O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   94

106
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
roman, gotika usullari);
- Sharq me'morligidagi shakl va usullar (peshtoq, gumbaz, minora);
- Sharq miniatyura san'ati: O'rta Osiyo, Hindiston, Eron, Arabiston,
Turkiya miniatyura maktablari;
- Sharq miniatyura san'atida umumiylik va o'ziga xoslik;
- miniatyurada sintetik jarayonlar (syujetli kompozitsiyalar,
naqqoshlik, xattotlik va boshq.);
- miniatyura markazlari (Buxoro, Hirot, Tabriz va bosh.);
- Sharq miniatyura san'atida umumiylik va o'ziga xoslik;
-Sharq miniatyura san'atining yirik namoyondalari (Mirak Naqqosh,
Kamoliddin Behzod, Murod Muhammad Samarqandiy);
- O'zbekiston zamonaviy miniatyura san'ati. O'zbek miniatyurachi
rassomlari (Sh.Muhammadjonov, N.Xolmatov, H.Nazirov,
A.Tursunov, Sh.Shoyoqubov va bosh.);
- miniatyura san'ati namunalari (Dehlaviy, Firdavsiy, Nizomiy,
Navoiy, Bobur, Sharofutdin ali Yazdiy asarlari misolida), ular
saqlanadigan yirik muzeylar (Nyu-York-Metropoliten muzeyi, Parij-
Fransiya milliy kutubxonasi, London-Britaniya muzeyi, Sankt-
Peterburg-Ermitaj, Hindiston, Turkiya muzey va kutubxonalari, Toshkent
Sharqshunoslik kutubxonasi va h.z.);
- dastgoh rangtasviri, uning turlari, ijodkorlari, rassomning kartina
yaratish jarayoni;
- tasviriy san'atda buyuk siymolar tasviri (M.Nabiev - Amir Temur,
Beruniy, Bobur, Ibn Sino portretlari; I.Jabborov - Amir Temur
haykali, Toshkent, Samarqand, A.Ikromovning Mirzo Ulug'bek;
T.Quryozov - Jaloliddin Manguberdi; J.Umarbekov - Alisher Navoiy
va Husayn Boyqaro yoshligi; O.Qozoqov - Kamoliddin Behzod);
- Uyg'onish davri Yevropa tasviriy san'ati (Leonardo da Vinchi,
Rafael, Mikelandjelo, A.Dyurer va bosh.);
- XIX asr oxiri XX asr boshlari rus tasviriy san'ati (A.Bryullov,
Tropinin, I.Shishkin, I.Levitan, A.Vasilev, V.Kuinji, B.Savrasov,
I.Repin, V.Serov, A.Surikov va bosh.);
- O'zbekiston tasviriy san'ati (O'.Tansiqboev, N.Karaxon,
R.Timurov, N.Qo'ziboev, R.Ahmedov, M.Nabiev, Ch.Ahmarov,
J.Umarbekov, B.Jalolov, A.Ikromjonov va boshq.);
- haykaltaroshlik turlari (dastgoh, mahobatli va dekorativ
haykaltaroshlik).


107
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
Tasviriy faoliyat (naturaga qarab tasvirlash):
- natyurmort o'quv modeli (natura) sifatida, uning kompozitsiyasi,
tasviriy vositalari;
- buyumlarni (naturani) tasvirlashga ijodiy yondoshish, unga badiiy
talqin berish, shaxsiy munosabatlarni badiiy obrazlar vositasida aks
ettirish;
- naturani tasvirlashda tasviriy faoliyatning bosqichlari (qoralama
ishlash, uning konstruktiv va fazoviy holatini aniqlash, kompanovka,
rang yechimi, uning to'yinganlik darajasi, tuslari, yorug'-soya
imkoniyatlarining hajmini sezdirishdagi ahamiyati, rangda (qalamda)
naturani umumlashtirish;
- turli mavzulardagi naturalarni (portret, natyurmort, manzara)
har xil tasviriy vositalar (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik)da ishlash.
Kompozitsion faoliyat:
- o'rta murakkablikda hajmdor haykal ishlash (odam gavdasi, uning
tuzilishi, qismlari nisbatlari, ishlash xususiyatlari; odam gavdasining
harakatdagi va harakatsiz, mehnat, sport mavzulari) holatlarida
muvozanat, tayanch nuqtasi;
- haykaltaroshlik kompozitsiyasida harakatdagi va harakatsiz gavda
(odam, hayvon, parranda)ni tasvirlashda karkaslardan foydalanish;
- mazmunli, muayyan holat (yomg'ir, qor, quyosh, shamol, tong,
oqshom)dagi tabiat manzarasini xotiradan yoki tasavvurdan ishlash;
- tarixiy mavzularda, folklor asarlari, xalq dostonlari asosida batal
yoki portret janrlarida ishlash (Shohnoma, Alpomish, Go'ro'g'li,
Rustamxon, Kuntug'mish va boshqa manbalar);
- muayyan mavzu bo'yicha mustaqil syujetli kompozitsiya yaratish;
- kompozitsiya yechimini "Ijodiy izlanish" metodi asosida topish
(qoralama, eskizlar ishlash, ularni tahlil etish va umumlashtirish).
O'quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo'lishlari kerak:
- atrof-muhitdagi (inter'yerdagi, manzaradagi va h.k.) go'zallikni
ko'ra olish, uni baholash va sharhlay olish;
- rassomlarning, amaliy san'at ustalari va me'morlarning ijodiy
faoliyatlari, san'at asarlarining ijtimoiy mohiyatini to'g'ri anglay bilish;
- turli janrlardagi san'at asarlarining yaratilish texnikasini ajrata olish
va ularni tahlil eta bilish;


108
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
- rassomlar, ularning asarlarini og'zaki yoki yozma nutqda sharhlay
bilish;
- o'rta asrlar san'ati, uning uslub va yo'nalishlarini bilish;
- Sharq san'ati, Sharq miniatyura san'atining tarihi, ularning tasviriy-
ifodaviy usullarining o'ziga xos xususiyatlarini bilish;
- miniatyuradagi rassomlar, ularning asarlarini bilish;
- miniatyura san'ati bilan realistik tasviriy san'atning umumiylik
hamda farqli jihatlarini bilish;
- san'atdagi usul va yo'nalishlar, uning Sharq san'atidagi talqinini
to'g'ri baholay bilish;
- dastgoh asarlari, syujetli kartinalarning yaratilish jarayoni,
haykaltaroshlik turlari (dastgoh, monumental, hiyobon uchun
ishlanadigan haykal) haqida tasavvurga ega bo'lish;
- odam gavdasiing anatomik nisbatlari haqida nazariy ma'lumotlarga
ega bo'lish;
- odam gavdasining harakatdagi holat qonuniyatlari (tayanch nuqtasi,
harakat dinamikasi)ni bilish;
- syujetli kartinalarning mazmuni va shaklini badiiy idrok etish;
- jahon va O'zbekistonning mohir rassomlari, haykaltaroshlari,
ularning hayoti, ijodi, asarlarini bilish.
Quyidagi ko'nikmalarni egallashlari zarur:
- atrof muhitdagi go'zallik haqidagi bilimlarini o'z faoliyatiga tatbiq
eta olish;
- tasviriy amaliy san'at va me'morlik san'atining ijtimoiy
xususiyatlaridan amaliy jihatdan foydalana bilish;
- o'z tasviriy-ijodiy o'quv faoliyatida tasviriy san'at ashyolari, badiiy
materiallar va tasvirlash texnikasini amaliy jihatdan qo'llay olish;
- tasviriy san'atdan o'quv faoliyatida milliy va sharq san'ati an'analarini
sintetik tarzda qo'llay bilish;
- tasviriy faoliyatda namunalardan (rassom, haykaltarosh asari)dan
o'z faoliyatida to'g'ri foydalana olish;
- miniatyura san'ati usulida rasm (illyustratsiya) ishlay olish;
- tasviriy faoliyat uchun qo'shimcha materiallarning amaliy asoslarini
real hayotda ko'ra bilish va ulardan foydalana olish;
- tasviriy faoliyatda shaxsiy gigiyena va texnika xavfsizligi qoidalariga
amal qilish.


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə