Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2014 йил сонли буйруғига илова



Yüklə 249,07 Kb.
səhifə5/67
tarix20.04.2023
ölçüsü249,07 Kb.
#106575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
O\'zbek tili (majmua) IQ - S

II. Fanning maqsadi
“O‘zbek tili” fanini o‘qitishning asosiy maqsadi talabalarning o‘zbek tilida egallagan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash va yanada kengaytirish, tanlagan ixtisosliklari doirasida davlat tilini puxta bilishlariga yordamlashish, nutqlarni kasbiy atamalar bilan boyitish, o‘zbek tilidan yuqori darajada nutqiy savodxonlikni ta’minlashga erishishdir. Ushbu maqsadda o‘qituvchi va talaba oldiga qator vazifalar qo‘yiladiki, bular mutaxassisning kundalik mehnat faoliyati hamda turmushida zarur bo‘lgan nutqiy mavzularda o‘zbek tilida mustaqil so‘zlay olishlari va yozishlari, ixtisoslikka oid turli nutq uslublarida matn tuza olish, uni o‘zgartira bilish malakalarini shakllantirishni ko‘zda tutiladi. Mehnat bozorida raqobatga bardosh bera oladigan yuqori malakali mutaxassis bo‘lish uchun siz davlat tilida siyosiy, madaniy, huquqiy hamda ijtimoiy nutqingizni takomillashtirishingiz zarur. Bozor tamoyillariga asoslangan iqtisodiy islohotlarni o‘zbek tilining yordami bilan amalga oshirish, mamlakatni demokratlashtirish hamda dunyo hamjamiyatdagi iqtisodiy qonunlarni bilish va tushunishga, mafkuraviy yo‘nalishga, ma'naviy dunyoqarashning kengayishiga, iqtisodiy madaniyatning rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko‘rsatishga; “O‘zbek tili” fanini davlat tili sifatida puxta egallash uchun har bir talaba o‘zbek tilining og‘zaki va yozma nutq shakllarini to‘liq o‘zlashtirishi; ilmiy va rasmiy - idoraviy nutq uslubini puxta egallash, mutaxassislik doirasida bu uslublarda erkin muloqotga kirisha olish, nutq darajasining pragmatik birliklari tizimining mohiyatini; talabalarning amaliy va o‘quv-ilmiy nutqini dialogik/monologik, og‘zaki/yozma shaklda rivojlantirish.
III. Ta’lim berish natijalari
Nutqiy kommunikativ malaka. “O‘zbek tili” fanini o‘qitish konsepsiyasi shu til bo‘yicha egallanadigan nutqiy faoliyatning asosiy to‘rt turi: gapirish, nutqni tushunish, o‘qish va yozish amallari bo‘yicha taqozo etiladigan malaka va ko‘nikmalar me’yorini belgilab beradi. Bunda o‘qish, mehnat jarayoni, jamoat joylarida yuzaga keladigan turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikr almasha olish va fikr bayon eta bilish, eshitilgan materialni idrok etish, shuningdek, yozma manbalarni o‘qish orqali axborot olish, voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirish, ixtisoslik leksikasini o‘zlashtirish, o‘z kasbi doirasida davlat tilida ish yurita olish tarzida nutqiy aloqaga kirish malakasini egallab borish dinamikasi nazarda tutiladi.
Bilish: nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni о‘rganishda egallagan bilim va kо‘nikmalarini qо‘llash, o‘zbek tilida ish yuritish kо‘nikmalarini о‘z faoliyatiga tatbiq eta olish va ixtisosligi sohasidagi kitob, maqolaga va boshqalar fikriga munosabat bildirish, turli nutqiy vaziyatlarda о‘z fikrini asosli bayon qilish kо‘nikmasiga ega bо‘lishi lozim. Ijtimoiy-madaniy hayot sharoitlari va o‘zbek tilida erkin ishlash xususiyatlari;
Bajara olish: amaliy ko‘nikmalarni egallash: gapirish, nutqni tinglab tushunish, o‘qish va yozish amallari bo‘yicha taqozo etiladigan malaka va ko‘nikmalar me'yorini belgilab beradi. Bunda o‘qishda, mehnat jarayonida va oilada, jamoat joylarida yuzaga keladigan turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikr bayon eta bilish, eshitilgan materialni idrok etish, yozma manbalarni o‘qish orqali axborot olish nazarda tutiladi.

Yüklə 249,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə