Oksidlanish-kaytarilish reaksiyalari elektrokimyo asoslari


O‘zbekistonnng hom ashyo resurslari



Yüklə 120,5 Kb.
səhifə5/6
tarix24.01.2023
ölçüsü120,5 Kb.
#99100
1   2   3   4   5   6
Kimyo fani

4.O‘zbekistonnng hom ashyo resurslari

O‘zbekiston o‘z er osti boyliklari bilan mashhur bo‘lib, uning bag‘rida Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan.
Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va boyliklaridan namoyon bo‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Bu konlarda 100 ga yaqin mineral xom-ashyo turlari mavjud, shundan 60 dan ortig‘i ishlab chiqarishga jalb etilgan, 900 dan ortiq kon qidirib topilgan, ulardan zaxira 970 AQSh dollariga teng.
O‘zbekistondagi umumiy mineral xom-ashyo potensiali 3,3 trillion AQSh dollari bilan baholanmoqda. Neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo‘yicha 155 ta istiqbolli kon, qimmatbaxo metallar bo‘yicha 40 dan ortiq, rangli, nodir va radioaktiv metallar bo‘yicha 40, konchilik kimyo xom-ashyosi bo‘yicha 15 ta kon qidirib topilgan.
Har yili respublika konlaridan taxminan 5,5 milliard dollarlik miqdorda foydali qazilmalar olinmoqda va ular yoniga 6,0-7,0 milliard dollarlik yangi zaxiralar qo‘shilmoqda. Bir qator foydali qazilmalar, chunonchi Au, U, Cu, tabiiy gaz, W, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlar bo‘yicha O‘zbekiston tasdiqlagan zaxiralar jihatidan butun dunyoda etakchi o‘rinni egalaydi.
Au-zaxiralari bo‘yicha respublika dunyoda 4-o‘rinda, qazib olish bo‘yicha 7-o‘rinda, Cu zaxiralari bo‘yicha 10 - 11 o‘rinda, uran zaxirasi bo‘yicha 7-8 o‘rinda turadi.

Qidirib topilgan zaxiralar asosida 400 yaqin kon, shaxta, kar’er, neft - gaz konlari ishlab turibdi.


O‘zbekiston noyob yoqilg‘i-energetika resurslariga ega. Gaz zaxiralari -2 trillion m3 ga, ko‘mir 2 milliard tonna, 160 ta neft koni mavjud. Neft va gaz mavjud bo‘lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko‘rsatish mumkin: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G‘arbiy Xisor, Surxondaryo, Farg‘ona neft va gaz zaxiralari 1 trillion AQSh dollaridan ortiqroqdir.
Qidirib topilgan zaxiralar respublika extiyojini tabiiy gaz bo‘yicha -35 yildan ko‘proq, neft bo‘yicha 30 yildan ko‘proq qoplaydi. Eng yirik gaz konlari Janubiy-G‘arbiy Xisor va Buxoro-Xiva neft va gazli mintaqalarida joylashgan bo‘lib, bular Sho‘rton va Muborak guruhlariga kiruvchi konlardir.
Ko‘mir Angren va Boysun konlaridan qazib olinmoqda. Dunyoda eng yirik oltin rudali viloyat bo‘lgan Qizilqumda Muruntovdan tashqari Ajibug‘ut va boshqa yangi konlar aniqlanmokda.
Respublikadagi Ag konlari Navoiy viloyatidagi Visokovoltnoe va Namangan viloyatidagi Oqtepa konidir.
Aniqlangan uran zaxiralari 50-60 yil mobaynida qazib olishga etadi. Uran bilan yo‘l-yo‘lakay reniy, skandiy, lantanoidlar va boshqalar ham qazib olinmoqda. O‘zbekiston rangli metallar - Cu, Zn, W va shu guruhga kiruvchi boshqa metallarning zaxiralariga ega. Cu rudalari bilan birga rangli metallarning 15 dan ortiq turi: Au, Ag, Mg, Cd,In,Te,Se, Re, Ni va boshqa metallar ham qazib olinmoqda.

Ishlab turgan konlar Cu va unga yo‘ldosh metallarni 40-50 yil, Zn va Rb ni 100 yildan ko‘proq vaqt qazib olishni ta’minlaydi. Rangli metallar rudalarining zaxiralari asosan Olmaliq ruda maydonida jamlangan. Kalmakir koni noyob konlardan bo‘lib, u yerda Cu qazib chiqariladi. Rb-Zn asosan Jizzax viloyatining Uchqulok va Surxondaryo viloyatining Xondiza konlarida jamlangan. Xondizadagi konda Rb va Zn bilan birga Cu, Ag, Cd,Se, Au va Zn bor.


Selen va tellurdan asosan yarim o‘tkazgichlar, quyosh batareyalari, termogeneratorlar, po‘lat, shishaning maxsus navlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi. O‘zbekiston Re ning noyob zaxiralariga ega. U Olmaliq konlaridagi Cu rudalari bilan bog‘liq. Sanoatda Re- reniydan aviatsiya va kosmik texnika uchun o‘tga chidamli qotishmalar, elektron uskunalar, neftni parchalash uchun katalizatorlar ishlab chiqarishda foydalaniladi .
Jahonda Os izotoplari oilasida osmiy-187 bor yo‘g‘i 1,6% ni tashkil etadigan tabiiy manbalar (Afrika, Shveysariya, Rossiyada) mavjud. Osmiy mahsulotini sanoat usulida olishning maqsadga muvofiqligi shu bilan asoslanadiki, birlamchi xom ashyoninng katta zaxiralari mavjud bo‘lib, ular Norils konidagidan 3 barobar ortiqdir. Respublikada 20 ta marmar, 15 ta granit va gabbro koni borligi aniqlangan.
Qoplama toshlarning umumiy zaxiralari 85 million m3 dan ortib ketadi. Ular toshni qayta ishlaydigan korxonalarni 100 yillar davomida hom ashyo bilan ta’minlaydi.
Gazgon, Nurota va Zarband konlarida marmar mavjud. Respublika fosforitlarga boy. Jeroy-Sardara fosforitlar konidagi Manokash turiga mansub zarra-donador fosforitlarning aniqlangan zaxirasi 100 mln tonnagacha etadi. Hozirgi vaqtda Qizilqum fosforit kombinati qurilmoqda. Unda 2,7 mln tonna fosforit konsentrati olinadi. Hozirda 300 mln tonnaga yaqin bo‘lgan fosforit konlaridan amalda foydalanilmayotir.
O‘zbekistonda juda katta kaliy tuz konlari bo‘lib, ular Qashqadaryo viloyatida Tubakat va Surxandaryo viloyatida Xurapkon konlaridir. Kaliy tuzlari 100 yildan ko‘proqqa etadi.
Tuzlarni qayta ishlash bromli temir, magnezit, gips va boshqa metallarni yo‘l-yo‘lakay olish imkonini beradi. Respublikamizda 5 ta osh tuzi koni-Xujakon, Tubakon, Borsakelmas, Boybichakon va Oq qal’a konlarida 90 milliard tonna hom ashyo bor.
1995 yilda oltin qazib olish bo‘yicha Zarafshon-Nyumont qo‘shma korxona oltinning birinchi turkumini ishlab chiqardi.
Hozirda g‘oyat qimmatli tayyor mahsulot kaprolaktamdir, hozir respublikada ishlab chiqarilayotgan kaprolaktamning ko‘pi bilan 10% qayta ishlash maqsadida foydalanilmoqda, kelajakda 70%-80% ga etkazish ko‘zlanmoqda.
Respublika 23 ming tonna nitron tolasi ishlab chiqaradigan quvvatlar vujudga keltirilgan, bundan mebel va dag‘al gazlamalar, qo‘lda va mashinada to‘qish uchun yigirilgan ip, paypoq va gilam mahsulotlari, ustki trikotaj, mato, adyol, sun’iy mo‘yna va boshqa ko‘pgina turdagi mahsulotlar tayyorlash uchun boshlang‘ich xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, juda kam qismi bor yo‘g‘i 25% nitron tolasi qayta ishlanib, tayyor mahsulot xoliga keltirilmoqda.

Respublikada yetishtirilayotgan mevalar va uzum ekologik jixatdan sof bo‘lib, ularda ko‘p miqdorda qimmatli oziq moddalari va darmondorilar (vitaminlar) bor. O‘zbekistonning maydoni - 447,4 ming km2 bo‘lib, shundan 10% gina ekin maydonlaridir, aholisi 25 million kishi, o‘rtacha yoshi - 24 yosh hisoblanadi.


Respublika mevalaridan 30 dan ortiq hamda vino, shampan vinolari va konyaklar turli navlari ishlab chiqarilmoqda, xalqaro tanlovlarda 92 ta medal bilan taqdirlangan (O‘zbekiston vinolari).
O‘zbekistonning ko‘pgina noyob mineral xom-ashyo va qishloq xo‘jalik resurslariga jahon bozorlarida talab katta. O‘zbekiston yaqin yillar ichida iqtisodiyot borasida barqaror va olg‘a rivojlanadi, xalqimizning farovonligini yuksak darajaga yetishini ta’minlaydi.

Yüklə 120,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə