Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi Jizzax davlat pedagokika universiteti



Yüklə 134,91 Kb.
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü134,91 Kb.
#157936
1   2   3
Ozbek tarix

 Xulosa 
Yuqorida ta’kidlanganidek, ko’rib chiqilgan manbalar aynan etnik masalani yoritishga bag’ishlanmagan bo’lsa-da, ularda bayon etilgan siyosiy voqea va hodisalar orasida xonliklar aholisining etnik manzarasi, turli qabila, urug’, etnik va
etnografik guruhlar haqidagi ma’lumotlar berilgan. Voqealarning mantiqiy tahlili
esa, mintaqada kechgan demografik va etnoiitegratsion jarayonlar, ularning muhim omillari yuzasidan ilmiy-nazariy xulosalar chiqarishga yordam beradi. Manbalardagi ma’lumotlartahlilishuniko’rsatdiki,o’rtaasrmuarrixlari tomonidan aholiga nisbatan “aymoq”, “jamoa”, “raiyat”, "toifa", “urug’’”, “xalq”, “ev”, “el”, “elat”, "elatiya", “qabila”, “qavm”kabiiboralarqo’llanilgan.Shuningdek, xonliklardagi shahar aholisi to’g’risida so’z yuritilganda, ular bevosita yashagan joyi, ya’ni shahar nomlari bilan atalgan. Buni manbalardakeltirilgan “andijonlik , “buxorolik”, “marg’ilonlik”, “samarqandlik”, “urganjlik”, “xivalik” kabi atamalar misolida ko’rish mumkin. Asarlarda Buxoro xonligi aholisi ba’zi xollarda “Movarounnahrliklar” degan umumiy nom bilan ham berilgan.
Bundan tashqari tadqiq etilgan asarlarning ayrimlarida “sart” atamasi ham ishlatilgan bo’lib, bunda muarrixlar asosan shaharda yashagan mahalliy o’troq aholini nazarda
tutishgan. Manbalardagi ma’lumotlar o’rta Osiyo xonliklarida yashagan aholining etnik
tarkibi rang-barang bo’lganligini ko’rsatadi. Ularni atroflicha tahlil qilish xonliklar
aholisining tarkibi, uning umumiy va o’ziga xos jixatlarini yoritish imkonini berdi.Shuningdek, Qo’qon xonligi tarixiga oid manbalar ichida Mullo Avaz Muhammad Attor “Tuxfat attavorixi xoniy” hamda Po’lotjon domulla Qayyumiyning “Xo’qand tarixi va uning adabiyoti” asarlarini alohida ko’rsatib o’tish lozim. Ularda 92 o’zbek qavmining ro’yxati keltirib o’tilgan. Chunonchi, tadqiq etilgan Buxoro va Xiva
xonliklari tarixiga doir manbalarning aksariyatida o’zbeklarning 92 urug’i haqida
eslatib o’tilsada, ularning alohida ro’yxati berilmagan. Tadqiqot doirasiga tortilgan asarlardagi ma’lumotlarga ko’ra ayrim urug’ qabilalarning vakillari Buxoro, Xiva, shuningdek, Qo’qon xonligida ham yashagan. Lekin, shu bilan birga Xiva xonligi aholisining etnik tarkibiga doir ma’lumotlarning
qolgan ikki xonlikdan farqli jixati shundan iboratki, ko’rib chiqilgan manbalardan bu yerdagi qabila va urug’larning hamda turli etnik guruhlarning umumiy
nomlaridan tashkari ularning mayda urug’ bulinmalari, tarmoqlariga qadar batafsil ma’lumot olish mumkin. Bu xolatni Xiva xonligida urug’chilik an’analarining
qolgan xonliklarga nisbatan kuchlirok bo’lganligi bilan izohlash mumkin.Xonliklar aholisi etnik tarkibiga doir yuqorida berilgan ma’lumotlar u yerdagi urug’ va qabilalarning geografik joylashuvini qatiy chegaralab qo’ya olmaydi. Chunki, turli tabiiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy omillar tufayli turli etnik
guruhlarning bir joydan ikkinchisiga ko’chib o’tish xollari tez-tez sodir bo’lib
turgan. O’z o’rnida, tabiiy sharoitning o’zgarishi, tashki xujumlar hamda o’zaro yer
egaligi kurashlari nafaqat xonliklar hududida, balki butun mintaqada migratsion
jarayonlarni yuzaga keltirgan. Bu xolat esa xonliklardagi demografii va
etnodemografik o’zgarishlarga sabab bo’lgan. Dashti Qipchoqdan kirib kelgan ko’chmanchiurug’qabilalarningmahalliy aholi tarkibiga singib ketish jarayonining ayrim ko’rinishlari uchchala xonlikda ham bir xil kechganligi ko’zga tashlanadi. Buni mahalliy va chetdan kelgan aholi o’rtasidagi o’zaro nikoh munosabatlarida ko’rish mumkin. Shuningdek, bu jarayonda xonliklarga turli etnik guruhlar bilan birga kirib kelgan til elementlari mintaqa aholisi so’zlashuvida yangi so’z va iboralarning paydo bo’lishigaham sabab bo’lgan.Yuqorida qayd etib o’tilganidek, turli omillar natijasida yuz bergan bu jarayonlar ayrim xollarda mintaqa aholisi tarkibining boyishiga va turli etnik
guruhlarning bir-biri bilan aralashuviga, gohida ba’zi urug’-qabilalarning boshqa
mintaqalarga chiqib ketishiga sabab bo’lgan. Buning oqibatida yuzaga kelgan
etnointegratsion jarayonlar esa, xalqlarning madaniy hayoti hamda xo’jalik turmush
tarzida o’zaro ta’sirni keltirib chiqargan. Turli ko’rinishlardagi an’ana, urf odatlar bir-birini boyitgan. Ayniqsa, ko’chmanchi chorvador aholining o’troqlashuvi yanada tezlashib, yashash tarzi va mashg’ulotida bir qator o’zgarishlarga olib
kelgan 13


Yüklə 134,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə