O’lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash


Yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlari



Yüklə 473,28 Kb.
səhifə4/6
tarix21.10.2023
ölçüsü473,28 Kb.
#130578
1   2   3   4   5   6
Comparison and calibration of measuring instruments - lecture 1

Yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlari:
  • O’V ni, shu jumladan tashqi tashkilotlar uchun ham kalibrlash ishlarini bajaradi;
  • kalibrlash ishlarini o’tkazish uchun talab etilgan sharoitlarni, kalibrlash vositalarining va yordamchi jihozlarning yaxshi holatda bo’lishini ta’minlaydi;
  • kalibrlash ishlarini o’tkazish uchun zarur texnik, metodik va me’yoriy hujjatlar jamg’armasini shakllantiradi va rivojlantiradi;
  • me’yoriy hujjatlarning o’lchashlar birliligini ta’minlash va kalibrlash faoliyati doirasidagi talablarining bajarilishini ta’minlaydi;
  • kadrlar tayyorlash va kadrlar malakasini oshirish ishlarini bajaradi;
  • kalibrlash faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqadi.

Metrologik xizmat quyidagilarga mas’ul bo’ladi:
  • korxonalarda kalibrlanishi lozim bo’lgan O’V ning holatiga;
  • bajariladigan kalibrlash ishlarining sifatiga;
  • korxonaga qarashli kalibrlash vositalarining holatiga;
  • kalibrlash intervallarining to’g’ri o’rnatilganligiga.

O’zbekiston Respublikasining kalibrlash tizimi o’z belgisiga ega.
Bu belgining shakli va o’lchamlarini metrologiya bo’yicha milliy idora tasdiqlaydi.
O’z KT ning belgisi blanklarga, shtamplarga, shuningdek O’z KT ning boshqa hujjatlari va ob’ektlariga tamg’alab bosiladi. O’z KT ning belgisini tamg’alash (qo’llanish) joyi va tartibini O’z KT ning Markaziy idorasi belgilaydi.
O’lchash vositalarini kalibrlash -o’lchash vositalarini haqiqiy metrologik xarakteristikalarini aniqlashda ushbu o’lchash vositasi ko’rsatgan mikdorni etalon orqali olingan mos keluvchi miqdor bilan o’zaro nisbatini aniqlashdagi operatsiyalar majmui. Agar o’lchash vositalari majburiy metrologik nazorat va tekshiruvdan o’tmasa, unda ular kalibrlashdan o’tadi.
Kalibrlash natijalari bo’yicha o’lchash vositasini qaqiqiy qiymati aniqlanadi yoki uni ko’rsatishiga tuzatmalar kiritiladi.
Kalibrlash o’lchash vositasining xatoligini va qator metrologik xarakteristikalarini baholash imkonini beradi. Birliklar kattaligini birlamchi etalonlardan ishchi etalonlarga uzatish metrologik zanjiri 5-rasmda ko’rsatilgan. Birlik kattaligini uzatish o’lchash orqali amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasining «Metrologiya to‘g‘risida»gi Qonuniga asossan - O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O’zstandart» agentligi) metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqaruvini amalga oshiradi.
https://kun.uz/uz/39757464?q=%2F39757464

Yüklə 473,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə