Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi Jizzax davlat pedagokika universiteti



Yüklə 134,91 Kb.
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü134,91 Kb.
#157936
  1   2   3
Ozbek tarix


Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi
Jizzax davlat pedagokika universiteti

‘’Tarix o’qitish metodikasi yonalishi’’


O’zbekiston tarixi fanidan
KURS ISHI
MAVZU: Qo‘qon xonligida yuz bergan demografik jarayonlarning
manbalarda aks etishi (XVIII-XIX asrlar)
Bajardi: tarix o’qitish metodikasi yo’nalishi
5 kurs talabasi Abduganiyev Jasur

Ilmiy rahbar: Eshonqulov U


Jizzax 2023


KIRISh ………………………………………………………..3
Ibob. O‘rta Osiyo xalqlari etnik tarixi
1.1. VI-XIX asr birinchi yarmi O‘rta Osiyo xalqlari etnik tarixi aks etgan
manbalar va ularning umumiy tavsifi....................................................5
1.2. Qo‘qon xonligi aholisi etnik tarkibiga doir ma'lumotlarning
manbalarda aks etishi................................................................................9
IIbob.Qo’qon xonligi demografiyasi
2.1. Qo‘qon xonligida yuz bergan demografik o‘zgarishlar va unga ta'sir
ko‘rsatgan omillarning manbalardagi talqini....................................16
XULOSA.........................................................................................................29
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYoTLAR RO‘YXATI................32

KIRISh
Mavzuning dolzarbligi.O‘zbekiston Respublikasi milliy mustaqilligi qo‘lga kiritilgan kundan boshlab uning hududida yashagan xalqlarning etnik tarixi, kelib chiqishi, shakllanish jarayonlari, milliy qadriyatlarga aylangan asriy an'analarini o‘rganishga alohida e'tibor berila boshlandi. Zero, jadidchilik harakatining yirik namoyondalaridan biri Maxmudxo‘ja Behbudiy ta'kidlaganidek, "nasl-nasabi va yetti otasining ismini bilmaydiganlarni qul manqurt derlar". Ma'lumki, O‘zbekiston hududida qadimda saklar, massagetlar, sug‘diylar, boxtarlar, xorazmliklar, farg‘onaliklar va chochliklar yashab kelishgan. Shu bilan birga O‘rta Osiyo mintakasi turli millat va elatlar hamda ko‘chmanchi va o‘trok aholi doimiy ravishda o‘zaro aloqada bo‘lib kelgan joy hisoblanadi. Shu bois O‘zbek xalqi etnogenezining shakllanishida bu yerda istiqomat qilgan elat, urug‘, qabilalar va ularning o‘zaro ta'siri muhim rol o‘ynagan. Etnogenez esa, uzoq davom etgan tarixiy jarayon bo‘lib, XVI - XIX asrlarda ham davom etgan. Demak, ko‘rilayotgan davr etnik tarix 1


masalalarini tadqiq qilish o‘zbek xalqi etnogenezi tarixining muhim muammolaridan birini hal etishda alohida ahamiyat kasb etadi. Qo‘yilgan masalani so‘nggi o‘rta asrlarda yaratilgan turkiy va fors tilidagi manbalar, arxiv hujjatlari, "Safarnoma" xarakteridagi asarlar asosida tadqiq kilish ishning dolzarbligini yana bir bor oshiradi. Albatta, amalga oshirilgan tadkikot bugungi kunga qadar erishilgan ilmiy natijalar, aynan etnik tarix va etnogenez jarayonlariga bag‘ishlangan mavjud adabistlarni o‘rganish, ularda ilgari surilgan nazariy-g‘oyaviy xulosalarni qiyosiy taqlil qilish asosida tayyorlandi. Xususan, V.V. Bartolьd, N.A. Aristov, A.Yu. Yakubovskiy, P.P. Ivanov, B. Axmedov, K. Shoniyozov, A. Asqarov kabi yirik olimlarning ishlari bu borada tayanch vazifasini o‘tadi. Masalaning o‘rganilish tarixi hamda bugungi kungacha amalga oshirilgan ishlar ko‘lami akademik K. Shoniyozov tomonidan atroflicha ochib berilgan
1.1bob . Olim S.P. Tolstov, A.D.Udalьtsov, K.V.Trever, I.I.Umnyakov, A.N.Bernshtam, L.A.Matsulevich, M.M.Gerasimov, N.A.Kislyakov, V.V.Ginzburg, A.Yu.Yakubovskiy kabi tadkiqotchilarning ishlarini tahlil qilib, o‘zbek xalqi etnogenezi masalasiga doir turli qarash va yondashuvlarga izoh bergan. Jumladan, XX asr 40-yillarigacha xorijiy va sobiq SSSRda tarixchi olimlar o‘rtasida o‘zbek xalqi etnik tarixi XV - XVI asrdan, ya'ni Movarounnahr hududiga Dashti Qipchoq o‘zbeklarining kirib kelishidan boshlangan, degan noilmiy fikrlarning asossiz ekanligini ochib berishga qaratilgan ishlar yuzasidan aniq xulosalar bergan. K.Shoniyozov tahlillarida ikkinchi jahon urushi arafasida G‘arbiy yevropalik ayrim olimlar, xususan Germaniyada fashistik oqim namoyondalarining
shovinistik nazariyalariga karshi olib borilgan ishlar, ularning ilmiy ahamiyati ham batafsil yoritilgan. Olimning mavjud nazariy-ilmiy qarashlar yuzasidan bergan yakuniy xulosalari ham katta ahamiyatga ega. Xususan, urug‘-qabilachilik an'analarini saqlab, asosan chorvachilik bilan shug‘ullanib, ko‘chmanchilik bilan kun o‘tkazib kelgan Dashti Qipchoq o‘zbeklari Movarounnahr va Xorazmga kelib o‘rnashgach, mahalliy aholi bilan yaqinlashib, qorishib borishlari natijasida umumiy iqtisodiy va madaniy birlik hosil bo‘lganligi hamda buning asosida keyinchalik o‘zbek millati tashkil topganligi ta'kidlangan.K.Shoniyozov tomonidan olib borilgan ushbu tadqiqotlar o‘zbek xalqi etnogenez masalasi yuzasidan fanda mavjud bo‘lgan natijalarni bir tizimga solishga, yangicha yondashuv va nazariy-g‘oyaviy qarashlarni ilgari surishga yordam beradi. Asarda o‘zbsk xalqining etnogenez jarayoni, ayniqsa uning dastlabki boskichlari batafsil tahlil qilingan. Ko‘rilayotgan masalaning Shoniyozov K. O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni. Toshkent, 2001. Shoniyozov K. O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni kadimdan to XV asrgacha bo‘lgan davri turli arxeologik, numizmatik materiallarni turkiy, arab va fors tilidagi manbalar bilan kiyoslab o‘rganilishi ishning ilmiy ahamiyatini yanada oshirgan. Asarning o‘zbek xalqi shakllanish jarayonini aks etgiruvchi muhim tadqiqot sifatidagi ahamiyatini e'tirof etgan holda, qayd etish lozimki, unda so‘nggi o‘rta asrlarda O‘zbekiston hududida kechgan etnik jarayonlarga yetarlicha o‘rin ajratilmagan. Xususan, muallif "XVI-XVIII asrlarda Movarounnahr vaunga tutash mintaqalardagi etno-siyosiy ahvol" deb nomlangan qismda asosiy e'tiborni mintaqada kechgan siyosiy ahvolni yoritishga qaratgan. Shu bilan birga, olim XVI asrda ko‘chmanchi urug‘larning Dashti Qipchokdan Movarounnahr va unga tutash hududlarga kirib kelishi, aholining etnik tarkibi, mashg‘ulot turlari hakidagi umumiy ma'lumotlarni berib o‘tish bilan cheklangan. Shuningdek, tadkiqotda masalani yoritishda ushbu davrga oid ayrim manbalargina muomalaga tortilgan. Ba'zi holatlarda esa manbalardagi ma'lumotlarni keltirishda ba'zi juz'iy kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, XVI asrning 30-yillarida Buxoro
hukmdorlarining yurishlari natijasida Xiva xonligi aholisining bir kismini turli hududlarga olib ketilish jarayoni yoritilgan sahifalarda ayrim chalkashliklar, iqtiboslardagi noaniqliklar ko‘zga tashlanadi. O‘z o‘rnida akademik B. Ahmedov ham O‘zbek xalqining kelib chiqishi va xalq bo‘lib shakllanishi masalasini tadqiq etishda qo‘lyozma manbalarning muhim o‘rin tutishini alohida ta'kidlab o‘tgan2
I bob.
1.1. VI-XIX asr birinchi yarmi O‘rta Osiyo xalqlari etnik tarixi aks etgan
manbalar va ularning umumiy tavsifi Olim ushbu muammoni yechishda arxeologik topilmalar, xitoy, arab, fors va turkiy tildagi yozma manbalar va qadimiy afsona, rivoyat, qissalarni o‘rganish hamda tahlil qilish zarurligiga e'tibor qaratgan. Jumladan, "Avesto", qadimgi yunon manbalari, Firdavsiyning "Shohnoma", Mahmud Qoshg‘ariyning "Devoni lug‘atit-turk", Rashiduddinning «Jome' ut-tavorix», Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», shuningdek, "Tavorixi guzidai Nusratnoma", Axmedov B. O‘zbeklarning etnik tarixini o‘rganishda qo‘lyozma manbalarni o‘rni. Mahmud ibn Valining "Bahr ul-asror fi manoqib al-ahyor" kabi asarlarini ko‘rsatib o‘tgan. Etnik tarix masalasiga oid ilmiy natijalarni Oliy o‘quv yurtlari talabalariga yetkazishda, akademik A. Asqarov tomonidan nashr etilgan o‘quv qo‘llanma katta amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi. Olim etnogenez masalasi yuzasidan nazariy xulosalar berarkan, XVI - XIX asrdarda Movarounnahrga Dashti Qipchoq o‘zbek uruglarining kirib kelishi va bu bilan bog‘liq etnomadaniy jarayonlarga ham to‘xtab o‘tgan. Mavjud ilmiy adabiyotlar tahdili shuni ko‘rsatadiki, O‘rta Osiyo xalklarining so‘nggi o‘rta asrlardagi etnik tarixini chuqurroq tadqiq etish, ko‘plab birlamchi manbalardagi ma'lumotlarni ilmiy muomalaga jalb etish bugungi kunda ham dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu jihatdan, takdim etilayotgan monografiyada XVI - XIX asr birinchi yarmida O‘rta Osiyo xonliklari aholisining etnik tarkibi, mintakada yuz bergan demografik jarayonlar, ularning asosiy omillarini ochib berishga harakat kilindi. Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarining hududiy chegarasi, aholisi tarkibidagi urug‘larning joylashgan o‘rni, ularning mamlakat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ishtiroki kabi masalalar turli o‘rta asr manbalari asosida yoritildi. Shuningdek, ushbu davrda mintakada yuz bergan etnodemografik jarayonlarga bevosita ta'sir ko‘rsatgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy va tabiiy omillar aniqlanib, ularning tub mohiyati tahlil qilindi. XVI asrda ko‘chmanchi o‘zbek qabilalarining Dashti Qipchoqdan kirib kelishi bilan bog‘liq jarayonlar ko‘rib chiqildi. Etnoslarning chomlarigina sanab o‘tilgan ayrim ishlardan farqli o‘laroq xonlik aholisining etnik tarkibi, bu etnoslarning joylashgan
o‘rni, unga sabab bo‘lgan omillar hamda migratsion jarayonlar natijasida aholi demografiyasining o‘zgarib borishi va ayrim etnointegratsion jarayonlar o‘rta asr manbalari asosida ochib berildi. Shuningdek, hukmdorlar tomonidan olib borilgan siyosat natijasida yuzaga kelgan etnik jarayonlar, ularning oqibatlariga doir ma'lumotlar aniqlanib tahlil etildi. Albatta, manbalarning o‘ziga xos jihatidan kelib chikib, kayd etish
lozimki, O‘rta Osiyodagi etnik tarix va demografik jarayonlarni o‘rganish masalasiga doir alohida manbalar mavjud emas. Turli siyosiy voqealar bayoni sirasida urug‘, qabila, elat va etnik guruxlar to‘g‘risidagi sochilib yotgan ma'lumotlarni aniqlab, tarixiy tahlilga tortish, mintaqada yuz bergan demografik jarayonlar borasida to‘g‘ri xulosalar chiqarish tadqiqotchidan katta e'tibor va malakani talab qiladi. Shu jihatdan, so‘nggi o‘rta asrlar tarixiga doir manbalar asosida etnik masalani tadqiq qilishga qaratilgan mazkur ish tadqiqotchilarning bu boradagi dastlabki urinishi bo‘lib, masalaga doir ma'lumotlar xronologik va mantiqiy izchillikda talqin etishga harakat qilindi. Yurtboshimiz tarixchi olimlar bilan bo’lgan uchraShuvda tarix fanining yangi yo’nalishlarini belgilab, milliy tariximizga yangicha yondashib, uni asl manbalar
asosida yoritib, chuqur tahlil qilishni ta’kidladilar. Xar bir tarixchi olim
prezidentimiz ko’targan masalalarni baholi qudrat yoritib, xalqimiz tarixini
o’rganish ishiga munosib xissa qo’shishi lozim. O’zbekistan Respublikasi milliy
mustaqilligi qo’lga kirtilgan kundan boshlab uning hududida yashagan xalqlarning
etnik tarixi, kelib chiqishi, shakllanish jarayonlari, milliy qadriyatlarga aylangan
asriy an’analarini o’rganishga alohida e’tibor berila boshlandi.3 Zero, jadidchilik
xarakatining yirik namoyondalaridan biri Mahmudxo’ja Behbudiy ta’kidlaganidek, “nasl-nasabi va yetti otasining ismini bilmaydiganlarni qul manqurt derlar”4.
Ma’lumki, O’zbekistan hududida qadimda saklar, massagetlar, sug’diylar,
xorazmliklar, farg’onaliklar va chochliklar yashab kelishgan. Shu bilan birga O’rta Osiyo mintaqasi turli millat va elatlar hamda ko’chmanchi va o’troq aholi doimiy ravishda o’zaro aloqada bo’lib kelgan joy hisoblanadi. Shu bois o’zbek xalqi
etnogenezining shakllanishida bu yerda istiqomat qilgan elat, urug’’, qabilalar va
ularning o’zaro ta’siri muhim rol o’ynagan.Etnogenez esa, o’zoq davom etgan tarixiy jarayon bo’lib, XVI - XIX asrlarda ham davom etgan. Demak, qurilayotgan davr etnik tarx masalalarini tadqiq qilish ahamiyat kasb etadi. Qo’yilgan masalani so’nggi o’rta asrlarda yaratilgan turkiy va m fors tilidagi manbalar, arxiv xujjatlari, “Safarnoma” harakteridagiasarlarasosida tadqiq qilish ishning dolzarbligini yana bir bor oshiradi. Albatta, amalga oshirilgan tadqiqot bugungi kunga qadar erishilgan ilmiy natijalar, aynan etniktarixva etnogenez jarayonlariga bag’ishlangan mavjud adabiyotlarni o’rganish, ularda ilgari surilgan nazariy-g’oyaviy xulosalarni qiyosiy tahlil qilish asosida tayyorlandi.
Ushbu kurs ishida XVI — XIX asr birinchi yarmida O’rta Osiyo xonliklari
aholisining etnik tarkibi, mintaqada yuz bergan demografik jarayonlar, ularning
asosiy omillarini ochib berishga harakat qilindi.
Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarining hududiy chegarasi, aholisi tarkibidagi urug’’larning joylashgan o’rni, ularning mamlakat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy
hayotidagi ishtiroki kabi masalalar turli o’rta asr manbalari asosida yoritildi.
Shuningdek, ushbu davrda mintaqada yuz bergan etnodemografik jarayonlarga
bevosita ta’sir ko’rsatgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy va tabiiy omillar aniqlanib,
ularning tub mohiyati tahlil qilindi. XVI asrda ko’chmanchi o’zbek qabilalarining Dashti Qipchoqdan kirib kelishi bilan bog’liq jarayonlar ko’rib chiqildi.
Etnoslarning nomlarigina sanab o’tilgan ayrim ishlardan farqli o’laroq xonlik
aholisining etnik tarkibi, bu etnoslarning joylashgan o’rni, unga sabab bo’lgan
omillar hamda migratsion jarayonlar natijasida aholi demografiyasining o’zgarib
borishi va ayrim etnointegratsion jarayonlar o’rta asr manbalari asosida ochib
berildi. Shuningdek, hukmdorlar tomonidan olib borilgan siyosat natijasida yuzaga kelgan etnik jarayonlar, ularning oqibatlariga doir ma’lumotlar aniqlanib tahlil etildi. kabi yirik olimlarning ishlari bu borada  tayanch vazifasini o’tadi. Masalaning o’rganilish tarixi hamda bugungi kungacha 
amalga oshirilgan ishlar ko’lami akademik K. Shoniyozov tomonidan atroflicha
ochib berilgan. K. Shoniyozov tahlillarida ikkinchi jahon urushi arafasida G’arbiy yevropalik ayrim olimlar, xususan Germaniyada fashistik oqim namoyondalarining shovinistik nazariyalariga qarshi olib borilgan ishlar, ularning ilmiy ahamiyati ham batafsil yoritilgan. Olimning mavjud nazariy-ilmiy qarashlar yuzasidan bergan
yakuniy xulosalari ham katta ahamiyatga ega. Xususan, urug’’-qabilachilik
an’analarini saqlab, asosan chorvachilik bilan shug’ullanib, ko’chmanchilik bilan
kun o’tkazib kelgan Dashti Qipchoq o’zbeklari Movarounnahr va Xorazmga kelib o’rnashgach, mahalliy aholi bilan yaqinlashib, qorishib borishlari natijasida umumiy iqtisodiy va madaniy birlik xosil bo’lganligi hamda buning asosida keyinchalik
o’zbek millati tashkil topganligi ta’kidlangan. Shuningdek, tadqiqotda masalani yoritishda ushbu davrga oid ayrim
manbalargina muomalaga tortilgan. Ba’zi xolatlarda esa manbalardagi
ma’lumotlarni keltirishda ba’zi jo’z’iy kamchiliklarga ham yo’l qo’yilgan. Jumladan, XVI asrning 30- yillarida Buxoro hukmdorlarining yurishlari natijasida Xiva xonligi aholisining bir qismini turli hududlarga olib ketilish jarabni yoritilgan saxifalarda ayrim chalkashliklar, iqtiboslardagi noaniqliklar ko’zga tashlanadi. O’z
o’rnida akademik B. Ahmedov ham o’zbek xalqining kelib chiqishi va xalq bo’lib shakllanishi masalasini tadqiq etishda qo’lyozma manbalarning muhim o’rin
to’tishini alohida ta’kidlab o’tgan
Olim ushbu muammoni yechishda arxeologik
topilmalar, xitoy, arab, fors va turkiy tildagi yozma manbalar va qadimiy afsona,
rivoyat, qissalarni o’rganish hamda tahlil qilish zarurligiga e’tibor qaratgan.
Jumladan, “Avesto”, qadimgi yunon manbalari, Firdavsiyning “Shohnoma”,
Mahmud Koshg’ariyning “Devoni lug’ati-turk”, Rashiduddinning «Jome ut-
tavorix», Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», shuningdek, “Tavorixi go’zidi Nusratnoma”, Mahmud ibn Valining “Baxr ul-asror fi manokib al-axyor” kabi
asarlarini ko’rsatib o’tgan. O’rta Osiyo xonliklarining etnik tarkibini
yoritib berish asosiy maqsadi, vazifasi esa - XVI – XIX asr birinchi yarmi O’rta Osiyo xalqlari etnik tarixi aks etgan O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti haqida ma’lumot beruvchi O’rta asr manbalari shubxasiz tarixiy xotira va ma’naviy qadriyatlarning ajralmas qismi hisoblanadi. Ular voqelikning turli masalalarini aks ettiruvchi tarixiy yodgorlik sifatida aloxida ahamiyatga ega. Shu bilan birga tarixiy manbalarning murakkab xususiyatli tomonlari borki, ularning aksariyat qismi, biror
hukmdorning topshirigiga binoan yozilgan bo’lib, ko’proq siyosiy voqealar
bayonidan iborat bo’ladi. Shu jixatdan aniq masalani yaxlit yorituvchi asarlar
mavjud bo’lmay, siyosiy voqealar bayonida xalqlarning iqtisodiy, madaniy, ayniqsa etnik tarixiga doir kerakli ma’lumotlarni ajratib olib, tahlil qilish tadqiqotchidan
aloxida e’tiborni talab qiladi. Bugungi kunga qadar katta miqdorda yetib kelgan
Markaziy Osiyo tarixiga bag’ishlangan tarixiy asarlar ma’lum darajada tadqiq
etilgan bo’lib, ulardan turli masalalarni o’rganishda foydalanilgan5
1.2. Qo‘qon xonligi aholisi etnik tarkibiga doir ma'lumotlarning manbalarda aks etishi Ko’plab tadqiqotlarning obyekt hamda manbaviy asosi bo’lib xizmat qilgan asarlar O’rta Osiyo xonliklarining siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy, madaniy hayoti hamda davlatlarning xalqaro munosabatlari tarixini yoritashda muhim manba sifatida ilmiy jamoatchilik orasida keng tarqalgan. Shunga qaramay, ushbu manbalardagi
Markaziy Osiyo xalqlarining etnik tarixiga oid ma’lumotlar xozirga qadar ilmiy
muomalaga keng tortilmagan. Manbalarda ko’rilayotgan masala yuzasidan
ma’lumotlarning aks etashiga ko’ra umumiy va o’ziga xos jihatlar mavjud. Asarlarning barchasiga xos bo’lgan xususiyatlarni quyidagilarda ko’rish
mumkin: Tadqiqotga jalb etilgan manbalarning deyarli barchasi maxsus O’rta Osiyo
xonliklari aholisi va uning etnik tarixiga bag’ishlab yozilmagan Asarlarning
aksariyatida xonlik aholisi tarkibini tashkil etgan etnik guruhlar biror siyosiy,
iqtisodiy va madaniy voqea-xodisalar bayonida tilga olingan. Chunonchi, ushbu
asarlarda urug’’, qabila nomlari biror mansab egasi yoki siyosiy jarayonlarda
. ishtirok etgan shaxs nomi bilan keltirib o’tiladi. Mavjud manbalardagi umumiy  xususiyatlardan biriyuqorida keltirilgan asarlarning deyarli barchasida biror etnik  guruhning manzili, ularning turmush tarzi aks etgan ma’lumotlar u yoki bu tarzda 
uchraydi Manbalarning xar birida xonlik hududida kechgan migratsion jarayonlarni 
ko’rsatib beruvchi ma’lumotlar mavjud.Yuqorida ta’kidlanganidek, so’nggi O’rta  asrlarda O’rta Osiyo jumladan, Buxoro xonligi tarixini o’zida aks ettirgan juda 
ko’plab asarlar yaratilgan. Ularning deyarli barchasida Buxoro xonligi aholisining etnik tarkibi, hududda kechgan demografik, etnomadaniy va etnointegratsion
jarayonlarga oid ma’lumotlarni uchratish mumkin. Biroq, ularning barchasini bir tadqiqot doirasida tahlil qilish imkoniyati yo’qligini hisobga olib, faqatgina ayrimlari misolida masalani yoritib berishga harakat qilindi. Aynan bunday turdagi manbalar qatoridaZahiriddinMuhammad Bobo’rning “Boburnoma”, Fazlulloh ibn Ro’zbexonning “Mexmonnomai Buxoro”, Noma’lum muallifning “Tavorixi go’zida-i nusratnoma”, Mirza Muhammad Xaydarning “Tarixi Rashidiy”, Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma”, Badriddin Kashmiriyning “Ravzat ar-rizvon va xaqiqat al-gilmon”, Mulla Sharafiddin A’lam ibn Nuriddin oxunning “Tarixi Sayyid Rokim”, Muhammadiyor ibn Arab Qatag’onning “Musaxxir al-bilod”, Muhammad Yusuf Munshiyning
“Tarixi Muqimxoniy”, Mir Muhammad Amin Buxoriyning “Ubaydullanoma”,
Abdurahmon Tole’ning “Tarixi Abulfayzxon”, Mahmud ibn Valining “Baxr alasror fi manokibi al-axyor”, noma’lum muallif tomonidan yozilgan “Tarixi Koshg’ar”, Mirza Abdul Azim Somiyning “Tarixi salotini Mang’itiya”, Xoja Samandar
Termiziyning “Dastur ul- mulk”, Ahmad Donishning “Tarixi saltanati Mang’itiya” kabi turkiy va fors tillarida yozilgan asarlarni alohida ko’rsatib o’tish lozimYuqoridagi asarlarning mazmuni, yozilish tarixi, usuli, tahlili hamda ularning .o’sha davr tarixini o’rganishdagi ahamiyati A.A. Semenov, B. Ahmedov, D.Y. Yusupova va R.P. Jalilovalar, M.X. Abuseitova va Y.G Baranovalar tomonidan chop etilgan kataloglar hamda manbashunoslikkabag’ishlanganasarlardayoki tarjima qilingan asarlarning kirish qismlarida batafsil bayon qilingan. Shu sababli mazkur qismda asosiy e’tibor ushbu asarlarning xonlik aholisi etnik tarixi va mintaqada kechgan demografik jarayonlarni yoritishdagi rolini ko’rsatib berishga qaratildi. Buxoro xonligi aholisi etnik tarkibi va xonlikda kechgandemografik jarayonlarni tadqiq etish maqsadida jalb etilgan asarlarning ayrimlari yuqorida qayd etilgan umumiy xususiyatlar bilan birga ba’zi o’ziga xos jihatlarga ham ega. Aynan shunday o’ziga xos jihatlar Zahiriddin Muhammad Bobo’rning “Boburnoma” asarida mavjud bo’lib, unda shahar va qishloqlarda istiqomat qilgan mahalliy aholining nomi, ularning etnografiyasi hamda etnolingvistikasiga oid ma’lumotlar bayon qilingan.Jumladan, asar muallifining Andijon, Marg’ilon, Samarqad, Isfara shaharlariaholisi to’g’risida bildirgan fikrlari bunga misol bo’ladi.Shayboniyxonning harbiy yurishiga bag’ishlangan Fazlulloh ibn Ro’zbexonning “Mehmonnomai Buxoro” asari, ko’proq XVI asr boshlarida mintaqada kechgan demografik o’zgarishlar
hamda turli urug’’ va qabilalar o’rtasidagi munosabatlar, ularning kundalik
mashg’ulotlariga oid ma’lumotlarning uchrashi bilan ahamiyatlidir. Asardagi etnik
masalaga doir ma’lumotlarning yana bir jihati shundan iboratki, ular ko’proq o’zbk
urug’’lari, qozoq kabi aholi hamda xonlik hududida kechgan migratsion jarayonlar to’g’risida ma’lumot olish imkonini beradi. Hofiz Tanish Buxoriy tomonidan
shayboniy Abdullaxon II (1583-1598)ga bag’ishlab yozilgan «Abdullanoma»
asarida ham xonlik aholisi etnik tarixi maxsus faslda bayon etilmagan bo’lsada,
boshqa manbalardan farqli ravishda muallif o’z asarida ayrim turkiy va mug’ul
urug’’lari to’g’risida alohida saxifada to’xtalib o’tgan. Unda muallif aholiga nisbatan “qavm” iborasini ishlatib, ayrim xolatlarda ularning etimologiyasini tahlil qilsa, ba’zida ularning siyosiy mavqei hamda geneologiyasiga izoxlar bergan.
Xususan, Hofiz Tanish Buxoriy biror bir urug’’ yoki qabila nomining etimologiyasini tahlil qilar ekan, uning nomini kelib chiqishini geografik joy nomi bilan bog’liq ekanligini ta’kidlaydi. Masalan muallifning ogojiri qavmi to’g’risidagi fikrlari bunga misol bo’ladi. Asarda yozilishicha, o’rmon
chetlarini o’zlariga yurt va qarorgoh qilib olgan bir toifani O’g’o’zxon “og’och yeri”, ya’ni, “o’rmon kishisi” deb atagan. Hofiz Tanishning ta’kidlashicha,
ogojirlarning barchasi shu toifadan bo’lgan. Shuningdek, asar muallifi ba’zi qavmlar
nomlarini yuz bergan biror vodqea va hodisa oqibatida vujudga kelganligini qayd
etgan. Jumladan, Hofiz Tanishning ko’rlik, xalaj qavmlarining nomini kelib
chiqishi to’g’risida yuritgan fikridan ana shunday ma’noni anglash mumkin.
Qolaversa, asarda ayrim etnik guruhlarniig nomi ularning kundalik mashg’ulotlari bilan bog’liqligini tasdiqlovchi ma’lumotlar ham mavjud bo’lib, uni muallifning
kelib chiqishi to’g’risida keltirgan ma’lumotidan anglash mumkin. Etnik masalaga oid ma’lumotlarni aks ettirishda o’ziga xos jihatlarga ega bo’lgan manbalardan yana biri XVII asrda yozilgan Mahmud ibn Valining “Baxr alasror fi manokib alaxyor” asaridir. Uning boshqa manbalardan farqli jixati shundaki, siklopedik xarakterga ega, 7 jilddan iborat ushbu asarning “Geografiya” qismida muallif xonlik hududida yashagan ayrim urug’ hamda kabialalar va ularning siyosiy mavqei to’g’risida
to’xtalgan. Mahmud ibn Vali o’z asarining oltinchi jildini xulosa qismini
Hindistonga qilgan sayohati, turk-mug’ul qabilalari hamda turli bayram
tadbirlarining bayoniga bag’ishlagan Shu sababli asarning tarix va aynan etnik
tarixga oid qismlarini o’zbek tiliga tarjima qilish bugungi kun tadqiqotchilari oldida
turgan muhim vazifalardan biridir. Bu esa nafaqat O’zbekistan balki, butun
Markaziy Osiyoning O’rta asrlardagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamda etnik
tarixini muhim ma’lumotlar bilan boyitish imkoniyatini beradi.6 Ashtarxoniy
hukmdor Imomkulixon (1611-1642)ga atab yozilgan Muhammad Yusuf Munshiyning “Tarixi Muqimxoniy” asari ham ko’rilayotgan masala bo’yicha ayrim o’ziga xos xususiyatlarni jamlaganligi bilan ajralib turadi. Unda Movarounnahr va Turkiston hududlariga Dashti Qipchoqdan kirib kelgan ko’chmanchi o’zbeklarning joylashuvi, turli etnik guruhlar o’rtasidagi nikoh munosabatlari borasida qiziqarli ma’lumotlar o’rin olgan. Jumladan, asarda shayboniy Dinmuhammadxonning (Shayboniy sultonlardan, XVIasro’rtalarida Balx hokimi bo’lgan Pirmuhammadxoning o’g’li) Mashhad sayidlari dan biri, imom Rizo maqbarasining imomi Mirzo Abu Tolibning qizini o’z nikohiga olganligi to’g’risida so’z yuritilgan. Bu ma’lumot bir tomondan Buxoro xonligi aholisining boshqa hudud xalqi vakillari bilan amalga oshirgan o’zaro sulolaviy nikoh munosabatlari to’g’risida guvohlik bersa, ikkinchi tomondan, asli kelib chiqishi
ko’chmanchi o’zbeklardan bo’lgan Shayboniy sulolasi vakillarining o’troq aholi
bilan assimilyatsiyalashuvi jarayonini ko’rsatadi.Dashti Qipchoqdan kelgan kyamanchi aholining xonlik mahalliy aholisi bilan ana shu tarzda assimilyatsiyalashuvi borasida yana ko’plab misollar keltirish mumkin. Bunta, noma’lum muallif tomonidan yozilgan “Tavorix-i guzida-i nusratnoma” asarida keltirilgan Shayboniyxon o’g’li Temur sultonningTermiz sayidlaridan birining Xonzoda ismli qizini o’z nikohiga olganligi haqidagi ma’lumot ham isbot bo’la oladi.Bu nikoh munosabatlarining aksariyati hukmdorlar tomonidan xonlikda katta ta’sir kuchiga eta bo’lgan diniy ulamolarning qo’llab-quvvatlashiga erishish va shu orqali siyosiy mavqeini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilgan. Yoki ayrim diniy ulamolar o’zining jamiyatdagi ijtimoiy mavqei hamda iqtisodiy manfaatlarini ximoya qilish uchun ham shu yo’lni tutgan. 1938 yili Rossiya FA Sharqshunoslik instituti jamoasi tomonidan qadim
zamonlardan boshlab, XIX asr 80yillarigacha bo’lgan turkman xalqi tarixi bo’yicha
ikki jildlik material nashr etalgan edi. Uning ikkinchi jildida ko’plab fors va turkiy tildagi manbalar qatorida «Firdavs ul-iqbol», «Riyoz ud-davla», amaliy loyihasi doirasida olib borilgan tadqiqotning vaqt hamda boshqa ayrim tashkiliy jixatlardan cheklanganligi tufayli unda O’rta Osiyo tarixiga doir barcha manbalarni qamrab
olish imkoni bo’lmadi. Shu jixdtdan, ayrim qo’shimcha manbalar, jumladan
Ollomurod Annaboy o’g’li qalamiga mansub “O’g’uz, Olanquva, Shayboniynoma” asarini o’rganish, undagi etnik tarixga doir ma’lumotlarni tahlil qilish keyingi
tadqiqotlar doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.7 Asarning ahamiyatli tomoni
shundaki, uch qismdan iborat asarning ikkinchi qismi Qo’ng’irotlar, ularning
avlodlari va uchinchi qismi esa turklarning geniologiyasiga bag’ishlangan.Xulosao’rnida shuni qayd etish lozimki, ushbu tadqiqotda O’rta asr
manbalarida keltirgan ma’lumotlarning asosli yoki asossiz ekanligi ba’zi xollarda tegishli materiallarning yetarli emasligi tufayli tahlil qilinmadi. Zero, ayrim 
ma’lumotlar ushbu soha mutaxassislari o’rtasida bugungi kungacha turli baxslarga  sabab bo’lmoqda. Shu jixatdan qisqa muddatda amalga oshirilgan loyixa doirasida tayyorlangan ushbu kurs ishida O’rta asr manbalarida Buxoro, Xiva va Qo’qon
xonliklari etnik tarixi, unda kechgan demografii jarayonlar to’g’risida keltirilgan
ma’lumotlar hamda ularning qanday shaklda hamda tartibda berilganligi bir qator O’rta asr manbalari misolida ko’rsatib berildi. XV asr oxiri - XIX asr birinchi yarmida O’rta Osiyodakechgan etnodemografik o’zgarishlar, xususan, Dashti Qipchoqdan ko’p sonli ko’chmanchi aholining Movarounnahr, Xorazm hududlariga kirib kelishi hamda ularning o’troq turmush tarziga o’tish jarayoni mintaqadagi siyosiy vaziyatga ham o’z ta’sirini
ko’rsatdi. Yagona siyosiy hududiy birlik o’rnida bu yerda Buxoro va Xiva xonligi, keyinchalik Qo’qon xonligi tashkil topishiga sabab bo’lgan omillardan biri bo’ldi. Ushbu davlatlar orasida o’zining hududiy va siyosiy mavqeiga ko’ra Buxoro xonligi mintaqada o’ziga xos o’rinni egallagan edi Shayboniylar sulolasi davrida (1501- 1601) yuzaga kelgan ushbu davlat hududiga dastlab Movarounnahr, keyinchalik,
Turkiston, Xuroson va ayrim xollarda Xorazm ham kirgan. Xonlikning hududiy
chegarasi xaqidagi ushbu fikr ko’plab tadqiqotchilar, jumladan, V.V. Bartold va
R.G. Muqminova kabi olimlarning ishlarida ham o’z aksini topgan. Hofiz Tanishning «Abdullanoma» asarida ham «Koshg’ar viloyati chegarasidan to Xorazmgacha va Dashti Qipchoq chegarasidan to Qandahor etagigacha bo’lgan yerlar, butun Movarounnahr, Xuroson,TurkistonvaXorazm uning tobeligiga o’tdi», deb ma’lumot beriladi. Buxoro xonligi hududi to’g’risidagi ushbu ma’lumot XVI asr ikkinchi yarmi, Shayboniy AbdullaxonIIhukmronligi davriga tegishli bo’lib, yuqoridagi viloyatlar muntazam xonlik tarkibida bo’lmagan. Chunki XVI-XIX asrlar davomida Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasidagi o’zaro urushlar hamda Eron va Hindistonning mintaqada o’z manfaatlarini o’rnatishga bo’lgan xarakatlari Buxoro xonligi hududining o’zgarib turishiga sabab bo’lgan. Bu xolat esa manbalarda xonlikning hududiy chegaralari to’g’risida turli xil
ma’lumotlarni aks etishiga sabab bo’lgan O’z navbatida ta’kidlash kerakki, davlat chegaralariningo’zgaribturishi xonlik aholisining etnik tarkibi va mikdoriga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Ushbu jarayon o’rta asr mahalliy manbalarida ham aks etgan bo’lib, garchi asarlarda Buxoro xonligi hududidagi aholi soni borasida aniq faktlar keltirilmasa-da, avvalgi qismlarda ta’kidlanganidek, aholining etnik tarkibi, turmush tarzi hamda urf-odatlari, tili borasida so’z yuritish imkonini beruvchi ma’lumotlarni uchratish mumkin.
Chunonchi, bu davr manbalarida xonlik hududida mahalliy aholi ularning yashab
kelayotgan joy nomi bilan tilga olinganligi ko’zatiladi. Jumladan, Muhammadiyor ibn Arab Qatag’onning “Musaxxir al-bilod” asarida Temuriylar va Shayboniylar
o’rtasida Movarounnahr uchun bo’lib o ‘tan janglardan birini tasvirlash jarayonida Dashti Qipchoqdan kelgan ko’chmanchi jangchilarga nisbatan mahalliy qo’shin
askarlarining fe’l atvoridagi ustunlikni ko’rsatar ekan, muallif ularni –
« movarounnahrliklar” deb, qayd etgan.Hofiz Tanish ham o’zining “Abdullanoma” asarida mintaqa aholisiga nisbatan  "Movarounnahr xashi” iborasini ishlatgan. Muhammad Yusuf Munshiyning “Tarixi Muqimxoniy”, Mir Muhammad Amin Buxoriyning «Ubaydullanoma» kabi asarlarida esa ko’p xollarda ular shahar nomlari bilan ya’ni, "buxorolik ”, “samarqandliklar ”, "toshkentliklar ” tarzida keltirilgan.
Shuningdek, Zahiriddin Boburning “Boburnoma”, Ahmad Donishning «Tarixi salotini mang’itiya” asarlarida xonlik aholisiga nisbatan “el”, “elat” iboralari ham qo’llanilgan
Bundan tashqari o’rta asr muarrixlari o’z asarlarida Buxoro xonligidagi shahar aholisi
to’g’risida so’z yuritganda ko’p xollarda ularni etnik nom bilan emas balki, ijtimoy
mavqei yoki kundalik mashgulotlari bilan ya’ni, dehqonlar, hunarmandlar,
savdogarlar, ilm ahillari hamda diniy ulamolar deb atagan.Shuningdek, manbalarda yana hunarmand aholi yashash joyidan kelib chiqib, shaharlik hamda qishloliq hunarmandlar toifasiga ajratilgan.Moli yashash joyining geografik xususiyatiga qarab tasniflash xolatini.MuhammadAminBuxoriyning asarida ham kuzatish mumkin. Xususan, muallif Buxoro shahrida yashovchi xalqqa nisbatan shahriy, Miyonqol atrofida yashagan aholiga esa saxroyi atamasini qo’llagan. Shuningdek, mazkur atamani muallif Buxoro xoni,saroyidagi amaldorlarni ta’riflash asnosida ham keltirib o’ttan. “Ubaydullanoma”dagi mazkur ma’lumot bu davrda xonlik saroyida xizmat qilgan turli mansab egalari ham o’troq, ham ko’chmanchi aholi vakillaridan iborat bo’lganligini ko’rsatadi. XVI asrda yaratilgan manbalar orasida Zahiriddin Muhammad Bobo’rning
“Boburnoma” asarida mahalliy aholi haqida ko’plab ma’lumotlar uchraydi. Garchi asardagi voqealar XV asr oxiri - XVI asr boshlariga oid bo’lsa-da, uning davriy
jixatdan yakinligini hisobga olib, mazkur asarni xonlik aholisining etnik tarixi
to’g’risida ma’lumot beruvchi muhim manbalar qatoriga kiritish mumkin.“TarixiMuqimxoniy”da esa asar muallifi Imomqulixonning Balxga qilgan tashrifini tasvirlar ekan, "... shuningdek, barcha ulug’, taniqli va martabali kishilar, olimlar, o’zbek va tojik aholisining turli ijtimoiy qatlamlari vakillaridan harbiylar va
taniqli kishilar chiqdi. Usha kuni bu uchrash hamda hammasi bo’lib tahminan 100 000 kishi ishtirok etdi”, deb Balx shahri aholisining ma’lum miqdori va tarkibi
haqida ma’lumot berish qatorida “o’zbek” va “tojik” atamalarini ishlatgan. Muallif bu yerda ushbu atamlarni kimlarga nisbatan ishlatgani to’g’risida izoh bermagan8.
II bob
2.1. Qo‘qon xonligida yuz bergan demografik o‘zgarishlar va unga ta'sir
ko‘rsatgan omillarning manbalardagi talqini
Manbalarda yana “92 o’zbek urug’’i” iborasi ham ishlatilib bu ma’lumotlar ularning
aksariyati Buxoro xonligi hududida yashaganligini tasdiqlaydi.
Bu,xolatBuxoro xonligi hududida qanday urug’’ va qabilalar yashaganligi to’g’risida ma’lumot olish imkonini beradi quyida manbalardagi ana shu ma’lumotlar asosida xonlik hududida yashagan urug’’ va qabilalar hamda ular bilan bog’liq jarayonlar alifbo tartibida keltiriladi: Aymoq urug’’i, XVI-XVIII asrlarda yaratilgan manbalarda Buxoro
xonligida yashagan bir etnik guruh sifatida tilga olinib, asarlarda yozilishicha, ular asosan Xuroson hududida istiqomat qilgan. Xususan, “Tarixi Muqimxoniy” va
“Baxr alasror fi manokibi alaxyor” asarlaridagi ma’lumotlarga ko’ra, usha davrda aymoqlar asosan Qunduz hamda Balxning Chechaktu, Darayi suf, Karki, Maymana hududlarida yashagan. “Ubaydullanoma” asarida esa xonlikda ma’lum bir mavqeyni egallagan ko’chmanchi aymoq urug’’iga mansub kishilar to’g’risida ma’lumot berilgan.
Xonlik aholisi tarkibida arablar ham bo’lib, asarlarda yozilishicha, ular Buxoro,
Qashqadaryo, Balx va boshqa hududlarda yashagan. “Baxr alasror fi manokib alaxyor” muallifi Balxning Xulm shahri atrofida ko’chmanchi arablar yashaganligini ta’kidlasa, “Tarixi Muqimxoniy” asari muallifi arablar Balx hokimi Mahmudbiy
otaliq qo’shinining asosiy tarkibini tashkil qilganligini qayd etgan.
Buxoro xonligi tarixiga oid manbalarda mamlakatda arg’un urug’i ham
yashaganligi va ular o’ziga xos mavqeyni egallab, yuqori mansablarda faoliyat
ko’rsatganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar ham uchraydi. Masalan, “Boburnoma”da XVI asr birinchi yarmida Qorako’lda hokimlik qilgan Sulton Xusayin arg’un nomi tilga olingan. “Tarixi Muqimxoniy” asarida esa devonbegi lavozimida faoliyat
ko’rsatgan Ali Said devonbegi arg’un nomi zikr etilib, u boshchiligidagi arg’un
qabilasi Balxda Qipchoqlarga qarshi kurashda faol ishtirok etganligi yozilgan. Barloslar nomi ham manbalarda tez-tez tilga olingan urug’’lardan biri
hisoblanadi. Jumladan, “Boburnoma”, “Musaxxir al-bilod”da, nufuzli amirlar
qatorida Shayx Abdullox barlos va boshqalar, temuriy hukmdor Boburmirzo
qo’shini tarkibida faoliyat ko’rsatgan Qaro barlos, temuriy Badiuzzamonning xos
amirlaridan Shohmuhammad barlos, Sulton Boyazid barlos, Amir Haydar Burundoq
barlos, Shayboniyxonning rafiqalaridan biri Sevinch Qutluq Og’oning bobosi,
buxorolik Amir Muhammad Burunduq barloslar nomi zikr etilgan Asosan Zarafshon vodiysi hududida yashagan, uncha katta bo’lmagan
urug’lardan biri burqut (barqut) urug’i hisoblanib, «Tarixi salotini mang’itiya”
muallifi Amir Doniyol davrida parvonachi lavozimini egallagan Yodgor burqut
hukmdorga qarshi bosh ko’tarish bilan birga Muhammad Aminxo’ja va Nurota
hokimlarini ham xonga qarshi qo’yganligi to’g’risida ma’lumot bergan.
Muhammadiyor ibn Arab Qatagan o’z asarida Xo’ja Muhammad sulton va Shox
Budog’ sulton ibn Abulxayrxonlarning onalari barqut elidan bo’lganligi
ta’kidlangan. O’rta Osiyo xonliklari tarixini yorituvchi manbalarda ko’p
uchraydigan urug’lardan biri bu do’rmonlar bo’lib, ular Buxoro xonligida katta
kuchga va mavqega ega bo’lgan. “Abdullanoma” asari muallifi do’rmon urug’i
to’g’risida ma’lumot keltirib, uning etimologik ma’nosini berishga xarakat qilgan Hofiz Tanishning yozishicha, do’rmon toifasi Nirundan tarqalgan bo’lib, ular 4 o’g’il bo’lgan va o’zlari turgan joydan Chingizxonning viloyatiga kirishni istagan. Ular sol bog’lab (yogochlarni birlashtirib bog’lab suvda suzish uchun
moslashtirilgan moslama), unda suzib Chingizxon viloyatiga kirgan va hozirgi
do’rmon qavmi o’shalarning naslidan hisoblanadi. Muallifning ta’kidlashicha,
mo’g’ulchada “do’rmon” - “to’rt” degan ma’noni anglatadi.
Ashtarxoniylardavri tarixiga oid asarlarda esa yobular borasida ham ma’lumotlar berilgan bo’lib, unga qora yobular XVII XVIII asrlarda kechgan etnik jarayonlarda faol ishtirok etgan. Shuningdek, Buxoro xonligi aholisi tarkibida jamshid, jobut kabi urug’lar
bo’lganligi to’g’risida manbalarda kam bo’lsada ma’lumotlar uchraydi.
Ma’lumotlarga qaraganda, ularning ichida jamshid urug’i asosan Balxning
Chechaktu hududida, jobut urug’i bugungi Qashqadaryo hududlarida yashagan. XVII-XIX asrlarda Buxoro xonligida kechgan siyosiy jarayonlarda faol
ishtirok etgan urug’lardan biri kenagaslar hisoblanib, ashtarxoniy Abulfayzxon va Mang’itlar sulolasi vakili Amir Haydar hukmronligi yillarida ularning xonga qarshi ko’zg’olon ko’targanligi mahalliy manbalarda bir necha bor tilga olingan. Asarlarda kenagaslar xonlikning Shahrisabz hududida yashaganligi qayd etiladi.Buxoro xonligi hududida yashagan va undagi siyosiy jarayinlarda faol ishtirok etgan urug’lardan yana biri mang’itlar hisoblanib, ular to’g’risida manbalarda turli ma’lumotlar keltirilgan. Jumladan, Muhammadiyor ibn Arab Qatag’onning “Musaxxir al-bilod” asarida mang’itlar haqida ma’lumotlaryozilibasarmuallifi ularni asosiy yashash joyi sifatida Dashti Qipchoq hududini ko’rsatgan.Jumladan, “Ubaydullanoma” asarida dastlab Shahrisabz hokimi etib tayinlangan keyinchalik parvonachi mansabini egallagan Xudoyor biy mang’it haqida so’z yuritilib, ma’lumotlar uni ashtarxoniylar hukmronligi davrida o’ziga xos mavqega ega
bo’lganligini tasdiqlaydi. XVI-XIX asrlarda yozilgan manbalarda mang’itlar bir
nom bilan atalgan bo’lsa, keyingi davr manbalarida esa mang’itlarning turli nomlai
uchraydi. Jumladan, Mirza Abdulazim Somiyning “Tarixi salotini Mang’itiya”
nomli asarida Oqtepa mudofaasida ishtirok etgan qo’shin boshliqlari orasida
Rahmonqulibiy parvonachi to’q mang’it ismi va qora mangitlar ham tilga olingan. Bu urug’ni guruhlashtirish xolatini XIX asrda o’rtasiga, jumladan, Buxoroga tashrif buyurgan N. Xannikovning asarida ham ko’rish mumkin. Uning e’tirof etishicha,
mang’itlar uch guruhga bo’linadi: to’q mangit, qora mang’it, oq mang’it. Ular
asosan Buxoro va Qarshi atroflarida o’troq va yarim ko’chmanchi turmush tarzida yashagan. Manbalarda ko’p tilga olinadigan urug’lardan yana biri minglar
xisoblanib, ma’lumotlardan ayniksa ashtarxoniylar davrida ularning siyosiy
jarayonlardagi roli kuchayganligini ko’rish mumkin. “Tarixi Muqimxoniy”,
“Ubaydullanoma” va “Tarixi Abulfayzxon” asarlarida bu davrda minglar o’troq va yarim ko’chmanchi tarzda hayot kechirib, asosan Shibirg’on, Karki, Maymana,
Samarqandning Urgut, O’ratepa hududlari, shuningdek, Balxda yashaganligini va
to’qsoba, devonbegi mansablarida faoliyat ko’rsatganligini tasdiqlovchi ko’plab
ma’lumotlar uchraydi. Nayman urug’i ham xonliklar davrida o’ziga xos mavqega ega bo’lgan urug’lardan biri hisoblanib, XVI-XIX asrlarda yozilgan manbalarning deyarli
barchasida ushbu urug’ nomi uchraydi. Masalan, nayman urug’ini Shayboniylar
davrida, ayniqsa Abdullaxon II tomonidan amalga oshirilgan harbiy yurishlarda fol
ishtirok etganligini kuzatish mumkin. Bundan tashqari “Ubaydullanoma” asarida
Buxoroda, Termizning Derf qal’asida, Samarqandda yashagan naymanlar
to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Asar muallifining yozishicha, naymanlar xon
saroyida yuqori lavozimlarni egallab, hukmdorning chap tarafida o’tirgan. Bunga
manbadagi to’qsoba lavozimida faoliyat ko’rsatgan Ne’matullobiy to’g’risidagi
ma’lumotni misol qilish mumkin. Asarlarda shuningdek, olchin urug’i vakillarining
ma’muriy boshqaruvdagi faoliyatlari haqida so’z  yuritish imkonini beruvchi
ma’lumotlar mavjud. Xususan, “Ubaydullanoma” asarida 1704-1705 yillarda
Termizga qilingan yurishda qo’shinga bosh bo’lgan amaldorlar qatorida Boqi
to’qsoba olchin nomi ham tilga olingan. Manbadagi bu ma’lumot uning vakillari
Buxoro xonligida to’qsoba lavozimida faoliyat ko’rsatib, xonlik harbiy yurishlaria faol ishtirok etganligini ko’rsatadi. 91511 yilda mustaqil davlat sifatida tashkil topgan Xiva xonligining aholisi  nafadat etnik, balki madaniy-iqtisodiy jixatdan ham bir biridan farq qiluvchi  guruhlardan iborat bo’lgan. Shu jixatdan xonlik egallagan hudud ham uning
tarkibiga kirgan aholi etnik qiyofasi, turmush tarzi haqida ma’lum darajada
tasavvurga ega bo’lish imkonini beradi. Manbalarda ko’rsatilishicha, Xiva xonligi
asoschisi Elbarsxon davrida Xurosonning shimoliy qismlari, jumladan, Maxin va
Durungacha bo’lgan yerlar, shuningdek, Balxon va Mang’ishloqdagi turkmanlar
istiqomat qilgan hududlar Xiva xonligi tarkibiga kiritilgan«Shajarayi turk» asarida qayd etilishicha, So’fiyonxon davrida (1516-1522) Xiva xonligi hududlari ikkiga bo’lingan: suvbo’yi,Xevak,Hazorasp,Kat, Buldumsoz va Pingichka hamda tog’ bo’yi – Bog’obod, Nisoy, Obivard, Chaxordex, Maxna va Chacha (Chaxchak). Asarda qayd etilganidek, Avaneshxon davrida (1526-1538) Xuroson etagidan to Astrobodgacha bo’lgan yerlar «Urganch podshohlariga talluqli bo’lib, ani tog’ bo’yi, Urganchni suv bo’yi» deganlar.
Musoxon davrida (1703/1704) Marv, Astrobod va tog’oldi hududlarining barcha
shahar va qal’alari Xiva xonligiga jizya va xiroj soliqlarini to’lagan. Sherg’ozixon davrida (1714-1728) Orol qoraqalpoqlari, shuningdek, Marv shahri (Marv-i
Shohijon) dan to Astrobod va Balxongacha, Atroq va Jurjon sohiligacha bo’lgan
yerlarda yashovchi qizilbosh va turkmanlar xonlikka itoat etishgan hamda xonlik
xazinasiga xiroj va turli tansuqot bilan soliq to’lab turishgan. Manbalarda, xususan, «Shajarayi turk»da katta hududni egallagan Xiva xonligi aholisi tarkibidagi etnik birlashmalar haqida ma’lumot berilar ekan, muallif tomonidan «jamoa», «ev», «el», «qavm», «urug’», «qabila», «xalq» kabi iboralar qo’llanilgan Lekin, turkmanlar yoki boshqa qabilalar xaqida so’z yuritilganda, ba’zan taka “xalqi”, ba’zan turkman “qabilasi” yoki “jamoasi”, ba’zi joylarda “urug’” iboralari bilan atalgan. Ma’lumotlarni o’rganish asosida shuni aniq qayd etish mumkinki, «ev» — oila, xonadon, yurt ma’nolarida kelgan. «...evi va eli» kabi hollarda birga qo’llanilgan. «El» — urug’, qabila sifatida ishlatilganligi kuzatiladi.Xonlik aholisining asosiy qismi o’zbeklardan tarkib toptan bo’lib, ular aloxida imtiyozlarga ega bo’lgan. Xorazm voxasi sug’orilish tarixini chuqur tadqiq qilgan akdemikY. G’ulomov bu masalaga atroflicha to’xtalib o’tgan. Olim ta’kidlaganidek, sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullangan o’zbek urug’larining ariq va kanal boshlarida
joylashishi xonlar tomonidan doim ta’minlab kelingan.«Firdavs uliqbol» asarida keltirilgan qiziqarli ma’lumotlar so’ngi o’rta asrlar Xorazm voxasi aholisi tarkibidagi o’zbek urug’lari va ularning joylashuvi haqida yaqqolroq tasavvur qilish imkonini beradi
Xususan, ushbu ma’lumotlarga tayangan xolda, Xiva xoni Abulg’ozixon (1644/45- 1663)tomonidanamalga oshirilgan isloxot natijasida birlashma — «tup»ga bo’lingan Amudaryo quyi oqimi o’zbek urug’lari tarkibini quyidagi jadval asosida ko’rib o’tish mumkin.Birto’pga kiritilgan urug’lar Urug’larga qo’shilgan urug’lar I. Uyg’ur, Nayman Do’rmon, yuz, ming, Shayx, burloq. II. Qiyot, Qo’ng’irot Jaloyer, eli,
III. Nukuz, Mang’it. Kenagas, Xo’jayli IV. Qang’li, Qipchoq. O’n to’rt urug’
Abulgozixon tomonidan o’tkazilgan isloxot urug’lararo kurashlarga chek
qo’yish maqsadida amalga oshirilgan muvaffaqiyatli tadbir bo’lib, keyinchalik
ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi qabilalarning o’troqlashish jarayonini
kuchaytirish maqsadini ham ko’zda tutgan edi. O’tkazilgan bu tadbir Xiva xonligi tarixiga doir deyarli barcha tadqiqotlarda ko’rsatib o’tgan va qo’yilgan muammodn kelib chiqib, o’nta davlatchilik, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy masalalar yuzasidan
baxo berilgan. Shunga qaramay, turli urug’larning bir tupga birlashtirilishi va
Amudaryo bo’ylab joylashtirilishi qanday prinsip asosida amalga oshirilganligiga
alohida izoh berilmagan. Mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish asosida mamlakat
siyosiy, iqtisodiy hayotini barqarorlashtirish maqsadini ko’zda tutgan ushbu tadbirni amalga oshirishda quyidagi jixatlarga e’tibor berilganligini tahmin qilish mumkin: Jumladan, Muhammad Rahimxon I ning Orolga qilgan yurishi davrida (XIX asr) «o’zbek sipohi» to’rt qismga bo’linib, qal’aning sharqiy qismiga qo’ng’irot va qiyot kun chiqar bilan qibla oralig’iga uyg’ur va naymam, ibla bilan kun botar orasiga
nukuz va mang’it, g’arbiy tarafiga o’n to’rt urug’ qo’shinlarining joylashtirilganligi
ham yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi. Munis va Ogaxiy hamda Bayoniy ma’lumotlar'i asosida alohida tuplarga bo’lingan urug’larning Amudaryo bo’ylab joylashtiriligani ham ko’satib o’tish mumkin. Naymanlar Pitnakdan to Yangi Ariq va Urganchgacha bo’lgan Hazorasp hududlarini egallagan. Amudaryo bo’ylab naymanlardan
pastroqda Urganch shahridan to Gurlan tumanigacha va Amudaryoning o’ng
qirg’og’ida yerlarda uyg’urlar o’rnashgan.Gurlandan to Lavzan irmog’igacha mang’itlar ulardan pastroqda daryo oqimi bo’ylab hamda deltaning (daryoning Orol dengiziga quyilishi atroflari) o’rta qismida nukuzlau va mang’itlarning yana bir qismi joylashgan. Juda qulay joy hisoblangan bu yerda Oroldan olib kelinadigan g’alla va chorva bilan savdo qilingan. «Firdavs ul-iqbol»da ham Avaz inoq davrida (1213/1798-99) sart jamoasi
tilga olinib, ularning boshliqlaridan bir qator arboblar sanab o’tishgan. Shunisi
e’tiborliki, Buxoro hukmdorlarining Xorazmga yurishi davrida majburan olib
ketilgan aholi, asosan, ko’chmanchi o’zbek urug’laridan bo’lib, «sart» deb atalgan o’troq aholiga dahl qilinmagan. Xususan, «Shajarayi turk»da Ubaydullaxonning
o’g’li Abdulazizxonning Urganchga yurishi davrida shahar tub aholisi sifatida qayd
etilgan sartlar va aholi tarkibidagi turkmanlarga tegmagan xolda asosan ko’chmanchi o’zbek urug’larining katta qismi olib ketilganligi qayd etilgan. Buning asosiy sababi shaharliklar va siyosiy jixatdan nisbatan bekaror bo’lgan turkmanlarni ko’chirib ketish ularning turmush tarzi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Sartlarning
asosiy mashg’uloti hunarmandchilik va savdo bo’lsada, ulardan tashkil topgan
harbiy bo’linmalar ham xonlik qo’shinida o’z o’rniga ega bo’lgan. Jumladan,
“Firdavs ul-iqbol”da keltirilishicha, Muhammad Rahimxon I ning Orolga yurishi
davrida “sart cheriki” xonning shaxsiy qo’shini tarkibida xizmat qilgan Jumladan,
manbada shunday ma’lumot keltiriladi: “... xon sart cherikin re’kob-e xumoyun [xon
xizmatida - N.A.] mulozamatida saqlab, o’zbek sipohiga qo’rg’onning to’rt joyini
taqsim qildi”. N. Muravyev, V. Grigoryev, G.N. Danilevskiy kabi rus elchilarining
kundaliklari hamda turli xorijiy shaxslarning “Safarnoma”larida (XIX asr)
keltirilgan yozuvlarda ham sartlar haqida «ular bu yerda qadimdan yashab kelgan o’troq aholining katta qismini tashkil etgan hamda «o’lkaning haqiqiy va ilk
egalaridir» degan, ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, mahalliy manbalarda shahar
aholisi ma’lum bir shahar nomi bilan atalganligini ko’rish mumkin. Jumladan,
«Vazir xalqi», «Xonqah ahdi» va boshqalar deb berilgan. Xonlik aholisi etnik
tarkibi, jumladan, turli etnoslar haqidagi ma’lumotlar manbalarda asosan keltirilgan
siyosiy voqealar bayonida o’z aksini topgan. Ularda xonlik hayotida yuz bergan
siyosiy voqealarda bevosita ishtirok etgan naymam, uygur, mang’it, qo’ng’irot,
do’rmon, turkmanlarning bayot, taka, solur, chovdur, yovmut va boshqa urug’lari haqida ko’plab ma’lumotlar berilgan.Ma’lumotlar tahlili bu urug’larning joylashgan o’rni tabiiy sharoit va siyosiy voqealar tasirida o’zgarib turganligini ko’rsatadi. Shu o’rinda e’tibor berish lozimki, katta yurishlar vaqtida turkman va qoraqalpoqlarning birlashgan qo’shiniga extiyotkorlik yuzasidan xonning shaxsan u tomonidan tayinlangan o’zbek urug’lari vakillari bosh etib tayinlangan XIX asr xonlik aholisi tarkibida o’troq va
ko’chmanchi hamda yarim ko’chmanchi o’zbek urug’laridan tashkari kushni
hududlardan kirib kelgan turli millat va etnik guruhlar ham mavjud edi. Zero, keng madaniy va iqtisodiy aloqalar, shuningdek o’rli demografik jarayonlar qo’shni
hududlarda xorazmlik o’zbeklar guruhini tahsil etganidek, Xiva xonligi aholisining
etnik tarkibiga turli elatlarning ham qo’shilishiga sabab bo’lgan. Jumladan, Xiva
xonligi aholisi tarkibida turkman qabilalari ham salmokli o’rinni egallagan. Shuni ham qayd etish joizki, aholining bu etnik katlami xonlik hudududa Muqim
yashamay, doimiy kuchib yurganligi, markaziy hokimiyat va turli kushni urug’lar bilan bo’lgan ziddiyatlar tufayli migratsion jarayonlarga kuchli ta’sir etganligi bilan ajralib turgan. Manbalarda turkmanlarning «toza qo’ng’irotlar» deb nomlangan urug’i
haqida ma’lumot keltirib o’tilgan. «Qora yulgunli» deb ham atalgan bu urug’ning kelib chiqishi yovmutlar qulligidan ozod etilgan cho’rilarga bog’langan. Ozod
bo’lganlarning farzandlari ko’payib, yovmutlar orasida yashab, ular singari
dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanib kelishgan. Lekin, yovmutlar ularga
past nazar bilan qarab tazyiq o’tkaza boshlaganlar. O’z muammolarini Xiva xoni
Olloqulixonga (1825-1842) yetkazgan ushbu urug’ vakillari yovmutlardan ajratib
olinib, alohida Kubatog’ atroflaridagi Qora yulgun deb nomlangan joyga
ko’chirilgan. Olloqulixon yovmutlar bilan kelishgan xolda, ularga o’zlarining
ichidan saylangan vakil, baxshi, bek va sardor tayinlagan va o’zbek urug’laridan biri
boshliq belgilab, urug’ga «toza qo’ng’irot» deb nom bergan. Toza qo’ng’irotlar Olloqulixon va undan keyingi davrda xonlik qo’shinida
xizmat qilishgan. XIX asrda Xiva xonligi tarkibida bo’lgan turkman qabilalari
haqidagi ma’lumotlar yirik sharqshunos olim Y. Bregel tadqiqotlarida batafsil
yoritilgan. Shunisi e’tiborliki, olimning tadqiqoti Xorazm turkmanlarining XIX
asrdagi tarixini o’rganishga bag’ishlangan bo’lsa-da, XVI asrda ularning xonlik
hududiga kelib joylashishi hamda keyingi XVII - XVIII asrlardagi xolati haqida ham
qisqacha tavsif berib o’tilgan.10 
Qo’qon xonligi aholisi murakkab etnik tarkibga ega bo’lib, aholining asosiy qismini mamlakatning turli qismlarida yashagan o’zbeklar tashkil qilgan.
Tadqiqotchilar ularning tarkibini uch yirik subetnos tashkil qilishini ko’rsatib
o’tadilar. Ularning birinchisini shahar va qishloqlarda qadimdan yashab kelgan
o’troq aholi tashkil etib, bu guruh urug’-qabila tizimiga ega bo’lmagan. Ularni
ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi aholi “sart” deb ataganlar .Ma’lumki, bu guruh O’rta Osiyo ikki daryo oraligida yashagan qadimgi turkiyzabon va forsiyzabon aholining assimilyatsiyasi natijasida shakllangan. Ikkinchi subetnos turkiylar bo’lib, ular turk va turk-mug’ul urug’laridan tashkil topgan va O’rta Osiyo hududiga Muhammad Shayboniyxon yurishlaridan oldin kelib joylashganlar. Bular – yag’mo, qarluq, chigil,ashpar,turuksharchug’roq, qavchin, jaloyir, barlos, naymam, xitoy, ming, qirq, churas, chingli, baxrin, norin, tog’ay, dug’lot, o’tarchi, arg’in, biliqchi va boshqalar. Zahiriddin Muhammad Boburning Andijon aholisi haqidagi ushbu so’zlari mazkur toifadagiaholinaniq tavsifini o’zida ifodalagan. Boburning yozishicha: “Eli turkdir. Shahar va bozorisida turkiy bilmas kishi yo’qtur. Elining lafzi qalam bila rostdur. O’zbek aholisining uchinchi subetnosi Movarounnahrga XV asrning oxiri XVI asrning boshlarida Muhammad Shayboniyxon bilan kelgan Dashti Qipchoq urug’larining avlodlari hisoblanadi. Ular tarkibiga – qo’ng’irotlar, qiyotlar, qatag’onlar, kenagaslar,
mang’itlar, saroylar, yuzlar, qipchoqlar, uchurug’ va boshqalar kirgan. Ular asosan Marg’ilon, Andijon, Aravon, o’sh va O’zgan atroflarida yashagan. Shuningdek, bu guruhga kirgan urug’lar Namangan, Chortoq, Naukat orasidagi yerlarni XVII asr
oxiri - XVIII asrni boshlarida o’zlashtirib bu yerda ular o’troqlasha boshlaganlar
Qo’qon xonligi aholisining asosini tashkil qilgan o’zbeklar va boshqa
etnoslarning etnik tarkibini o’rganishda, unga xolis baho berishda mahalliy tarixnavislar tomonidan yozib qoldirilgan asarlar muhim o’rin tutadi va bu tarix
fanining murakkab va kam o’rganilgan masalalaridan biri hisoblanadi. Qo’qon
xonligi aholisining etnik tarkibi va etnik guruhlarning joylashgan o’rni xususida
Qo’qon tarixnavislari tomonidan yozilgan tarixiy asarlarda ayrim qimmatli
ma’lumotlar mavjud bo’lib, ularda aholi “jamoa”, “urug’ “elat”, “toifa”, “qabila”
kabi iboralar bilan qayd etiladi. 1709 yilda Qo’qon xonligining tuzilishida Farg’ona vodiysida minglarning boshqa o’zbek urug’lariga nisbatan mavqei yuqori bo’lib, ular tomonidan yangi davlatta asos solindi. Bu haqida Muhammad Hakimxon «Muntaxab at-tavorix» asarining oxirgi faslida Qo’qon xonligini tashkil topishida minglarning muhim o’rin tutganligini e’tirof etib, unga “Minglar saltanati” deb sarlavxa qo’ygan. Qo’qon
xonligi tarixiga doir barcha asarlarda xonlikni tashkil topishida minglarning o’rni
alohida qayd etilgan. Ilmiy jixatdan, «Muntaxab at-tavorix» asari Qo’qon
xonligidagi turli o’zbek urug’lari vakillari ming, yuz, qipchoq, mang’it hamda
qirg’iz, qozoq, tojik, qalmoq kabi xalqlar vakillarining xonlik hududida joylashishi va ularning xonlikdagi mavqei haqida qiziqarli ma’lumotlarni beruvchi manbalardan hisoblanadi. Mazkur nomlari qayd etilgan urug’lar va xalqlar xonlikdagi siyosiy
voqealarda faol ishtirok etganligi bois muallif Muhammad Hakimxon bu urug’lar va
xalqlarni u asarida aloxida tilga olgan. Qo’qon xonligida aholining katta qismini
tashkil etgan etnik guruhlardan biri qipchoqlardir. Qo’qon xonligida hokimiyatni
egallash uchun qipchoq va ming urug’larining vakillari hamisha kurash olib borgan
Ayniqsa, XIX asrning 50-yillarida shunday voqealarning avj olganligi ko’pgina
tarixiy manbalarda yoritilgan. Mirzo Olim Mushrifning “Ansob assalotin va tavorix
al-xavokin” asarida Musulmonkulining davlat boshqaruvi ishlarida Qipchoqlarga
juda katta imtiyozlar va imkoniyatlar berib, boshqa etnik guruhlarga nisbatan turli tazyiqlar o’tkazganligi, hokimiyatni minglardan tortib olish uchun olib borilgan
xarakatlar, buning natijasida Qipchoqlarga nisbatan boshqa urug’larning norozilik xarakatlari avj olishi keng yoritib berilgan. Muallif bu ma’lumotlarni XIX asrning 50- yillarida yuz bergan siyosiy voqealarga bog’liq xolda bayon qilingan.
«Muntaxabattavorix»asarida Qipchoqlarning asosan Andijon viloyatida joylashganligi ko’rsatib o’tilgan. “Ansob as-salotin va tavorix al-xavokin” asarida ham Qipchoqlarning joylashgan hududi Ikki Suv orasi deb qayd etiladi. Shuningdek, Muhammad Umar qori Umidiyning “Maktubchayi xon” asarida ham Qipchoqlar yashagan markaz sifatida Ikki Suv ko’satiladi. Ikki Suv orasini R. Nabiyev Andijon viloyatiga qarashli Baliqchi tumani ekanligini aytib o’tgan. Demak, Andijon viloyatining Baliqchi tumani hududidan o’tgan Norin va Qora daryo XIX asrlarda Ikki Suv deb yuritilgan. Shuni ham aloxida qayd etish lozimki, Qo’qon xonligida Qipchoqdar faqatgina Andijon viloyatida
joylashibgina qolmasdan, xonlikning Namangan va Marg’ilon viloyatlari hamda
Qo’qon atrofida ham yashagan. Qo’qon xonligi aholisi tarkibida yuz, turk, afg’on, alsor urug’larihamda qirg’iz, tojik, qoraqalpoq,arablar ham yashaganligini Mirzo Olim Mushrif o’zining “Ansob assalotin...” asarida qayd etib utadi. Xususan, asarda Sheralixonning (1842- 1845) taxtga o’tirishida muhim o’rin tutgan etnik guruhlar haqida ma’lumot
berilgan. Qo’qon xonligida muhim o’rin tutgan etnik guruhlardan yana biri yuz
urug’idir Yuz urug’ini asosan xonlikning Xo’jand viloyatida joylashganligini
manbalardagi ma’lumotlardan anglash mumkin. “Muntaxab at-tavorix” asari
muallifining yozishicha, yuz urug’idan bo’lgan Oqbutabiy XVIII asrning 20-
yillarida Xo’jandda hokim edi. Xo’jand bu davrda Qo’qon xonligi tarkibiga
kirgunga qadar mustaqil hokimlik bo’lgan. Bundan ko’rinadiki, Xo’jandda yuz
urug’ining mavqei baland bo’lganligi uchun mahalliy hokimiyatni o’z qo’llarida
saqlab turganlar.Shuningdek, yuz Qo’qon xonligi tarkibida bo’lgan O’ratepa va uning atrofida ham asosiy etnik qatlamni tashkil etgan.“Tarixi Muxojiron” asari muallifi Dilshodi Barno “yuz qabilasi”, “yuz beklari” deb O’ratepa hududining yuz urug’i vakillari
tomonidan nazorat qilinganligiga urg’u beradi. XIX asrga oid rus manbalari ham
xonlik tarkibida bo’lgan Xo’jand va O’ratepa viloyatida aholining etnik tarkibi
ko’prok yuz urug’i hamda tojikparas iborat bo’lganligini tasdiqlaydi. Shuningdek, yuzlar Shaxrixon aholisining asosiy qismini ham tashkil etgan bo’lib, ular 1816 yilda Qo’qon xonligidagi harbiy-siyosiy harakatlar tufayli Umarxon tomonidan
O’ratepadan bu yerga majburan ko’chirilgan. Olimxonning (1798-1810)
mamlakatni idora etishda olib borgan isloxotlari, ichki va tashki siyosati xonlik
siyosiy mavqeining ko’tarilishiga sabab bo’ldi. Bu hukmdor ham, boshqa O’rta
Osiyo hukmdorlari kabi, o’zi boshqarayotgan davlat hududini o’zga hukmdorlar
tasarrufidagi yerlar hisobiga kengaytirishga xarakat qildi. Shuningdek, Olimxonnig
harbiy isloxoti natijasida tog’li tojiklardan iborat mahsus harbiy qism tashkil etilgn.
Natijada, xonlikning markazida yana bir etnik guruhning joylashishiga imkoniyat
yaratilgan. Qo’qon xonligi tarixiga oid asarlarda tojiklar tub joy aholi vakillari sifatida
talkin etilsa-da, tog’li tojiklarning, ya’ni Qorategin, Darvoz, XIX asr boshlarida
Farg’ona vodiysining markaziy shaharlariga, ya’ni xonlikka kelib
boshlaganliklari ko’satiladi.Umarxon (18101822) tomonidan Dashti Qipchoqning bir qismi xonlik tarkibiga kiritilishi natijasida bu hududda yashovchi qozoqlar ham xonlikning iqtisodiy va siyosiy hayotida muhim o’rin tutdi. Manbalarda ularga nisbata “elat”, “elatiya”, “qozoq” hamda “qozoqiya jamoasi” deb ham qo’llanilgan. Qozoqlar
to’g’risida Qo’qon xonligi tarixiga oid manbalar ichida Abu Ubaydulloh
Toshkandiyning “Xulosat ul-axvol” asarida kengroq ma’lumotlar beriladi. Asarda
ko’rsatilishicha, Avliyootadan Pishpak va Olmaotagacha bo’lgan hududlarda asosan
qozoqlarning turli urug’lari yashagan. Qo’qon xonligi aholisning etnik tarkibida qirg’izlar ham salmoqli o’rinni egallaydi. Xonlik tarixiga oid asarlarda qirg’izlarning bir necha urug’larga bo’linganligi va ularning joylashgan o’rni haqida ham ma’lumotlarni uchratish mumkin. Qirg’izlarning sulta, bug’u va saribog’ish urug’i Pishpakning Kiyiklik Singiri mavzesida istiqomat qilishgan. Abu Ubaydulloh Toshkandiyning “Xulosat ul-axvol” asarida ham Pishpak atrofida sulta, bug’u va saribog’ish urug’i
yashaganligiga oid ma’lumotlar qayd etiladi. Uloqchin urug’i esa Taloye mavzesia
joylashgan bo’lib, Qo’qon hukmdori Sheralixon (18421845) taxtga o’tirgunga qadar o’sha urug’ bilan birga yashagan edi. Farg’ona vodiysining tog oldi hududlarida yashagan qirg’izlarxonlikning hududiy jixatdan katta viloyatlari Andijon va Namangan tarkibiga kirgan. Jumladan, A.Xasanovning ko’rsatishicha, Norin daryosining o’rta oqimidagi Kurtka va o’rta oqimining shimoliy qismida joylashgan, asosan, qirg’izlar yashaydigan Jumg’ol, Tugo’z To’ra hududlari Andijon viloyatining tarkibida bo’lgan. Qirg’izlarning
janubiy o’lkalari bo’lgan Bo’stonterak va Toshqo’rg’on Marg’ilon viloyati tarkibida
kirgan bo’lsa, Ketmontepa va Talas hududi Namangan viloyatiga tegishli bo’lganQo’qon xonligidagi lo’li, mazang, og’acha kabi mayda etnik guruhlar hamda hindlar haqida Po’lotjon domulla Qayyumiyning “Hoqand tarixi va uning adabiyoti” asarida boshqa manbalarda uchramaydigan ma’lumotlar qayd etiladi. Mazkur asarda lo’lilarning dastlab Qo’qon shahrining janubiy-sharqidagi Kuyka qishlog’ida
joylashgani e’tirof etiladi. Po’lotjon domulla Qayyumiy o’z asarida lo’lilar haqidai ma’lumotlarni bir keksa lo’lidan eshitganligini qayd etadi. Shuningdek, “Ho’qand tarixi va uning adabiyoti” asarida Qo’qon xonlari harbiy qo’shinlarida ushbu etnik guruh vakillaridan iborat bo’lgan alohida mahsus qism bo’lib, ularning chavandozlik va jangovarlik qobiliyati ancha yuqori bo’lganligi qayd etiladi. Qo’qon xonligi
tarixiga oid “Muntaxab at-tavorix”, “Ansob as-salotin...”, “Tarixi
Turkiston”, “Tarixi Shoxruxiy” kabi asarlarda Olimxon (17981810) hukmronligi davrida qo’shin tarkibida tog’li tojiklardan iborat maxsus qism tuzilganligi va ularning
jangovar qobiliyati kuchli bo’lganligi haqida ma’lumotlar mavjud
Lekin ushbu asarlarda lo’lilar tilga olinmaydi. Aftidan lo’lilar ba’zi xollarda o’zlarini tojik millatiga mansub deb ko’rsatgan bo’lishi mumkin. Qo’qon hukmdorlari tomonidan lo’li sarkardalariga shaharning shimoliy qismidan yashash uchun joy berilishi
natijasida alohida lo’lilar mahallasi yuzaga kelganligini
Po’lotjon domulla Qayyumiy qayd etib o’tadi. Yahudiylarning Farg’ona vodiysiga, xususan,Qo’qongakelibo’rnashishi so’nggi o’rta asrlarga to’g’ri keladi11. Ularning chor Rossiyasi bosqinidan keyin juda ko’payib ketganligini Po’lotjon domulla Qayyumiy ta’kidlab o’tadi. Qo’qonda yashagan yahudiylarning bir qismi bo’yoqchilik bilan shug’ullanishgan bo’lsada, asosiy qismi chitfurush savdogarlar bo’lgan. Chorizm davridaulgurjisavdodan tashqari paxta savdosini ham o’z qo’llarida ushlashga erishganlar va bir necha paxta zavodlarini egalari ham yahudiylardan bo’lgan. Qo’qonda hindlar ham yashagan bo’lib, ularning aynan Qo’qonga kachon
kelganliklari haqida aniq ma’lumot berilmaydi. Shunisi qizikki, bunday ma’lumot faqatgina “Xo’qand tarixi va uning adabiyoti asarida mavjud bo’lib, boshqa
manbalarda uchramaydi. Ular asosan poytaxt Qo’qonning o’zida yashashgan.
Po’lotjon domulla Qayyumiyning ma’lumotiga ko’ra, Qo’qonga kelib yashagan
hindlar sudxo’rlik (pulni foizga berish) bilan shug’ullanishgan bo’lib, bu yerda ular oilasiz yashashgan. “Xo’qand tarixi va uning adabiyoti” asari muallifi Po’lotjon domulla
Qayyumiy 92 urug’dan 28 tasi Farg’ona vodiysida joylashgan deb qayd etsada,
muallif ularning nomlarini ko’rsatmaydi. Manbalardagi ma’lumotlarni taxlil qilish
asnosida xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Qo’qon xonligida yashagan aholining etnik tarkibi boshqa O’rta Osiyo xonliklaridagi kabi rang-barang bo’lgan. Shu bilan birga manbalardagi aholi etnik tarkibi va ularning joylashgan o’rni haqidagi
ma’lumotlar tarqoq hamda ayrim hollarda bir-biriga zid ekanligini, ular ustida
aloxida tadqiqotlar olib borish lozimligini talab etadi.
Umumanolgandatadqiqot doirasiga tortilgan manbalar Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklari aholisi etnik tarkibi, kundalik mashg’ulotlari, yashash turmush tarzi va ularning mamlakatsiyosiy, iqtisodiy hamda madaniy hayotidagi ishtiroki haqida tasavvur xosil qilish imkonini beradi. Asarlardagi ma’lumotlar O’rta Osiyo xonliklari aholisi tarkibini qadimdan mintaqada yashab kelgan mahalliy o’troq hamda ko’chmanchi turmush tarza
bo’lgan etnik guruhlar tashkil etgan va yuz bergan siyosiy jarayonlar natijasida
uning tarkibiga turli etnik guruhlarning kelib kushilishi davom etgan.
O’rta asr muarrixlarining bergan ma’lumotlariga ko’ra ayrim urug’-qabilalarning vakillari uchchala xonlikda ham yashagan, ba’zilarining nomlari esa faqat bir davlat hududida  uchraydi. Ushbu xolat bir tomondan davlatlarning hududiy chegarasini o’zgarib 
turishi bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan bu turli siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va  madaniy faktorlar ta’sirida mintaqada yuz bergan migratsion jarayonlar oqibatidir.12

Yüklə 134,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə