Odam tanasining simmetrik va asimmetrik tuzilishi Reja



Yüklə 49,26 Kb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü49,26 Kb.
#135416
1   2   3   4   5
Odam tanasining simmetrik va asimmetrik tuzilishi

Ilk bolalik


1 – 2 yosh



1 – 2 yosh


Bolalikning birinchi davri


3 – 7 yosh



3 – 7 yosh


Bolalikning ikkinchi davri


8 – 12 yosh



8 – 12 yosh


O`smirlik davri


13 – 16 yosh



13 – 15 yosh


Yoshlik davri


17 – 21 yosh



16 – 19 yosh


O`rtacha yosh:

Birinchi davri


22 – 35 yosh





20 – 35 yosh




Ikkinchi davri


36 – 60 yosh



36 – 60 yosh


Keksalik


61 – 75 yosh



61 – 75 yosh


Qarilik


76 – 90 yosh



76 – 90 yosh


Uzoq yashovchilar


90 yoshdan yuqori



90 yoshdan yuqori



Xronologik (kalendar yoki pasport yoshi) va morfologik yoki biologik yosh mavjud.
Pasport yoshi tug`ilgan vaqt bilan aniqlanadi. Morfologik (biologik yosh organizmdagi biologik o`zgarishlarga bog`liq qilib olinadi).
Pasport yoshi o`z ichiga bir yildan oshmaydigan vaqt oraliqlarini oladi.
Morfologik yosh o`z ichiga bir qancha yilni olishi mumkin, shu yillar davomida organizm morfologik o`zgarishlarga duch keladi.

Agar jadvalni ko`rib chiqsak, bolalikning birinchi davri neytral ekanligini ko`rish mumkin, chunki bu yoshda o`g`il bolalar ham, qiz bolalar ham teng bo`ladilar. Ikkinchi davrda esa jinsning tana shakliga va razmeriga ta‘siri kuzatiladi. Bu davr shuningdek o`smirlik davri (jinsiy yetilishi) va yoshlik davri qizlarda o`g`il bolalarga qaraganda ertaroq boshlanadi va erta tugaydi.




Jismoniy rivojlanish haqida tushuncha.

Fizik rivoj – bu razmerlar, tana formasi va hayot davomida organizm funktsiyasining o`zgarish jarayonidir.


Jismoniy rivojlanishni o`rganish uchun quyidagi asosiy ko`rsatkichlarning o`lchamlari bilan foydalaniladi:
a) tana uzunligi (bo`y);
b) ko`krak qafasining aylanasi (razmer);
v) tana massasi.
Jismoniy rivojlanish – qator ketma-ket davrlarni o`tadi va u odam yoshi bilan bog`liq. Organizm tiklanishi davrida hamma belgilarning o`sishi kuzatiladi. Qarilik boshlanishi bilan qator belgilarning qiymatlari o`zgaradi.
Shu yuz yillik davomida bolalar va o`smirlarning jismoniy rivojlanishi templarini tezlashuvi belgilanadi, boshqacha qilib aytganda bu akseleratsiyadir. Bu termin bolalarning rivojlanishi va bo`yi o`sishining tezlanishi, shuningdek, katta yoshdagi aholining tana razmerlarining kattayishi hodisasini xarakterlaydi.


Odam tanasining total (umumiy) belgilari.

Bu belgilarga nihoyatda katta bo`lgan antropometrik belgilar kiradi:


1. Tana uzunligi (bo`y);
2. Ko`krak aylanasining o`lchovi (razmer);
Massa.
Bu belgilar odam tanasining tashqi formasiga ta‘sir ko`rsatadi va jismoniy rivojlanganlikning asosiy belgilari bo`lib hisoblanadi.
Tana uzunligi.

Odam tanasining tashqi formasini aniqlovchi asosiy belgilardan biri tana uzunligidir. Boshqa belgilar bilan birgalikda tana uzunligi odam tanasining tashqi formasini belgilaydi.


Qadim zamonlardan beri tana uzunligi ko`p mutaxassislarni o`ziga jalb qilib kelmoqda: antropologlarni, vrachlarni, rassomlarni, skulptorlarni.
Tana uzunligiga tikuvchilik sanoatida katta e‘tibor beriladi. Ko`krak aylanasining o`lchovi bilan birgalikda tana uzunligi normal tipik qomatni aniqlashda yetakchi belgi bo`lib hisoblanadi, bundan tashqari tana uzunligi konstruktsiyani ishlab chiqishda asosiy belgi bo`lib hisoblanadi.

Yüklə 49,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə