Oltin o‘rdadagi madaniy va adabiy hayot. Reja: Oltin o‘rdadagi madaniy hayot


Devoni hikmat” va “Faqrnoma” asarlari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə25/28
tarix11.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#147594
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
1-29 tayyori

Devoni hikmat” va “Faqrnoma” asarlari
Reja:

  1. Devoni hikmat” va tasavvuf ta`limoti:

  2. Devoni hikmat”da inson va g`arib inson timsoli;

Xoja Ahmad Yassaviy Markaziy Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida muhim mavqeyga ega bo`lgan. Hozirgi Turkiston, oldingi Yassi yaqinidagi Sayram shahrida tavallud topgan. Yassaviyning tavallud sanasi ma`lum emas. Ayrim tadqiqotchilar uni 63 yil yashagan deyishsa, ayrimlari 73 yoki 85 yil yashagan, deygan qarorga kelishgan. Atoqli yassaviyshunos Muhammad Fuod Kuprilizodaning aytishicha, Yassaviy 120 yil yashab, hayotdan ko`z yumgan. Rus olimi V.A.Gordlevskiy bu raqamni yana besh yilga ko`paytirib, Yassaviy 125 yil yashagan, deydi. Uning “Devoni hikmat” dagi:
Yoronlardan fayz va futuh ololmadim,
Yuz yigirma beshga kirdim bilolmadim,-
degan fikrlari asosida shunday xulosaga kelganligi shubhasizdir.
Tasavvuf tarixiga nazar tashlansa, ko`p ulug` shayx va mutasavvuflarning ancha uzoq umr ko`rganligiga guvoh bo`lish mumkin. Shunga qaramasdan Ahmad Yassaviyning 125 yoshga kirganligiga ishonish qiyin. Birinchidan, “Devoni hikmat” dagi yuqoridagi fikrlar tarixiy haqiqatdan ko`ra, manoqibiy mazmunga ega. Ikkinchidan, 125 yillik uzoq umrining yarmidan ko`pini “yer osti” da (“Oltmish uchda yer ostiga kirdim mano”) o`tkazish aql bovar qilmas hodisadir. Yassaviyning yashash muddatini 75-85 atrofida belgilagan olimlarning taxminlari haqiqatga yaqinroqdir.
Xullas, Yassaviy XI asrning ikkinchi yarmida Sayramdagi eng nufuzli oilalardan birida, ma`rifatli va javonmardlikka ixlos-e`tiqodi bilan shuhrat taratgan Shayx Ibrohim oilasida tug`ilgan. Onasi Shayx Ibrohimning xalifasi Muso Shayxning qizi Oysha xotun edi. Bu oilada avval bir qiz tug`uladi. Unga Gavhar Shahnoz deb nom qo`yishadi, Ahmad tavallud topgach, ko`p o`tmay onasi vafot etadi. Etti yoshida esa otasidan ajraladi va uning tarbiyasi opasi Gavhar Shahnoz zimmasiga tushadi. Keyin ular Yassiga ko`chib borishadi. Yosh Ahmad birinchi ustozi Arslon bob bilan uchrashadi, undan tahsil oladi.
“Bob” arabchada “eshik” ma`nosini ifodalaydigan so`z bo`lib, turkchada bu kalima islom dini targ`ibi uchun fidoiylik ko`rsatganlarga beriladigan bir laqab bo`lgan. Alisher Navoiy Farg`onada “ulug` mashoyixni Bob derlar”, - deydi. Shuningdek, “bob” va “bobo” so`zlari Shayx, pir, valiylarga nisbatan ham qo`llanilgan. Ahmad Yassaviy Turkistondagi boblarning eng buyugi, deb e`tirof etilgan Arislonbobdan tahsil olgan.
Arislon bob tirikligidayoq Ahmad Yassaviyni Buxoroga borib, tahsilni davom ettirishga da`vat etgan edi. Ustozining vafotidan so`ng Yassaviy bilimini oshirish uchun Buxoroi sharifga tomon yo`l oladi. U Buxoroda, eng avvalo, diniy va tasavvufiy ilm sirlarini chuqur egallashga kirishadi. Arab tili bilan bir qatorda forsiy tilni ham puxta o`zlashtiradi. Zamonasining peshqadam olimi va so`fiysi Shayx Yusuf Hamdoniyga murid bo`ladi. Uning uch xalifaligiga erishadi. Hamdoniy vafotidan so`ng bir muddat uning ishini davom ettiradi, “irshod va da`vat maqomi” qo`lga kiritilgach, Yassiga qaytib, yangi bir tariqatga asos soladi.
Nosriddin Rabg`uziy hayoti va ijodining manbalari
Rabotoʻgʻuzda qozilik qilgan. Sharq xalqlari ogʻzaki ijodini, ayniqsa, rivoyatlarni, avliyo-anbiyolar toʻgʻrisidagi qissalarni chuqur oʻrgangan. Oʻzi ham koʻpgina ibratli hikoyatlar, qissalar yozgan. Turkiy xalqlar adabiyoti tarixida birinchilardan boʻlib nasrda rivoyatlardan hikoyat, hikoyatlardan qissa yaratishni boshlab bergan. Bizgacha "Qisasi Rabgʻuziy" (1309—10) asarigina yetib kelgan. Asar musulmon moʻgʻul beklaridan Nosiriddin Toʻqbugʻaning topshirigʻi bilan yozilgan. Kitob turkiy tilda, asosan, nasrda, madhiyalar, baʼzi qissalarning xulosalari, lirik kechinmalar va xotima qismi esa nazmda yozilgan. Qurʼoni karimdagi baʼzi lavhalar, islomga oid boshqa kitoblardan va Abu Ishoq Nishopuriyning "Qisas ul-anbiyo"sidan ayrim faktlar asarga asos qilib olingan. Asar anʼanaviy hamd va naʼt bilan boshlanadi, soʻng uning yozilish sababi, muallif haqida maʼlumot beruvchi qisqa soʻzboshi, keyin esa qissalar keladi. Jami 72 qissadan iborat. Mavzu doirasiga koʻra, asar qissalari juda rang-barang. Olamdagi butun mavjudot egasi boʻlgan Allohni ulugʻlash, paygʻambarlar hayotiga doir lavhalarni eslash, kamtarinlik va takabburlik, otaona va farzand munosabatlari, erk va adolat mavzulari shular jumlasidandir. Qissalar hajmi turlicha: Mas, Yusuf haqidagi qissa salkam 100 sahifani tashkil kilsa, Lut haqidagi qissa bir necha sahifadangina iborat. Qissalarda real hayot voqealari bilan bogʻliq mavzular ham uchraydi. Qissalar bayonida, personajlar tasvirida xalq ogʻzaki ijodining bevosita taʼsiri seziladi. Asarda maʼrifiy-didaktik hikoyatlar ham mavjud (Luqmon hikoyasi va boshqalar), qissalardagi hikoyatlarga dunyoviy ruh ham singdirilgan (Yusuf qissasi va boshqalar). R.ning bu asari oʻzbek adabiyotida badiiy nasr yodgorligining yetuk namunasi hamda 13—14-asrlar eski oʻzbek adabiy tilini oʻrganishda asosiy manba sifatida ahamiyat kasb etadi. Qissaning 15-asrga oid qoʻlyozmasi Londondagi Britaniya muzeyida, 16-asrda koʻchirilgan nusxasi Sankt-Peterburgda, 19-asrda koʻchirilgan qoʻlyozma, shuningdek, bosma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. №1025, 7397, 1874) saqlanadi. Qissayi rabguziy o`zbek so`z sanatining ajoyib obidasi hisoblanadi.Unda anbiyolar-payg`ambarlar xayotidan xikoya qiluvchi qadimiy sharq qissa va afsonalarini qayta ishlab, manzarali lavxalar,jonli tasvirlar, xiyla pishiq his-hayojon,kechinmalarga boy obrazlar hosil etgan.Asarda etiqod va imonga sodiqlik,pok insoniy axloqning badnaflik,xirsiy xasad,qonxo`rlik va noxaqliklar ustidan bo`lgan galaba tasvirlangan. Qissalarning ko’pi qahramon haqidagi muayyan xabar bilan boshlanadi, so’ng sheriy madh, keyin asosiy voqealar bayoni keladi. Bazi qissalar ichida yana mustaqil hikoya, rivoyat va naqllar ham bor. Masalan, Yusuf qissasida bir necha hikoya, latifa, bayt, g’azal va boshqa janr namunalari uchraydi. Ammo ular asarda olg’a surilgan asosiy g’oyaviy-badiiy maqsad bilan yaxlitlikni tashkil etadi.
Halollik, o’z mehnati bilan halol kun ko’rishga, boshqalarga zulm qilmaslikka undash Rabg’uziyning hikoyalarining asosiy maqsadidir. O’zbek nasrida ilk marotaba dialoglar Rabg’uziy tomonidan keng qo’llangan. Ana shu dialoglar vositasida asosiy g’oyaviy maqsad yorqin va tasirchan ifodalangan. Tilga etibor berish, har bir aytiladigan so’z masuliyatini takidlash, hikoyadagi asosiy g’oyaviy-badiiy niyatdir. Bu erda donolik, hozirjavoblik ham ulug’langan.
Hikoyalarda xalq og’zaki ijodining tasiri ham yorqin seziladi. Xususan, latifa janriga xos belgilar hikoyaga ko’chib o’tgan. Suhbatning diolog asosida olib borilishi, soddalik, donishmandlik, topqirlik, hozirjavoblik fazilatlarining ustuvorligi, ifodalarning qisqa, aniq, lo’ndaligi, og’zaki ijoddan tasirlanish natijasidir.
Rabg’uziy bu ijod mahsuli mazkur mavzu ananasidagi o’ziga xos bosqich bo’ldi. Birinchidan, adib o’zigacha yaratilgan payg’ambarlar haqidagi qissalarni puxta o’rgandi, ularning yutuqlarini umumlashtirdi, rivojlantirdi. Ikkinchidan, salaflari yo’l qo’ygan kamchiliklarni tuzatdi, xato va chalkashliklarga barham berdi. Uchinchidan, oldinlari nabiylar haqidagi qissalar arab va fors tillarida yozilgan bo’lsa, Rabg’uziyning turkiy tilda bitilgan qissalari turkiy xalqlarning bebaho manaviy mulkiga aylandi.


Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə