Oliy matematika, statistika va ekonometrika


 Aholi harakati statistikasi



Yüklə 6,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/237
tarix28.11.2023
ölçüsü6,24 Mb.
#135537
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   237
statistika (4)

 
10.2. Aholi harakati statistikasi 
Aholining harakati ko’rsatkichlari mazmunan bir-biridan farq qiluvchi ikki guruh ko’rsatkichlarini o’z ichiga 
oladi. Birinchi guruhga aholining tabiiy harakatini, tug’ilishi va o’lishini, nikohdan o’tganlar va ajralganlar sonini
ikkinchi guruhga esa aholining migratsiyasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar kiradi. 
Ma’lumki, aholi soni muntazam o’zgarib turadi. Bu o’zgarishlar tabiiy va mexanik harakat hisobiga to’g’ri 
keladi. Aholi sonining tug’ilish va o’limlar hisobiga o’zgarishini aholining 
tabiiy harakati
deb ataladi. Aholining tabiiy 
harakatiga ta’sir etuvchi ko’rsatkichlar qatoriga aholi nikohdan o’tish va ajralish ham kiradi.Aholi sonini o’zgarishni 
ifodalashda mutloq va nisbiy sonlar yordamida olib boriladi. Nisbiy sonlar o`lchov birligi koeffitsiyent protsent va 
promilleda hisoblanadi. 
Aholning tabiiy harakatining asosiy ko`rsatkichi aholining tug’lish darajasi hisoblanadi. Tug’ilish darajasi –turli 
xil ko`rsatkichlar yordamida o’rganiladi, ya’ni tug’ulishning umumiy, maxsus, xususiy va tug’ilishning yig’indi 
(summarniy) koeffitsentlari asosida o’rganiladi. Umumiy tug’ilish koeffitsenti har 1000 aholiga nisbatan tug’ilgan bolalar 
sonini ifodalaydi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi 
Bu yerda:
K
Tug’
- tug’ilishning umumiy koeffitsenti. 
A
 tug’
–tug’ilgan aholi soni 
- aholining o’rtacha soni 
Tug’ilish darajasini aniq ifodalash maqsadida tug’ilishning maxsus koeffitsiyenti xar 1000 ta 15-49 yoshdagi 
ayollarga nisbatan tug’ilgan bolalar soni aniq ifodalaydi va uni aniqlash va u quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 
Bu yerda: K
m.t.
– maxsus tug’ilish koeffitsiyenti.. 
A
 tug’
–tug’ilgan aholi soni 
W
15-49
– 15-49 yoshdagi ayollar soni 
Reproduktiv yosh davrida bir ayol o’rtacha ko’radigan bolalar soni quyidagi formula yordamida aniqlash 
mumkin. 
K – yoshi bo’yicha interval. 
F
x
– maxsus tug’ilish koeffitsiyenti. 
- yoshi bo’yicha tug’ilish koeffitsiyentlari yig’indisi. 

Yüklə 6,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə