Oliy nerv faoliyatining yosh xususiyatlari


Aqliy va jismoniy mehnat gigiyenasi



Yüklə 17,55 Kb.
səhifə3/3
tarix12.05.2023
ölçüsü17,55 Kb.
#109762
1   2   3
OLIY NERV FAOLIYATINING YOSH XUSUSIYATLARI

Aqliy va jismoniy mehnat gigiyenasi. Har bir odam tabiatning eng muhim m o‘jizasi boTgan miyani ehtiyot qilishi va uni takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan gigiyena chora-tadbirlariga amal qilishi zamr. Bola tug‘ilgan kunidan boshlab uning parvarishi, tarbiyasi, kasallikdan, shikastlanishdan saqlanishi ota-ona, tarbiyachilar, o‘qituvchilar e’tiborida bo‘lishi kerak. Bola voyaga yetgan sari ongi, aql-idroki bilan o‘z sog‘lig‘ini avaylashi, zararli odatlarga berilmasligi, kun tartibiga rioya qihslii, aqliy va jismoniy faoliyatni navbati bilan almashtirib turishi nerv sistemasining normal rivojlanishiga yordam beradi.
Aqliy mehnatvaqtida (o‘qish, yozish, fikrlash, masala yecliish, dars tinglash, tayyorlash va hokazo), asosan, ko‘rish, eshitish, nutq organlari va bosh miya p o ‘stlog‘i markazlarining nerv hujayralari ish bajaradi. Ma’lum vaqt davomida bu sezgi organlari va ulaming miyadagi markazlarining ish bajarish qobiliyati yaxshi bo‘ladi. Ammo aqliy faoliyat uzoq davom etaversa, ulaming ish qobiliyati asta-sekin pasayib, ish sifati yomonlasha boshlaydi.
Miya nerv hujayralari charchashining oldini olish uchun kundalik hayotda bir necha xil gigiyena tadbirlari joriy qilingan. Jumladan, maktablarda, oliy o ‘quv yurtlarida har 45 minutlik darsdan keyin 5—10 minutlik tanaffus vaqtida sinf xonasini shamollatish, sinf xonasida o ‘tirmasdan maktab hovlisiga chiqib yurish, badantarbiya mashg‘ulotlari o ‘tkazish, har xil harakatli sport o ‘yinlari bilan shug‘ullanish kerak. Kuchli muvozanatlangan harakatchan (labil) tip. Nerv hujayralarining yuqori qo’zg’aluvchanligi, ularning harakatchanligi va muvozanatlanganligi bilan izohlanadi.
Kuchli muvozanatlangan inert tip. Nerv jarayonlarining kuchli bo’lishi va ularning harakatchanligi uncha yuqori emasligi bilan ta’riflanadi.
Kuchli muvozanatlashmagan tip. Nerv jarayonlarining kuchli bo’lishi bilan va qo’zg’alish tormozlanishdan ustun bo’lishi (ularning muvozanatlashmaganligi) bilan tasniflanadi.
Kuchsiz tip nerv hujayralarining suet ish qobiliyati va, demak, nerv jarayonlarining kucheizligi bilan tasniflanadi,
Aytib o’tilgan oliy nerv faoliyatining tasniflanishi nisbiydir, chunki ko’pincha turli tiplar birgalikda bo’ladi va ulardan bitta — ikkitasi ustunroq bo’lishi mumkin. Oliy nerv faoliyati tiplarini belgilash hozirgi zamon fiziologiyasida 30 dan ortiq bo’lgan ko’rsatkichlar asosida amalga oshadi.
I.P. Pavlov ko’rsatib o’tgan to’rtta tipi yunon olimi Gippokrat tomonidan aniqlagan to’rtta temperamentga moe keladi. Gippokrat organizmdagi turli biologik suyuqliklarning miqdori turlicha bo’lganligi uchun odam temperamentini 4 ta guruhga bo’lish mumkinligini ko’rsatdi. Gippokratni fikricha tanada qizigan qoni ko’paygan kishi — sangvinikdir. Agar odam tanasi tarkibida sovuq shilimshiq modda ko’p bo’lsa, u sovuqqon osoyishta tip — flegmatik bo’ladi. Organizmda achchiq safrosi ko’paygan odam o’zini ushlab olmaydigan — xolerik tipga mansub bo’ladi va tanada qoraygan safroni bo’lishi kuchsiz tip melanxolik tabiatli odamlarga xosdir. Ko’rinib turibdiki, Gippokratning sangvinik, flegmatik, xolerik va melanxolik tiplari I.P. Pavlov ko’rsatgan oliy nerv faoliyatining to’rtta tipiga muvofiqdir. Gippokrat va I.P. Pavlov tasniflari solishtirgandan keyin osonlikcha quyidagi atamalar juftlarini tuzish mumkin: kuchli, muvozanatlashmagan tip — xolerik; kuchli muvozanatlangan, harakatchan — sangvinik; kuchli muvozanatlangan, inert tip — flegmatik, kuchsiz tip — melanxolik.
Jismoniy mehnattananing skelet muskullari, paylari, bo ‘g‘imlari, orqa va bosh miyaning nerv hujayralari to ‘plamidan tashkil topgan harakat markazlari ishtirokida bajariladi. M a’lum bir jismoniy mehnat bajarilgan vaqtda shu ishni bajarishga taalluqli muskul gumhlari qisqarib-bo‘shashadi, ulaming ishini boshqamvchi nerv markazlari qo‘zg‘aladi. Murakkab harakatlar bilan bog‘liq jismoniy ishlarni bajargan vaqtda bir necha muskul gumhlari ishtirok etadi va ulaming miyadagi nerv markazlari qo‘zg‘aladi. Bu murakkab harakatlar bir necha kun, oy davomida muntazam takrorlanib turilganda, bu harakatlarda ishtirok etuvchi muskullar bosh miya po ‘stlog‘idagi bir necha nerv markazlarining bir vaqtda qo‘zg‘alish, ular o ‘rtasida vaqtincha bog‘lanish yoki harakatlantiruvchi shartli reflekslar hosil b o ‘lishiga olib keladi. Bu esa murakkab harakatlar tez, oson, silliq bajarilishiga imkon beradi.

Adabiyotlar ro‘yxati:




1. Takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturi. T.: 2016.
2.Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari. T.: 2017
Bilimdon” dasturi. T.: 2014
3.Amirova. G.A., Sulaymonov A.P., Djurayeva B .R. Maktabgacha ta’lim muassasalarda applikatsiya mashg‘ulotlari. T., 2014.
4.D.T Sabirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirish. (13.00.01.-Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha yozilgan dissertatsiyaning avtoreferati). T.2007
Yüklə 17,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə