Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2014 йил сонли буйруғига илова



Yüklə 177,97 Kb.
səhifə7/10
tarix24.12.2023
ölçüsü177,97 Kb.
#160678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Syllabus Dasturlash asoslari 2022-2023

5-semestr jami: 60 soat
Jami: 540 soat
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.

2.

Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:

  • axborot, uni saqlash usullari, qayta ishlash va uzatish, hisoblash tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti, ularni fan sohalarida, ishlab chiqarish va ta’limda qo‘llash xususiyatlari, kompyuterni dasturiy ta’minoti, dastur turlari va xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • yuqori darajadagi dasturlash tillarini, dasturiy ta’minotni, dasturlash texnologiyalarini, tatbiqiy va hisoblash matematikasi masalalarini yechish algoritmlarini tuzish, obyektga yo‘naltirilgan dasturlash konsepsiyalari, inkapsulyasiya, vorislik, polimorfizm qoidalarini o‘rganish va amaliy masalalarni ular yordamida yechish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

  • tatbiqiy masalalarni yechish algoritmini tuzish, matematik (kompyuter) modelini qurish va uning dasturiy ta’minotini yaratish, chiziqli ro‘yhatlar hosil qilish, strukturada berilganlarni jamlash va ko‘rsatkichlar bilan ishlash malakasiga ega bo‘lishi kerak.

3.

Ta’lim texnologiyalari va metodlari:

  • ma’ruzalar;

  • individual topshiriqlar;

  • guruhlarda ishlash;

  • real vaziyatga asoslangan amaliy ishlarni bajarish;

  • loyiha ishi bajarish;

  • mustaqil ishlarni bajarish

4.

Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, kichik amaliy masalalarni yecha olish, mustaqil ravishda metodlar, strukturalar yarata olish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish.


Yüklə 177,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə