Oliy va o’rta maxsus ta’lim


Materiklarning paydo bo’lishi



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə4/282
tarix28.11.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#137049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Materiklarning paydo bo’lishi. Dastlab nemis geofizigi A.Vegener (1912) to’liq ishlab chiqqan-materiklarning gorizontal siljishi gipotezasi mavjud bo’lib, bu gipotezaga ko’ra granit yer po’sti yuqori paleozoyga qadar, ya’ni 200 mln. yil oldin Yer sharida ulkan Pantalassa okeani o’rab turgan yirik Pangeya materigini hosil qilgan. Mezozoyda bu materik parchalangan va uning ayrim palaxsalari - materiklar siljishi boshlangan. Materiklarning harakatlanishi gipotezasiga ko’ra, bundan 180 mln. yil oldin ikkita yirik materik Lavraziya bilan Gondvana paydo bo’lgan. Ular orasida yangi Tetis okeani yuzaga kelgan. So’ngra 65 mln. yil oldin Lavraziyadan Shimoliy Amerika va Yevrosiyo, Gondvanadan Janubiy Amerika, Afrika, Antarktida, Avstraliya, Arabiston va Hindiston ajralib chiqqan va ular orasida hozirgi okeanlar paydo bo’lgan. Shimoliy materiklar bilan janubiy materiklarning o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligiga ularning ikkita kontinentdan vujudga kelganligi sabab qilib ko’rsatiladi.
Materiklar eng kichik ekvatorial o’q yaqinida joylashgan. Bunga sabab shuki, sharsimon shaklga asta-sekin yaqinlashib borishi natijasida mantiyada yuqoriga tomon yo’nalgan eng kuchli harakatlar xuddi shunday sektorlarda vujudga kelgan va shu sababli u joylarda materiklarni hosil qiluvchi eng yengil jinslar—granitlar yuqoriga ko’tarilgan. Cho’kishga moyil bo’lgan okean sektorlarida mantiya moddasining saralanishi sekinlashadi, bu joylarda og’ir okean yer po’sti tarkib topadi. Janubiy yarim sharda okeanlarning ko’pligini ham shunday tushuntirish mumkin.
Yer yuzi litosfera plitalari. Hozirgi kunda A.Vegener takomillashtirish asosida materiklarning paydo bo’lishi haqida yangi g’oya “Litosfera plitalarining tektonikasi” paydo bo’lgan. Unga ko’ra, litosfera bir necha plita (palaxsa)lardan – Yevrosiyo, Afrika, Hind-Avstraliya, Shimoliy va Janubiy Amerika, Tinch okeani, Antarktida plitalaridan iborat, ular vulkanlar va zilzilalar bo’lib turadigan yoriqlar orqali bir-biridan ajralib turadi. Plitalarning harakati natijasida litosferadan astenosferaga cho’kayotgan jinslar (subdukasiya) o’rnini astenosferadan yuqoriga ko’tarilayotgan jinslar to’ldirib turadi va natijada yer hajmi o’zgarishsiz qolaveradi. Litosfera plitalarining siljish tezligi yuqori emas, jumladan, Tinch okeani plitasi shimoli-g’arbga tomon yiliga 5 sm tezlikda siljishi kuzatilsa, boshqa plitalar siljish tezligi ham o’rtacha 4-5 sm atrofida bo’ladi. Litosfera plitalari va materiklarning so’nggi 1 mln. yil davomida siljishi quyidagicha kuzatilgan: Grenlandiya oroli Yevrosiyo materigidan 17-22 km uzoqlashgan, Shimoliy Amerika va Yevropaning qarama-qarshi tomonga siljishi sababli Atlantika okeani 25-75 km ga kengaygan, shu davr mobaynida Janubiy Amerika bilan Afrika bir-biridan 40 km, Afrika Antarktidadan 16 km, Avstraliya Antarktidadan 70-75 km uzoqlashgan.
Plitalar tektonikasi nazariyasiga asosan, plita va materiklarning yuzaga kelishi uning astenosfera tomonga siljib, cho’kib, yana qaytib yangilanib chiqishi yerning geologik rivojlanish tarixi davomida yuz bergan. Bu jarayonlarni vujudga keltiruvchi asosiy manba mantiyadagi jinslarning, ya’ni bosim ta’sirida
moddalarning vertikal va gorizontal harakati natijasi hisoblanadi. Ushbu ma’lumotlar to’liq oldingi Umumiy yer bilimi kursida ham berib o’tilgan.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə