Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix22.03.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#180797
1   2   3   4   5   6   7
узбек фольклори дарслик (1)

Ko‘za kunda emas, kunida sinadi. 
4. Maqollarda hayotiy voqea-hodisa haqida qat’iy hukm 
ifolanadi. Bu hukm musbat yoki manfiy mazmunda aks etadi.
5. Maqol shaxs hayotidagi xususiy vaziyatni xalq, omma, 
hayot nuqtai nazardan umumlashtiradi.
201
201


6. Maqol matni tilshunoslikda shaxsi umumlashgan gap 
hisoblanadi.
Xalq maqollari tarixi o‘nlab asrlar bilan o‘lchanadi. 
O‘rxun-Enasoy bitiklarida «Oriq va semiz buqani (birov) 
tezagidan bilsa, birov oriq va semiz buqani ajrata olmaydi», 
«Yupqa qalin bo‘lsa, tor-mor qiladigan bahodir emish, 
ingichka yo‘g‘on bo‘lsa, uzadigan bahodir emish» kabi 
maqolni eslatuvchi parchalarni o‘qiymiz. 
Maqol – og‘zaki ijodning eng faol janri. Xalq 
maqollarining mazmun ko‘lami inson hayotining turli 
sohalarini qamraydi. Inson hayotidagi voqea-hodisalarning 
cheki yo‘q ekan, maqollar mazmuni chegarasini ham 
o‘lchab bo‘lmaydi. Maishiy hayotdagi kichik bir e’tiborga 
arzimaydigandek ko‘rinuvchi lavhadan tortib chuqur 
falsafiy mushohada ifodasigacha maqollar mazmunida o‘z 
aksini topgan. Agar «Uyga palos yarashur, xotinga libos» 
maqoli maishiy hayotga taalluqli bo‘lsa, «Yozda miyang 
qaynasa, qishda qozoning qaynar» maqolida vaqtni bekor 
o‘tkazmaslik, aql bilan ish ko‘rish insonga hayot imkonini 
yaratishi qayd etiladi, «Vaqting ketdi – baxting ketdi» 
maqolida esa falsafiy mazmun ifodalangan bo‘lib, inson 
taqdirida Vaqt tushunchasining qanchalar muhim ekanligi 
ta’kidlangan.
Maqollarni tasnif qilishning bir turida mazmun yetakchi 
hisoblanadi. Unga ko‘ra Vatan, mehnat, xalq, ilm-hunar, 
mardlik, mehmon, tadbirkorlik, muhabbat va vafo, yaxshi 
so‘z – jami 30 ga yaqin mavzular qayd etilgan. Ammo bu 
mavzularni yana ko‘paytirish ham, kamaytirish ham mumkin. 
Muhimi, mazmun yetakchi bo‘lgan tasnifda masalani har 
tomonlama ifodalashga urinish aniq seziladi. 
Xalq og‘zaki ijodidagi maqollar janri tarixiy hayot 
202
202


davomida son va mazmun jihatdan boyish xususiyatiga ega. 
Ya’ni maqollar zamon o‘tishi bilan iste’moldan chiqishi va 
ayni paytda yangi-yangi namunalari vujudga kelishi mumkin.
2. Maqollarda o‘z va ko‘chma ma’no. Maqollar o‘z va 
ko‘chma ma’nolarga ega bo‘lishi bilan yana ham diqqatga 
sazovordir. «Yomon xotin olguncha, bo‘ydoq yurgan 
yaxshiroq», «Qizi borning nozi bor», «Quda bo‘lguncha, 
ko‘p sinash, quda bo‘lgach, ko‘p siylash» kabi maqollar 
o‘z ma’nosida qo‘llanadi. Ayrim maqollar faqat ko‘chma 
ma’noda qo‘llanadi. «Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi 
qimirlamas», «Egrining omochi yerga botmas», «O‘tin 
ayirgan bolta maydonda qolar» kabi maqollar bilan 
tanishganimizda ko‘chma ma’no yashiringanini his qilamiz.
«Yer haydasang, kuz hayda, kuz haydamasang yuz 
hayda» maqolini Xorazm viloyatida o‘z ma’nosida qo‘llab 
bo‘lmaydi. Sababi, Xorazmda «yer osti suvlari yer sathiga 
yaqin bo‘lgani uchun, kuzda haydalsa, yer qatqaloq bo‘ladi 
va hosildorlik pasayadi.
Xalq maqollarining badiiy jihatdan mukammalligi 
taniqli olimlar va shoir, yozuvchilar tomonidan tan olingan. 
Bu jihatdan maqollar so‘z san’atining oliy namunasi sifatida 
baholanishga loyiq. Hajm jihatdan kichikligi, mazmunan 
serma’noligi, mavzu jihatdan hayotiyligi maqollarning asrlar 
davomida og‘izdan og‘izga o‘tib yashashini ta’minlagan 
omillardir. 
Ayni chog‘da badiiy go‘zallikning bevosita so‘z tanlash, 
tasvir vositalaridan unumli foydalanish jihatlari ham bor. 
Ularning ayrimlarini esga olib o‘tamiz:
1. Qarshilantirish (tazod).
«Yaxshidan bog‘ qolar, yomondan dog‘».
Bu maqolda «yaxshi», «yomon»; «bog‘», «dog‘» so‘zlari 
qarama-qarshi ma’nolarni bildiradi va shu bilan birga «bog‘» 
203
203


– «dog‘» so‘zlari chiroyli qofiyani ta’minlaydi.
2. Tovushdoshlik (alliteratsiya, assonans).
«Boy boyga boqar, suv soyga oqar».
Maqolda «B», «Y», «R», «S» kabi undosh tovushlar 
alliteratsiya – undosh tovushlar uyg‘unligini, «O», «A»lar 
esa assonans – unli tovushlar o‘xshashligini ko‘rsatadi va 
maqol qimmatini oshiradi.
3. Metafora – ko‘chim (istiora).
«Otning yag‘iri toyga qolar».
Bu maqolda «ot» so‘zidan qarindosh-urug‘chilikdagi 
katta avlod vakilining ramzi sifatida foydalanilgan. 
Xalq maqollari shakl va mazmun jihatdan matallarga 
yaqin janr hisoblanadi. Matallar ham ixcham matnga ega 
ekanligi bilan maqolga o‘xshaydi. Matal, odatda, notiq nutqi 
tarkibiy qismini tashkil etadi, ammo mustaqil qo‘llanganda 
tugal fikr anglatmaydi. Masalan, xalqimizda «Yaxshi gap 
bilan ilon inidan, yomon gap bilan qilich qinidan chiqar» 
degan maqol bor. Agar maqolning yarim matnini «Falonchi 
ilon inidan chiqadigan qilib gapirdi» tarzida qo‘llasak, 
biz matal aytgan bo‘lamiz va «Falonchi yaxshi gapirdi» 
ma’nosini bildiramiz. Chunki «ilon inidan chiqadigan» 
so‘z birikmasi alohida aytilsa, mustaqil ma’no anglatmaydi. 
Ma’lum bo‘ladiki, matal shaxs nutqini go‘zallashtirish uchun 
xizmat qilar ekan, xolos. Maqol esa mataldan mustaqil ma’no 
ifodalay olish xususiyati bilan farqlanadi.
Yozma adabiyotda maqollardan foydalanishning bir 
necha ko‘rinishlari mavjud. Jumladan, ba’zan maqol aynan 
keltiriladi, ba’zan maqoldagi ayrim so‘zlar o‘zgaradi, ammo 
ma’no saqlanadi. Ba’zan esa adib maqollardagi ma’nolarni 
o‘ziga xos boshqa so‘zlar bilan ifodalaydi. Quyidagi 
misollarga diqqat qilaylik:
Kimki falak sori otar toshni,
204
204


Tosh ila ozurda qilar boshni.
* * *
Kimgaki bir rishta yeturding ziyon,
Qatlingga ul rishtani bilgin yilon.
* * *
Masaldurkim, uyqu o‘limdir.
* * *
Xotirni jam istar esang, avval xavotir daf’in et.
Alisher Navoiy
* * *
Tikansiz–gul, sadafsiz–dur, mashaqqatsiz hunar 
bo‘lmas,
Riyozat chekmaguncha Yor vasliga yetib bo‘lmas.
Boborahim Mashrab
* * *
Ayoqingga tushar har lahza gisu,
Masaldurkim: «Chiroq tubi qorong‘u»...
Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat,
Ki ayturlar: «Tilaganni tilogu».
Lutfiy
3. Topishmoq parimik janr sifatida. Topishmoqlar 
hajmi va shakliga ko‘ra maqollarga o‘xshaydi. Ba’zan 
mazmuniga ko‘ra ham yaqinlik seziladi. Ammo yaratilish 
maqsadi boshqa hisoblanadi. Janrning nomlanishiga e’tibor 
bering. «Top» so‘zining talaffuz etilishidanoq o‘yla, axtar, 
solishtir, izla ma’nolari yetakchilik qiladi. Unga «ish» 
qo‘shimchasi qo‘shilganda, vazifa aniqlashadi: «-moq» 
harakat nomi qo‘shimchasidan keyin «qo‘lingdan kelsa», 
«eplasang», «uddalay olsang» tushunchalari ifodalanadi. 
205
205


Topishmoqlarning quyidagi janr xususiyatlari bor:
1. Hajm jihatdan qisqa va ixcham.
2. Shaklan she’riy, nasriy ko‘rinishga ega.
3. Yaratilish maqsadida matnda yashiringan narsani 
topish vazifasi qo‘yiladi. 
4. Mazmunida hayvonot, o‘simlik, koinot, maishiy 
hayotdagi narsalarning xususiyatlari yashirin tarzda 
ifodalanadi, uni topishga da’vat etiladi.
5. Topilishi lozim bo‘lgan narsa, ko‘pincha, bitta, ba’zan 
ikki va undan ortiq miqdorga ega bo‘ladi.
6. Topishmoqlarda qo‘llangan asosiy badiiy san’at 
istiora (metafora) hisoblanadi.
Topishmoqlarda topilishi lozim bo‘lgan narsaning 
shakli, hajmi, rangi, vazifasi va shu kabi xususiyatlari haqida 
ma’lumot beriladi, ammo bu belgilar istiora san’atidan 
foydalanilgan holda boshqa narsa bilan bog‘lanadi. Masalan:
Qopcha, 
Qopcha ichida uncha, 
Uncha ichida ustuncha.
Bu matnda yashiringan narsaning uchta belgisi uchta istio-
ra vositasida berilgan. Demak, uning shakli qopga, ichidagi 
qismi unga o‘xshatilmoqda. Faqat un o‘rtasida ustuni ham bor 
ekan. Topishmoqni topayotgan odam matnda jiyda haqida gap 
ketayotganini topsa, fikriy musobaqada yenggan bo‘ladi. 
Topishmoqning paydo bo‘lishi haqida folklorshunoslikda 
aniq daliliy ma’lumotlar yo‘q. Ayrim olimlar uning qadimiy 
ekanini qayd qiladilar. Ammo maqollar namunalari ko‘plab 
keltirilgan «Devonu lug‘otit turk» asarida topishmoq matni 
uchramaydi. Shu bilan birga «tabzug‘» - topishmoq ekanligi 
qayd etilgan.
Odatda, topishmoqlar xalq hayotining hamma sohalarini 
206
206


egallagani bilan ham diqqatga sazovor. Maishiy hayotdagi, 
ijtimoiy muhitdagi munosabatlar topishmoq mavzularida 
o‘z ifodasini topadi. Ko‘rpa, qulf, qozondan tortib qozi, 
sudxo‘rlarning kirdikorlarigacha topishmoqlarda aks etishi 
mumkin. Xalq topishmoqlarini mukammal o‘rgangan 
Zubayda Husainova 1981-yilda G‘afur G‘ulom nomidagi 
Adabiyot va san’at nashriyoti tomonidan e’lon qilingan 
«Topishmoqlar» kitobidagi matnlarni tartiblashtirishda 
ularni yirik ikki guruhga ajratadi: «An’anaviy topishmoqlar» 
va «Yangi topishmoqlar». Birinchi guruhda osmon, yer, suv; 
tabiat hodisalari, yil fasli va mavsum; odam, uning a’zolari va 
xislatlari – jami 21 mavzu jamlanadi. Yangi topishmoqlarda 
elektrotexnika, radiotexnika, maktab va o‘quv qurollari – 
jami 9 mavzu jamlangan. Ma’lum bo‘ladiki, topishmoqlarda 
aks etmagan mavzuning o‘zi yo‘q ekan. 
Xalq orasida yashab kelayotgan topishmoqlar bir 
jumboqli va ko‘p jumboqli bo‘lishi mumkin. Ammo shunday 
topishmoqlar ham borki, ularga javob berish uchun ikki va 
undan ortiq narsalarni eslashga to‘g‘ri keladi:
Tog‘da talaymonni ko‘rdim, 
Suvda sulaymonni ko‘rdim.
Tuzsiz pishgan oshni ko‘rdim, 
Yumalab yotgan toshni ko‘rdim.
Bu topishmoqdagi to‘rt misrada to‘rtta narsa yashiringan. 
Birinchisida bo‘ri, ikkinchisida baliq, uchinchisida sumalak, 
to‘rtinchisida toshbaqa so‘zlari yashiringan. 
Xalq og‘zaki ijodidagi topishmoqlar badiiy jihatdan ham 
so‘z san’ati hisoblangan adabiyotda qo‘llangan juda ko‘p 
san’atlarga boy. Bu san’atlarning topishmoqda uchraydigan 
eng ommaviysi istioradir. Oyna – ko‘z, ilon – soch, qizil 
toychoq – til kabi o‘nlab misollarda istiora san’ati kelgan.
Qardosh xalq og‘zaki ijodida ham topishmoqlarning 
207
207


go‘zal namunalariga duch kelamiz: «Neseli Bilmeceler – 
Quvnoq topishmoqlar». (Toshkent: «Yurist-media markazi», 
2010) to‘plamidan olingan quyidagi topishmoqlarga e’tibor 
bering:
Osti marmar, usti marmar,
Ichida bir kelin o‘ynar.
(Tish, til)
Ketdi – kelmaydi,
Keldi – ketmaydi.
(Yoshlik, qarilik)
Kelar Laylo, ketar Laylo,
Bir oyoqda turar Laylo
(Eshik)
Yetti tuynukli to‘qmoq,
Buni bilmagan ahmoq.
(Bosh)
4. Chaldirmoq janrining o‘ziga xos xususiyatlari
Yaqin vaqtlargacha chaldirmoqlar topishmoq janri 
tarkibida qaralib, baholanib keldi. Qadimda chaldirmoq o‘yin 
shaklida amal qilgan. Chaldirmoqni ko‘pchilik, ikki kishi 
o‘ynasa ham bo‘ladi. O‘yin avvalida shart belgilab olinadi. 
Masalan, kim yengilsa, ma’lum joygacha yelkasida ko‘tarib 
borib kelish yoki boshqa biror shart aytiladi. Shundan keyin 
kelishuv bilan harflardan biri chaldirmoq quyuvchi, boshqasi 
yechuvchi bo‘ladi. Masalan, shunday chaldirmoq aytiladi:
– Bir yigit otiga bir qizni mingashtirib ketayotgan ekan. 
Oldidan bir to‘p lakak(chillak) o‘ynayotgan bolalar chiqibdi. 
Shunda bolalardan biri sheriklariga: «Qaranglar, hov yigit 
birovning qizini olib qochib ketyapti», – debdi. Bu gapni 
208
208


eshitib otga mingashgan qiz o‘sha bolaga javob qilibdi:
– Jonimning jononasi, 
Boshimning parvonasi, 
Bu yigitning onasi, 
Mening onam qaynonasi.
Raqib ma’lum muddat ichida javobni aytishi kerak. 
Deylik, raqib tomon u yigit qizga og‘a ekanligini topdi. 
Shundan keyin shart bajariladi. Keyingi chaldirmoq aytish 
navbati yechgan bolaga keladi va o‘yin ushbu tartibda davom 
qiladi.
Yuzaki qaraganda biror-bir fikr, narsa, hodisa va ma’lum 
raqam, miqdorning chalg‘itib aytilishi, raqibdan uning 
yechimini topish talab etilishi chaldirmoqlarni topishmoqqa 
yaqinlashtiradi. Lekin chaldirmoqning aytilish jarayoni, 
yetakchi xususiyatlari, poetik qurilishi topishmoqdan 
farq qiladi. Farq, avvalo, chaldirmoqning o‘yin tarkibida 
kelishida ko‘rinadi. Topishmoqlarning bugungi holati 
bevosita harakatli o‘yin bilan bog‘liq emas.
Topishmoqlar ixcham, lo‘nda she’riy shaklga ega. Ularda 
vaziyat, holat batafsil izohlanmaydi. Personajlarning o‘zaro 
savol-javoblari batafsil berilmaydi. Chaldirmoqda vaziyat 
to‘liq tushuntiriladi. Ishtirokchi personajlar savol-javoblari 
aytiladi va shu savol-javobda chalg‘itib berilgan mazmunni 
yechish talab qilinadi. Topishmoqda bu tartibdagi talab yo‘q.
Chaldirmoqning ijro o‘rni va poetik qurilishini quyidagi 
tartibda bayon etish mumkin: 
1. Ma’lum vaziyatning bayon etilishi. Savol-javobning 
berilishi. Yechimning talab qilinishi. 
2. Yechim. 
3. Topishmoq, asosan, she’riy shaklga ega. Chaldir-
moqlar, deyarli, nasriy ko‘rinishda, ba’zan savol-javoblar 
she’rda aytilishi mumkin. 
209
209


4.Topishmoqda ma’no yashirilsa, chaldirmoqda 
chalg‘itilib beriladi. 
5. Topishmoqda narsa turli qiyos, o‘xshatish, tashbeh-
larda yashirib aytiladi. Masalan:
Suv ichar ko‘ldan, 
Ko‘zlari nurdan, 
Terisi puldan.
(Baliq)
Chaldirmoqda chalg‘itib berilayotgan fikr, narsa-
hodisalar savol-javobning mantiqiy mushohadasi orqali 
xuddi matematik masaladek yechiladi. Chaldirmoqda 
topishmoqdek obrazlilik yo‘q.
Masalan: «Yigit-qiz bir-birini yaxshi ko‘rar ekan. 
Ba’zida ota-onalaridan yashirincha (bekitikcha) uchrashib 
turishar ekan. Bir kun yigit qizning oldiga singlisini jo‘natib, 
uchrashuvga chaqirib chiq, debdi. O‘zi avvaldan belgilangan 
joyga ketibdi. Nimagadir sevgilisi aytilgan joyga chiqmabdi. 
Yigit uyiga qaytib kelib singlisidan, nima bo‘ldi? – deb 
so‘rasa, singil: 
– Bordim yo‘q ekan, 
Aytdim, keladi.
Kelmasa edi, 
Kelardi.
Kelibdi, 
Kelmabdi-da, – deydi. 
Singil nima degan?– yech.
Javob: Qizning uyiga bordim. Uyida o‘zidan boshqa hech 
kim yo‘q ekan. Aytdim, «ota-onam kelib qolmasa chiqaman», 
dedi. Ota-onasi kelibdi-da, shunga chiqolmagan. Misoldan 
ko‘rinib turibdiki, bu yerda yashirin fikr topishmoqdagi 
kabi turli qiyoslar orqali ifodalanmagan, balki chalg‘itib 
aytilmoqda.
210
210


Chaldirmoq bolalarning ma’lum badiiy matnga qurilgan 
harakatli o‘yini. Chaldirmoq matnida biror-bir vaziyat, holat, 
voqea tushuntirilib, undagi personajlarning o‘zaro savol-
javoblari beriladi. Savol-javobda qandaydir fikr, narsa, holat, 
son chalg‘itib aytiladi va raqibdan uni aniqlab, aytib berish 
talab etiladi. Chaldirmoqlar bolalarni mantiqiy fikrlashga, 
atrof-muhitni sinchkovlik bilan kuzatishga, hozirjavoblikka 
o‘rgatadi. Chaldirmoq atamasi chaldir – chalg‘it, adashtir 
fe’liga «-moq» qo‘shimchasi birikuvi orqali yasalgan. Xuddi 
«topish +moq» qo‘shilib topishmoq atamasi hosil bo‘lgani 
kabi. Chaldirmoqlarning boshqa turkiy xalqlar, jumladan 
turk, uyg‘ur va qoraqalpoqlar o‘rtasida ham mavjudligi bu 
janrning lokal hodisa bo‘lmay, keng tarqalgani, topishmoqday 
qadimdan kelayotganligini isbot etadi.
Qoraqalpoq olimi Najip Dovqarayev qoraqalpoq 
topishmoqlari haqida yozar ekan, ikki chaldirmoqni misol 
keltiradi, lekin boshqalar qatorida ularni topishmoqning 
turi sifatida talqin etadi. E’tiborli jihati shundaki, har ikki 
chaldirmoq ham ma’lum o‘zgarishlarni hisobga olmasa, 
o‘zbek xalqi orasida ham aynan aytiladi. Chaldirmoqlarning 
birini keltiramiz:
«Bir g‘oz uchib kelib, qirda o‘tirgan g‘ozlarga:
– Assalom alaykum yuz g‘oz, – debdi.
O‘tirgan g‘ozlar:
– Yo‘q, biz yuzta emasmiz, yuzta bo‘lishimiz 
uchun, bizlarga tag‘in shuncha, yana shuning yarmicha, 
yarmimizning yarmi bo‘lsa, yana sen qo‘shilsang yuzta 
bo‘lamiz, – debdi.
– Yerda o‘tirgan g‘ozlar qancha?
Javobi: 36 (36+36+18+9+1)
Ko‘rinib turibdiki, misol chaldirmoqning go‘zal 
namunalaridan biri.
211
211


N. Dovqarayev bu namunaning qanday vaziyatda aytilishi 
haqida ma’lumotlar keltirmaganligi sababli qoraqalpoq 
folklorida ushbu janrning o‘yin shakli saqlanganmi, yo‘qmi, 
aniq bilmaymiz. 
Folklorshunos Bahodir Sarimsoqov chaldirmoq 
Laqaylar o‘rtasida umumxalq hashari bo‘layotgan payti 
hasharchilar yonidan o‘tgan yo‘lovchilarga quyilishi holati 
uchrashi haqidagi faktni aytgan edi. Bu o‘rinda biror-bir 
shart qo‘yilar ekan. Yo‘lovchi chaldirmoqni yechsa, o‘z 
yo‘lida ketishi mumkin, mabodo yecha olmasa, hasharchilar 
buyurgan yumushni bajarishi talab qilinar ekan.
Chaldirmoqning ayrim namunalarini qardosh xalq 
og‘zaki ijodida uchratamiz:
«Uch kishi ko‘prikdan o‘tmoqda: bittasi ko‘radi, bosadi, 
o‘tadi; yana bittasi ko‘radi-yu bosmay o‘tadi; uchinchisi 
ko‘rmasdan, bosmasdan o‘tadi». 
(Javob: Qo‘lida bolasi bor va homilador ayol).
* * *
Bir kishi boqqa kiribdi. Bir qop anor olibdi. Bog‘ning 
yettita eshigi bor ekan. U kishi qaysi eshikning oldiga borsa, 
qopdagi anorning yarmini to‘kdirishibdi. Nihoyat, yettinchi 
eshikdan chiqibdi. Qarasa, qopda bitta anor qolibdi. Bu 
odamning qopida nechta anor bo‘lgan?
(Bir yuz yigirma sakkizta)
Chaldirmoqni quyish, yechish asosida biror-bir shartning 
kim tomonidan bajarilishini aniqlash o‘yin va hasharda 
chaldirmoq quyishni bir-biriga yaqinlashtiradi, ularning ijro 
o‘rni ayricha bo‘lsa-da, ildizi bir ekanligini ko‘rsatadi.
Chaldirmoqlar ba’zan ertak, afsona, naqllar tarkibida ham 
keladi. Bunday holatda chaldirmoq asar syujetiga singishib, 
212
212


janrga xos ijro o‘rnini yo‘qotadi, sof badiiy-estetik vazifa 
bajaradi. Chaldirmoqni quyish, yechimini topish asardagi 
obrazlar zimmasiga tushadi. Misol tariqasida «Podsho bilan 
chol» naqlini olib qaraylik:
«Qishning kuni vaziri bilan shikorga chiqqan podsho 
baliq ovlayotgan cholga duch kelib, so‘rabdi:
– Ha, ota to‘rtni uchga urolmayapsizmi, qishda baliq 
ovlab qolibsiz?
Chol:
– To‘rtni uchga urishga urdim-u, o‘ttiz ikki qo‘ymadi-
da.
Podsho:
– Bir g‘oz yuboraman, patini yula olasizmi?
Chol:
– Aytganingizdan ziyoda qilaman.
Podsho bu savol-javobning mazmunini vaziridan 
so‘raydi. Vazir lol qoladi. Podsho vazirga muddat belgilab 
yo javobni topasan, yo jon-u molingni berasan, deydi. Vazir 
podshoning g‘azabidan qo‘rqib, katta davlat evaziga choldan 
sirli savol-javobning mazmunini so‘raydi.
Chol:
– Hurmatli vazirim, podshoning «to‘rtni uchga 
urmadingizmi», degani, yilda to‘rt fasl bor, shuning uch 
fasli – bahor, yoz, kuzda yaxshilab mehnat qilib, qishda 
yeb yotsangiz bo‘lmasmidi, degani. Mening «o‘ttiz ikki 
qo‘ymadi», deganim, o‘ttiz ikki tish yeb bitirdi, deb aytganim. 
Biz gaplashayotganda siz hayron bo‘ldingiz. Podsho buni 
darrov sezdi va sizga ishora qilib, «Bir g‘oz yuboraman 
patini yula olasizmi?», dedi. Men «Aytganingizdan ziyoda 
qilaman», deb javob qaytardim. O‘sha g‘oz siz bo‘lasiz. 
Mana mening oldimga keldingiz, bu sirni mol-dunyo evaziga 
bilib oldingiz. Shunday qilib, dono chol, aql-u farosati bilan 
213
213


boy bo‘libdi».
Bu xil namunalarni chaldirmoq matni qaysi janr tarki-
bida kelayotganligiga nisbatan, chaldirmoqli ertak, chaldir-
moqli naql, chaldirmoqli afsona sifatida nomlanadi. 
Adabiyotlar:
1. Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T., «Musiqa», 
2010.
2. Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T.: «Mumtoz 
so‘z», 2010.
3. Sarimsoqov B., Maqollar / O‘zbek folklori ocherklari. 
1-jild. – T.: Fan, 1988. – B. 85-98.
4. O‘zbek xalq maqollari. – T.: Fan, 1978.
5. Shomaqsudov Sh., Shorahmedov Sh. Hikmatnoma. – 
T., 1990. – B. 44.
6. Safarov O. Xalq ganjiga mehr / Folklor bebaho xazina. 
– T.: Muharrir», 2010. – B. 285-298.
7. Quvnoq topishmoqlar. – T.: «Yurist-media», 2010.
214
214


13-MAVZU. LATIFALAR, LOF
Reja:
1. Latifa – nozik fikrlash san’ati.
2. Loflarning janr xususiyati.
1. Latifa – nozik fikrlash san’ati. O‘zbeklar dunyodagi 
boshqa xalqlar kabi hazilni, taqlidni, kulgini yaxshi 
ko‘radilar. Kulgi insonga sog‘lik, yaxshi kayfiyat, o‘z-
o‘zidan qoniqish tuyg‘usini bag‘ishlaydi. Xalqimizning dono 
farzandlari Yusufjon qiziq, Aka buxor, G‘anijon Toshmatov 
kabilar mashaqqatli kechgan paytlarda ham yurtimiz ahliga 
tetiklik, umid, ishonch ulashganlar. Bunday natijaga erishish 
o‘z vaqti uchun juda og‘ir kechgan. Latifalar, loflar, askiya, 
xalq dramasi asarlari, muqallidchilikdan unumli foydalanish 
zukko va iqtidorli insonlarni haqiqiy ma’noda xalq sevgisini 
qozonish sharafiga muyassar qildi.
Inson qalbidagi tashvishni, tanasidagi xastalik xurujini 
chetroqqa surishda kulgili latifalar juda samarali vosita 
hisoblangan. «Latifa» atamasi arabcha «lutf» so‘zidan 
olingan bo‘lib, nozik fikrlash, yaxshilik qilmoq, muruvvat 
ko‘rsatmoq, sharaflamoq ma’nolarini anglatadi. 
Nasriddin Afandi nomi bilan latifalar mazmunining 
bog‘lanib, uyg‘unlashuvi XIX asr oxiri XX asr boshlari 
bilan belgilanadi. O‘zbek folklorshunosligi fani asoschisi, 
professor Hodi Zarifov qayd qilishiga binoan, Nasriddin 
Afandi nomining o‘zbek latifalarida shuhrat topishi 
yurtimizda matbaaning paydo bo‘lishi, Nasriddin Afandi 
latifalarining kitob tarzda nashr ettirilishidan boshlangan. 
O‘zbek Nasriddin Afandi latifalarida bosh qahramon 
o‘ta hozirjavob, o‘ta zukko, dono va tadbirkor inson sifatida 
gavdalanadi. Hayotda uni so‘z bilan, xatti-harakat bilan 
215
215


yechimi yo‘q vaziyatga tushirish mumkin emas. Chunki aqlli, 
mutafakkir Nasriddin Afandi qiyofasida butun xalqning, 
millatning so‘zga chechanligi, zakiy, ya’ni nozik fikr yuritish 
fazilati o‘z ifodasini topgan. Har bir latifa matnida uni o‘ylab 
topgan shaxs aqli, vaziyatni aniqlash kayfiyati va zakovati 
namoyon bo‘ladi. Latifalarning e’tiborli, tinglovchini 
o‘ziga jalb qiladigan jihati shundaki, ularda savol-javob 
qilayotgan taraflar bir-birini mutlaqo yechimi topilmas 
vaziyatga tushirishga urinadilar. Ayniqsa, Nasriddin afandi 
qismati latifaning yakuniy qismiga yetgunga qadar juda 
og‘ir va chorasiz taqdir sharoitida tasvirlanadi. Ammo 
xalq Nasriddin afandi tarafida bo‘lgani uchun ana shunday 
mushkul vaziyatdan ham o‘z topqirligi, so‘zga ustaligi bilan 
qahramonimiz yechim topib keta oladi. 
Afandi latifalarida Afandidagi ikkinchi xislat – uning 
nihoyatda soddaligi, aniqroq aytsak, no‘noqligini namoyish 
qilish bilan izohlangan. Bunday namunalarda biz Afandining 
soddaligidan, hayotdagi ko‘ngilsiz voqealarni o‘ziga 
olmasligidan zavqlanamiz. Afandining Afandiligi uning 
afandiligi bilan sharhlanadi. Ya’ni birorta es-hushi joyida 
odam qilishi mumkin bo‘lmagan qarorni aynan afandi qabul 
qiladi.
Nasriddin Afandi ko‘chada ketayotib, kichkina bir 
ko‘zgu – oyna topib olibdi. Uni qo‘liga olar ekan, o‘z aksini 
ko‘rgani zahoti: «E, kechirasiz, oyna siznikimidi?» – deb 
tashlab yuboribdi. Oyna sinibdi. Shunda Afandi: «Kerak 
bo‘lmasa, ayta qolmaysizmi? O‘zim olar edim-ku», – degan 
ekan.
Bunday latifalar bilan tanishish, ayniqsa, hikoya qilish 
mahoratiga ega inson ijrosida tinglash odamga huzur 
bag‘ishlaydi. Bu turdagi latifalarda tinglovchi sodda Afandi 
qarorlaridan kuladi. Lekin shuni ham qayd qilish lozimki, 
216
216


xalq bu bilan nima demoqchi ekanini tushunib yetishga 
ham harakat qilish zarar keltirmaydi. Ehtimol, dono xalq 
shu kabi latifalar vositasida «Sen bunchalik sodda bo‘lma!» 
demoqchimi? Xulosa chiqarish har kimning o‘ziga havola.
Har bir xalqda ham hayot lavhalaridan kulgili vaziyat 
yaratadigan insonlar bor. Ularning fikr yuritish usulida 
favqulodda komik holat hosil qilish sirlari bo‘ladi. Shuning 
uchun ham hindlarda Birbol, arablarda Jo‘ha, qozoqlarda 
Aldar ko‘sa, tojiklarda Mushfiqiy, turkmanlarda Mirali, 
qoraqalpoqlarda Umrbek, turklarda Temel nomlari bilan 
latifa qahramonlari shuhrat topgan, ammo latifa matnlarida 
mushtarak vaziyatlar juda ko‘p uchraydi. Biroq bunday 
holatlarda qaysi xalq vakilidan boshqa xalq vakili muayyan 
voqeani o‘zlashtirgan yoki ko‘chirgan, degan savolni qo‘yish 
to‘g‘ri emas.
2. Loflarning janr xususiyati. Xalq og‘zaki ijodidagi 
loflar mubolag‘a san’atiga asoslanadi. Lug‘atda «lof» – 
fors tilidan olingan so‘z bo‘lib, quruq (puch) gap, safsata, 
maqtanchoqlik. 1. Folklordagi hajviy-yumoristik janrlardan 
biri: haddan tashqari bo‘rttirilgan, haqiqatga to‘g‘ri 
kelmaydigan yolg‘on gap»
1
deb izohlangan. 
Loflar xalq og‘zaki ijodining latifalar va askiya kabi 
kulgi uyg‘otuvchi ommaviy janri hisoblanadi. Asosan, janrda 
qo‘llanadigan san’at mubolag‘aning ig‘roq va g‘uluvv turi 
hisoblanadi. 
Loflar badiiy adabiyotning epik turi (jinsi)ga mansub 
janr. Uning hajmi cheklangan: ikki-uch, uch-to‘rt jumladan 
iborat. Asosan, dialogda qatnashgan ikki lofchi suhbatidan 
bir lavha tarzida bo‘ladi. Ularda bo‘rttirilgan, yolg‘on voqea 
to‘qishda mohir, tajriba to‘plagan lofchi deb hisoblangan 
1
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Besh jildli. Ikkinchi jild. - Toshkent: O‘zbekiston 
milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. – B. 509.
217
217


shaxslar musobaqalashadi. Har ikki taraf aytayotgan 
voqeasining yolg‘on va to‘qima ekanini juda yaxshi biladi, 
lekin mutlaqo bu fikrini ochiq aytmaydi. Bu shart buzilsa, 
lof butun mohiyatini, jozibasini yo‘qotadi. Aksincha, bir 
lofchi suhbatdoshining bo‘rttirilgan yolg‘on gapini aksariyat 
hollarda tasdiqlaydi, e’tiroz bildirmaydi. Faqat lofning 
mazmunidan xabar topganidan so‘ng unikidan o‘tkirroq, yana 
ham mubolag‘ali, yolg‘onroq javob topishi lozim. Muhimi, 
ikkinchi lofchi keyin javob bergani uchun lof shu o‘rinda 
tugaydi. Ba’zan dialoglar bir oz davom etishi mumkin, lekin 
bari bir so‘nggi fikr bildirgan lofchi g‘olib chiqaveradi.
Folklorshunos Omonulla Madayev to‘g‘ri 
ta’kidlaganidek: «Latifalarda, lofda, askiyada kulgiga sabab 
bo‘lgan jumlani kashfiyot darajasida baholash mumkin. 
Ularni o‘ylab topgan shaxs katta hayot tajribasiga ega 
bo‘ladi, ayniqsa, vaziyatni to‘g‘ri baholab kulgi hosil qilish 
mahoratini namoyish etadi. Buning uchun u til boyligidan 
ham yaxshi foydalana olish fazilatiga ega bo‘lishi zarur». 
Adabiyotlar:
1. Muhammadiyev R. Askiya. – T., 1962.
2. Askiyada ijrochilik mahoratini oshirish yo‘llari 
(metodik tavsiyanoma). Tuzuvchilar: M.Jo‘rayev, 
T.Sobitova. – T, 1985.
3. Said Anvar. Muhiddin Darvesh. – T.: Sharq NMAK, 
2006.
4. Razzoqov H. O‘zbek xalq og‘zaki ijodida satira va 
yumor. – T.: Fan, 1965.
5. Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T., «Musiqa», 
2010
6. Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T.: «Mumtoz 
so‘z», 2010
218
218


7. Yo‘ldosheva F. O‘zbek latifalarida Nasriddin afandi 
obrazi. – T.: Fan, 1979.
8. Shoh Akbar va dono Birbol. – T., 1994.
9. Afandi latifalari. – T., 1989.
10. Sarimsoqov B. Lof / O‘zbek folklori ocherklari. 
2-tom. – T.: Fan, 1989.
219
219


14-MAVZU. ASKIYA
Reja:
1. Askiya o‘zbek xalqining milliy merosi sifatida.
2. Askiya san’atining o‘ziga xosligi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə