Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə10/282
tarix28.11.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#137049
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Baland Afrika. Unga materikning sharqiy qismida joylashgan Efiopiya va Sharqiy Afrika tog’lari hamda Janubiy Afrika kiritiladi. Baland Afrika Past Afrikaga nisbatan materikning okean sathidan bir muncha baland ko’tarilgan, rel’efi vertikal ravishda kuchli parchalangan, harakatdagi va so’ngan vulkanlarga boy qismi hisoblanadi. Bu hududda Afrika platformasining qadimiy kristall jinslari ko’p joylarda yer yuzasiga chiqib yotadi. Efiopiya tog’ligi o’rtacha 1800-2000 m
balandlikda joylashgan. Uning sharqiy va janubi-sharqiy yonbag’irlari tik qoya shaklida ko’tarilgan, g’arbiy yonbag’iri Sudan tekisligiga tomon zinapoyasimon baland platolarni va baland tog’ cho’qqilarini hosil qiladi. Platolar atrofini tik jarliklar o’rab olgan. Efiopiya tog’ligida balandligi 4000 m dan oshadigan cho’qqilar ham mavjud. Uning eng baland cho’qqisi shimol tomonda joylashgan Ras-Dashen (4620 m) tog’idir. Tog’likning janubida Bata (4310 m) va Guge (4209 m) cho’qqilari, Bab-el-Mandeb bo’g’iziga yaqin joyda Dubbi (1250 m) vulkani joylashgan. Efiopiya tog’ligidan janubi-sharqda joylashgan Somali yarim orolini zinapoyasimon ko’tarilgan Xaud platosi egallagan. Uning shimoliy yonbag’ri Adan qo’ltig’iga tik tushgan. Qo’ltiq qirg’og’ida yarim orolning baland nuqtasi hisoblangan Shimbiris (2416 m) tog’i qad ko’tarilgan. Platoning janubi-sharqiy yon bag’ri asta-sekin pasayib Hind okeanining qirg’oqbo’yi pastekisligi bilan tutashadi.
Baland Afrikaning katta maydonini Yer po’stining surilishlari, tektonik yoriqlar va uzilmalar natijasida parchalangan Sharqiy Afrika yassi tog’ligi egallaydi. Uning hududida materikning eng baland tog’ cho’qqilari, so’ngan va harakatdagi vulkanlar
- Kilimanjaro (5895 m), Keniya (5199 m), Margerita (5109 m), Meru (4567 m), Karisimbi (4507 m), Elgon (4322 m), Rungve (3175 m) va boshqalar joylashgan. Sharqiy Afrika yassi tog’ligidagi tektonik yoriqlar va uzilmalar ko’p tarmoqli bo’lib, ular markaziy va g’arbiy tizimlarga bo’linadi. G’arbiy tizimning bir qator yoriqlari Albert, Eduard, Tanganika, Rukva va boshqa ko’llar bilan band. Markaziy tizim yoriqlarida Rudolf, Nyasa va boshqa mayda ko’llar hosil bo’lgan. Yassi tog’likning ekvator atrofidagi eng past joylarini Viktoriya va Kioga ko’llari, baland joylarini Unyamvezi-Uganda platosi egallagan. Tanganika va Nyasa ko’llaridan janubi- g’arbda Sharqiy Afrika yassi tog’ligining davomi bo’lgan, submeridional yo’nalgan Mitumba (1889 m) va Muchinga (1908 m) tog’lari joylashgan. Ularning balandligi 1000-1200 m bo’lgan botqoqlangan botiq Mveru va Bangveulu ko’llari ajratib turadi.
Janubiy Afrikaning katta qismini okean sathidan 900-1000 m balandlikda joylashgan, atrofi tog’lar va platolar bilan o’ralgan Kalaxari botig’i tashkil etadi. Platforma poydevori yuzasining notekisligi botiq rel’efida o’z aksini topgan. Shuning uchun botiqning ko’tarilgan qismi Bakalaxari, markaziy tekis past qismi Kalaxari deb ataladi. Botiqning kristall zamini to’rtlamchi davr qum yotqiziqlari bilan qoplangan. Kalaxari botig’ining atrofi zinapoyasimon ko’tarilgan quyidagi tog’lar va platolar bilan o’ralgan: shimolda Luanda-Katanga ko’tarilmasi, sharqda Zambezi va Limpopo daryolari oralig’idagi Matabele yassi tog’ligi, janubi-sharqda Baland Veld platosi, Basuto tog’ligi va Drakon tog’lari, janubda Kap va Yuqori Karru platolari, g’arbda Namakvalend, Damaralend, Kaoko plato va yassi tog’liklari hamda Serra-da-Shela tizmasi. Shulardan eng balandi Basuto tog’ligi bo’lib, uning baland nuqtasi Katkin-Pik tog’ida 3657 m ga yetadi. Bu butun Janubiy Afrikaning ham eng baland nuqtasi hisoblanadi. Janubiy Afrikaning eng janubiy chekka qismida gertsin bosqichida burmalangan Kap tog’lari joylashgan. Bu tog’lar bir necha parallel tizmalardan tarkib topib, sharqdan g’arbga qarab cho’zilgan. Tizmalar bir- biridan keng bo’ylama vodiylar bilan ajralgan. Ana shunday keng vodiylardan biri
Kichik Karru vodiysidir. Kap tizmasining eng baland nuqtasi Svartberg (2324 m) cho’qqisi hisoblanadi (Ilova, 1-rasm).

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə