Oliy talim,fan va innovatsiyalar vazirligi andijon davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti


Bitiruv malakaviy ishining obyekti va predmeti



Yüklə 78,62 Kb.
səhifə2/13
tarix26.10.2023
ölçüsü78,62 Kb.
#132033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Azizbek (2)

Bitiruv malakaviy ishining obyekti va predmeti. Ushbu bitiruv malakaviy ishining obyektini e’tibor qaratilayotgan, bola huqlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ijtimoiy, moliyaviy-huquqiy munosabatlarining ahamiyati, huquqiy munosabatlardagi jarayonlar tashkil etsa, uning predmetini oilaviy kabi munosabatlar, er-xotin va farzandlarning huquqiy munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy asoslari tashkil etadi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. O’zbekiston Respublikasida bola huquqlariga oid qonunchilik me’yorlarini yanada takomillashtirish va bolalarning kamsitilishi, qarovsiz qolishini oldini olishga qaratilgan huquqiy isloxotlarni ahamiyatini ilmiy o’rganish va tegishli xulosalar chiqarishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari. O’zbekiston Respublikasida bolalarning ijtimoiy va siyosiy huquqlaridan foydalanishi, ularni erkin o’sib-ulg’ayishini o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish, bolani oildagi o’rni, oilaning yoki bolani o’sib – ulg’ayishi uchun mas’ul bo’lgash shaxslarning bolalar turmushidagi o’rni va ahamiyatini ochib berish va ushbu masalalar yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi shundan iboratki, O’zbekistonda bola huquqi tushunchasi va oilaviy va ota-onalar va farzandlar (oilaviy) munosabatlar muhofazasining huquqiy ta’minlanishi alohida tadqiqot obekti sifatida o’rganiladi; O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan huquqiy isloxotlar va uning oilaviy munosbatlarning huquqiy muhofazasiga qaratilganligi ilmiy asoslantiriladi; O’zbekiston Oila huquqida bolani huquqlari, ijtimoiy ta’minoti va uni huquqiy asoslari, otalik va onalik huquqidan maxrum qilishning huquqiy o’ziga xosliklari hamda, oilaviy o’zaro munosabatlarni huquqiy muhofaza qilishda halqaro shartnomalarning o’rni va uning O’zbekiston milliy qonunchiligiga ta’siri kabi masalalar huquqiy taxlil qilinib xulosalar beriladi.
Bitiruv malakaviy ishning asosiy masalalari va farazlari. Ushbu tadqiqot ishida bola huquqlariga oid me’yoriy hujjatlarning shaklanishi va rivojlanishi kabi tarixiy tendentsiyalari, go’daklar, bolalar, o’spirin yoshlarni huquqlari, erkinliklarini mustaxkamlash va uni huquqiy tartibga solishda amaliy va nazariy xizmatlar ko`rsatishda bitimlar va ularning ahamiyati masalalariga alohida e`tibor berilgan. Shuningdek, MDH, BMT a`zo davlatlar, va Markaziy Osiyo davlatlarida oila institutlarini tartibga soluvchi tashkiliy-huquqiy asoslari va O`zbekiston Respublikasida muqobil tizimning huquqiy bazasini yaratishdagi muammolar masalalariga e`tibor qaratilgan.

Yüklə 78,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə