Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


OʻQUV ADABIYOTLARI, DARSLIK VA OʻQUV QO‘LLANMALAR



Yüklə 90,5 Kb.
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü90,5 Kb.
#143825
1   2   3
davlat sillabus

OʻQUV ADABIYOTLARI, DARSLIK VA OʻQUV QO‘LLANMALAR:
Asosiy adabiyotlar:

  1. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Davlat tilida ish yuritish. Amaliy qo‘llanma. –Toshkent, 2021.

  2. Mahmudov N. va bosh. Ish yuritish asoslari. –Toshkent: O‘zME davlat ilmiy nashriyoti, 2006.

  3. Mahmudov N., Rafiyev A., Yo‘ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish. –Toshkent, 2015

Qo‘shimcha adabiyotlar:

  1. Mirziyoyev Sh.Sh. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. –Toshkent: O`zbekiston, 2017.

  2. To‘xliyev N. Ish yuritish. –Toshkent, 2017

  3. Boltayev M. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlosi. –Toshkent, 2003.

  4. Boltayev M. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlosi. –Toshkent, 2006.

  5. Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik. Tuzuvchi: Boltayev M. – Samarqand, SamDU nashri, 2007.

  6. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari. O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Tuzuvchilar – Hojiyev A., Rahmatullayev Sh. –T.: 1996, 6-27-betlar



Axborot manbalari:

  1. www.kutubxona.uz

  2. www.ziyonet.uz

  3. www.natlib.uz

  4. www.pedagog.uz

  5. www.edu.uz



Ta’lim natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:

O‘zbekiston Respublikasidagi davlat tilining umumiy tavsifi; O‘zbekiston Respublikasi hukumatining O‘zbek tili va uning mavqeyini oshirish bo`yicha qabul qilgan qarorlarining ahamiyati; milliy tilning jamiyatdagi o‘rni, rasmiy ish qog‘ozlari, hujjatlari, ularning turlari va xususiyatlarining tavsifi haqida tasavvurga ega bo‘lishi; (bilim)

  • davlat tilida ish yuritish fanining maqsadi hamda vazifalari;

O‘zbekiston Respublikasida davlat tili rivojlanishining umumiy tavsifi; O‘zbekiston Respublikasi hukumatining davlat tilini takomillashtirish, uning mavqeyini oshirish bo‘yicha qabul qilgan hujjatlarining ahamiyati; davlat tilining jamiyatdagi vazifalari va shakllari; davlat tashkilotlarida qo‘llaniladigan ish qog‘ozlari; ularning tavsifi, xususiyatlari; davlat tilida ish yuritish darslarining vazifalari; talabalarning ish hujjatlari bilan ishlash tayyorgarligini aniqlash; barcha turdagi hujjatlar bilan ishlan ishlash qobiliyatini tarbiyalash; rasmiy uslub qonuniyatlari haqida bilishi va ulardan foydalana olishi; (ko‘nikma).

  • davlat tilida ish yuritish fanining maqsadi hamda vazifalari;

O‘zbekiston Respublikasida davlat tili rivojlanishining umumiy tavsifi;
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining davlat tilini takomillashtirish, uning mavqeyini oshirish bo‘yicha qabul qilgan hujjatlarining ahamiyati; davlat tilining jamiyatdagi vazifalari va shakllari; davlat tashkilotlarida qo‘llaniladigan ish qog‘ozlari; ularning tavsifi, xususiyatlari; davlat tilida ish yuritish darslarining vazifalari; talabalarning ish hujjatlari bilan ishlash tayyorgarligini aniqlash; barcha turdagi hujjatlar bilan ishlan ishlash qobiliyatini tarbiyalash; rasmiy uslub qonuniyatlari haqida malakalarga ega bo‘lishi kerak.
VIII. Talabalar bilimini baholash mezoni:
1. Kunduzgi va kechki ta’lim shakli uchun baholash mezoni
1) birinchi oraliq nazorat – 35 ball, o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
− amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarida faol ishtiroki;
− kollokvium – savollar orqali tegishli mavzular bo‘yicha og‘zaki savol-javob. Savollar tahliliy xarakterda bo‘ladi, birlamchi va boshqa turdagi manbalardan foydalanish mumkin;
– yozma topshiriqlar – kazus yechish, jadval, sxema, glossariy tuzish, hujjat loyihasini tayyorlash.
2) ikkinchi oraliq nazorat – 35 ball o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
− fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan auditoriya mashg‘ulotlaridagi fan mavzularidan tuzilgan savollar;
− fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan mustaqil ta’lim mashg‘ulotlaridagi mavzulardan tuzilgan savollar;
– yozma topshiriqlar.
3) yakuniy nazorat (yozma javob berish) – 30 ball. Modul davomida olingan bilim va ko‘nikmalar darajasini baholash uchun yakuniy nazorat 80 daqiqa davom etadigan yozma imtihon shaklida bo‘lib o‘tadi. Biletlar asosida nazariy savollar va bajarish uchun amaliy topshiriqlar beriladi. Yakuniy nazorat savollari auditoriya va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlaridan olinadi. Savollar tahliliy yondashuvni, chuqur bilim va nazariy tushunishni, hujjatlarning asosiy qoidalari va huquqiy amaliyotda muayyan vaziyatga baho berish ko‘nikmalarini talab etadi.




Yüklə 90,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə