O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   94

112
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
- maishiy turmushdagi estetik holatlar (rang, shakl, mazmun
go'zalligi va h.k.) ga moslashish, uni targ'ib qilish;
- shaxsiy hayotida milliy san'at (me'morlik, amaliy bezak san'ati,
kitobat san'ati va h.k.) an'analariga amal qilish va uni ijobiy davom
ettirishga intilish;
- bo'yoqlar (akvarel, guash) va anjomlar (mo'yqalam, qalam va
h.k.)dan to'g'ri foydalanish;
- geraldika sohasida mustaqil ravishda ramziy belgi(tasvir) ishlay
olish;
- amaliy san'at kompozitsiyasi, mazmuniga mos shakl va rang qo'llay
olish;
- jamoa bo'lib ishlash  ko'nikma va malakalariga ega bo'lish;
- shaxsiy ish tajribasini jamoaning tasviriy faoliyatiga tatbiq eta olish.
Quyidagi malakalarga ega bo'lishlari lozim:
- Turli texnikalar va tasvir usullaridan badiiy obraz yaratishda foydalana
olish;
- turli usulda impressionizm, kubizm va boshqa usulda rasm ishlay
olish;
- tabiiy shakllarni uslublashtirish va ulardan amaliy bezak
kompozitsiyasida foydalana olish;
- me'moriy mavzularda rasm ishlay olish va unda tarixiy me'morlik va
zamonaviy elementlarini aks ettira olish;
- kitob san'atining turli badiiy-grafik elementlarining funksiyasini
bilish, adabiy asar mazmuniga mos tasviriy obraz yarata olish, kitobning
badiiy elementlaridan yaxlit maket yarata olish;
- xona inter’yeri, buyumlarning dizayni bo'yicha eskizlar ishlash;
- berilgan topshiriqqa muvofiq tarzda badiiy material (qog'oz, bo'yoq,
kerakli anjomlar va h.k.) va tasvir vositasi, texnikasini tanlay bilish;
- bajarilayotgan ishning mazmuni va mohiyatiga ko'ra mustaqil tarzda
tasviriy usul, material va vosita tanlay olish va undan amaliy foydalana
bilish;
-  tasviriy faoliyat jarayonida olingan bilim va malakalarni o'z hayotiga
tatbiq etish.


113
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
TASVIRIY SAN'AT FANIDAN O'QUV
DASTURI
Uqtirish xati
Tasviriy san'at o'quv fani umumiy o'rta ta'lim fanlari ichida ma'naviy
sog'lom avlod tarbiyasi masalasini ijobiy hal etishda keng imkoniyatlarga
ega. Tasviriy san'at darslarida san'at va san'atkor olami, san'atning ijtimoiy
vazifasi va o'ziga xos xususiyati, uning tasviriy ifodaviy vositalarini o'rganib
borish orqali o'quvchilar atrof muhit, tasviriy, amaliy san'at va
me'morchilikdagi go'zalliklarni ko'ra bilish, qadrlash va muhofaza qilishni
o'rganib boradilar. O'quv fanining bosh maqsadi o'quvchilarda estetik
madaniyatni va badiiy  tafakkurni yuksaltirish hamda tasviriy savodxonlikni
tarbiyalashdan iboratdir.
Estetik madaniyat san'at tarixi va undagi badiiy jarayonlarni to'g'ri
tushuna bilish, o'z fikrini o'zgalarga gapirib berish, badiiy tafakkur
tushuniladi. Tasviriy savodxonlik esa tasviriy san'atning barcha turlaridan
(rang tasvir, grafika va haykaltaroshlik), shuningdek, amaliy san'at,
dizayn va me'morchilikning o'ziga xos tasviriy usullaridan, ifodaviy
vositalardan amaliy-ijodiy faoliyatda to'g'ri foydalana olishni nazarda
tutiladi.
Tasviriy san'at ta'limining vazifalari quyidagilardan iborat:
- tevarak-atrofdagi narsa va hodisalardagi go'zalliklarni ko'ra bilish va
idrok etish hamda kuzatish asosida olingan taassurotlarni hayotga tatbiq
etishga o'rgatish;
- o'quvchilarda badiiy-ijodiy qobiliyatlarni o'stirish;
- o'quvchilarning tasviriy-ijodiy malakalarini shakllantirish;
- bolalarda ko'rish xotirasini, chamalash qobiliyatini, rang sezishni,
kompozitsion madaniyatni, fazoviy fikrlash, obrazli tasavvur va
kombinatsiyalash kabi xususiyatlarni rivojlantirish;
- xalq amaliy san'ati, tasviriy san'at bilan tanishtirish orqali bolalarni
badiiy-estetik didini o'stirish;
- o'quvchilarni tasviriy va amaliy- bezak san'ati bilan tanishtira borib,
ularda ushbu san'at turlarining o'ziga xos xususiyatlarini idrok etishga
o'rgatish vositasida ularni badiiy fikr doirasini kengaytirish;
- o'quvchilarda amaliy va tasviriy san'atga qiziqish va muhabbatni
tarbiyalash;


114
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
- estetik va emotsional sezgirlikni o'stirish.
Mazkur o'quv fanidagi ta'lim va tarbiya asosan ikki bo'limdan (amaliy
va nazariy) tashkil topadi:
Amaliy ishlar 1-sinfdan 4-sinfgacha, asosan to'rtta o'quv
masalalarini hal qilishga qaratiladi:
1. Kompozitsion faoliyat.
2. Rang va bo'yoqlar.
3. Shakl, proporsiya, konstruktsiya.
Boshlang'ich sinflarda o'tiladigan amaliy mashg'ulotlar jarayonida
bolalarda ijodkorlik, mustaqil fikr yuritish va ishlash qobiliyatlarini
tarbiyalash yetakchi o'rinni egallaydi.
1-4 sinflarda bo'yoq bilan ishlash mashg'ulotlarida ranglarning turli
tus va och-to'qligini farqlay bilishga, kerakli ranglarni tanlay olishga
o'rgatish asosiy vazifadir. Bu sinflarda ko'proq guash, akvarel bo'yog'i va
ularning aralashmalaridan foydalaniladi.
Borliqni idrok etish
Borliqni idrok etish mashg'ulotlarida kompozitsiyaga oid tegishli
muhim ob'ektlarni yaxshilab kuzatadilar.
Borliqni to'laqonli idrok etish, tevarak-atrofni, hayotdagi voqea va
hodisalarni bevosita kuzatish asosida olingan taassurotlar, tushunchalar
hamda atrof-muhitga nisbatan estetik munosabatda bo'lish bilan bog'liqdir.
Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar o'simliklar, hayvonlar, qushlar,
baliqlarni kuzatadilar, tabiatning turli fasllardagi ko'rinishlari, kayfiyati
haqida tasavvurga ega bo'ladilar va ularni tasvirlaydilar.
San'atni idrok etish
Mazkur bo'limning maqsadi o'quvchilar tomonidan san'at asarlarini
ongli idrok etish va baholash, uning jamiyat va odamlar hayotidagi
ahamiyatini tushunishga yordam berishdan iborat.
Badiiy obrazni idrok etish malakalarini rivojlantirish-san'at asarlarini
o'rganishning asosidir. O'quvchilar asar haqida mulohaza yuritib, idrok
etishni, uning mazmunini maxsus terminlarni qo'llagan holda so'zlab
berishni bilishlari lozim.
San'atni idrok etishga 1-4 sinflarda maxsus soatlar ajratilmaydi. U
rangtasvir kompozitsiyasi, naturaga  qarab tasvirlash mashg'ulotlarida


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə