Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə9/282
tarix28.11.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#137049
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Past Afrika. Uning shimoli-g’arbiy chekka qismi Atlas tog’lari bilan o’ralgan. Bu tog’larning o’rtacha balandligi 1200-1500 m ni tashkil etadi. Atlas tog’larining shimoliy O’rta dengiz sohilidagi yosh tizmalari murakkab burmalangan strukturaga va janubiy qismi palaxsali strukturaga ega. Atlas tog’lari janubi-g’arbdan shimoli- sharqqa tomon cho’zilgan Er-Rif, Anti Atlas, Baland Atlas, Tell Atlas va Sahroi Kabir Atlasi tizmalaridan iborat. Bu tizmalar o’rtasida balandligi jihatdan birinchi o’rinda Baland Atlas tog’i turadi, uning eng baland nuqtasi 4165 m ga qad ko’tarib turgan Tubkal cho’qqisidir. Balandligi jihatdan ikkinchi o’rinda Er-Rif tizmasi turadi. Uning Gibraltar bo’g’izi yaqinidagi eng baland Tidigin cho’qqisi okean sathidan 2456 m yuqoriga cho’zilgan. Baland Atlas va Er-Rif tizmalari Atlantika okeani sohili tomon zinapoyasimon shaklda pasayib boradi. Keyingi o’rinlarda Tell Atlas (2326 m) va Sahroi Kabir Atlasi (1532 m) tizmalari turadi. Bu ikki tizma oralig’ida Baland plato joylashgan.
Past Afrikaning katta qismi Sahroi Kabir, Sudan tekisliklari va ko’p sonli platolar bilan band. Ular materikning shimoliy qismidan janubda Shimoliy Gvineya va Azande balandliklarigacha, g’arbda Atlantika okeani qirg’oqlaridan sharqda Qizil
dengiz sohillarigacha cho’zilgan. Sahroi Kabir hududida kristall va vulkanik jinslardan tarkib topgan tog’liklar va yassi yuzali platolar keng tarqalgan. Shulardan eng yiriklari Markaziy Sahroi Kabirda joylashgan Axaggar va Tibesti tog’ massivlaridir. Axaggar va Tibesti tog’liklari Afrika platformasining baland ko’tarilgan yadrolari zaminida paydo bo’lgan. Ularning ustki qismi oqib chiqqan lavalar bilan qoplangan va balandlikka bo’y cho’zgan nuqtalari so’ngan vulkanlarning konuslaridan iborat. Tibesti tog’ligining eng baland nuqtasi 3415 m yuqoriga ko’tarilib turgan Emi-Kusi tog’i bo’lib, u butun Sahroi Kabirning ham eng baland nuqtasi hisoblanadi. Uning ikkinchi baland nuqtasi Tusida (3265 m) cho’qqisidir. Axaggar tog’ining eng baland nuqtasi okean sathidan 2918 m ko’tarilib turgan Taxat cho’qqisidir. Axaggar va Tibesti tog’liklarini paleozoy jinslaridan tarkib topgan kuest tizmalari - tassililar o’rab olgan. Kuest tizmalarining balandligi 1000 m gacha boradi. Ular balandligi 500-1000 m atrofida bo’lgan yassi platolar bilan parchalangan. Platolar bo’r davrining ohaktoshlari va qumtoshlaridan tarkib topgan bo’lib, ular Axaggar va Tibesti tog’liklari hamda kuest gryadalari atrofini aylana shaklida o’rab olgan. Bular Tanezruft, Tassilin Axaggar, Ennedi, Jado, Tingert, Tademait, Xamada-el-Xamra platolaridir.
Afrika platformasining poydevorini tashkil etgan qadimiy kristall jinslarning bukilishi natijasida vujudga kelgan keng botiqlar - Sahroi Kabirning g’arbidaga El- Juf, shimolidagi Fetsan, sharqidagi Liviya-Misr, janubidagi Niger, Chad va Oq Nil platolarga yondosh bo’lib joylashgan. Botiqlarning barchasi dengiz va kontinental yotqiziqlar bilan to’ldirilgan. Sahroi Kabirning shimoli-g’arbidagi El-Rif cho’kmasi Atlas tog’oldi bukilmasida vujudga kelgan va Atlas tog’laridan keltirilgan toshloq jinslar bilan to’ldirilgan. Bu cho’kma yangi tektonik harakatlar natijasida ko’tarilib, tog’oldi platosini hosil qilgan. Bulardan tashqari materikning o’rta qismida eng yirik Kongo botig’i va janubida Kalaxari botig’i joylashgan. Botiqlar yuzasining okean sathidan o’rtacha balandligi 200-400 m ni tashkil etadi. Materikning chekkalarida juda chuqur kontinental cho’kmalar ham vujudga kelgan. Ana shulardan Assal -153 m, Kattara -133 m, Shott Mel'gir -36 m okean sathidan pastda joylashgan.
Afrikaning shimolda O’rta dengiz sohili, g’arbda Atlantika sohili Senegal daryosining quyi qismi, Gvineya qo’ltig’i qirg’oqbo’yi, janubi-sharqda Mozambik bo’g’izi qirg’oq bo’ylarida keng polosa bo’ylab cho’zilgan va balandligi 200 m gacha bo’lgan pastteksiliklar mavjud. Gvineya qo’ltig’i qirg’og’i bo’ylab cho’zilgan Shimoliy Gvineya balandligi qadimgi kristall zaminning antikliza shaklidagi yadrosi bo’lib, tektonik burmalar va yoriqlar uni alohida massivlarga bo’lib yuborgan. Shulardan biri balandlikning sharqida joylashgan Joe platosi (2000 m) va ikkinchisi g’arbida joylashgan Leone-Liberiya tog’ligidagi Bintimaki (1945m) tog’idir. Biafra qo’ltig’i yaqinida Kamerun (4070 m) vulkanik tog’i joylashgan.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə