Odam tanasining simmetrik va asimmetrik tuzilishi Reja



Yüklə 49,26 Kb.
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü49,26 Kb.
#135416
1   2   3   4   5
Odam tanasining simmetrik va asimmetrik tuzilishi

Ko`krak aylanasi.

Odam tanasining bo`yi singari, ko`krak aylanasi ham tana tuzilishini klassifikatsiyalashda asosiy ko`rsatkich hisoblanadi. Yengil sanoatda odam bo`yidan ko`ra ko`krak aylanasi muhim rol o`ynaydi. Ko`krak aylanasiga qarab kiyim nomerini yoki razmerini bilish mumkin.


Bir necha yillar oldin odam razmerini bilish uchun odam bo`yi razmerini loyihalashga kiritilgan edi. Bizning vaqtimizda asosiy razmer qilib ko`krak aylanasi razmeri olingan. Antropometriyada ko`krak aylanasi hech qanday kiyimsiz o`lchanadi. Kiyimni konstruktsiyalash uchun esa kiyim bilan o`lchanadi.
Antropometriyada antropometrik ko`krak aylana chuqurroq o`rganilgan. U ko`krak qafasining asosiy parametrini aniqlash uchun yordam beradi. Ko`krak aylanasida befarqlik 4 sm. deb kiritilgan. Lekin kim va qachon adabiyotga kiritganligi belgilanmagan.
Antropologlarning mulohazalari bo`yicha, o`tgan asr ko`krak aylanasining befarqlik intervali 4 sm. deb kiritish eski odat bo`lib hisoblangan. Antropologlar taxmin qilishicha bu befarqlik intervali kiyim nomerining oralig`i inqilobgacha Rossiyada ham metrik sistema bo`lmagan vaqtda oraliq yoki interval qilib 1 vershok olingan (1 vershok – 4,1 sm.). Praktiqada bu usul uncha qo`lay emas edi, shuning uchun taxminan 4 sm. deb olingan. Shunday qilib 4 sm.ga teng. Yarim aylanasi esa 2 sm.ga teng.
Katta yoshdagi odamlarda eng ko`p tarqalgan razmer – 48-razmer hisoblanadi. U 96 sm. ko`krak aylanasiga ta‘luqli. Keyingi razmer – 50. Bunga 100 sm. ko`krak aylanasiga teng o`lcham kiradi. Iqtisodiy o`zaro yordam mamlaqatlarida katta yoshli erkaklarda ko`krak aylanasining o`rtacha qiymati – 97,07 sm.ni tashkil etadi. Ularda ayollarga qaraganda bir oz kattaroq – 96,33 sm.. Albatta berilgan bunday razmerlar ishlatilmaydi. Shuning uchun taxminan qilib olinadi.
Ko`krak aylanasini ko`rib chiqib, shuni aytish kerakki, odamni yashash davrida ko`krak aylanasi kattalashadi va keksalik davrida kichrayadi. Yangi tug`ilgan chaqaloqning ko`krak aylanasi bo`yicha va kalla aylanasiga qarab chaqaloqning muhim fizik rivojlanish ko`rsatkichi hisoblanadi.
Yosh chaqaloqning ko`krak aylanasi bo`yining yarmidan 100 sm.ga kattaroq bo`lishi kerak. Agar kalla aylanasi ko`krak aylanasidan kichik bo`lsa, chaqaloqning qandaydir kasali borligini bildiradi. Birinchi yashash davrida bu belgilar tenglashadi va o`g`il bolalarda yashash davrining birinchi yilida ko`krak aylanasi 49 sm.ga teng. Ko`krak aylanasining kattalashishi yiliga notekis o`zgaradi. 3-4 yildan keyin odam bo`yi ko`krak aylanasiga ko`ra tezroq o`sa boshlaydi., 8-9 yildan keyin ko`krak aylanasi bo`y uzunligining yarmiga teng bo`lib qoladi.
Qiz bolaning maksimum ko`krak aylanasining o`sish davri 11-12 yoshda 5-6 sm.ga yetadi. O`g`il bolalarda 12-14 yoshda 4-4,5 sm. o`sadi. Lekin 18-19 yoshda ko`krak aylanasi yana bo`y uzunligi yarmidan katta bo`ladi. Katta yoshdagi odamlarda (50-59) o`rta yoshli bolalarga qaraganda (18-29) o`rtacha ko`krak aylanasi 6-7 sm. katta bo`ladi.

Yüklə 49,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə