Odam tanasining simmetrik va asimmetrik tuzilishi Reja



Yüklə 49,26 Kb.
səhifə5/5
tarix28.11.2023
ölçüsü49,26 Kb.
#135416
1   2   3   4   5
Odam tanasining simmetrik va asimmetrik tuzilishi

Odamning og’irligi .

Yer yuzida katta yoshdagi erkaklarning o`rtacha massasi – 64 kg., ayollarniki – 56 kg. Iqtisodiy o`zaro yordam mamlaqatlarida (SEV) erkaklarning massasi – 71,5 kg., ayollarniki – 64 kg. Juda ham ko`p hollarda odamning massasi tezda normal massadan yo oshib, yo kamayib ketish hollari uchraydi. Bu esa odamda ichki sekretsiya bezlarini funktsiyasini buzilganligi, ya‘ni odamda qandaydir kasallik borligini bildiradi. Ba‘zi hollarda odam tanasining vazni 150 kg. yoki undan ham ortiq bo`lishi mumkin.




Odam massasining o`zgarish dinamikasi.

Chaqaloq massasining oshib ketishi uning birinchi yilidayok seziladi. Yangi tug`ilgan o`g`il chaqaloqlarning o`rtacha massasi – 3,5 kg., qizlarniki – 3,4 kg. bo`lishi kerak. Birinchi yashash yilida tana massasi uch marta ortadi. Bir yoshdan yetti yoshgacha qo`shimcha yillik massasi ortib borishi seziladi.


Qizlarning 12-15 yoshida, o`g`il bolalarning 14-17 yoshida yillik massasi yiliga maksimum 4-5 kg. ortadi. 17 yoshdan keyin massasining ortib borishi davri yana kamaya boradi va bu davr ayollardan 20 yoshgacha, erkaklarda esa 25 yoshgacha davom etadi.
Bo`y o`sish davri tugagandan keyin yog` ajralish bilan tana og`irligi ortib boradi. Yog` qatlamining ajralishi bo`y o`sish tugagandan keyin tana og`irligi ortishiga sabab bo`ladi. Bunda ovqatlanish sharoitlari va organizmning ahvoli bilan tig`iz aloqada bo`lgan katta tebranishlar kuzatiladi.


Tana massasining boshqa morfologik belgilar bilan aloqasi.

Uzoq vaqtlargacha har bir tana uzunligining qiymatiga faqat bittagina normal massa qiymati to`g`ri keladi degan mulohazalar mavjud edi. Norma massasini aniqlash uchun hisobning turli usullari taklif etilgan edi.


Vazn va bo`y uzunligi ko`rsatkichi keng qo`llanmaga ega bo`ldi. Bunga asosan tananing normal massasi tana uzunligi – 100 ga teng. Lekin hozirgi vaqtda indekslar gruppasi tanqidga uchraydi, chunki bu gruppa odamlarining individual alohidaliklarini hisobga olmaydi. Jinsi, yoshi, uzunligi va nihoyatda ko`p uchraydigan tana tuzilishi tiplari shu faktorlar orqali tananing normal massasi aniqlanadi. A.A.Pokrovskiy bu ilmiy nazariyasiga hozirgi vaqtda asoslanilmoqda.
Ko`krak aylanasi, tana uzunligi va tana massasining majmui odam tanasining tashqi formasi haqida aniq bir taasurot ko`rsatadi.
Ammo odam tanasining tashqi formasi haqida to`la tasavvurga ega bo`lish uchun mutanosibligi, tana tuzilishi va jussasini o`rganib chiqish zarurdir.
Adabiyotlar:

1.Дунаевская Г.Н., Коблякова В.Б. , Ивлева Г.С .Размерная типология населения с основами анатомии и морфологии , Москва, Легкая индустрия, 1975.


2. Синельников Р.Д. Учение о костях, суставах, связках и мыщцах. Атлас анатомии человека. , Москва, Госмедиздат, 1978 ;
3. Babayeva R.X “Amaliy antropologiya asoslari va biomexaniqa” fanidan darslik T. “Voris-nashriyot”2009
Yüklə 49,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə