Obodonlashtirish


OBODONLASHTIRISH” va buxgalteriya bo'limi faoliyati



Yüklə 140,86 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü140,86 Kb.
#133726
1   2   3   4
AMALIYOT OBODONLASHTIRISH

OBODONLASHTIRISH” va buxgalteriya bo'limi faoliyati
Buxgalteriya bo‘limi xodimlarining tarkibi
Buxgalteriya bo‘limining shtat birliklari tarkibi quyidagicha taqsimlanadi:
Bosh xisobchi filialning tarkibiy tuzilmasiga muvofik bosh hisobchi bevosita filial direktori va ishlar boshqarmasi boshlig‘iga bo‘ysunadi, buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish va taqdim qilish masalalari bo‘yicha esa, O‘zbekistan Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining bosh hisobchisiga ham bo‘ysunadi hamda tashkilotda buxgalteriya hisobini yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishiga hamda normativ-hukukiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarilishiga javobgar bo‘ladi.
Bosh hisobchi muovini yuridik va jismoniy shahslar bilan hizmat ko‘rsatish hamda haridlarni amalga oshirish yuzasidan bajarilgan ishlar xisobini yuritadi.
Bosh hisobchi muovini auditor – kassa intizomini nazorat qiladi, debitor va kreditor karzdorliklarni bartaraf etish, hodimlarga ish haki va talabalarga stipendiya hisoblash va to‘lash yuzasidan muntazam nazorat ishini olib boradi.
Ish xakini hisoblash bo‘linmasi – hodimlarga tabel asosida ish haki hisoblash, ularga bank orkali plastik kartochka ochish, shahsiy jamgarib boriladigan pensiya badallari o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Stipendiya bo‘linmasi – talabalarga stipendiya tayinlash bo‘yicha buyruq asosida stipendiya hisoblash va to‘lashni tashkil etadi.
Moddiy boyliklar bo‘linmasi – filial ombori, moddiy javobgar shahslar zimmasidagi tovar-moddiy boyliklar kirim-chiqimi hisobini yuritadi, tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarishda qatnashadi.
G‘azna – ish haki va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga olingan nakd pul tarqatilishini amalga oshiradi.
Bo‘limning huquq va majburiyatlari
Bo‘lim quyidagi xuquqlarga ega:
– bo‘lim vakolatlariga kirgan zaruriy ishlarni amalga oshirish uchun filialning tegishli bo‘linmalaridan (fakultetlar, kafedralar va bo‘limlar) axborotlar taqdim kilishni talab kilish;
– filialning tegishli tarkibiy bo‘linmalariga buxgalteriya masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalar berish va topshiriqlarning ijrosini talab qilish;
– bo‘lim faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha yozishmalar olib borish;
– amaldagi me’yoriy xujjatlarga asoslanib filialning byudjetdan tashqari mablaglaridan foydalanish va ularni shakllantirish bo‘yicha filial Kengashiga takliflar kiritish;
– bo‘lim xodimlarini ish faoliyati natijalariga ko‘ra o‘rnatilgan tartibda rag‘batlantirish yoki choralar ko‘rish buyicha filial rahbariyatiga takliflar kiritish;
– qonunchilik xujjatlariga muvofiq boshqa xuquqlarga xam ega bo‘lishi mumkin.
Quyidagilar bo‘limning majburiyatlari bo‘lib hisoblanadi:
– qonunchilik xujjatlariga muvofiq filialning kalendar yiliga mo‘ljallangan xarajatlar smetasini xamda byudjetdan tashqari mablaglar daromadlari va xarajatlarini amalga oshirish;
– filialda xarajatlar smetasi doirasida mablag‘lar sarfini nazorat qilish;
– o‘rnatilgan tartibda xamda muddatda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, statistika va soliq idoralariga xisobotlarni taqdim etilishini ta’minlash;
– qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lim zimmasiga boshqa majburiyatlar xam yuklanishi mumkin.


Yüklə 140,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə