O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94

91
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
I.  Davlat ta'lim standartiga sharh
Tasviriy san'at ta'limining maqsad va vazifalari:
Tasviriy san'at o'quv fanining maqsadi o'quvchilarda ma'naviy
madaniyatning ajralmas qismi hisoblangan badiiy-estetik madaniyatni,
tasviriy savodxonlikni shakllantirishdan iborat.
 Tasviriy san'at o'quv fani o'quvchilarda badiiy va axloqiy madaniyatni
shakllantirishga xizmat qiladi. U mazmunan tasviriy, dekorativ-amaliy,
me'morlik kabi san'at turlarini o'z ichiga oladi:
- borliqdagi va san'atdagi go'zalliklarni ko'ra bilish,  idrok etish va
qadrlashga o'rgatish;
- badiiy - ijodiy qobiliyatni o'stirish;
- tasviriy san'atning qonun-qoidalarining oddiy nazariy asoslarini
o'rgatish;
- tasviriy malaka (rasm ishlash,  haykal yasash v.b.)larni rivojlantirish;
- estetik va badiiy didni o'stirish;
- o'quvchilarning badiiy fikr doirasini kengaytirish;
- tasviriy,  amaliy va me'morlik san'ati yuzasidan asosiy tushunchalar
berish (san'atning turlari,  janrlari,  oqimlar,  atama va iboralar v. b.).
- san'atga qiziqishni o'stirish va unga nisbatan muhabbatni tarbiyalash;
- tasviriy, amaliy san'at asarlarini badiiy idrok etishni va estetik
zavqlanish hissini tarbiyalash;
- badiiy kasb-hunarlar haqida tasavvurlarni shakllantirish.
II.  O'quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan
zaruriy talablar
1 - sinf
Borliqni idrok etish:
- tabiat va uning go'zalligi, fasllarning o'ziga xosligi;
- yil fasllari (kuz, qish, bahor va yoz) va ularning o'ziga xos holatlari
(yomg'ir, qor, shamol, tong, oqshom, shafaq)ning ko'rinishida rang
tuslarining ahamiyati;
- har bir faslda o'ziga xos go'zallikni anglash va idrok etish;
- tasviriy san'at asarlarida shu kabi holatlarni taqqoslash va unga
nisbatan estetik munosabat bildirish.
Naturaga qarab tasvirlash:
- tasviriy san'at darslarida qo'llaniladigan o'quv qurollari  (qalam,


92
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
rangli qalamlar,   moybo'yoqlar, haykaltaroshlik steklari)dan foydalanish,
ular yordamida tasviriy vositalar, turli ko'rinishdagi chiziq (shtrix)lar,
rang dog'lari va qoplamalar (barg, gul, daraxt, bulut va shu kabi
tasvirlar)ni hosil qilish;
- naturaning holati, buyumlarning tuzilishi va nisbatlari.
Kompozitsion faoliyat:
-berilgan mavzu asosida elementar kompozitsion tasvirlar hosil qilish,
uni qog'oz sathida to'g'ri joylashtirish (kompanovka), odamlar,
hayvonlarning ko'rinishlarini turli holatlarda tasvirlash;
- mustaqil kompozitsiya tuzish va bu jarayonda ijodiy izlanish
metodidan foydalanish. Xalq ertaklari, sevimli multfilmlar syujetlari
bo'yicha illyustrativ rasm ishlash;
- naqqoshlik namunalaridan elementar kompozitsiyalar hosil qilish.
- unda ranglardan maqsadga muvofiq ravishda foydalana olish.
Bo'yoqlarni o'zaro aralashtirish usuli bilan yangi rang tuslarini hosil
qilish.
O'quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo'lishlari kerak:
- tasviriy san'at darslarida qo'llaniladigan ish jihozlari va o'quv
qurollarining nomlari va ular bilan ishlashni;
- tabiiy materiallar va ularning nomlarini;
- tuzilishi jihatidan sodda bo'lgan o'yinchoqlarni rasmga, chizmaga
ko'ra haykalini ishlash;
- asosiy (qizil, sariq va zangori) va hosila (zarg'aldoq, ko'k, binafsha
va yashil) ranglarni, shuningdek, oq, qora, kul rang kabi rang
nomlarini;
- ranglar haqida (issiq va sovuq) tasavvurga ega bo'lish;
- qalam, qog'oz, bo'yoq va mo'yqalamdan to'g'ri foydalanish usullarini
bilish;
- tasvir mazmuniga ko'ra qog'oz o'lchami va holati (gorizontal,
vertikal)ni  to'g'ri belgilay olish;
- rasm chizish va haykal yasash tartibini bilish;
- tasviriy san'atning "natyurmort", "manzara", "portret" janrlarida
ijod qilgan 5 ta rassomning ismi va familiyasi hamda ular yaratgan
tasviriy san'at asarlarining nomlarini ayta olish.


93
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
Quyidagi ko'nikmalarni egallashlari zarur:
- tasviriy san'at darslarida qo'llaniladigan ish jihozlari va o'quv
qurollaridan foydalana olish;
- tabiiy materiallardan foydalanish tartib qoidalariga amal qila olish;
- tuzilishi jihatidan sodda bo'lgan o'yinchoqlarni rasmga, chizmaga
ko'ra haykalini ishlash;
- asosiy (qizil, sariq va zangori) va hosila (zarg'aldoq, ko'k, binafsha
va yashil) ranglarni, shuningdek, oq, qora, kul rang kabi ranglar
bilan ishlashni;
- ranglar haqida (issiq va sovuq) tasavvurga ega bo'lish;
-  qalam, qog'oz, bo'yoq va mo'yqalamdan to'g'ri foydalanish;
- tasvir mazmuniga ko'ra qog'oz o'lchami va holatini (gorizontal,
vertikal)  to'g'ri belgilay olish;
- rasm chizish va haykal yasash tartibini.
Quyidagi malakalarga ega bo'lishlari lozim:
- qalam va mo'yqalamda to'g'ri va egri chiziqlar chizish;
- mo'yqalamning mo'yna qismini bosish orqali turli shakllar hosil
qilish;
- narsaning o'ziga qarab tasvirlashda ular shaklidagi xarakterli xususiyat
va o'lchovlarni to'g'ri olish (keng, tor);
- mavzu asosida rasm ishlashda narsaning kuzatuvchiga nisbatan turlicha
uzoqlikda joylashganligini hisobga olib, olisdagi narsalarni kichikroq
o'lchamda qog'ozning teparoq qismiga, yaqinda joylashgan narsalarni esa
qog'ozning pastrog'iga kattaroq o'lchamda chizish orqali bo'shliqni
ifodalash;
- ishlanayotgan rasmning mazmuniga ko'ra qog'oz holatini  (gorizontal,
vertikal) to'g'ri tanlash;
- tasviriy faoliyat jarayonida gigiyena qoidalariga amal qilish.
2 - sinf
Borliqni idrok etish:
- tabiatda uchraydigan tabiiy hodisalar, fasllar va uning o'ziga xos
holatlari, ko'rinishlari borasida 1-sinfda egallangan tasavvur, estetik
tushunchalarni takomillashtirish;
- borliqni kompleks idrok etish (tabiat, uning elementlari: daraxt,
tog',  adir,  suv, maysa, uylar, odamlar, hayvonot dunyosi va boshqalar);


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə