-
 rasmni qog'oz yuzasida turlicha joylashtirishga o'rgatish;
-
 narsaning shakli, rangi, fazoviy holati, o'lchovlarini o'zaro
solishtirish orqali to'g'ri ko'rishga va tasvirlay olishga o'rgatish;
-
narsaning rangini bir me'yorda bo'yash malakalarini hosil qilish;
-
rasm ishlash jarayonida shakl, mutanosiblik, qismlarning o'zaro
bog'liqligiga, chiziladigan narsa - qush, hayvonlar, inson tana
qismlarining o'lchovlari o'rtasidagi nisbatlarni to'g'ri olishga o'rgatish.
Namunaviy topshiriqlar


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə