Odam tanasining simmetrik va asimmetrik tuzilishi Reja


Yoshga qarab tana uzunligining dinamikasi



Yüklə 49,26 Kb.
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü49,26 Kb.
#135416
1   2   3   4   5
Odam tanasining simmetrik va asimmetrik tuzilishi

Yoshga qarab tana uzunligining dinamikasi.

Chaqaloqlarda tana uzunligi o`rtacha: o`g`il bolalarda – 51,5 sm., qizlarda – 51 sm. Tana o`sishi umrning birinchi yilida keskinlashadi (25 sm.). So`ngra o`sish tempi sekinlashadi. 10-12 yoshgacha qizlar o`g`il bolalarga qaraganda tezroq o`sadi, 13 yoshga kelib qizlar bilan o`g`il bolalarning tana uzunligi tenglashadi, so`ng o`g`il bolalar tezroq o`sadi.


Qizlarning 10-12 yoshdagi tana uzunligining kattaligi ularning jinsiy yetilganligi bilan tushuntiriladi. Tana uzunligi oxiriga yetishi qizlarda 16-17 yoshlarda, o`g`il bolalarda esa 18-19 yoshlarda o`sishdan to`xtaydi. Doimiy (o`zgarmas) tana uzunligining davri 16-19 yoshdan 55 yoshgacha kuzatiladi. Tana uzunligining qisqarishi umurtqa pog`onalarining zichlashishi va umurtqaning qiyshayishi (bo`qrlik) bilan xarakterlanadi. Bu hodisalar qarilik natijasidir.
Shuningdek tana uzunligining kun davomida o`zgarishi belgilanadi. Og`irlik ta‘siri ostida tog`aylar zichlashadi va tana uzunligi 1-3 sm.ga qisqaradi. Uyqudan keyin, ertalab bo`y tiklanadi (o`z holatiga keladi), bu hodisa umurtqa tog`aylarining elastikligi hisobiga sodir bo`ladi.
Ayollarda o`rta tana uzunligi erkaklarga qaraganda 11-12 sm. kichikroq bo`ladi. Planetamiz aholisining o`rtacha tana uzunligi erkaklarda – 165 sm., ayollarda – 154 sm.. SNG bo`yicha erkaklar – 170 sm., ayollar – 158 sm.. O`rtacha uzunlikning katta o`lchamlari erkaklar uchun – 170 dan yuqori bo`lgan o`lchamlar hisoblanadi. Kichik, o`rta kattaliklar bilan Yevropaning chekka shimoli, Osiyo, Amerika, janubi-sharqiy Osiyo (Vetnam, Yaponlar) xarakterlanadi.
O`rta uzunlikning eng kichik kattaliklari pigmeylar bilan xarakterlanadi. Bular karliklar, ular Kongo daryosining basseynida istiqomat qiladilar (erkaklar – 140-141 sm.). Shimoliy Yevropa va Skandinaviya mamlaqatlari (Shotlandiya, Norvegiya, Shveytsariya) aholisi esa katta, o`rta qiymatga ega (baland bo`yli), bundan tashqari Bolgarlar, Yugoslavlar, Ablanlar, Greklar.
O`rta kattalikning yuqori ko`rsatkichi kuzatiladi (erkaklar – 182 sm.). Aholi o`rtasida eng baland bo`yli Estonlardir (erkaklar – 172 sm., ayollar – 162 sm.). Eng past bo`ylilar Yakutlardir (erkaklar – 162 sm.). Tana uzunligining 125 sm.dan pasti va 2 metrdan yuqorisi patologik qategoriyalarga kiradi.
Bular karliklar va haddan tashqari baland (velikan) odamlar hisoblanadi. Bo`yning uzunligi bo`yicha eng kattasi, ilmiy adabiyotda belgilanishicha ikkita erkak (80 yilgacha) belgilangan, ularning bo`yi 278 sm. va 255 sm., ayollar orasida esa nemis ayoli – 253 sm.
Tana uzunligini ko`rib chiqar ekanmiz, tikuvchilik sanoatida oltita bo`y borligini aytib o`tish lozim, ular bir-birlaridan 6 sm.ga farq qiladi. Bu esa bo`ylararo intervaldir.



Yüklə 49,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə