Oksidlanish-kaytarilish reaksiyalari elektrokimyo asoslari


 Kimyo fanining tarixi va ilmiy kimyoning boshlanishi



Yüklə 120,5 Kb.
səhifə4/6
tarix24.01.2023
ölçüsü120,5 Kb.
#99100
1   2   3   4   5   6
Kimyo fani

3. Kimyo fanining tarixi va ilmiy kimyoning boshlanishi .

Kimyo fani ham boshqa fanlar qatori, odamlarning amaliy faoliyati natijasida vujudga kelgan.


Kimyoga doir bilimlar Misrda, Xitoyda, Xindistonda, Gretsiyada to‘plangan.
Misrliklar rudalardan Fe suyuqlantirib olish, rangdor shisha hosil qilish, teri oshlash, o‘simliklardan dori darmonlar, bo‘yoqlar va xushbo‘y moddalar ajratib olishni, sopol buyumlar yasashni bilishgan.
Xitoy va Xindistonda kimyo korxonalari bundan ilgariroq vujudga kelgan.
Eramizdan oldingi V11 asrda F. Miletskiy barcha moddalar suvdan hosil bo‘lgan deydi, V1 asrda yashagan Anaksimen havodan, V asrda yashagan Geroklit olovdan.
V asrda yashagan Demokrit moddalar atomlardan hosil bo‘lgan deb yozishgan.
Eramizdan 3 asr ilgari yashagan filosof Aflotunning shogirdi Arastu (384-422) moddalar materiyadan tuzilgan, deb tushuntirdi. Bu ta’limot X V111 asrgacha hukm surdi.
Arablar: Jabr Ibn Xatyon, Abubakr Muhammad Al- Rozi, o‘zbeklar: Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Jafar ibn Muso Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Ulug‘bek Muhammad Tarag‘ay materiya abadiy, xar xil formada bo‘ladi degan fikrni olg‘a surdilar.
Kimyoni tekshirishni yangi uslubini jaxonda birinchi bo‘lib R. Boyl qo‘lladi.
“Kimyoning vazifasi”–degan edi R. Boyl,- “tajribalar qilish, kuzatishlar olib borish va biror nazariyani maydonga tashlashdan oldin shu nazariyaga oid hodisalarni sinchiklab tekshirishdan iborat” .
Boyl kimyoviy elementlar to‘g‘risidagi nazariy qarashlarini o‘zining “Skeptik-ximik” degan kitobida bayon etdi; Boyl bu kitobida alximiklar fikrlarini va metallarning o‘zgarishi haqidagi ta’limotni tanqid qildi, uning ilmiy ishlari va tekshirish uslublari kimyoning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. XVII asrda, metallurgiyaning rivojlanishi munosabati bilan, kimyogarlar yonish, metallarning oksidlanish-qaytarilish jarayonlariga alohida e’tibor bera boshladilar; ana shu jarayonlarni izohlash oqibatida flogiston nazariyasi vujudga keldi. (nemis kimyogari Shtal nazariyasi) .
Flogiston nazariyasini uzoq vaqtgacha hamma e’tirof qilib keldi.
XVII asrning ikkinchi yarmida kimyoga tekshirishning aniq uslublari joriy qilinishi natijasida flogiston nazariyasi rad etildi. Ilmiy kimyoning rivojlanishiga asos solgan olimlardan biri - M.V. Lomonosov bo‘ldi.
Insonlar juda qadimdan qand, yog' va oqsilga boy o'simlik mahsulotlaridan iste'mol qilganlar. Ular bundan 6 ming yil awal oltin va kumushdan zebu-ziynat buyumlari tayyoriashni bilganlar. Eramizdan 2000 yil avval Xitoyda qishloq xo'jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda margimushdan foydalanilgan. O'sha davrlarda Misrda o'simlik va hayvon organizmlaridan turli bo'yoq moddalar, rux va oltingugurtdan dorivor moddalar tayyorlangan. Barcha xalqlar juda qadimdan bijg'ish jarayonini bilganlar. Hai bir xalqning o'ziga xos spirtii ichimligi bo'lgan. Uni dondan asaldan yoki uzum sharbatidan tayyorlaganlar. Sirkadan oziq ovqat tayyorlashdagina foydalanmay, undan bo'yoq olishda ham foydalanilgan. Lekin o'sha davrlarda kimyo bilan faqat maxsui kishilargina shug'ullangan. Kimyoning fan sifatida rivojianishiga Irland olimi Robert Boy (1627-1691) katta hissa qo'shdi. Uning «Skeptik - kimyogai yoki aralash jismlardan to'rt element va uch kimyoviy negizning isboti sifatida qilinadigan tajribalar haqida mulohaza» kitobida alkimyo nazariyasi qattiq tanqid qilindi. Aytish mumkinki, shu davrdan boshlab kimyo fan sifatida rivojiana boshladi. XVII asr oxirlarida nemis kimyogari G. Shtaflogiston nawriyosini yaratdi. Garchi bu nazariya ham xato bo'lsada, o'z davri uchun juda muhim edi. Chunki o'sha davr olimlari ana shu nazariyaga asoslanib alkimyodan to'la qutilishdi. XVIII asr boshlarida rus olimi M.V.Lomonosov berk idishda metalini har qancha qizdirsa ham uning massasi o'zgarmasligini isbotlab, flogiston nazariyasining noto'g'ri ekanligini ko'rsatdi. Lomonosov tajribasiga asoslanib fransuz olimi A.Lavuazye metall qizdirilganda, u havodagi kislorod bilan reaksiyaga kirishishini isbotladi. Lavuazye yonish va oksidlanish jarayonlarining to'g'ri ilmiy nazariyasini yaratdi. 1808-yilda ingliz olimi Dalton o'z tajribalariga asoslanib, atomistik nazariyasini yaratdi va birikmada kimyoviy elementlarning qanday nisbatda bo'lishini amqladi. 1869-yilda D. I. Mendeleyev tomonidan elementlar davriy sistemasining yaratilishi va XX asr boshlarida atomning murakkab tuzilganligini isbotlovchi dalillarning paydo bo'lishi kimyoni keng rivojianishiga yo'l ochib berdi. Kimyo fanining O'rta Osiyoda rivojianishi. IX-XI asriarda yashab ijod qilgan O'rta Osiyolik allomalardan Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinolar o'z davrlarida kimyoning ham amaliy, ham nazariy jihatdan rivojianishiga o'z hissalarini qo'shganlar. Abu Nasr Forobiy (870-950-yillar) tasawurida jamiki moddiy dunyoning asosida biriamchi materiya yotadi. U biz idrok etadigan shu moddiy dunyo to'rt «ildizdan», ya'ni to'rtta boshlang'ich elementdan - o't, havo, suv ya yerdan tashkil topganligi haqidagi qadimgi dunyo faylasuflarining fikrini tasdiqlaydi. Forobiy mashhur shifokor sifatida amaliy kimyoni rivojiantirishga katta hissa qo'shdi. Al-Farg'oniy (797-861-yillar) buyuk matematik, astronom bo’lishi bilan birga, u astronomik asboblarning mohir ustasi bo’lgan. U Bog'dod va Damashqda rasadxonalar hamda Nil daryosi suvi sathini doim kuzatib turish imkoniyatini beradigan inshoa («Mikiyes - jadid» - nilomer)ni yaratishda maxsu qotishmalardan foydalangan. Nilomemi hozirgi kungacha saqlanil qolganligi suvning ming yildan ortiq yemirish kuchiga chidamli noyob tog' jinsi va «sement» tanlanganligidan dalolat beradi. Uning kimyoga old «Kitob amal ar-rahomat» (marmarning xizmati haqidagi kitob) deb ataladigan yirik asari saqlanib qolgai Abu Ali ibn Sino (980-1037-yillai amaliy kimyoning rivojianishiga salmoqli hissa qo'shgan, lekin alkimyo garlarning temirni oltinga aylantirish yo'nalishidagi ishlarini asossiz, amalga oshirib bo'lmaydigan jarayon del qaragan. Abu Ali ibn Sino bu haqda «Bir xil metalini ikkinchi bir metallga aylantirish imkoniyati menga tushunarli emas. Aksincha men buning imkoniyal yo'q, deb hisoblayman, chunki bi metall jismni ikkinchi metall jismg aylantirishning iloji yo'q. Oddiy jism o'zidan boshqa jismni ajratmasligi kerak», deb yozgan edi. Shunday qilib, Abu Ali ibn Sino asarlarida anorganik kimyoning dastlabki kurtaklari paydo bo'lgan. Abu Rayhon Beruniy (973-1048-yillar) o'zining «Mineralogiya» deb nomlangan mashhur asarida o'sha davrda ma'lum bo'lgan metallar, ulardan tayyorlanadigan qotishmalar, metallarni rudalarini kovlab olish va ularga ishlov berish, rangli metallar va qimmat baho toshlarning xossalarini o'rganish, ayniqsa minerallarning solish tirma massalarini aniqlash yuzasida, olib borgan ishlari kimyo fanini rivoj lantirishga katta hissa qo'shdi. «Hindiston» deb nomlangan asarida «rivojiantirish - bir narsaning boshqa narsaga aylanishidir, butun borliq doimo o'zgarishda va rivojlanganligini aniqlashda - tabiatning kuchi aynah shundadir» degan muhim ilmiy hulosaga keladi. Abu Rayhon Beruniy o'zining shu asarida «Har bir narsani o'rganish shu narsani tashkil qilgan tarkibiy qismlari eleinentlarni o'rganishdan boshlanadi» deb yozgan edi.



Yüklə 120,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə