Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti kurs ishi topshirdi: Xoldorova Nigina Qabul qildi: Aripova Mavjuda Mavzu: Atmosfera, shamolning turlari, ularning geologik faoliyati Reja



Yüklə 60,55 Kb.
səhifə4/6
tarix18.05.2022
ölçüsü60,55 Kb.
#87312
1   2   3   4   5   6
Umumiy Geologiyadan kurs ishi

Troposfera (yun. tropos — burilish va sfera) —atmosferaning Yer yuzasi taʼsiri yaqqol seziladigan quyi, asosiy kismi. Bunda tra yuqoriga koʻtarilgan sari balandlik boʻyicha har 100 m da 0,65° ga pasayadi. Troposferaning balandligi qutbiy kengliklarda 8–10 km, oʻrtacha kengliklarda 10–12 km, ekvatorda 16– 18 km gacha yetadi. Unda atmosfera havo massasining beshdan toʻrt qismidan koʻprogʻi joylashgan. Suv bugʻining asosiy qismi Troposferaga toʻgʻri keladi. Shu sababli, bulutlar ham, asosan, shu yerda xreil boʻladi.Troposfera qatlamida turbulent va konveksiya jarayonlari ancha rivojlangan. Bu qatlamda tra vertikal gradiyenti quruq va nam adiabatik gradiyentlari orasida oʻzgaradi. Shunga qaramay, Troposferaning yerga yaqin qismida, shuningdek, erkin atmosferada temperatura inversiyasi ham uchrab turadi. Troposferada bulutlarning asosiy turlari vujudga keladi. Xalq xoʻjaligi faoliyatiga taʼsir etuvchi yogʻin, tuman, momaqaldiroq, yer ustidagi qor boʻroni — izgʻirin va boshqalar Troposferada sodir boʻladi. Troposferaning quyi qatlamlari uchun havoning kuchli changlanishi xosdir. Troposferada havo massalari uyushadi, frontlar tashkil topadi. Siklon va antitsiklonlar rivojlanadi. Troposfera strotosferadan Troposfera katlami bilan ajraladi (qarang Atmosfera).
Stratosfera (lotincha: stratum — katlam va yun. sphaira — shar) — troposfera ustida yuqori kengliklarda 8– 10 km, ekvator yaqinida esa 16—18 dan to 50–55 km balandliklargacha boʻlgan oraliqda joylashgan, temperaturasi —40° (—80°)dan to 0° gacha ortadigan atmosfera qatlami. Stratosfera qatlamining quyi chegarasi — tropopauza geografik kenglik, yil vaqti va siklon faoliyatiga qarab oʻzgaradi. Odatda, tropopauzadan 24–25 km gacha quyi Stratosfera va qolgani yukori Stratosferaga ajratiladi. Quyi chegarasida oʻrtacha tra yil vaqti va kenglikka qarab —45° dan —75° gacha, yuqori chegarasida —20° dan Q20° gacha boʻlib, suv bugʻi miqdori juda oz boʻladi. Pekin 20–30 km balandlikda baʼzan sadafsimon bulut hosil boʻladi. U kunduzi deyarli koʻrinmaydi, kechasi quyosh nuri taʼsirida yaltirab koʻrinadi. Sadafsimon bulut, asosan, yaxlagan suv tomchilaridan iborat. Aerologiya va Yerning sunʼiy yoʻldoshlari yordamida Stratosfera oʻrganilgan. Stratosferada ham havo almashinishi boʻlib, tra va shamol tezligi oʻzgarib turadi. Shamolning maksimal tezligi Stratosferaning yuqori qismida juda katta (yezda 60—80 mGʻs; qishda 80—100 mGʻs gacha). Asosiy shamol gʻarb tomondan esib, 20 km balandlikda yoz vaqtlari oʻz yoʻnalishini sharqqa tomon oʻzgartiradi. Stratosferadagi doimiy gazlarning ulush miqdori troposferadagi singaridir. Biroq Stratosferada ozon, hatto mutlaq qiymatlarda troposferadagiga Karaganda koʻp boʻlib, uning asosiy miqdori 25–35 km balandliklar orasida toʻplangan. Stratosfera maʼlum darajada ozonosferat mos keladi. Ozon qatlami Quyoshdan kelayotgan qisqa toʻlqinli, ayniqsa, ultrabinafsha nurlarni yutib qoladi, natijada havo temperaturasi ortadi. Stratosferadagi ozon qatlami ultrabinafsha nurlarni Yer sirtiga oʻtkazmaydi, aks holda Yerda hayot boʻlmas edi.

Yüklə 60,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə