Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə8/282
tarix28.11.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#137049
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Nazorat savollari:


  1. Materik geografik o’rnidagi xususiyatlari nimada?

  2. Afrika materigida qanday yarim orollar va orollar mavjud?

  3. Materik tabiiy sharoitining o’zia xos tomonlari nimada?

  4. Afrika o’rganilish tarixiga izoh bering?

  5. Afrikaning geologik tuzilishi haqida ma’lumot bering?

  6. Boshqa materiklarning geologik tuzilishidan farqli jihatlari nimada?



    1. AFRIKA MATERIGI REL’EFI




Tayanch so’z va iboralar: Gondvana, Atlas tog’lari, platforma, cho’kindi jins, vulkan lavalari, Geosinklinal zona, sinkliza, morfostruktura, morfoskluptura, Past Afrika, Baland Afrika, Kilimanjaro.

Afrikaning hozirgi yirik morfostruktura rel’ef shakllarining yaratilishi neogenda va antropogen davrining boshlarida sodir bo’lgan. Uning katta maydonini egallagan yassi rel’ef shakllari uzoq davom etgan peneplenlashish jarayonining natijasidir. Materikda tekislangan qadimiy yuzalar neogen davrida vujudga kelgan. Tekislangan qadimiy yuzalar va platolarning mutloq balandligi asosan shimoldan janubga tomon ko’tarilib boradi. Materikning asosiy tekisliklari va platolari shimoli- g’arbda, baland tog’lari va tog’liklari janubi-sharqda joylashgan. Shuning uchun materik hududi yer yuzasining tuzilishi va gipsometrik balandlik xususiyatlariga ko’ra ikki qismga bo’linadi: birinchi qismi balandligi 1000 m dan kam bo’lgan Shimoli-G’arbiy Afrika yoki Past Afrika deb ataladi va ikkinchi qismi balandligi 1000 m dan ortiq bo’lgan Janubi-Sharqiy Afrika yoki Baland Afrika deb ataladi. Bular o’rtasidagi chegara janubi-g’arbda Bengela (Angola) va shimoli-sharqda Massaua (Efiopiya) chizig’idan o’tadi. Materikning 70% dan ziyod maydoni tekislik va platolarga, 30% ga yaqin maydoni tog’ va tog’liklarga to’g’ri keladi. Tekisliklar kontinental va dengiz yotqiziqlaridan tashkil topgan cho’kindi jinslar bilan qoplangan. Afrika platformasining yadrolaridan va antiklizalaridan ko’tarilib turgan platolar va tog’ massivlari kristall va vulkanik jinslardan tarkib topgan.



Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə