O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   94

94
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
- tabiat va unda mavjud bo'lgan barcha voqea-hodisalarning o'zaro
bog'liqligi, ulardagi go'zallik, buyum va narsalarning o'zaro aloqasi,
shakllari, nisbatlari va boshqalar.
Naturaga qarab tasvirlash:
- turli ko'rinishlar va holatlardagi chiziqlar (shtrixlar)ni chizish;
ulardan naturaning holati, shakli, konstruktiv tuzilishi va boshqa xarakterli
xususiyatlarni tasvirlashda yordamchi chiziqlardan foydalanish
malakalarini shakllantirish;
- loy va plastilindan  turli jonivorlar (shu jumladan o'yinchoq
hayvonlar)ning rasmi va hajmdor ko'rinishdagi namunasidan
haykalchalar yasash;
-ularning harakatdagi holatlarini, xarakterli ko'rinishlarini, tana
qismlarining nisbatlarini to'g'ri tasvirlay olish.
Kompozitsion faoliyat:
- tabiatni idrok etish jarayonida shakllangan taassurotlar asosida
mustaqil manzara ko'rinishini ishlash;
- unda tabiatdagi holat va kayfiyatlarni rang vositasida ifodalash;
- mavzu bo'yicha (o'qituvchi tomonidan taklif etilgan yoki mustaqil
tanlangan) mustaqil kompozitsiya ishlash;
- kompozitsion faoliyatni tasviriy san'at turlari va janrlarida qo'llash.
- turli shaklda (yo'lsimon, kvadrat) naqsh kompozitsiyalarini tuzish,
uning xususiyatiga monand rang tuslarini ishlatish;
- sovuq va issiq  ranglarning o'ziga xosliklaridan kompozitsiya mazmuni
mohiyati tarzida foydalanish;
loy va plastilindan mustaqil ravishda dekorativ haykaltaroshlik  (mayda
plastika) kompozitsiyalarini ishlash.
O'quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo'lishlari kerak:
- tasviriy san'atning "natyurmort", "manzara", "portret", "maishiy",
"tarixiy"  janrlarida ijod qilgan yana 6-7 rassomning ismi-sharifi hamda
ular yaratgan asarlarning nomlarini bilish;
- tanlangan mavzuning mazmuniga ko'ra, qog'oz o'lchami va holatini
to'g'ri tanlashni (uzunchoq, to'g'ri to'rtburchak, yotiq yoki tik qo'yish);
- narsa va uning bezagi o'rtasidagi bog'liqlikni tushungan holda
tasvirlashni;
- rasmlardagi obrazlarni va turli kayfiyatlarni (quvonchli, qayg'uli)


95
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
ifodalashda ranglardan to'g'ri foydalanishni;
- birinchi sinfda o'rganilganlardan tashqari yana 4-5 ta rang nomlarini
bilishlari va ularning tuslarini farqlay olishni;
- daraxtlarning tuzilishini (tanasi, shox-shabbalari, bargi, guli,
mevalari);
- geometrik shakllar (doira, to'rtburchak, uchburchak va
boshqalar)ning nomlari va shaklining o'ziga xosligini;
- geometrik shakllar (kvadrat, doira, uchburchak va h.k.) shaklida
naqsh hosil qilish tartibini;
- loy va plastilin bilan ishlash tartibini;
-milliy bayramlar ("Navro'z" v.b.) uchun bezak ishlash
xususiyatlarini;
- o'zbek xalq amaliy san'atida qo'llaniladigan iboralar nomini
(uchburchak, lolagul, shobarg, marg'ula va boshqalar) bilishlari kerak.
Quyidagi ko'nikmalarni egallashlari zarur:
- tasviriy faoliyatda berilgan mavzuga mos badiiy material (qog'oz,
plastilin, mato va bosh.) va tasvirlash texnikasi (akvarel, rangli qalam va
h. k.) ni qo'llay olish;
- birinchi sinfda egallagan bilim, malakalarini mustaqil tarzda
takomillashtirishga odatlanish;
- tabiatni kuzatish jarayonida undagi turli holatlarni anglash,
taassurotlardan tasviriy faoliyatda foydalana  olish;
- hayotdagi turli shakllar (aylana, uchburchak, to'rtburchak va h.
k.)ni ko'ra  bilish hamda ularning ijtimoiy mohiyatiga ko'ra foydalana
olish;
- maishiy turmushda qo'llaniladigan amaliy buyum san'ati hamda
badiiy hunarmandlik namunalarini ko'ra bilish, ulardan andoza ola  bilish
hamda o'z tasviriy faoliyatiga tatbiq eta olish.
Quyidagi malakalarga ega bo'lishlari lozim:
- san'atdagi va atrof muhitdagi narsa va hodisalarning shakli va ranglarini
ishlagan rasmlarida ifodalay olishni;
- mo'yqalamni qog'ozga tegizish orqali turli shakllar (barglar, gullar,
nuqtalar, to'g'ri va egri chiziqlar chizish va boshqalar)ni hosil qilishni;
- qog'oz yuzasidagi shaklni bir tekisda bo'yashni;
- bo'yoqlarni palitrada (suv bo'yoqlar bilan och yoki to'q bo'yoqlar


96
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
qo'shish orqali aralashtirib, u yoki bu ranglarning och, to'q tuslarini)
hosil qilishni;
- tabiiy shakllar (anor, lola, paxta, barg v.b.)ni tasvirlash, ulardan
dekorativ rasm ishlash jarayonida foydalana olish.
3 - sinf
Borliqni idrok etish:
- tabiatdagi go'zallikni estetik idrok etishni shakllantirish;
- tabiat va undagi borliqni mazmun jihatidan (qishloq manzarasi,
tog' manzarasi, daryo, shahar manzarasi va bosh.) estetik  idrok etish;
- tabiat va uning ob'ektlari o'rtasidagi aloqadorlik, undagi go'zallikni
his qilish, estetik idrok etish va undan atrofdagilarni ham bahramand
etish;
- inson va tabiat munosabatlari, uning estetik va ekologik jihatlari.
Naturaga qarab tasvirlash:
- naturaning xarakterli jihatlari (shakli, rangi, o'lchami, nisbatlari,
fazoviy holati)ni tasviriy san'at qonunlari (yorug'-soya, rang) asosida
tasvirlash;
- turli geometrik shakllar, tabiat namunalari (barg, shox, gul, meva),
hayvonot va hashorat dunyosi (kapalak, qush), uy-ro'zg'or buyumlari,
sport, san'at atributlari, o'quv qurollaridan tashkil topgan 1-2 buyumli
natyurmortni bosqichlar bilan ishlash, bu jarayonda rang  va uning
tuslaridan to'g'ri foydalanish;
- loy yoki plastilindan reproduksiya yoki haykal namunasiga qarab
odam, hayvon va parrandalarning haykalini yasash.
Kompozitsion faoliyat:
- mavzu asosida mustaqil kompozitsiya ishlashda asosiy va yordamchi
vositalarni o'rinli qo'llash. Kompozitsiya mavzusini ochib beruvchi asosiy
ob'ektlardan oqilona foydalanish (bo'rttirish, badiiylashtirish,
stilizatsiyalash va h.k.);
- individual va jamoa bo'lib kompozitsiya ishlash. Bo'laklar,
elementlarni bir butunga bo'ysundirish;
- xalq amaliy san'ati namunalari asosida turli shaklda (yo'lsimon,
kvadrat, aylana) naqsh kompozitsiyalarini tuzish va uning mazmuniga
mos rang, rang tuslaridan foydalanish;


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə