Оила психологияси



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə39/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

4-savol bayoni.

Ya.Gozman, K.Xorni va boshqalarning yozishlaricha, faqat emotsional hissiyotlarga

tayangan er va xotin munosabatlari tobora vaqt o’tishi bilan oqilona hamkorlik va do’stlik, qon-qarindoshlik munosabatlariga aylanib boradi. Yu.Dubrovinning (2004) ta’kidlashicha, “Ko’pchilik nikohlarni baxtli ham baxtsiz ham deb atash mushkul, chunki ularda er-xotinlarning bir-birlarini sekin-asta tarbiyalab borishlari va taqdir taqozosi bilan bora-bora munosabatlar chuqurlashib, tushunish hissi va do’stona munosabatlar sayqal topib, u hattoki, romantik muhabbat darajasiga ko’tariladi”.
Nikoh modeli. Oila va nikoh bo’yicha ko’plab mutaxassislar Z.Freyd va A.Adlerning g’oyalarini ma’qullagan holda shuni ta’kidlaydilarki, oila qurayotgan yosh kelin-kuyovlar o’zlari anglamagan ravishda o’zlari tarbiya topgan oilalarining modelini yangi oilaga tadbiq eta boshlaydilar.
Ota-ona oilasi Z.Freydning psixoanalitik nazariyasi mos keladi. Unga muvofiq, bola o’zi katta bo’lgan oilasidagi o’z jinsiga mos ota yoki ona obraziga o’zini identifikatsiya qilib, hayoti mobaynida ko’rgan-kechirganlarini xatti-harakatlarida takrorlaydi, qarama-qarshi jins vakili bo’lmish ota-onaning obrazi esa turmush o’rtog’ini tanlashni belgilaydi. Agar ushbu obraz ijobiy bo’lgan bo’lsa, masalan, qiz bola uchun otasi ideal, namunali tuyulsa, kelajakda shu qiz o’z turmush o’rtog’i bilan kelishib yashashga moyil bo’ladi. Mobodo obraz salbiy bo’lsa (ota ichuvchi yoki bevafolik qilib tashlab ketgan), unga o’xshamagan insonni qidiradiyu, aslida topgan taqdirda ham u bilan kelishib yashashiga o’zi ham ishonmaydi, ruhiy iztirobda bo’ladi, ko’p ikkilanadi. Agar o’zi o’sib ulg’aygan oila kichik bo’lsa, istiqbolda u ham aynan detotsentrik, kichik oila qurishga intiladi.
Opa-singil, aka-inilik munosabatlariga asoslangan oila modeli A.Adler g’oyalari ta’sirida ishlab chiqilgan. Unga ko’ra, er-xotin aloqalari mustahkam va barqaror bo’lishi uchun ikkasi o’z munosabatlari jarayonida akalari yoki opa-singillari bilan bo’ladigan hamkorlik, liderlik, hukmronlik, mas’uliyat, g’amxo’rlik, tobelik kabi qator munosabatlarini ro’yobga chiqarishlari lozim (sibling yondashuv). Bu aloqalarning bir ko’rinishi shundayki, unda er va xotin bir-biriga akaday, singilday u yoki bu munosabatlardagi kemtikliklarni to’ldirib borishlari mumkin (komplementar nikoh). Bu bizdagi munosabatlarga ham xos bo’lib, ko’pgina o’zbek oilalarida xotin erini “aka” deb atasa, er birinchi farzand tug’ilgach, xotiniga to’ng’ich farzandning ismini aytib murojaat qiladi. Bu holat ayniqsa, er o’z oilasida singillarining akasi bo’lgan bo’lsa, yoki xotin ham o’z navbatida ota-onasining uyida akalarning singlisi bo’lgan bo’lsa komplementar tarzda uyg’unlik kashf etadi, ular oilaviy munosabatlarda kim ustun, kim tobe kabi muammolarga duch kelmaydilar. Agar xotin o’z oilasida biriga singil, biriga opa bo’lib katta bo’lgan bo’lsa, u yoki bu tajriba eri bo’lgan munosabatlarda qisman komplementar vazifani bajaradi. Nihoyat, agar er o’z oilasida to’ng’ich farzand va xotin ham o’z oilasida to’ng’ich bo’lgan bo’lsa, unda er-xotin munosabatlari nokomplementar nikohga to’g’ri keladi, ya’ni, ular teng mavqeli bo’lgani uchun odatda o’zaro munosabatlarida liderlik va o’zaro adaptatsiya holatlari muayyan qiyinchiliklar va muammolar bilan kechadi, tez-tez bir-biriga nimalarnidir da’vo qiladigan, o’z fikrini uqtirish va amalga oshirishga moyillik kuzatiladi. Odatda bunday nikoh ikki ziyoli inson o’rtasida tuzilgan bo’lsa, ular baxtli bo’lishlari mumkin, ayniqsa, hozirgi davrda, lekin o’zaro til topishib, ko’nikib ketishlariga anchagina vaqt, sabr-toqat kerak bo’ladi.
Ota-onasining oilasida ko’rgan-kechirganlari bolaning bo’lg’usi oilasi, undagi er-xotin munosabatlari, farzandlar tarbiyasi, qarindosh-urug’lar bilan bo’ladigan murakkab o’zaro aloqalarning qanday kechishini belgilovchi muhim omildir. Ushbu omilning ta’sirini batafsil o’rgangan olimlardan biri N. Pezeshkian (1993) bo’lib, u bunday ta’sirchanlikning 3 jihatini alohida ajratadi:
turli stresslarga nisbatan munosabat;
hissiyotlarga beriluvchanlik va uning oqibatlari – ijtimoiy xatti-harakat me’yorlari;
oilaviy munosabatlar.
Pezeshkian ota-ona oilasida ko’rgan-kechirganlari ta’sirida turlicha stresslarga hozirjavoblikning to’rt xil tipik usullarini, yo’llarini ajratadi: Avvalo, bu – tana reaktsiyalari yoki vujud bilan javob berish bo’lib, u turli psixosomatik kasalliklar yoki holatlarga nisbatan inson vujudining javobi (masalan, uyqu, kayf bo’lish, ochlik yoki to’qlik kabi) sifatida namoyon bo’ladi. Bunda masalan, ota-ona oilasida urf bo’lgan xazil-xuzul, aytishuvlar orqali u yoki bu zarar etkazuvchi tangliklarning oldini olish tajribasi nazarda tutiladi.
Faoliyat ham stressning oldini olish vositasi sifatida muallif tomonidan ikki yo’nalishda bo’lishi mumkinligi qayd etiladi. Masalan, birinchisi – ishga mukkadan ketish orqali stressni echish bo’lsa, ikkinchisi – u yoki bu sohadagi yutuqlar va qo’lga kiritilgan natijalar orqali o’zini-o’zi tinchlantirish, tangliklardan “qochish”ni anglatadi.
Muloqot yoki bevosita muomala shaklida odam ko’proq turli suhbatdoshlarni topib, ular bilan kirishib ketish orqali yoki aksincha, o’zini yolg’izlikka mahkum etish orqali stressni engillatish usuli bo’lsa, oxirgi yo’l – xayolga berilish, ya’ni, real harakatlarni ramziy taassurotdagi obrazlar bilan almashtirish hisobiga tangliklardan uzoqlashishdir.
Hissiyotlarga berilish hamda uni ijtimoiy xatti-harakat normalariga muvofiqlashtirish – bu ko’rgan-kechirgan hissiyotlar va xulq namunalari to’g’risidagi tasavvurlar. Pezeshkian bevosita hissiy-emotsional normalarga sevgi-muhabbatni, ishonch, umid, sabr-qanoat, o’zgalarga e’tiborli bo’lish, o’zgalar bilan yaqin samimiy munosabatlarga kirisha olish, e’tiqodlilik, diniy hissiyotlarni kiritadi. Bunday hissiyotlar odatda ota-onasi, yaqinlari, aka, opalar, uka-singillar bilan o’zini identifikatsiya qilish, o’zini ular bilan solishtirish, o’xshashlikka intilish jarayonida shakllanadi. Aynan shu sababli inson kimgadir ishonishga, samimiy muruvvat ko’rsatishga o’rganadi. Oila muhitida boshdan kechirgan hissiyotlar oqibati bo’lmish xatti-harakatlar normalariga esa bir so’zlilik, saranjom-sarishtalik, ozodalik, samimiyat, adolatlilik, intiluvchanlik, tejamkorlik, sadoqat, ishonch, xalollik kabilar kiradi. Pezeshkian, ayni emotsional sohalarda er-xotin o’zaro munosabatlarining o’xshamasligini er-xotin nizolarida asosiy nizo keltirib chiqaruvchi sabab, deb hisoblaydi. Xatti-harakat normalaridagi kelishmovchiliklar ham muhim, lekin ular psixoterapevtik amaliyotda biroz yumshoqroq hisoblanadi.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya